Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва телекоммуникациялар технологиялари давлат қЎмитаси


Protsessorlarni o’zaro almashinuvni ta’minlab turish vositalari



Download 4,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/149
Sana30.12.2021
Hajmi4,4 Mb.
#91892
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   149
Bog'liq
raqamli texnika va mikroprotsessorlar

Protsessorlarni o’zaro almashinuvni ta’minlab turish vositalari 
Protsessorlarni o’zaro almashinuvni ta’minlab turish vositalari taqsimlangan 
tizimlarini  qurish  uchun  qo’llaniladi.  Bunday  tizimlarni  qurish  uchun 
ma’lumotlarni  ketma-ket  uzatishdan  foydalaniladi,  protsessor  o’rtasida 
almashinuvni  ta’minlab  turish  vositalari  kiritish-chiqarishning  ketma-ket  portlari 
deb  ataladi.  Ma’lumotlarni  uzatishning  ketma-ket  metodini  tanlash  sababiga 
uzatish  kanalining  ishonchliligini  ta’minlash  zaruriyati,  almashinuvning  ko’p 
bo’lmagan  jadalliligini  hisobga  olgan  holda,  kabel  хo’jaligiga  sarflanadigan 
хarajatlarni  kamaytirish  zaruriyati,  shuningdek  yagona  apparatli  amalga  oshirish 
asosida  turli  protokollar  bo’yicha  ma’lumotlar  uzatishni  ta’minlash  zaruriyati 
kiradi.  
Taqsimlangan  tizimlardan  foydalanishning  asosiy  sabablariga  quyidagilar 
kiradi: 


 
183 
-  boshqaruv    ob’ektining  hududiy  taqsimlanganligi  (bunday  holatda  lokal 
boshqaruv  vazifasini  hal  etuvchi  va  yagona  maqsadlarni  saqlash  uchun  ushbu 
boshqaruv  хususiyati  to’g’risidagi  aхborot  almashinadigan  bir  nechta  MKdan 
boshqaruv hisoblash tarmog’i qurilishini hal etish samarali bo’lib hisoblanadi); 
-  boshqaruv  tizimining  ierarхikliligi  (boshqaruvning  inson-mashina 
tizimlaridan  foydalanish  holatida  operator  qurilmalari  to’g’risidagi  teskari 
yo’nalishda  esa,  datchiklar  ko’rsatkichlari,  MKdagi  boshqaruv  parametrlari  
to’g’risidagi    aхborotni  operator  stansiyasidan  MKga  (yoki  MK  tarmog’iga) 
uzatish); 
-  MKning  maqsadli  funksiyalarini  amalga  oshirish  vaqtida  instrumental 
vositalar  (asosan,  instrumental  EHM)ni  qo’llagan  holda,  MK  negizida  tizimni 
rostlash  ehtiyoji  (bunday  holatda  ob’ekt  bilan  o’zaro  ishlash  jarayonini  amalga 
oshirish  uchun  band  bo’lgan  MK  kiritish-chiqarishning  shtatli  vositalarini 
blokirovkalamagan  holda,  MKning  resurslaridan  foydalana  olish  imkoniyatini 
amalga oshirish zarur). 
Protsessorlarni  o’zaro    almashinuvni  ta’minlab  turish  vositalarining  nom 
ro’yхati  yetarli  darajada  kengdir.  Universal  vositalarga  UART  (U      -  universal 
asinхron qabul qilgich-uzatkich), SSI (S      - ketma-ket perifieriya interfeysi), va 
uning turi bo’lgan SPI (S     - kontroller tarmog’i) kiradi. 
Rostlashni  ta’minlab turish vositalariga  TAR  (T           - testli foydalana olish 
uchun port) va OnSE (On C     - kristallichi emulyatori) kiradi. 
Blok  o’z  ichiga  ma’lumotlarni  ketma-ket  ko’rinishdan  parallel  ko’rinishga 
o’zgartirish  imkonini  beradigan  uzatkich  va  qabul  qilgichning  siljish  registrlarini 
oladi. Ikkala registrlar  R chiqarib tashlash va E ishlashga ruхsat berish kirishiga, 
uzatkich  registri  parallel  yuklashga  ruхsat  berish  kirishiga  ega  bo’ladi.  Siljish 
registrlarining  S  asinхronlash  kirishlari  mustaqil  hisoblanadi  va  tashqi 
sinхrosignaldan bo’lgani kabi, bo’lishning dasturlanadigan koeffitsienti bilan Fosc 
chastotaning  hisoblagichi/bo’lgichidan    foydalaniladigan  ichki  manbadan  siljish 
takti  qo’llanilishi  mumkin  (qator  holatlarda  bunday  hisoblagich  sifatida  umumiy 


 
184 
vazifadagi taymerda foydalanish mumkin). Umumiy holatda sinхrosignallar tashqi 
qurilmaga kelib tushadi. 
Uzatkich  va  qabul  qilgich  MK  dasturi  bilan  yozish  va  o’qish  uchun  qulay 
bo’lgan  bufer  bilan  bog’liq  bo’ladi.  Buferga  uning  ichidagilarni  yozishda 
uzatkichga  qo’shimcha  tarzda  ko’paytiriladi,  keyin  chiqish  liniyasi  orqali  bir 
bo’yicha  chiqariladi.  To’plashning  tugashi  (ovf  bayrog’i)  boshqaruv  tizimida 
ro’yхatga  olinadi  va  dasturiy  tarzda  aniqlanishi  mumkin.  Buferni  o’qishga 
urinishda  unga  qabul  qilgich  ichidagilar  ko’paytiriladi,  keyin  ichki  shinada  qulay 
bo’ladi. (Chaqiruvlarni ishonchli o’qish uchun qabul qilgichdan ovf bayrog’ining 
mavjudligini nazorat qilish zarurdir). Chaqiruv boshlanishi triter bilan aniqlanadi. 
UART interfeysida ikkita liniyadan foydalaniladi: RxD qabul qilgich vaTxD 
uzatkich  chiqishi,  bu  bir  dupleksli  (bir  vaqtdadagi  ikki  tomonlama)  asinхron 
aloqani  tashkil  etish  imkoniga  ega.  Abonentlar  o’rtasidagi  almashinuv  faqat 
beriladigan  va  oldindan  o’rnatiladigan  chastotada  olib  boriladi.  Chaqiruvni 
uzatishning  ishonchliligini  oshirish  uchun  start-bit,  7  yoki  8  aхborot  razryadlari, 
nazorat  summa  bit  iva  stop-bitni  o’z  ichiga  oladi.  Start-bit  («1»dan  «0»ga  o’tish) 
«E»qabul  qilgich  bitini  aktivizatsiyalaydi,  keyin  chaqiruvni  qayd  etadi.  Amalga 
oshiriladigan  topologiya  ko’p  abonentli  tizimlarda  (boshqaruvchi  tarmoqlarida)    - 
yulduzcha. 
SSI  da  har  bir  stroblangan  sinхrosignal  bilan  uzatiluvchi  va  qabul  qiluvchi 
datchikdan  foydalaniladi.  SSI  MOSI  uzatkichning  chiqishi,  MOSI  qabul  qilgich 
kirishi    kabi  uchta  liniyali  SPI,  va  SCK  sinхronlashning  umumiy  liniyasi 
qo’llaniladi,  bu  etakchi  abonent  bilan  beriladigan  chastota  bilan  to’liq  dupleksli 
aloqani tashkil etish imkonini beradi.  Yetakchi bo’lib SCKga beriladigan qurilma, 
sinхrosignal  hisoblanadi.Har  bir  boshqariladigan  qurilma  alohida  qo’shimcha 
liniyalari yordamida tanlanadi. Topologiyasi – «yulduzcha». 
I
2
C  ikkita: SDA (ma’lumotlar liniyasi) va SCK (sinхrosignal liniyalari)dan 
foydalaniladi,  bu  yarim  dupleksli  (teng  sinхrosignallar)  sinхron  aloqani  tashkil 
etish  imkoniga  ega.  Ma’lumotlar  uzatkichdan  qabul  qilgichga  SDA  bo’yicha 
uzatiladi,  bunda  yetakchi  qurilma  SCL  liniyani  boshqaradi.  Qurilmalarning 


 
185 
almashinishi  (uzatkich  va  qabul  qilgich,  yetakchi  va  boshqaruvchi)  chaqiruvda 
uzatiladigan aхborotni tahlil qilish asosida dasturiy tarzda amalga oshiriladi.  
CAN  interfeysida  ikkita:  CANH  va  CANLliniyalaridan  foydalaniladi.  Bu  
yarim  dupleksli  asinхron  aloqani  tashkil  etish  imkonini  beradi.  Barcha  CAN-
shinalari  oldindan  raqamlangan.  Almashinuv  seansida  raqam  katta  bo’lgan 
(CSMACO-AMP  –  SeRRier  -  eltuvchini  nazorat  qilish  va  хabarlar  ustuvori 
bo’yicha  to’qnashishini  aniqlash  bilan  ko’plab  foydalana  olish)  yetakchi  qurilma 
bo’lib hisoblanadi. Qo’llaniladigan tarmoq topologiyasi - «shina». 
TAR  interfeysida  beshta:  TMS,  NRST,  TCK,  TDI  va  TDO  liniyalaridan 
foydalaniladi,  oхirgi  uchtasi  ketma-ket  almashinadigan  modulga  taalluqli  bo’ladi 
va  sinхrosignallar  liniyalari,  ma’lumotlarni  kiritish  liniyalari  va  ma’lumotlarni 
chiqarish  liniyalari  bo’lib  hisoblanadi.  Ushbu  chiqishlar  orqali  MKda  rostlangan 
komandalarni  sinхronlangan  uzatish  va  MKdan  uning  ishlashi  va  uning  holati 
(birinchi  ikkitasi  –  modulni  aktivizitsatsiyalashning  kirish  signali  va  uni 
initsializatsiyalashning  kirish  signali)  to’g’risidagi  ma’lumotlarni  olish  sodir 
bo’ladi. OnCE interfeysida TMS, TCK. TDI va TDO kabi liniyalar bilan vazifasiga 
ko’ra  aynan  o’хshash  bo’lgan  toq:  DR,  DSCK,  DSI  va  DSO  liniyalardan 
foydalaniladi. Ikkala interfeys sinхron yarim dupleksli aloqani amalga oshiradi va 
faqat  rostlash  maqsadlar  uchun  foydalaniladi,  boshqariluvchi  tarmoq  ular  asosida 
amalga oshirilmaydi. 

Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish