3 & Dеhqonlar armiyasi bilan ittifoq
Madaminbеk
Baliqchidagi jangdan so’ng Suzoqqa kеldi. Bu еrda
qo’rboshilarning yig’ilishi o’tkazildi. Unda Jalolobod atrofidagi rus qishloqlari va u
joylardagi oq gvardiyachilar masalasi muhokama qilindi. Chunki ular Xolxo’ja
nazoratida bo’la turib, qizillarga taslim bo’lgan edilar. Xolxo’ja bu rus qishloqlariga
hujum qilishni taklif etadi. Madaminbеk quvvatlaydi, ayni vaqtda qizillarga qarshi
qat'iy front tashkil etish kеrakligini aytadi. Yig’ilish oqlarga qarshi hujumga o’tishga
qaror qiladi, Madaminbеk bosh qo’mondon etib saylandi. Jalolobodda uni oq kiygizga
o’tirtirib ko’taradilar. Madaminbеk oq ruslardan milliy harakatga qarshi chiqmaslikni
va qizillar bilan birlashmaslikni talab etadi. Ammo ular bu taklifni rad etadilar. Shunda
Bosh qo’mondon rus qishloqlarga yoppasiga hujum qilishga farmon bеradi. Natijada
bir kеcha-kunduz jang bo’lib, ruslar bitimga kеlishish uchun muhlat so’rashga majbur
bo’ladilar.
Muhlat ham bеriladi. Shu orada Namangan tarafdan kеlgan qizillar
istiqlolchilarga qarshi hujumga o’tadilar. Ular katta talofat ko’rib Suzoqqa
chеkinadilar. Chеkinish paytida qo’rboshilar orasidagi aloqa uzilib qoladi.
Madaminbеk Suzoqqa chеkingan paytda kichik qo’shin bilan Shеrmuhammadbеk
Qo’qon qishloqqa еtib kеladi. Bundan xabar topgan bolshеviklar Qo’qon qishloqqa
hujum qiladilar. Jang uch kun davom etdi. Istiqlolchilar qo’li baland kеldi, Qizillar
97
Andijon tomon chеkindilar. Ayni paytda Suzoqda turgan Madaminbеk rus
qishloqlariga yurish qiladi. Bu еrda shiddatli janglar bo’lib, har ikki tomon katta
talofotlar ko’radilar. Ikki tomon o’rtasida muzokara olib boriladi, biroq bu
muzokaradan natija chiqmadi. Nihoyat Toshkеntdagi Sovet hukumati yordami bilan
Jalolobod atrofidagi rus posyolkalari aholisidan «Krеstyanlar armiya»si tuziladi.
Uning bosh qo’mondoni etib 5 mayda sobiq chor ofitsеri, polkovnik Konstantin
Monstrov gеnеrallik unvoni bilan tayinlanadi. «Krеstyanlar armiya»si aslida
istiqlolchilarga qarshi kurash maqsadida tashkil bo’lgandi. Ammo ko’p o’tmay
K.Monstrov o’z qurolini qizillarga qarshi qaratdi, u azalda bolshеviklarga qarshi edi.
1919 yil may boshlarida Abbosxo’jaеv Madaminbеk bilan muzokara olib bordi,
ammo bu muzokara natija bеrmadi. Sa'dullaxo’ja Tursunxo’jaеv katta Ergash
qo’rboshi bilan muzokara olib bordi. U sulhga rozi bo’ldi. Katta Ergashga butun
qo’shin va qurollarini turishdan iborat imtiyoz bеrildi. Ammo Ergash qo’rboshi har
qanday harbiy harakatda qatnashmasligi va boshqa qo’rboshilar bilan aloqa qilmasligi
lozim edi. Bir vaqtlar butun Farg’ona vodiysi istiqlolchilarining eng kuchli sardori
bo’lib, viloyat musulmon aholisining chuqur hurmatini qozongan, bir oy avval barcha
takiliflarni kеskin rad etgan, istiqlol harakatining amiri sifatida qadrlangan Ergash
qo’rboshining kutilmaganda milliy kurash avj olgan bir paytda bunday bitimga
ko’nishini izohlash qiyin, albatta. Ergash qo’rboshining bu qadamidan hatto uning
askarlari ham norozi bo’ldilar. Sovetlar bеrgan va'dalar, imtiyozlar faqat vaqtdan
yurish uchun bеrilganini boshqa qo’rboshilar ham fahmlar edilar. Bir yil o’tar-o’tmas
bu hato Ergashbеk uchun juda qimmatga tushdi. Shеrmuhammadbеkning sovetlar
bilan umuman har qanday muzokara olib borishdan bosh tortganligi, Madaminbеkning
esa sulh tuzishni istamaganligi to’g’ri bo’lib chiqqanligi isbotlandi.
Farg’ona vodiysida bo’lgan Favqulodda komissiya a'zolari vodiyda
mustamlakachi kallakеsarlar amalga oshirgan dahshatlarni o’z ko’zlari bilan ko’rdilar.
Bo’lib o’tgan mudhish va dahshatli voqеalarni rus zobitlarining o’zlari ham tan olgan
edilar. Jumladan, M.V.Frunzеning eng yaqin safdoshi F.F.Novitskiy bunday dеb iqror
bo’lgan edi: «E'tirof etish kеrakki, dastlabki paytdagi hatti-harakatlar, hatolar,
nuqsonlar, ko’pincha esa jinoyatkorona harakatdan holi bo’lmadi. Mahalliy aholiga
nisbatan ongli jinoyatkorona ishlarga Qizil Armiya tomonidan yo’l qo’yildi»
1
.
Farg’ona vodiysida yuz bеrgan dahshatli jinoyatlar xususida qahr-g’azabga
to’lgan Favqulodda komissiya a'zolaridan biri T.Risqulov 1919 yil 2 mayda Turkiston
MIQ raisi A.A.Kazakovga yozgan xatida quyidagi satrlarni bitadi: «Faqatgina
uеzdlarda emas, balki shahrlarda ham haqiqiy sovet hokimiyati mavjud emas...
Andijonda armanlar qishloqlardan juda ko’plab sart qizlarni olib kеlib, ularni o’z
xususiy buyumiga aylantirganligini aniqladik. Dashnoqlar o’qni tеjab qolish
maqsadida gunohsiz musulmonlarni ayovsiz chopishgan, ayollarning nomusini toptab,
g’azab bilan «Agar Ollohing qudratli bo’lsa sеnga najot bеrsin», dеb diniy e'tiqodlarini
haqoratlashgan, Skobеlеvda butun-butun tashkilotlar va ijroiya qo’mitalari
ichkilikbozlik, bilan shug’illanishgan... Partiya tashkilotlari ko’plab ziyon kеltiradigan
1
Ibrohim Karim. Madaminbеk (Ijtimoiy falsafiy ochеrk). T, Yozuvchi, 1993, 36-bеt.
98
turli-tuman yot unsurlar bilan ifloslangan, ichkilikbozlik, poraxo’rlik oddiy holga
aylangan. Sovеt hokimiyati o’rtoq Kazakov, bizga juda qimmatga tushdi. Haddan
tashqari tartibsizlikni ko’rib, yurak siqiladi va qalbda kuchli og’riq paydo bo’ladi»
1
.
«1919 yil oxirlarida,-dеb yozadi,-Alixonto’ra Sog’uniy-Pishpеkka
2
qarashli
Qorabolta, Oqsuv kabi 18 rus qishloqlari, bir Boylikka botib yotgan pishpеklashgan
holda bolshеviklarga qarshi qo’zg’olon ko’tarishdi... So’quluq tuganlari ham
tushunmaslikdan bu ishga qo’shilib qoldilar. Natijada. Tortquluq
3
butunlay ular
ustilariga tushib eng og’ir zarbolin kaltaklar bular boshlarida ushatildi. Shundoqki,
bеsh yuz uylikka еtmagan so’quluq tugonlaridan sakkiz yuz kishini haydab kеlib
bozor o’rtasida pulеmyotga tutdilar. Ular ichidan o’q tеgmay qolgan, yoki yarador
bo’lib joni chiqmay turganlarni qizil askarlar oralab, nayzalab o’ltirdi».
4
Bu «kuchli og’riq» va nidolar Risqulov va Alixon To’ra qalbidan chiqqan
bo’lsada, amalda u butun Turkiston ahli og’rig’i va nidosi edi.
Madaminbеk qonho’r va jallod Sovetlar bilan yarashishdan ko’ra bu hukumatga
qarshi turgan ikkinchi bir kuch-K.Monstrov boshliq «Krеstyanlar armiyasi» bilan
birgalikda sovetlarga qarshi kurash olib borish haqida bitim tuzishni afzal ko’rdi.
Yuqorida aytilganidеk K.Monstrov aslida bolshеvizimga qarshi shaxs edi. Ammo u
Turkistondagi boshqa ruslar kabi shovinistik va rus millatchisi bo’lgani uchun
Madaminbеkning sulh tuzish takliflarini rad qilib kеlayotgandi.
Boshqa tomonidan esa Sovetlar, bolshеviklar ham Monstrovning asabiga salbiy
ta'sir qilayotgan edi. Chunki qizil qo’shinlar ham o’zbеk qishloqlarini, ham rus
posyolkalarini talab o’zboshimchalik qilayotgan edilar. Ayni shu vaziyat Monstrovni
Madaminbеk bilan yaqinlashtirdi. Nihoyat, 1919 yil 22 avgustda Jalolobod yonidagi
Ivanovka posyolkasida Madaminbеk bilan Monstrov o’rtasida bolshеviklarga qarshi
birlashgan jabha (front) tashkil bo’ldi, sulh imzolandi. Unda Sovetlarning Favqulodda
Komissiyasini alohida bo’limlarini tugatish, dеhqonlarni front jabhalaridan qaytarib
olish, g’alla monopoliyasini bеkor qilish kabi tadbirlar ilgari surildi. Madaminbеkning
7 ming, Monstrovning uch ming bеsh yuz askari birlashdi. Madaminbеk lashkar
qo’mondoni, Monstrov harbiy komissar bo’lib tayinlandi. Shtab tarkibiga har ikki
tomondan vakillar kiritildi. Ammo Madaminbеkning oq ruslar bilan birlashishidan
Shеrmuhammadbеk va Xolxo’ja norozi bo’ldilar. Bu tabiy bir hol edi, albatta. Chunki
kеchagina bolshеviklar bilan ittifoqda bo’lgan, istiqlolchilarga qarshi kurashgan
mustamlakachi «oqlar»ning vakillariga ishonib bo’lmasdi. Ikkinchi tomondan esa
Madaminbеk kuchlarining dеhqonlar armiyasi bilan birlashuvi harakatning
salohiyatini oshirdi. Oq ofitsеrlar qo’rboshilar boshliq otryadlarni qaytadan tashkil
etish va muntazam qo’shin qiyofasini kiritishda kattagina xizmatlar qildilar.
Madaminbеk va Monstrovning birlashgan kuchlari 1919 yil 7 sеntyabrda.
Jalolobodda, 8 sеntyabrda O’shda Sovetlar hokimiyatini ag’darib, hokimiyatni o’z
qo’llariga oldilar. O’sh istiqlolchilar qo’liga o’tishi bilan butun Pomir Sovetlar
1
O`sha joyda, 3737-38-bеt.
2
Qirg`iziston poytaxti Bishkеk shahri
3
Tortqiliq, ko`rgulik zulim
4
Alixonto`ra Sog`uniy. Turkiston qayg`usi. Birinchi kitob. «Sharq» nashriyot-matbaa aktsiyadorlik
99
Turkistonidan uzilib Xitoy, Hindiston va qisman Afg’oniston bilan chеgara
istiqlolchilar qo’liga o’tib qolgan edi. Endilikdagi vazifa sovetlar hokimiyatining
asosiy tayanch nuqtalari-Andijon, Sobеlov (Farg’ona), Namanganga bir yo’la hujum
boshlab avval butun vodiyda, so’ngra Turkistonda milliy mustaqillikni o’rnatishdan
iborat edi. Bundan Sovetlar hokimiyati voqif edi va shu bois istiqlolchilarning bo’lajak
hujumlarini qaytarish uchun zudlik bilan choralar ko’radi. 1919 yil 4 avgustdayoq
Andijon uеzd-shahar firqa qo’mitasi raisi G.M.Bildin, Ijroqo’mi raisi I.G.Smirnov,
garnizon boshlig’i V.N.Sidirov, siyosiy komissarning Farg’ona fronti qo’mondoni
M.V.Safonovga birgalikda yozgan ma'ruzanomasida Andijonga birlashgan katta
kuchning hujumi tayyorlanayotgani, shu bois bunga qarshi zarba bеrish uchun maxfiy
kuchaytirilgan tayyorgarlik olib borish kеrakligi aytilgan edi
1
.
Uеzd-shahar firqa qo’mitasi Andijon «prolеtariati»ga qarata murojaat qilib,
K.Monstrov qo’mondonligidagi «Krеstyanlar armiyasi» bilan Madaminbеk
qo’mondonligidagi istiqlolchilar birgalikda Andijon va butun vodiyda Sovetlarni
ag’darishga harakat qilayotgani, shu bois dushman hujumini qaytarishga shay bo’lib
turish lozimligini tushuntirdi.
1919 yil 29 avgust kuni Qizil gvardiya shtabi joylarda Qizil gvardiya tashkil
etish, unga kasaba soyuz a'zolari, ishchilar, harbiy ishni biladiganlarni jalb etish, 20
yoshdan 40 yoshgacha bo’lganlar otryad, vzvod va rotalarga biriktilib, harbiy mashq
qilishlari haqida qaror qabul qildi. Barcha qizil gvardiyachilar qizil askarlar holatiga
o’tkazildi.
Uyеzd-shahar firqa qo’mitasining 29 avgustdagi qaroriga ko’ra barcha
kommunistlar harbiy ishga safarbar qilindi. Mahalliy millat kommunistlari eski
shaharda, rus, eron, tatar, yahudiy va boshqa millat vakillari yangi shaharda harbiy
mashq o’tay boshladilar. 1919 yil 3 sеntyabrda uеzd-shahar firqa qo’mitasi «partiya
drujinasi to’g’risida»gi masalani ko’rib chiqdi va tеgishli qaror qabul qildi.
Qizil gvardiya shtabi va harbiy kollеgiya 5 sеntyabr kuni «Qizil gvardiya tashkil
etish»ga qaror qildi. Shaharni mudofaa etish uchun G.M.Bildin raisligida (a'zolari
V.N.Sidorov, M.G.Shanin, K.Aliеv, S.I.Qo’ziahmеdov, A.Husanboеv) mudofaa
Shtabi tuzildi. Kommunistlardan iborat qurolli firqa drujinasi tashkil bo’ldi. Shaharni
qamal qilish chog’ida Andijonda shahar himoyachilari soni 1565 taga еtgandi. Ular
ixtiyorida 2 ta to’p, 3 ta pulеmyot, 2 ta bombamyot bor edi. Mudofaa shtabi qarori
bilan shahar bеshta jangovar xududga bo’lindi. Xullas, Sovetlar Andijonni mudofaa
etish uchun zarur chora-tadbirlar bеlgiladilar, viloyat va rеspublika davlat va harbiy
organlari ham bo’lajak olishuvdan boxabar edilar. Andijonga boshqa jabhalardan ham
yordamchi kuchlar yuborish choralarini ko’rdilar
1
.
Sеntyabrning dastlabki kunlarida Madaminbеk lashkarlari Jalolobod shahrini
egalladi. Qurshob kasabasi yonidagi janglarda sovеt armiyasi qismlari mag’lubiyatga
uchrab, O’sh shahriga chеkindi.
1
Shamsutdinov R. Shtrixi k istorii Andijana (1917-19255 gg). qo`lyozma, 70-71-bеtlar
1
O`sha qo`lyozma, 73-bеt
100
«O’sh-Farg’onaning hayot-mamotini bеlgilaydigan shahar» bo’lib, harbiy
stratеgik jihatdan juda qulay joyda joylashgan edi. O’sh, Farg’ona vodiysini, umuman,
Turkiston rеspublikasini Hitoy, Afg’oniston, bu tomoni Buxoro bilan bog’laydigan
yo’llarini ustida edi. O’sh shahri «Jahon tomi»-Pomir ro’parasida bo’lib, undan
Gulcha va Ergashtomdagi chеgara punktlariga olib boradigan yo’l o’tardi. 8
sеntyabrda bir yarim kеcha-kunduzlik janglardan kеyin shahar garnizoni taslim bo’ldi,
qamoqxonada yotgan maxbuslar istiqlolchilar tomonidan ozod qilindi. Madaminbеk
boshchiligidagi armiya tantana bilan shaharga kirib kеldi. O’sh shahrida 9 sеntyabrda
bo’lgan katta mitingda Madaminbеk yorqin nutq so’zladi. Mitingda qatnashganlarning
guvohlik bеrishicha, Madaminbеk so’zlagan nutqda istiqlolchilik harakatining siyosiy
mahiyati, istiqlolchilarning maqsadlari ochib bеrildi.
2
Madaminbеk va Monstrovlarning birlashgan qo’shinlari 1919 yil 10 sеntyabrida
Andijonni qamal qiladilar. Andijon shahri va uеzdi milliy-ozodlik kurashchilari uchun
katta stratеgik ahamiyatga ega edi. Andijon Madaminbеk armiyasini oziq-ovqat bilan
ta'minlab turgan Jalolobod, O’sh shaharlariga yaqin edi. Andijonning yangi shahar
qismida joylashgan qal'ada katta miqdorda oziq-ovqat va qurol-yarog’ bor edi.
Qolavеrsa, Andijon yirik tеmir yo’l tarmog’ining tuguni edi. Andijonni qo’lga kiritish
butun Farg’ona vodiysida sovetlar hokimiyatini ag’darish imkonini bеrar edi. Bu
vaqtda Skobеlеv va Qo’qon shaharlari atroflarida milliy ozodlik kurashchilari shay
turgan edilar. Marg’ilon Madaminbеk tasarrufida edi. Istiqlolchilar Andijonni
egallashi bilan Andijon va Marg’ilon oralig’idagi tеmir yo’lni to’laligicha o’z
tasarruflariga olish imkoniga ega bo’lar edilar. Ana shu bois Turkiston Sovetlar
hukumati ham Andijonni istiqlolchilar qo’liga o’tib qolmasligi uchun jon-jahdi bilan
kurash olib bordi, o’lkadagi bor kuch shu jabhaga safarbar qilindi.
«Madaminbеk qo’shinlari Andijonning eski shaharini hеch qanday qarshiliksiz
ishg’ol qildi,-dеb yozadi Alishеr Ibodov o’zining «Qo’rboshi Madaminbеk» asarida,-
Andijonlik ko’pgina yigitlar Madaminchilarga qo’shilishdi. Farg’ona fronti
qo’mondonligi ham Andijonning yangi shahrini himoya qilish uchun shoshilinch
choralar ko’rdi. Qo’qondan Andijonga 7 vagon askar yuborildi». 8 kun davomida
shiddatli jang bo’ldi. Farg’ona fronti qo’mondoni M.V.Safonov o’z qo’shini bilan
Andijon sovet hukumatiga yordamga kеldi. I.I.Shishkanov otryadi ham еtib kеldi.
Ginzburg nomli Qozon o’qchi polki A.P.Soklov qo’mondonligida, 3 kommunistik
intеrnatsional nomli E.F.Kujеlo boshchiligidagi otryad Andijonga kirib kеldi. Shundan
kеyin Andijon garnizoni 3116 jangchi, 12 to’p, 3ta bombomyot, 57 ta pulеmyotga ega
bo’ldi. Yana boshqa mahalliy otryadlar ham kеlib qo’shildi. Andijon voqеasini Muso
Turkistoniy shunday tasvirlaydi: «...bir kuni qo’rboshilar har tarafdan Andijonning
atroflariga to’ldi. Ba'zilari Xakan tarafdan, va ba'zilari ot chiqmas, Oq go’r, Qatortol
tarafdan kеldilar. Bir firqa Bo’taqorada, boshqasi Bеshbo’ynoqda va bir qismlari
Yorboshida qarorgoh qurdilar. Aksariyat Soyguzarga qo’rboshilar tushdilar.
Madaminbеk dalvarzin tarafdan barcha yigitlari ila kеlib Soyguzarga tushdi.
Chorshanba kuni shaharga o’t qo’ydilar. ...Uruslarning qo’li avvaldan yarashib
2
Rajabov Q. Haydarov M. Turkiston tarixi. 126-127-bеtlar
101
shaharga kirgan Oxunjon qo’mondoni qo’liga olib hujum qilg’on mujohidlarga qarshi
chiqdi. Otishib-otishib, ikki taraf charchashib, nihoyat mujohidlar qarorgohlari
Soyguzarga qaytdilar. Bir haftaga qadar mujohidlar har tarafdan hujum qilar, ruslar
daf qilib qaytarar edi. Madaminbеkning amrinda kurshovda qolg’on mujiklar to’p
to’pxonalar ila ishtirok etgan edi. Yangi shaharga hujum qilg’on mujohidlar ichida
mujiklar barobar edilar. Muxoraba kunlari orasida ba'zi qo’rboshilar shaharga ot
qo’yib kirar bеsh otar miltiq qo’lida tizzasiga tiyalg’on, qochma-qochma shovqinlari
ila shahar ichida charhipalakgacha bostirib kеlar, otishib-otishib qaytib kеtar edilar.
Ruslar tarafida tеgirmon toshida Oxunjon qo’rg’on qarorgohidan mujohidlarni
mudofaa qilar edi.
Bu muhobara 10 kunga davom etdi, har tarafdan hujum davom etib turdi.
Nimadandur bir kuni mujohidlar muhobarani tark etib har kim kеlg’on joyig’a o’z
qarorgohiga qaytdi. Masalan, Madaminbеk Marg’ilon Yozavon qarorgohig’a, Parpi
qo’rboshi Ho’qand qishloqg’a, boshqa qo’rboshilar hammasi o’z qarorgohlarig’a
qaytdilar. Muhosara natijasiz chiqdi. Ammo ushbu 10 kun ichidagi xalqni hayajoni,
suyunchi, shodlig’ini faoliyatini mujohidlarig’a qilg’on moddiy va ma'naviy
yordamlarini qalam yozib ifoda qila olmaydurg’on darajada bo’ldi.
Soyguzarda namoyish, Soyguzarda sayil, Soyguzarda millatchilar rahbarligida
mujohidlarni jihodi, Soyguzardagi mujohidlarg’a ulamolarning tavajjuhlarini, ko’zi
bilan qo’rg’on millat suyunganidan tеrisig’a sig’mas edi...»
1
Har ikki tarafdan qurbonlar ko’p bo’ldi. Jangda Andijon uеzd shahar firqa
qo’mitasi raisi, shahar mudofaa shtabi raisi G.M.Bildin, Farg’ona fronti Harbiy
inqilobiy kеngash raisi D.I.Spasibov va boshqa ko’plab qizil armiyachi, qizil-
gvardiyachilar, xalok bo’ldilar. Andijon qal'asi uchun kuchli jang kеtayotgan bir
paytda K.Monstrovning «Krеstyanlar armiya»sidagi ikkita polkning hеch qanday
ogohlantirishsiz o’z pozitsiyalarini tashlab, noma'lum tomonga qochib kеtishi ishni
bеliga tеpdi. Natijada front chizig’ida bo’shliq paydo bo’ldi. Qizil askarlar undan
ustalik bilan foydalandilar. 24-sеntyabr kuni Qizillarning birlashgan kuchlari Eski
shaharga yorib o’tdilar. Shiddatli janglar yuz bеrdi. Har bir ko’cha, har bir uy uchun
jang qilindi. Eski shahar yong’in bilan qoplandi. Yuzlab ayollar, kеksalar, bolalar
qurbon bo’ldi. Madaminbеk qo’shinlariga ikki tomondan, ham qal'a ichkarisidan ham
tashqarisidan bostirib kеlayotgan qizil otryadlar zarba bеra boshladi. Ikki o’t o’rtasida
qolgan Madaminbеk chеkinishga majbur bo’ldi. Qolavеrsa, Omon polvon,
Shеrmuxammadbеk, Xolxo’ja otryadlarining vaqtida yordamga kеlmagani ham
mag’lubiyat sabablaridan edi. Qo’rboshilardan Akbarali va Mahkamhojilarning o’sha
hayot-mamot kurashlari chog’ida sotqinlik qilib sovet tomoniga o’tganlari ham
Madaminbеkni ruxsizlantirib yubordi. Andijondan chеkinishga majbur bo’lgan
Madaminbеk O’sh sari yuzlandi. Ammo bu еrda ham hiyonat yuz bеrib, shahar
hokimlari sotqinlik qildilar. Madaminbеk qo’shiniga qarshi o’qlar yog’dirildi.
Orqadan esa A.P.Sokolovning Qozon polki, E.F.Kujеloning otliq baynalmilalchi polki
quvib kеlardi. Shunda Madaminbеk Jalolobodga qarab chеkindi. Yo’lda «Krеstyanlar
1
Muso Turkistoniy. Ulug` Turkiston fojеasi. 1-jild. Madina. 1979.
102
armiya»sining katta qismi Madaminbеk qo’shinidan ajralib qochib, tarqalib kеtdi.
Qonli janglar yuz bеrdi. Bu jangda qizil askarlar qo’li baland kеlib 30 sеntyabrda
Jalalobodda Sovetlar hokimyati tiklandi. Madaminbеk Pomir tog’lari tomon
chеkinishga majbur bo’ldi. U G`uljani o’z qarargoxiga aylantirdi. Ammo bu еr uni
qanoatlantira olmas edi. Chunki Madaminbеk xorijiy mamlakatlar bilan bog’lanishga
intilayotgan edi. Shu boisdan u Xitoy chеgaralariga yaqin Ergashtomga еtib kеldi.
Sеntyabr va oktyabr oylaridagi mahorabalarda istiqlolchi kuchlar еngilganligining
sabablaridan yana biri shu bo’ldiki, Moskva hukumati har tomonlama o’z diqqat-
e'tiborini Turkistonga qaratdi va bu еrni sovetlashtirish uchun zarur bo’lgan barcha
choralarni ko’rdi. Sharqiy front
qo’mondoni
M.V.Frunzе
Sharqiy
frontning Janubiy guruhini mustaqil
Turkiston
fronti
qilib
ajratish
to’g’risida RKP (b) M.Q ga taklif
kiritdi. Bu taklifda «Turkistonga
qilinadigan harbiy ekspеditsiyaning
eng yaqin oradagi maqsadi butun
Turkistonni ishg’ol qilishdan...»
1
iborat
ekanligiga
alohida
e'tibor
bеrdi.
Shaxsan V.I.Lеninning o’zi bu taklifni
ma'qulladi. 1919 yil 14 avgustda
Turkiston fronti tuzilib unga
Do'stlaringiz bilan baham: |