Sistema - bu tushuncha matematik modellashtirish tushunchasining ekvivalenti bo`lib,
u juft
to`plamlar U, Y (U – kirishlar to`plami, Y – chiqishlar to`plami) va kirish va chiqish orasidagi
bog`liqlikni formallashtiruvchi U Y munosabat bilan beriladi. Sistemalarni birlashtirish ham
sistema hisoblanadi. Sistema ushbu xossalarga ega [2]:
Yaxlitlik (butunlik), bu sistema tashqi muhitdan ajratilganligini bildiradi; muhit sistemaga
uning kirishlari orqali ta’sir ko`rsata olishi mumkinligini va sistema bu ta’sirlarga chiqish orqali
javob (reaktsiya)
berishi mumkinligini
bildiradi; Strukturalanganlik, bu sistema ichida bir nechta nimsistemalarga ajratilganligini bildiradi.
Nimtizimlar o`zaro bog`liq va sistema yaxlit holda, butunicha tashqi muhit bilan qanday ta’sirlashsa,
ular ham bir-birlari bilan o`zaro ta’sirlashadilar;
Maqsadga muvofiqlik (yo`nalganlik), biron maqsadni berilganligini talab etadi, bu maqsadga
erishish sistemaning to`g`ri ishlashini bildiradi. Yuqoridagi ta’riflar aniq, formal ta’riflardir. Endi
formalligi ozroq ta’riflarni keltiramiz:
Sistema – bir-birlari bilan
qonuniyatli bog`langan predmetlar (buyumlar)ning ob’ektiv
birligidir.
Sistema – hodisalar hamda tabiat va jamiyat haqidagi bilimlarning ob’ektiv birligidir.
Sistema – yagona yaxlitlikni namoyon etuvchi o`zaro bog`langan elementlar (ob’ektlar,
munosabatlar) to`plami.
Sistmaning xossalari uni tashkil etuvchi elementlarda bo`lmasligi mumkin.
1.1-jadvalda sistemaga misollar keltirilgan.
Bundan bo`yon texnologik jarayonning funktsional elementlarini kvadratlar (yoki to`g`ri
to`rtburchaklar) bilan, bu elementlarga kirayotgan signallarni esa strelkalar bilan belgilaymiz (1.1-
rasm).
Signalga ta’rif beramiz. Signal deb, shunday fizikaviy jarayonga
aytiladiki, uning
parametrlari axborotga ega bo`ladi. Masalan, telefon aloqasida elektr signallari yordamida
suhbat tovushlari uzatiladi, televidenieda esa – tasvir.
Axborotga ega parametrlarni axborotli parametrlar deyiladi. Masalan, signal - elektr
kuchlanish, kuchlanish amplitudasi – axborotli parametr.
Signalni analogli deyiladi, agarda uning axborotli parametrlari
berilgan oraliqda ixtiyoriy
qiymatlarni qabul qila olsa (1.2-rasm).
Signal raqamli deyiladi, agarda uning axborotli parametrlari impulslarning kodlangan
ketma-ketligida joylashgan bo`lsa.
1.1-rasm. Funktsional element.
1.2-rasm. Analogli signal f(t).
Yuqoridagiga muvofiq o`lchashlar sistemasi turli fizikaviy jarayonlarning qiymatlarini
(temperatura, bosim, aylanishlar soni va b.) elektr signallarga aylantirgichlarni namoyon etadi.
O`lchash sistemalariga (datchiklarga) misollar:
nisbiy ko`chish
datchigi;
burchak tezlik datchigi;
bosim datchigi;
temperatura datchigi va b.
Texnologik jarayonlarni talab etilgandek ro`y berishini ta’minlovchi texnikaviy kompleks –
to`plamni boshqarish sistemasi deb ataymiz.
Boshqarish sistemasi boshqarish ob’ektini o`rab oluvchi berk konturni hosil qiladi. Shu
sababli, bu bloklarning hammasi qatnashgan sistemani berk sistema deyiladi yoki teskari aloqa
(TA) li boshqarish sistemasi deyiladi (1.3rasm).
Boshqarish jarayonlari – bu sistemalarda sodir bo`luvchi dinamik jarayonlar bo`lib, bu
sistemalarda axborot oqimlari, hamda boshqarish maqsadlariga erishish uchun qarorlar va
harakatlar berk konturlar yani, TA li sistemalar ko`rinishida strukturali amalga oshiriladi.
Boshqarish sistemalarining bir qismi biryo`nalishli xossasiga ega, yani oldindagi elementga
keyingi elementni ulash oldindagi elementning holatiga ta’sir ko`rsatmaydi.
Avtomatik
sistemalarda hech bo`lmaganda bitta biryo`nalishli elementning mavjud bo`lishi signallarni faqat
bir yo`nalishda “o`tishiga” olib keladi.
1.
3-rasm.ABS ning umumlashgan sxemasi
I-sistemaning axborotli qismi, axborotni olish, saqlash, qayta ishlash va uzatishni amalga
oshiradi; II- sistemaning energetik (kuch beruvchi) qismi, axborotni ob’ektga boshqaruvchi
ta’sirga aylantirish uchun xizmat qiladi
1.1 – jadval [2].
Do'stlaringiz bilan baham: