Energetik almashinuv – dissimilatsiya. ATF barcha hujayralarning
universal energiya zaxirasi bo‘lib hisoblanadi. ATF hujayrada fosforlanish
reaksiyasi natijasida hosil bo‘ladi.
ADF + H
2
PO
4
+ 40 kJ = ATF +H
2
O
ATFning sintezi uchun kerak bo‘ladigan energiya hujayrada organik
moddalarning parchalanishidan hosil bo‘ladi. Bu energiya ATFning kimyoviy
bog‘larida saqlanadi.
Energetik almashinuv bosqichlari. Hujayrada kechadigan energetik
almashinuv jarayoni hujayraning nafas olishi deb ham ataladi. Nafas olish
jarayonida kisloroddan foydalanadigan organizmlar aerob organizmlar,
nafas olish jarayoni kislorodsiz muhitda kechadigan organizmlar anaerob
organizmlar deyiladi. Aerob organizmlarda energetik almashinuv 3 bosqichda
o‘tadi (22-rasm):
1. Tayyorgarlik bosqichi.
Do'stlaringiz bilan baham: |