Farmakologiya


Giðofizning old bo‘lagidan ishlab



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Giðofizning old bo‘lagidan ishlab
chiqariladigan gormonlar
Adrenokortikotrop gormon (AKÒG) giðofiz old qismidagi
bazofil hujayralarda ishlab chiqariladi. Hozirgi vaqtda sintez yo‘li
bilan olingan AKÒG maxsus retseptorlar bilan ta’sirlanadi.
AKÒG buyrakusti bezida glukokortikoidlar hosil bo‘lishini
kuchaytiradi. AKÒGni ishlatilganda buyrakusti bezi faoliyati
susaymaydi, lekin uzoq vaqt ta’sir etganda bu bez faoliyati


281
zo‘riqishi mumkin. AKÒGning preparati kortikotropin hayvon-
larning giðofizidan olinadi va ta’sir birligi bilan belgilanadi.
Hazm yo‘llarida parchalangani uchun mushak orasi va venaga
yuboriladi. Preparatning ta’sir muddati 6 soat. U, asosan,
glukokortikoidlarni uzoq vaqt ishlatilgandan so‘ng beriladi.
Bundan maqsad buyrak- usti bezi po‘stloq hujayralarini
faollashtirish va glukokortikoidlar susaytirgan endogen korti-
kosteroidlar ishlab chiqarilishini tiklashdir. Preparatni uzoq
vaqt davomida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Chunki bir tomondan
AKÒGning ishlab chiqarilishi susayib qolishi mumkin,
ikkinchi tomondan esa buyrakusti bezining faoliyati zaiflashib
qoladi. Ko‘pincha kortikotropin  kortikosteroidlar bilan almash-
tirib ishlatiladi.
Nojo‘ya ta’siri: shish, arterial bosimning ko‘tarilishi, uyqu-
sizlik, regeneratsiya jarayonlarining susayishi kuzatiladi.
Kortikotropinni giðertoniyaning og‘ir shakllari, qandli
diabet, me’da va o‘n ikki barmoq ichak saratoni, yurak faoliyati
yetishmovchiligida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Somatotropin gormoni giðofiz old qismida asidofil hujay-
ralar tomonidan ishlab chiqariladi. Somatotropin ta’sirida skelet
va butun tananing o‘sishi ta’minlanadi. Bu gormon yetish-
movchiligida o‘sish sekinlashib, to‘xtab qoladi (pakanalik),
ko‘p ishlab chiqarilganda esa haddan tashqari o‘sib ketish
(gigantizm), agar o‘sish davri tugagan bo‘lsa, akromegaliya
kasalligi rivoj topadi.
Somatotropin anabolik ta’sirga ham ega, peshob bilan azot
qoldiqlari chiqarilishining kamayishi bundan darak beradi. So-
matotropin qonda qand miqdorini oshiradi (giðerglikemiya),
liðolizni faollashtiradi, qonda erkin yog‘ kislotalari miqdorini
oshiradi. Bu gormon hozirda toza holda ajratib olingan. Asosan,
somatotropin gormoni ishlab chiqarilishi yetishmaganda tavsiya
etiladi. Hazm yo‘llarida parchalangani sababli parenteral
mushaklar orasiga yuboriladi.
Somatostatin gormoni giðotalamusdan ajratib olingan va
sintez yo‘li bilan olingan, lekin u akromegaliyani davolashda
kam samarali. Chunki u qisqa muddat ta’sir etadi va tanlab
ta’sir etmaydi, enteral yuborilganda samara bermaydi. Hozirda
akromegaliyani davolashda dofaminomimetiklar (bromkriðtin)


282
keng qo‘llaniladi, chunki ular o‘sish gormoni ishlanishini
tanlab kamaytiradi.
Òireotrop gormoni qalqonsimon bez gormonlari ishlab
chiqarilishini kuchaytiradi. Bu gormon qalqonsimon bez tomo-
nidan yodning yutilishi, tirozinning yodlanishi va gormon
sekretsiyasi, tireoglobulin proteoliziga ta’sir qiladi.
Òibbiyot amaliyotida qoramol giðofizining old bo‘lagidan
tozalangan ekstraktirotropin ishlatiladi. Uning faolligi ÒBda
ifodalanib, qalqonsimon bezning faoliyati yetishmovchiligi—
giðofunksiyada, miksedema kasalligida tireoidin bilan birga
qo‘llanadi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish