Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Belskaya Ye.M., Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o’qitish. 3-sinf. T., 2003.
2. Belskaya Ye.M., Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o’qitish. 4-sinf. T., 2003.
3. Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o’qitish. T., 1992.
4. Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. T., 2005.
5. Pakulova V.M., Kuznetsova M.I. Metodika prepodavaniya prirodovedeniya. M., 1990.
10-mavzu: Tabiatshunoslikni o’qitishning
amaliy metodlari
R E J A :
1. Amaliy metodlarning tabiatshunoslik darslarida qo’llanilishi.
2. Amaliy metodlarning turlari.
3. Tajriba - tabiatshunoslik o’qitishning amaliy uslubidir.
4. Jihozlar (kompas, termometr, yomg’ir o’lchagich, gnomon tayoqchasi va h.) bilan mustaqil ishlash
metodikasi.
Tayanch iboralar: «tajriba», «amaliy uslub», «amaliy ish», «amaliy mashg’ulot», «ekskursiya»,
«ekskursiyada amaliy ish», «eksperimental».
Tajriba — o’qitish metodi bo’lib, uning yordamida o’rganilayotgan hodisa qonuniyatini aniqlashga
yordam beruvchi sharoitlar yaratiladi. Tajribalar o’tkazishda o’quvchilarda boshqa metodlar bilan egallash
mumkin bo’lmagan tabiatshunoslik tasavvurlari shakllanadi. Tajribalar atrof olamni bilib olishning qiziqarli
va samarali metodidir. Ular materialistik dunyoga qarashni shakllantirish, kuzatuvchanlik, mantiqiy tafakkur
va nutqni mashqlantirishda katta axamiyatga ega. U dunyoning moddiyligini, uni idrok qilib olish
mumkinligini tasdiqlovchi har xil tabiat jismlarining xossalarini bilib olishning chinakam ilmiy metodidir.
Tajribalar mavhum tushunchalarni aniq tushunchalarga aylantirishda bolalarga yordam beradi.
Masalan, ular faqat tajriba jarayonidagina termometrning simob ustuni haroratning o’zgarishiga qarab
ko’tarilishi va pasayishiga ishonch hosil qiladilar. Faqat tajribagina suvning bir holatdan ikkinchi holatga
o’tishini ko’rsatadi.
Oddiy tajribalar o’quvchilar tomonidan uy sharoitlarida, o’quv-tajriba uchastkasida yoki tirik tabiat
burchagida mustaqil bajariladi. Murakkabroq tajribalarni o’qituvchi darsda namoyish qiladi. Shuni esda
tutish kerakki, mazmuni jihatidan eng oddiy tajriba faqat aniq bilim berishi bilangina emas, balki kuzatish
jarayonini fahmlashga, uning natijalarini ta‘riflashga yordam berishi bilan ham qimmatlidir.
Faraz qilaylik o’quvchilar darsda Quyoshning Yer yuzasiga nisbatan holatiga qarab kuzda sovib borish
to’g’risida bilim olishlari kerak. Bu hodisani tushuntirish uchun o’qituvchi tajriba o’tkazadi. U yonib turgan
5
5
5
2
2
2
shamga ingichka qog’oz tasmachasini tutadi. Bitta tasmani shamning tepasida, ikkinchisini shamdan sal
uzoqroqda ushlab turadi. O’quvchilar qog’oz tasmalarning qaysinisi oldinroq yonganligini aytishlari va nima
uchunligini tushuntirishlari kerak. O’quvchilar bu tajribaning yozda va kuzda quyosh nurlarining yer
yuzasini isitishini tushuntirishga yordam berishini payqashlari kerak.
Tajribaning borishini kuzatib, o’quvchilar kuzda quyosh yer ustida kun sayin tobora pasayishi
to’g’risida xulosalar chiqaradilar. Uning qiya tushayotgan nurlari yer yuzasiga siyranib o’tadi va havoni
isitmaydi. Shuning uchun ham kuzda sovuq tusha boshlaydi.
Materialni mustahkamlash uchun o’qituvchi namoyish qilgan va o’quvchilarning o’zlari o’tkazgan
tajribalarning rasmini chizish yoki ularni ta‘riflab yozish, ba‘zi hollarda uni ham, buni ham qilish kerak.
Asbob va moddalar bilan ishlashda ehtiyotlikni talab qiluvchi tajribalarni o’qituvchining o’zi o’tkazadi. Har
qaysi tajribani boshlashdan oldin o’quvchilarga uning maqsadini, tajriba o’tkazishda nima uchun xuddi shu
asbob va moddalar olinganligini yaxshilab tushuntirish, tajribaning o’tkazilishini hikoya qilib berish planini
yozish kerak.
Misol sifatida «Ko’p yillik manzarali va piyozli sabzavot o’simliklarni ekish muddatlarining gullash
muddati va mo’lligiga ta‘siri» mavzusidagi tajribani (4- sinf) keltiramiz.
Tirik tabiat burchagi yoki o’quv-tajriba uchastkasida o’quvchilar tajriba va kontrol o’simliklarining
o’sishini parallel holda kuzatib boradilar, ularning rivojlanishini taqqoslaydilar, tajriba ishlari natijalarini
qayd qilib boradilar. O’quvchilar tajriba qo’yilishining rasmini chizadilar, daftarlariga xulosalarni yozadilar
(tajriba va nazorat qilinayotgan o’simliklar hosilidagi farqlarni belgilaydilar). Bu tajriba o’quvchilar
materialni chuqurroq o’zlashtirib olishlari uchun mavzuni o’rganishdan oldinroq o’tkaziladi.
Qator maktablar amaliyotida qo’pol xatolar kuzatilmoqda: avval o’qituvchi tajribani ta‘riflaydi va
undan kelib chiqadigan xulosalarni aytadi, keyin esa o’quvchilar tajriba o’tkazadilar. Natijada
o’quvchilarning bilish faolligi va tafakkurning mustaqilligi pasayadi, tajriba vaqtida kuzatilishi kerak bo’lgan
hodisalarga qiziqish kamayadi, tajriba o’qituvchi hikoyasining bezagiga aylanib qoladi.
Agar o’qituvchi sinf oldiga quyidagicha muammoli savollar qo’ysa tajriba o’quvchilarning fikrlash
faolligini oshiradi: qanday isbot qilish kerak? Qanday aniqlash kerak. Tajriba davomida o’qituvchi hamma
vaqt o’quvchilar e‘tiborini borayotgan jarayonlarga qaratishi, ular tafakkurini ushbu savollarga yo’naltirishi
kerak: Siz hozir nimani ko’rayapsiz? Borayotganlarni qanday tushuntirish mumkin? Nima uchun siz shunday
hisoblaysiz? Tajriba tugallangach, o’quvchilar shunday xulosaga olib kelinadiki, uning asosida o’quvchilar
qaysi ehtimol to’g’ri, qaysilari xato ekanligiga ishonsinlar.
Amaliy uslublar o’qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan va yo’naltiriladigan, o’quvchilar fikrini
rivojlantirishga mo’ljallangan so’z, ko’rgazmalilik va amaliy ishning o’zaro murakkab bog’lanishida
ko’rsatadi.
Amaliy uslublar qo’lanilishi o’quvchilar retseptorlari va effektorlarining faol faoliyati Bilan bog’liq.
Amaliy uslublar o’rganilgan materialni chutishga, ko’nikma va malakalar hosil qilishga imkoniyat yaratadi.
Amaliy uslublarni qo’llashga o’quvchilar faoliyatining o’zi bilim manbai hisoblanadi. Bunday usullar
sirasiga og’zaki, yozma mashqlar, laboratoriya ishlari, maktab yer maydoni, tirik tabiat burchagida sinfdan
tashqari bajariladigan mashg’ulotlar kiradi. Amaliy uslublarning turlariga:
5
5
5
3
3
3
O’quvchilarning tarqatma didaktik material bilan turli narsalar yasash;
Rasm chizish;
Tabiat ob‘ektlarini tanib olish va aniqlash bo’yicha ishlar;
Hodisalarni kuzatish va qayd qilish ishlari;
Tajriba o’tkazishlari (tajriba vositasida masalalarni hal qilish) kiradi.
Amaliy ish boshlanishi oldidan qo’yiladigan savol, muammo, masalaga o’quvchilar uning natijalari
bilan javob berishlari kerak. Tabiatshunoslik darslari tanib olish va aniqlash amaliy metodlarining bir turi
bo’lib, tarqalgan o’simliklarni yoki ularning qismlarini farqiga borib, tanib olish xususiyatlarini o’rgatadi.
Taqqoslashdagi farqqa borish o’quvchining aniqlash qobiliyatini rivojlantiradi. Farq qilish va aniqlash
bo’yicha ishlar darslardagina olib borilmaydi, o’qituvchi tabiatga uyushtiriladigan ekskursiyalarda ham
o’simliklarni topi shva to’plashni, namunalar yig’ishni, ularning yoshi, vegetativ usullari, tuproq kesmalari,
moslashishlarini, o’zgaruvchanlikni o’quvchilarning o’zlashtira olish qobiliyatlariga qarab tanlab berishi
kerak. O’simliklar, ular qismlarining shaklini bilib olish bo’yicha ishlarni o’quvchilar uy vazifasi sifatida
bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |