Farmakologiya


Peshob toshlari hosil bo‘lishini



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Peshob toshlari hosil bo‘lishini
to‘xtatuvchi vositalar
Bularga allopurinol, etamid, allomaron, silfinpirazon,
kebuzon, urodan, magurlit, sistenal, avisan, urolesan,
fitolizin preparatlari kiradi. Peshob kislotasining qondagi miq-
dori har xil sabablarga ko‘ra purin almashinuvining buzilishi
natijasida uratlarning qondagi miqdori ko‘tarilsa u to‘qi-
malarga (shu jumladan, bo‘g‘imlarga) o‘tira boshlaydi (podag-
ra). Buyraklarda va peshob yo‘llarida esa tosh hosil bo‘lishi
mumkin.
Podagraning o‘tkir xurujida yallig‘lanishga qarshi ta’sir
ko‘rsatadigan dorilar (butadion, indometatsin, brufen, KÒG,
glukokortikoidlar) beriladi. Xuruj paytida va xuruj bo‘lmagan
davrda peshob kislota tuzlarini tanadan chiqarib yuboradigan
dorilar ham ishlatiladi. Ushbu preparatlar qatoriga salitsilatlar
(natriy salitsilat, asetilsalitsil kislota), etamid (sulfamidbenzoy
kislota unumi) kiradi. Bu preparatlarning ta’sir mexanizmi
kanalchalarda peshob kislotaning reabsorbsiyasini tormozlashi
bilan bog‘liq. Salitsilatlar ta’sirida peshob kislotaning ajralishi


240
2 baravar ortadi. Lekin bu preparatlarning nojo‘ya ta’siri
bo‘lgani uchun uzoq ishlatib bo‘lmaydi. Shu sababli ularning
o‘rniga etamid preparati berilishi mumkin. Etamid zaharsiz,
10—12 kun davomida beriladi, keyin 5—7 kun tanaffus
qilinadi, podagra xurujida berilmaydi. Preparat ta’sirida peshobda
uratlarning miqdori ortgani sababli tosh hosil bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida ko‘p suv va ishqoriy mineral suvlar
tavsiya etiladi. Buyraklarda tosh hosil bo‘lishining yana bir
sababi minerallar almashinuvining buzilishi hamda vitamin A
ning yetishmasligidir. Peshob tarkibidagi ko‘pchilik yomon
eriydigan moddalar pH o‘zgarganda cho‘ka boshlab, qum hosil
qiladi.
Buyrak-tosh kasalligini davolashga qaratilgan quyidagi
usullar mavjud: a) peshobning pH muhitini o‘zgartiradigan
moddalar (kislotali yoki ishqoriy muhitga), b) mikroblarga
qarshi dorilar, d) spazmolitiklar.
Peshob muhiti kislotali bo‘lganida uratlar, sulfanilamidlar,
oksalatlar tosh hosil qiladi. Ishqoriy muhitda esa fosfatlar,
karbonatlar, oksalatlar cho‘kma tarkibida bo‘ladi.
Peshobda kislotali muhit bo‘lishi uchun bor kislota (0,5 g
dan ovqatdan keyin 2—3 marta), ammoniy xlorid (1—2 g
dan kuniga 4—5 marta), peshobni ishqoriy muhitga o‘tkazish
uchun esa natriy bikarbonat (1 g dan kuniga 4—5 marta),
magurlit beriladi.
Spazmolitiklardan miotrop ta’sir etadigan preparatlar
(papaverin, no-shpa, dibazol), M-xolinoblokatorlar (atropin,
platifillin, metatsin) va ko‘pincha o‘simliklardan olingan dorilar
(avisan, fitolizin, marelin, sistenal va boshqalar) beriladi.
O‘simlik preparatlarining ko‘pchiligi peshob haydovchi,
yallig‘lanishga qarshi, mikroblarga qarshi va spazmolitik ta’sir
ko‘rsatib, peshob yo‘lidagi toshlarning chiqib ketishiga imkon
yaratadi. Buyrak-tosh kasalligi xurujida og‘riq qoldiradigan
(morfin, promedol, analgin, baralgin), spazmolitik va M-
xolinoblokatorlar (atropin, platifillin, no-shpa) ishlatiladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish