Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet106/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Kimyoviy tarkibi.
Savatchaga to‘plangan gullar tarkibida
0,22—0,8% efir moyi, apiin, kvertsimeritrin, kvertsetin, lyu-
teolin va boshqa (35 tacha birikmalar) flavonoidlar, matrikarin,
proxamazulen, kumarinlar (umbelliferon, gerniarin), karotin,
vitamin S, shilliq, achchiq va boshqa moddalar bo‘ladi.
XI DF ga ko‘ra, oddiy moychechak guli tarkibida 0,3%,
yashil moychechakda 0,2% efir moyi bo‘lishi kerak.
Efir moyi to‘q ko‘k suyuqlik bo‘lib, tarkibida 1,64–8,99%
xamazulen, 20% gacha seskviterpen spirtlari, kadinen, kislota-
lar hamda boshqa terpenoidlar bor. Efir moyi tarkibidagi
seskviterpenlarning umumiy miqdori 50% gacha bo‘ladi. Xama-
zulen efir moyining asosiy ta’sir etuvchi qismi hisoblanadi.


131
Ishlatilishi.
Moychechak ichaklarning yopishib qolishi
(ichaklar spazmiga) ga, mikroblarga, allergiyaga va yallig‘la-
nishga qarshi hamda yaralarni davolovchi ta’sirga ega. Shuning
uchun uning dorivor preparatlari me’da-ichak (ichak yopishib
qolganda va ich ketganda) va ginekologik kasalliklarni davolashda
hamda ter va yel haydovchi dori sifatida ishlatiladi.
Bulardan tashqari, moychechak guli yumshatuvchi, an-
tiseptik va yallig‘lanishga qarshi (og‘iz, tomoqni chayqashda,
shifobaxsh vanna hamda klizma qilishda) vosita sifatida
qo‘llaniladi.
Dorivor preparatlari.
Moychechak gulidan (savatchalardan)
damlama tayyorlanadi. Savatchalar me‘da kasalliklarida, tomoq
chayqashda ishlatiladigan va yumshatuvchi yig‘malar-choylar
tarkibiga ham kiradi.
KAMFORA OLINADIGAN MAHSULOTLAR
Kamfora tiniq (kichik bo‘laklari), rangsiz, yaltiroq, silliq,
uchuvchan kristall modda, xushbo‘y va og‘izni biroz sovituvchi
achchiq mazasi bor. U qiyinlik bilan kukunga aylanadi. Shuning
uchun kukunga aylantirishdan oldin ozgina spirt, xloroform yoki
efir bilan namlanadi. Spirt, efir, xloroform, yog‘lar, efir moy-
larida yaxshi eriydi. Suvda deyarli (1: 840) erimaydi. Oson yonadi.
O‘simliklardan olinadigan tabiiy kamforaning spirtdagi
eritmasi qutblangan nur tekisligini o‘ngga, qisman sintez usu-
li bilan olingan kamforaning eritmasi esa chapga buradi yoki
butunlay burmaydi. Qutblangan nur tekisligini o‘ngga buruvchi
kamfora — kamfora daraxti va kamforali rayhon o‘simliklari-
dan olinadi. Sibir pixtasi efir moyi tarkibidagi bornilatsetatdan
(chapga buruvchi) yoki oddiy qarag‘ay efir moyi tarkibidagi
pinendan (inaktiv formasi) kamfora sintez qilib olinadi.
X1 DF ga ko‘ra, qutblangan nur tekisligini o‘ngga va chap-
ga „buruvchi kamfora teri ostiga yuboriladi hamda ichishga
beriladi. Kamforaning inaktiv formasi faqat surtmalar, ara-
lashmalar va eritmalar tayyorlashda qo‘llaniladi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish