UMUMIY DORINOMA (RETSEPTURA).
DORIXONA VA UNING VAZIFALARI
Umumiy retseptura – dori vositalarining yozilishi, tayyor-
lab berilishi va qabul qilish yo‘llari va qoidalari ko‘rsatilgan
farmakologiyaning bo‘limidir. U shifokorlik retsepturasini (dori
vositalarining yozilishi va qabul qilish qoidalari) va farmatsevtik
retsepturani (dori vositalarini tayyorlash va bemorga berish) o‘z
ichiga oladi. Dori vositalarini retseptga asosan tayyorlash qoi-
dalari, uslublari bilan dori shakllarining texnologiyasi fani
shug‘ullanadi.
Retsept
Retsept — tibbiy xodimning dorixonaga dori vositasini
tayyorlash va berish to‘g‘risidagi yozma murojaatidir.
Dorinoma va uni yozish shifokor faoliyatining ajralmas
tarkibiy qismi hisoblanadi, deyish mumkin. Shuning uchun
retsept yozish tarixi shifokorlik qilish tarixi bilan yonma-yon
turadi. Adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, dastlabki dorinoma
chamasi 6–7 asrlar avval paydo bo‘lgan. O‘rta asrlarda alxi-
miklar ko‘pincha shifokorlik bilan shug‘ullanib, dorinomalar
yozish bilan bunda o‘zlarining ayrim fikrlarini sir saqlaganlar.
Avvallari retsept „Formula medika“ nomi bilan yuritilgan
bo‘lsa, „retseptum“ so‘ziga almashtirilgan va „ol“ („recipe“)
so‘zi bilan boshlaganlar. Keyinchalik dorinoma shifokor uchun
oddiy hujjatgina emas, balki maxsus, hatto yuridik hujjat bo‘lib
qoldi. Shuning uchun ham unda shifokorning qo‘li hamda
tashkilotning muhri qayd etilgan.
Dorinoma shifokor tomonidan yozib berilgan hujjatgina
emas, balki u adliyaviy (yuridik) hujjat hamdir. Shuning
uchun ham har bir davolash-profilaktika tashkilotlarida dorino-
mani saqlaydigan, hisob-kitob qiladigan, beradigan-tarqatadi-
gan, javobgarlikni bo‘yniga olgan shaxs bo‘lishi kerak. Retsept
bilan ta’minlash ishlari mahalliy sog‘liqni saqlash muassasalari
tomonidan olib boriladi. Narkotik moddalar hamda kuchli ta’sir-
ga ega bo‘lgan dori moddalari, bepul beriladigan dorilar, im-
tiyozli shartlar bilan yozib beriladigan retseptlar blankasi seyfda
saqlanadi.
To‘liq qimmatiga ko‘ra yozib beriladigan dorilar retseptining
blanki metalldan yasalgan javonlarda — po‘lat sandiqlarda
18
(seyflarda) yoki boshqa qulflanadigan qutilarda saqlanishi lozim.
Shu bilan birga, retseptlarning ro‘yxati alohida jurnallarga
yozilishi kerak.
Dorinoma quydagi ko‘rinishda, ma’lum hajmda (formatda)
va ma’lum qoidaga amal qilingan holda yozilishi kerak, ya’ni:
I. Adres qismi („Inskriptsio“) blank formatining yuqorisi-
dan boshlab:
1. Davolash-profilaktika muassasasining yoki shifokorning
muhri (shtamp-muhri), uning manzili va telefon raqami
ko‘rsatiladi.
2. „Bolaga“ yoki „katta odamga“, 60 yoshdan oshgan be-
morga degan belgilari bo‘lib, ularning nokeragi ustidan chizi-
ladi.
3. Retsept yozilgan vaqt ko‘rsatiladi (kun, oy, yil).
4. Bemorning familiyasi, ismi, otasining ismi, demak, bu
qismda ayrimlari ruscha yoki milliy tilda yozilishi kerak bo‘ladi.
II. Farmatsevtga – provizorga murojaat qismi. Bu qismda dori
yoki dorilarning tarkibi ko‘rsatiladi. Retseptning bu qismi
„Recipe“ (qisqartirilgan holda — Rp.) so‘zi bilan boshlanadi.
Bu „ol“ degan ma’noni anglatadi.
Dorilarning nomi bosh harf bilan boshlanadi va qaratqich
kelishigida tugatiladi. Shifobaxsh o‘simliklarning nomi ham katta
harflar bilan boshlanadi. Agar yoziv bir qatorga sig‘masa, u
holda davomi ikkinchi qatorning yarmidan davom ettiriladi va
oxirida dorining miqdori (dozasi) ko‘rsatiladi. Bunda suyuq
dorilar millilitrlarda (1 ml, 5 ml, 10 ml, 2000 ml va hokazo)
ko‘rsatiladi. Agarda ikkita yoki bir necha dori moddalari bir xil
miqdorda yozib beriladigan bo‘lsa, u holda bir marta, oxirgi
dori moddasining nomidan keyin bir xil miqdorda, ya’ni
„ana“ so‘zi yozilib, (qisqacha „aa“ — barobar (teng) degan
ma’noni bildiradi) so‘ngra dorining miqdori ko‘rsatiladi.
Ba’zi zaharli yoki kuchli ta’sirga ega bo‘lgan dorilarning
miqdorini raqamda ko‘rsatish bilan birga, qavs ichida uni so‘z
bilan yozib undov belgisi qo‘yish lozim bo‘ladi. Bu esa ehtiyot
bo‘lishlikka undaydi. Masalan: 0,02 (ikki santigramm). Retseptda
dori moddalarining ro‘yxati ma’lum tartibda yoziladi, eng
avvalo kuchli ta’sirga ega bo‘lgan dori moddalari yozilib, keyin
davolov quvvatiga qarab oddiy dorilar yoziladi. Bunda quyidagi
tartibga rioya qilingan holda yoziladi, ya’ni:
a)
Basis — asosiy dori moddalari;
b) Adjuans — yordamchi dori moddalari;
19
d) Corrigens — mazasini yoki hidini yaxshilaydigan,
o‘zgartiradigan qo‘shimcha moddalar;
e) Constituents — doriga quyuqlik, zichlik, yumshoqlik
(konsistensiya) beradigan moddalar.
III.
Subscri pcio — farmatsevtga qaysi shaklda tayyorlashni
ko‘rsatilgan qismi;
a) M.f. Unguentum. Misce — qorishtir, ut fiat – tayyor-
lash, unguentum – shunday qorishtirginki, haqiqiy surtma
dori bo‘lsin) (yoki kukun – pulvis).
xab dorilar (in tabulettis), shamchalar tayyorlansin (ut
fiat suppositoria) va boshqalar.
b) D.t.d.N. (Da tales dosis Numero) — qanday ko‘rsatilgan
bo‘lsa shunday miqdorlarda yoki dozalarda ber.
d) Da in vitro nigro — to‘q rangli shishada ber.
IV. Signa ( qisqachasi — S.) – belgila. Bunday dorini
ishlatish usuli, ichish vaqti, dozasi, qancha muddat ichida
ichish kerakligi ruscha va mahalliy tillarda belgilab beriladi.
Masalan: bir osh qoshiqda bir kecha-kunduzda 3 marta
ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin 4 kun davomida ichilsin.
V. Retsept (dorinoma) blankasining pastki qismiga shifokor
imzosi qo‘yilib, shaxsiy (yoki muassasa) muhri bosiladi.
VI. Quyida esa dorinomaning qaysi muddatgacha o‘z kuchini
saqlashi ko‘rsatiladi, ya’ni dorinoma 10 kungacha yoki 12
oygacha o‘z kuchini saqlaydi degan so‘zlar yozib qo‘yilgan
bo‘ladi. (Shifokor keraksizining ustidan chizadi.)
Bulardan tashqari, dorinoma yozishda quyidagilarga rioya
qilinishi lozim:
— dorinoma blankasining chap tomonida dorilar narxini
(bahosini) yozish uchun (2 santimetrdan kam bo‘lmagan) joy
qoldiriladi;
— dorinoma blankasining chapdagi burchak qismiga agarda
bemorga dorini shoshilinch ravishda, zudlik bilan berib yubo-
rish zarur bo‘lsa, „Sito“ (tez) yoki „Status“ (darhol) so‘zlari
yoziladi;
— agarda shifokor o‘zi uchun retsept yozgan bo‘lsa,
dorinomaning chap va yuqori qismiga „Pro autore“ (muallif-
ning o‘ziga) yoki „Pro mi“ (o‘zim uchun) deb yozib qo‘yishi
kerak;
— bepul asos bo‘lib xizmat qilgan imtiyozli shartlarni
ko‘rsatib o‘tishi lozim. Bunday blankaga faqat bittagina dorinoma
20
yozib berilishi kerak, hamda u kamida ikki nusxada bo‘lishi
lozim. Shuningdek, u muassasaning „dorinomalar uchun“
degan muhri bilan tasdiqlanishi va shifokor bemorning „ambu-
latoriya kartasiga“ dorinomaning mazmuni hamda ro‘yxat
daftariga uning tartib sonini yozib qo‘yishi kerak;
— agarda dorinomada kuchli (ro‘yxat – B) ta’sirga ega
bo‘lgan dori moddasi yozilgan bo‘lsa, blankada muassasaning
shtampi, shifokorning shaxsiy muhri bosilgan bo‘lishi kerak;
— agarda dorinomada zaharli (ro‘yxat — A) dori moddasi
yozilgan bo‘lsa, muassasaning shtampidan tashqari „dorinoma
uchun“ degan muhri hamda shifokorning shaxsiy muhri bosil-
gan bo‘lishi kerak;
— agarda dorinomada bemorga narkotik moddalar yoki
„narkomaniya“ chaqiruvchi dori moddalari berilgan bo‘lsa, u
alohida nusxadagi blankaga yozilishi kerak va u muassasa
shtampi, yumaloq muhri hamda shifokor shaxsiy muhri; davo-
lash-profilaktika tashkilotining bosh shifokori hamda bo‘lim
mudirining muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak;
— agarda dori moddasining tarkibiy qismi farmakopeyada
belgilangan tartibda bo‘lib, u kimyo-farmatsevtika sanoatida
tayyorlangan bo‘lsa, ularni offitsinal (ofitsina – dorixona)
preparatlar deyiladi. Agar u farmatsevt tomonidan shifokor
ko‘rsatmasiga binoan dorixonada tayyorlangan bo‘lsa, magistral
(magistr — o‘qituvchi, murrabiy) preparat deb ataladi;
— noto‘g‘ri yozilgan dorinoma bekor qilinib, unga „dori-
noma bekor qilingan“ shtampi bosiladi, ro‘yxatga olinadi va shu
haqida dorinoma yozilgan joyga xabar qilinadi;
— narkotik moddalar yozib berilgan (ro‘yxat — A) dori-
nomalar 5 kun, zaharli ta’sirga ega bo‘lgan moddalar yozib
berilgan retseptlar 10 kun mobaynida o‘z kuchini saqlaydi,
qolganlarining kuchi ikki oydan so‘ng yo‘qoladi.
Shunday qilib retsept yozilganidan so‘ng, shifokor uni
yaxshilab ko‘zdan kechirishi kerak, chunki bunda har bir
yo‘l qo‘yilgan xato, ayniqsa, zaharli moddalar va narkotik
dorilar yozganda bemor hayoti uchun xavf tug‘dirishi
mumkin. Shuning uchun ham shifokor hushyor bo‘lishi talab
etiladi.
21
Do'stlaringiz bilan baham: |