Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Tayyor mahsulot yumaloq
shaklli (ko‘pincha ezilgan), burushgan, bitta yoki bir nechtasi
bir-biriga yopishgan mevadan va ayrim holda urug‘dan iborat.
Meva to‘q qizil, ba’zan qora rangli bo‘lib, diametri 5—9 mm.
Mevada 2 (ba’zan 1) ta urug‘ bor. Urug‘i yumaloq, buyraksi-
mon, sarg‘ish-qo‘ng‘ir yoki och jigarrang tusli va yaltiroq
bo‘ladi. Mevaning yumshoq qismi juda nordon, po‘sti shirin,
urug‘i esa lovullatuvchi ta’mga va yoqimsiz hidga ega.
Kimyoviy tarkibi.
Meva tarkibida 10,94—11,36% limon,
7,6—8,4% olma, 0,8% vino kislotalari, 350—580 mg% vitamin
C, 0,3% efir moyi hamda 5,7% gacha organizm tonusini ko‘-
taruvchi dibenzosiklooktodiyen hosilalari bo‘lgan lignanlar —
sxizandrin, sxizandrol va boshqa birikmalar bo‘ladi. Mevaning
yumshoq qismida 1,5% qandlar, taninlar, 0,15% bo‘yoq mod-
dalar bo‘ladi. Urug‘i tarkibida 5% gacha lignanlar, 33,8% gacha
yog‘ va 1,6—2,0% efir moyi bor.
Ishlatilishi.
Mahsulotning dorivor preparatlari kishi aqliy va
jismoniy jihatdan charchaganda, mehnat qilish va ko‘zning
ko‘rish qobiliyati susayganda markaziy nerv sistemasi ishini ku-
chaytiruvchi, organizm tonusini ko‘taruvchi dori sifatida ish-
latiladi. Bundan tashqari, ba’zi asab kasalliklari hamda trofik
yaralarni davolash uchun ham qo‘llaniladi. Sxizandrin o‘sim-
likning asosiy ta’sir etuvchi qismi hisoblanib, u organizm
tonusini ko‘taruvchi xossaga ega.
Dorivor preparatlari.
Nastoyka. Urug‘ va meva kukuni.
ELEUTEROKOKK ILDIZPOYASI VA ILDIZI – RHIZOMATA
ET RADICES ELEUTHEROCOCCI
O‘simlikning nomi.
Tikanli eleuterokokk — Eleutherococcus
senticosus Maxim., araliyadoshlar — Araliaceae oilasiga kiradi.
Bo‘yi 2—6 m gacha bo‘lgan buta. Ildiz sistemasi yaxshi
taraqqiy etgan bo‘lib, yer ostida tarmoqlanib ketgan. Poyasi
ingichka, pastga qaragan juda ham ko‘p tikanlar bilan qoplan-
gan. Bargi uzun bandli, panjasimon murakkab, bargchalari 5 ta,
elliðssimon, qirrasi qo‘sh tishli, o‘tkir uchli, ustki tomoni
tuksiz yoki siyrak tukli, pastki tomoni tukli. Tuklar barg tomir-
lari bo‘ylab joylashgan. Gullari mayda bo‘lib, poya uchidagi
oddiy soyabonga to‘plangan. Gullari bir jinsli, otalik gullari
248
binafsharangga, onalik gullari esa och sariq rangga bo‘yalgan.
Gulkosachasi 5 tishli, tojbargi 5 ta, onalik tuguni 5 xonali,
pastga joylashgan. Mevasi — sharsimon, qora rangli, yaltiroq, 5
ta danakli meva.
lyul-avgust oylarida gullaydi, mevasi sentabrda pishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |