Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali kompyuter injiniringi fakulteti



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/48
Sana30.12.2021
Hajmi1,5 Mb.
#91480
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
malumotlar uzatishda qollaniladigan tarmoqlararo ekran tahlili

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4. XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 
 


 
94 
4.1. Shaxsiy komp`yuterlarda ishlovchi xodimlar xavfsizligini ta`minlash 
turlari. 
  
Komp`yuter    bilan    ishlaganda    maxalliy    tarmoqdagi    kuchlanish    110-220V  
diapazonida  bo`lishi  kerak.  Tizim  blokidagi  nominal  kuchlanish  qiymati  o`rnatilganligini 
tekshirish zarur.  
ShK  (shaxsiy  komp`yuter)  –  xavfsiz  tarmoq  kabeli  bilan  jihozlangan  va 
faqat erga ulangan tarmoq razetkasiga ulanadi. 
ShK  razetkasi  va  tarmoq  razetkasi  oson  bog`lanuvchan  bo`lishi  kerak. 
Komp`yuterning  ON/OFF  (POWER)  –  o`chirib  yoqish  tugmasi  uni  tarmoq 
kuchlanishidan to`liq izolyatsiya qila olmaydi. Tarmoqdan to`liq izolyatsiya qilish 
uchun vilkani tarmoq razetkasidan ajratish kerak.  
Momaqaldiroq vaqtida ma`lumotlar uzatish kabelini uzish xam, yoqish 
xam ta`qiqlanadi. 
ShK ichiga xech qanday begona buyumlar (Misol uchun: zanjir, kontselyar 
qisqich,  mix  va  shu  kabilar),  qisqa  tutashuv  yoki  tok  urishiga  sabab  bo`ladigan 
suyuqliklar tushib qolmasligi kerak. 
Favqulotda  vaziyat  bo`lganda  (misol  uchun:  korpus,  boshqaruv  elementi 
yoki  tarmoq  kabeli  shikastlanganda,  ichiga  suyuqlik  yoki  begona  jismlar  tushib 
qolganda),  darxol  ShK  ni  o`chirish  va  tarmoq  razetkasidan  vilkani  tortib  olish 
kerak. 
ShK  ni  o`zboshimchalik  bilan  ichini  ochish,  ichidagi  buyumlarga  tegish 
tavsiya  qilinmaydi.  ShK  ni  ta`mirlashni  faqat  vakolatli  xodimlargina  amalga 
oshirishi  mumkin.  Ruxsat  etilmagan  ochishlar  yoki  moxirsizlik  bilan  ta`mirlash 
foydalanuvchiga  xavfni  tug`dirishi  mumkin  (tok  urishi,  yong`in  va  shu  kabilar). 
Talablarga  muvofiq  ShK  ni  ekspluatatsiyasi  faqat  to`liq  ta`mirlangan  korpus  va 
orqa qopqog`i o`rnatilgan xoldagina ta`minlanadi. 


 
95 
Tizim  blokini  ochishdan  oldin  ShK  ni  o`chirish  va  vilkani  tarmoq 
razetkasidan chiqarib olish kerak. Tizim blokini ochishda ShK ekspluatatsiyasi va 
texnik ma`lumotnomasida keltirilgan ko`rsatmalarni e`tiborga olish kerak. 
Komp`yuter bilan ishlaganda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak: 
1. Ishdan oldin: 
-  ish joyini to`g`ri tashkil qilish; 
-  Kuchlanish kabellarini, ulovchi o`tkazgichlarni, razetka, shtepsel`  
vilkalarini sozligini tekshirish; 
-  Mashinani shunday o`rnatish kerakki, tebranish(vibriatsiya) va  
chayqalish turlari bartaraf etish imkoni bo`lsin; 
-  Mashinaning xamma bloklarini sozligini va komp`yuterni butun  
ishga tayyorlik darajasini tekshirish; 
2. Ish mobaynida: 
-  ShK da begona shaxslarni ishlashiga yo`l qo`ymaslik; 
-  begona buyumlarni mashinaning ishlayotgan bloklariga tushib  
qolmasligini nazoratlab turish; 
 3. Ishdan so`ng:  
-  Ish joyini tartibga keltirish; 
Ish mobaynida quyidagilar ta`qiqlanadi: 
 1.  Kiyimning  yuqori  cho`ntaklarida  begona  metall  buyumlar,  ayniqsa 
o`zining tarkibida magnitlangan temirga ega bo`lgan buyumlarni saqlash;        
 2.    Malakasi  ikkinchi  toifadan  past  bo`lgan  shaxslarni  xonada  bir  o`zi 
ishlashi; 
 3.  Mashinaning tok oqib o`tadigan qismlariga teginish; 


 
96 
 4.    Manbaga  ulangan  komp`yuterdan  platalarni  olish  va  qo`yish, 
shuningdek ajralishli yoki bog`lanishli ulanishlarni ajratish yoki ulash;  
 5.  Tarmoqqa ulangan komp`yuterning ustki qopqog`ini echish;  
 6.    Axborotni  tasvirlovchi  modul  (monitor)  qopqog`ini  ochish,  chunki 
elektron-nur trupkaga yuqori kuchlanish beriladi; 
 7.  Ventilyatsion tirqishlarni berkitish; 
 8.    Malakaviy  mas`uliyatga  ega  bo`lmagan  foydalanuvchilarga 
komp`yuterda paydo bo`lgan nosozliklarni sozlashga ruxsat berish; 
 9.  Boshqa nominalga ega bo`lgan saqlagichlarni ishlatish; 
10.  Nosoz mashinalar bilan ishlash;  
11.  Ish vaktida uzoq tanaffuslarga mashinani yoqiq xolda tashlab ketish;  
Kiritish/chiqarish  qurilmalari  (monitor,  klaviatura,  va  sichqoncha)  ergonomik 
ekspluatatsiya  va  sog`liqni  asrash  uchun  mo`ljallangan.  Shuningdek,  kiritish/chiqarish 
qurilmalarini nosoz ishlashi, qo`lni noto`g`ri qo`yish yoki to`g`ri o`tirmaslik, uzoq vakt uzluksiz 
klaviatura  yoki sichqoncha orqali axborot kiritish inson tanasining zo`riqishiga va charchashiga 
olib  kelishi  mumkin.  Ko`zni  zo`riqishiga,  mushaklarda  nerv  tizimini  susayishiga,  bo`g`imlarda 
og`riq paydo bo`lishiga xam sababchi bo`ladi. Bu xolat quyidagi maslaxatlarga amal qilinganda 
sezilarli darajada kamayishi mumkin.  
Ish  joyida  monitor  shunday  joylashishi  kerakki,  yorug`lik  iloji  boricha  yuqoridan 
burchak  ostida  tushishi  kerak.  Monitor  derazaga  nisbatan  yoni  bilan  turishi,  ish  stoli  esa, 
yorituvchi  qurilmalar  orasida  turishi  kerak.  Ko`zni  zo`riqtiradigan,  to`g`ri    (ko`rish  maydoniga 
tushayotgan  yorug`lik  manbai)  va  qaytgan  (ekrandan  qaytgan  yorug`lik)  yorug`likdan  iloji 
boricha ximoyalanish kerak. Buning uchun ish joyini o`zgartirish kerak. Monitordagi tasvirning 
yoritilganligi,  ravshanligi  va kontrasti bajarilayotgan ishga va xonaning  yoritilganligiga bog`lik 
xolda  sozlanishi  kerak.  Monitor,  xujjatlar  va  klaviatura  shunday  joylashishi  kerakki,  ularni 
yorug`lik  manbasiga  nisbatan  joylashganligiga  bog`liq  bo`lgan  yuzalaridagi  ravshanlik  1:10 
nisbatdan oshib ketmasligi kerak (1:3 nisbat tavsiya etiladi).  
Klaviatura  va  sichqonchani  shunday  joylashtirish  zarurki,  ularning  ekspluatatsiyasida 
sezilarli  kuchlanishlar  paydo  bo`lmasligi  kerak.  Klaviaturani  tananing  yuqori  qismiga  nisbatan 


 
97 
parallel ravishda, sichqonchani esa, aynan klaviatura satxida joylashtirish kerak. Stol cheti bilan 
klaviatura orasi 5-10 sm bo`lishi kerak. 
Monitorni shunday joylashtirish kerakki, undagi tasvirni boshni yoki tanani burmasdan 
ko`rish  mumkin  bo`lsin.  Monitorgacha  bo`lgan  masofa  70  sm  dan  oshmasligi  zarur  (optimal 
masofa  50  sm).  Xujjatlashtirish  qurilmalari  va  tez-tez  ishlatib  turilmaydigan  texnik  vositalar 
operatordan  o`ng  tomonda,  maksimal  erishish  zonasida  joylashtirish,  aloqa  vositalari  esa  chap 
tomonda  o`ng  qo`lni  yozish  uchun  bo`sh  qoldirish  maqsadida  joylashtirish  tavsiya  etiladi. 
Xujjatgacha bo`lgan masofa xuddi monitor uchun mo`ljallangan masofadek bo`lishi kerak. 
Stol  yoki  stulning  balandligi  operatorning  bo`yiga  qarab  moslashtiriladi.  Stulning 
suyanchigi  umurtqa  pogonasini  bel  qismiga  tegib  turadigan  va  operator  to`g`ri  o`tira  oladigan 
bo`lishi kerak.  
O`tirganda  oyoqlarning  bukilgan  burchagi  90
0
  va  undan  yuqorini  tashkil  qilishi zarur. 
Axborot kiritish vaqtida qo`lning tirsakdan to kaftgacha bo`lgan qismi pol bilan parallel bo`lishi, 
elkalar esa erkin xolda bo`lishi kerak. 
Monitor tasvirning yuqori chekkasi ko`z chizig`ida bo`lishi zarur. 
Bu  maslaxatlarning  xammasi  ShK  bilan  ishlashda  tana  a`zolarini  toliqtirmasdan, 
zo`riqtirmasdan ishlashini ta`minlaydi.       

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish