90
Bu muammoni echish uchun quyidagi yondashishlar taklif etilgan:
- taqsimlangan tarmoqlararo ekranlardan (distributed firewall)
foydalanish;
- virtual xususiy tarmoq VPNlar imkoniyatidan foydalanish.
Taqsimlangan tarmoqlararo ekran tarmoqning aloxida komp`yuterini
ximoyalovchi markazdan boshqariluvchi tarmoq mini-ekranlar majmuidir.
Taqsimlangan brandmauerlarning qator funktsiyalari (masalan markazdan
boshqarish, xavfsizlik siyosatini tarqatish) shaxsiy foydalanuvchilar uchun ortiqcha
bo`lganligi sababli, taqsimlangan brandmauerlar modifikatsiyalandi. Yangi
yondashish
shaxsiy tarmoqli ekranlash texnologiyasi nomini oldi. Bunda tarmoqli
ekran ximoyalanuvchi shaxsiy komp`yuterda o`rnatiladi. Komp`yuterning shaxsiy
ekrani (personal firewall) yoki tarmoqli ekranlash tizimi deb ataluvchi bunday
ekran, boshqa barcha tizimli ximoyalash vositalariga bog`liq bo`lmagan xolda
butun chiquvchi va kiruvchi trafikni nazoratlaydi. Aloxida komp`yuterni
ekranlashda tarmoq servisdan foydalanuvchanlik madadlanadi, ammo tashqi
faollikning yuklanishi pasayadi. Natijada, shu tariqa ximoyalanuvchi komp`yuter
ichki servislarining zaifligi pasayadi, chunki chetki niyati buzuq odam oldin,
ximoyalash vositalari sinchiklab va qat`iy konfiguratsiyalangan, ekranni bosib
o`tishi lozim.
Taqsimlangan tarmoqlararo ekranning shaxsiy ekrandan asosiy farqi-
taqsimlangan tarmoqlararo ekranda markazdan boshqarish funktsiyasining borligi.
Agar shaxsiy tarmoqli ekranlar ular o`rnatilgan komp`yuter orqali boshqarilsa (uy
sharoitida qo`llanishga juda mos), taqsimlangan tarmoqlararo ekranlar
tashkilotning bosh ofisida o`rnatilgan boshqarishning umumiy konsoli tomonidan
boshqarilishi mumkin.
Korporativ tarmoq ruxsatsiz foydalanishdan xaqiqatan xam ximoyalangan
xisoblanadi, qachonki uning Internetdan kirish nuqtasida ximoya vositalari xamda
tashkilot lokal tarmog`i fragmentlarini, korporativ serverlarini va aloxida
komp`yuterlar xavfsizligini ta`minlovchi echimlar mavjud bo`lsa. Taqsimlangan
91
yoki shaxsiy tarmoqlararo ekran asosidagi echimlar aloxida komp`yuterlar,
korporativ serverlar va tashkilot lokal tarmoq fragmentlari xavfsizligini
ta`minlashni a`lo darajada bajaradi.
Taqsimlangan tarmoqlararo ekranlar, an`anaviy tarmoqlararo ekranlardan
farqli ravishda, qo`shimcha dasturiy ta`minot bo`lib, xususan korporativ
serverlarni, masalan Internet-serverlarni ishonchli ximoyalashi mumkin.
Korporativ tarmoqni ximoyalashning oqilona echimi – ximoyalash vositasini u
ximoya qiluvchi serveri bilan bir platformada joylashtirishdir. 7.16-rasmda
korporativ serverlarni taqsimlangan tarmoqlararo ekranlar yordamida ximoyalash
sxemasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: