Farmakologiya


Me’da sekretsiyasiga ta’sir etuvchi vositalar va



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Me’da sekretsiyasiga ta’sir etuvchi vositalar va
ularning o‘rindosh preparatlari
Me’da shilliq pardasidagi hujayralardan ishlab chiqariladigan
xlorid kislota, pepsin fermenti va shilimshiq ovqat hazm
bo‘lishida muhim vazifani bajaradi. Me’da shirasining muhiti pH


245
2—3, xlorid kislota hisobiga hosil bo‘lib, pepsinogenni faol
pepsinga o‘tkazadi, ovqat bilan tushgan mikroblarga qarshi
to‘siq vazifasini bajaradi. Undan tashqari, pilorus sfinkterining
ishini boshqarib, me’daosti bezidan sekret, o‘t qopidan o‘t
ajralishida ishtirok etadi.
Pepsin proteolitik ferment hisoblanib, oqsillarning dastlabki
parchalanishini ta’minlaydi. Shilimshiq esa shilliq qavatni xlorid
kislota va pepsinning ta’siridan himoya qiladi.
Me’da shirasi sekretsiyasining miqdoriy va sifat jihatidan
o‘zgarishi, har xil patologik holatlar va kasalliklarda namoyon
bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgarish ovqat hazm bo‘lish
jarayonining izdan chiqishiga olib keladi. Shunday hollarda me’da
shirasi sekretsiyasini normal holga keltiradigan yoki uning
o‘rnini bosadigan preparatlar ishlatiladi.
Shira ajralishi kamaysa (giðosekretsiya) va bu holatning
sababi bo‘lgan sekretsiya bezlarining fiziologik faoliyati susaygan
bo‘lsa, bunday paytlarda sekretsiyani kuchaytiradigan moddalar
— kuchsiz kislotalar, nordon meva sharbatlari va ayrim dori
preparatlari tavsiya etiladi. Bu vositalar orasida gistamin xlorid
parietal hujayralardagi H
2
-gistaminoretseptorlarni qo‘zg‘atadi va
natijada kislota ajralishi ortadi. Pentagastrin (gastrointestinal
gormon) ham kislota hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Ikkala
preparat ham tibbiyot amaliyotida me’da kasalliklarini aniqlash
maqsadida qo‘llaniladi. Bu dori vositalari me’da-ichak sekretsiya
bezlari kasallik tufayli morfologik o‘zgargan (atrofiyalangan)
bo‘lsa kuchsiz, funksional o‘zgarishda esa sezilarli samara
ko‘rsatadi. Shu maqsadda akofein natriy benzoatdan foyda-
laniladi.
Òurli sabablarga ko‘ra xlorid kislotaning ko‘p ishlab
chiqarilishi (giðersekretsiya) me’da va 12 barmoq ichak yara
kasalligi, me’da-ichak faoliyatining o‘zgarishi, ovqat hazm
qilish jarayonining buzilishi va boshqa asoratlarga olib keladi.
Shu sababli kislota ta’sirini pasaytirish uchun, asosan, antatsid
preparatlar qo‘llaniladi. Bundan asosiy maqsad me’da shirasi
peptik ta’siri (oqsillarni parchalash, shilliq pardani yemi-
rish)ning oldini olishdir.
Antatsidlarga ishqoriy xususiyatli moddalar — aluminiy
preparatlari (aluminiy gidroksid, almagel, maaloks, gastal,

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish