Nazorat savollari
1. Iste‘molchining tanlovini bozor sharoitida qaysi omillar belgilaydi?
2. Chekli naflikning mazmuni.
3. Chekli naflikning kamayish qonuni va unga misollar keltiring.
4. Befarqlik egri chizig‗i nimani ifodalaydi?
5. Byudjet chegarasi va byudjet tenglamasi va iste‘molchining tanlov sohasi.
6. Daromad va almashtirish samaralarining mazmuni.
4. BOZOR SHAROITIDA FIRMA
4.1. Firma. Firma konsepsiyasi
Firma deganda, mustaqil xo‗jalik yuritadigan ishlab chiqarish va xizmat
ko‗rsatish faoliyati bilan shug‗ullanuvchi iqtisodiy sub‘ekt tushuniladi. Mustaqil
xo‗jalik faoliyati yuritadi deganda, qanday mahsulotlar ishlab chiqarish, qancha
90
ishlab chiqarish, qayerda, kimga, qancha narxda sotish bo‗yicha firmaning
mustaqil qaror qabul qilishi tushuniladi.
Firma
– bu tovar ishlab chiarish va barcha sohalarda xizmat ko‗rsatish
maqsadida ishlab chiqarish resurslari egalarining qarorlarini va manfaatlarini
muvofiqlashtiruvchi institutsional to‗zilma hisoblanadi.
Firmalar tarkibida yuridik shaxs huquqiga ega bo‗lgan turli xil mahsulot ishlab
chiqaruvchi korxonalar bo‗ladi. Firmani har bir fuqaro yakka tartibdafaoliyat
ko‗rsatish uchun yoki bir gurux kishilar o‗rtoqchilik shaklida tashkil etishlari
mumkin. Qonun asosida biznes va tadbirkorlikni tashkil etishning ideal shakllari
yo‗q. Tadbirkorlikni qaysi shaklda bo‗lishi turli xil shart sharoitlarga bog‗liq.
Firma tushunchasi (italyancha – firma-muxr) kompaniyaning ―savdo ismini‖
ifodalagan. Hozirda esa bu ibora resurslarni mahsulotga aylantiruvchi institut
tushunchasini bildiradi.
Firma so‗zi birinchi bor Italiya davlatining shimoliy va markaziy viloyatlarida
u yerda kapitalizmni rivojlanishi bilan ishlatila boshlagan. XV-XVII asrlarda
firmalar Gollandiya, Angliya, Fransiya, Germaniyaning Ganzey shaharlarida
paydo bo‗lgan va keyinchalik butun dunyoga yoyilib ketgan.
Firma konsepsiyasi: neoklassik, institutsional, bixevioristik (xulq-atvorlik)
Firmaning neoklassik tushunchasi, bir tomondan, mehnatning mehnat
nazariyasiga va, ayniqsa, ortiqcha qiymatga, ikkinchi tomondan, almashish
sohasidagi bo‗zilishlar va ortiqcha ishlab chiqarishning tez-tez uchraydigan
inqirozlari natijasida vujudga kelgan marjinal foyda nazariyasiga asoslanadi.
Firmaning "marjinalistik inqilob" natijasida vujudga kelgan neoklassik
nazariyasi boshqa nazariyalarga qaraganda ko‗proq o‗zgarishlarga duch keldi.
Firmaning ushbu konsepsiyasining tarafdorlari XVIII-XIX asr boshlarida
klassiklardan meros bo‗lib qolgan. A.Smitning bozor narxlari mexanizmi
tomonidan boshqariladigan bozor sub‘ekti sifatida kompaniya haqida g‗oyalari
davom ettirishgan. Firmani sub‘ekt sifatida bozorda sotish uchun resurslar va
iste‘molchi manfaatlarini o‗zgartirishi to‗g‗risidagi g‗oyalarni J.B.Seyning
nazariyalaridan foydalanish orqali ifodalashgan.
91
Neoklassik nazariyachilar tomonidan firmaning iqtisodiy faoliyatining
miqdoriy xususiyatlarini aniqlash va ishlab chiqarish va sotish hajmlari, ishlab
chiqarish va sotish hajmi, marjinal harajatlar va marjinal daromadlar nisbatlarini
optimallashtirish orqali uning samaradorligini oshirish imkoniyatini aniqlashga
imkon beradigan matematik apparatni ishlab chiqildi..
Firmani neoklassik talqinining kamchiliklari va iqtisodchilarning bozor
sharoitida kompaniyaning tabiatini tushunishga neoklassik yondashuvidan
noroziligi kompaniyaning institutsional tushunchalarining paydo bo‗lishi va
rivojlanishiga olib keldi.
Agar firmaning klassik va neoklassik nazariyalarida ikkinchisi bozorning
ajralmas qismi bo‗lib, uning asosiy sub‘ektlaridan biri sifatida qaralsa,
institutsional tushunchaga ko‗ra, kompaniya bozorga qarshi chiqadi, chunki ichki
ishlab chiqarish tashqi hisoblanadi.
Klassik va neoklassik nazariyalar, ular haqiqatning teng tomonlari ekanligiga
ishonib, firma va bozorni farqlay olmadilar. Institutsional nazariyada firma
nisbatan qisqa muddatli shartnomalar vositachiligi bilan bog‗liq bo‗lgan bozordan
farqli ravishda uzoq muddatli shartnomalarning kombinatsiyasi sifatida ko‗rilgan.
Institutsional nazariyaning shakllanishi amaliyotni umumlashtirish - korporativ
to‗zilmalarning rivojlanishi, ular o‗rtasidagi munosabatlarning murakkabligi,
biznes operatsiyalari ko‗lamining oshishi va aksiyadorlik jamiyatlari
samaradorligini belgilaydigan iqtisodiy ma‘lumotlarning o‗sishi bilan izohlanadi.
Firmaning institutsional nazariyasini yanada rivojlantirish "operatsion harajatlar"
tushunchasini aniqlashtirish va konkretlashtirish bilan bog‗liq. Firmaning
institutsional nazariyasida ushbu yo‗nalishning rivojlanishi R. Kouza i F.Nayta
nomlari bilan bog‗liq.
Bixevioristik firma konsepsiyasii – bu AQSHda paydo bo‗lgan va ma‘lum
rivojlanishga ega bo‗lgan sotsiologik konsepsiya bo‗lib, bunda insonning
individual psixikasi biror kishi boshqa odamlar bilan aloqa qilganda sodir bo‗ladi.
Bu konsepsiya ijtimoiy yaxlitlikni sotsiologik tahlil predmeti sifatida rad etib,
shaxsdan sotsiologik tadqiqotning asosiy bo‗g‗ini sifatida kelib chiqadigan va
92
inson umumiy xatti- harakatilarining umumiy nazariyasini yaratishga qaratilga. Bu
naraziyaning asoschisi Saymon firmaning bioxevioristik konsepsiyasi haqida
shunday tushuncha beradi. Bu nazariya daromadni ko‗paytirish haqidagi gipotezani
neoklassik nazariya asosidagi firmaning maqsadi haqiqiy emas deb hisoblaydi.
Faqat ongli va sub‘ektiv bioxevioristik nazariyasi sohasi bilan shug‗ullanuvchi
bir tomonlama, chunki ular mavjud bo‗lgan ijtimoiy omillarni hisobga olmaydilar.
Shunga qaramay ular juda muximdir, chunki ular inson xatti harakatining ob‘ektiv
tomonlarini o‗rganishni rag‗batlantiradi va shaxsni ijtimoiylashtirish jarayonini
o‗rganishda muhim hissa qo‗shadi.
Neoklassik konsepsiya. Firmaning ishlab chiqarish chiqimlari (omillar sarfi va
ularning baholanishi), daromadlar (omillarni taqdirlash), tovarlarni bozorda
baholash (chegaraviy foydalilik), talab, taklif, ishlab chiqarish hajmlari... barcha-
barchasi bozorda birgalikda va bir vaqtda aniqlanadi (Valras neoklassik). Bozor
iqtisodiyotining asosiy sub‘ektlaridan biri - bu firma hisoblanadi.
Tadbirkorlik firmalarining asosiy tashkiliy shakllari: xususiy tadbirkorlik
firmasi, mas‘uliyati cheklangan va cheklanmagan jamiyatlar, korporatsiya (ochiq
va yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari).
Xususiy tadbirkorlik firmasi - bu firmaning egasi ishni mustaqil, o‗z
manfaatidan kelib chiqib olib boradi, u tavakkalchilikni o‗z zimmasiga oladi,
firmaning barcha majburiyatlari bo‗yicha to‗liq javobgarlikni bo‗yniga oladi
(ya‘ni, mas‘uliyati cheklanmagan jamiyat hisoblanadi), qolgan daromadni o‗zi
o‗zlashtiradi.
Mas‘uliyati cheklanmagan jamiyat - firmani birgalikda tashkil qilib, birgalikda
egalik qiluvchi va boshqaruvchi shaxslar guruhi bo‗lib, ular firmaning barcha
majburiyatlari bo‗yicha to‗liq javobgarlikni cheklanmagan ravishda o‗zlarining
zimmalariga oladilar.
Mas‘uliyati cheklangan jamiyatda firma egalari firmaning majburiyatlari
bo‗yicha javobgarlikni Nizom fondiga qo‗shgan ulushi doirasida zimmasiga oladi,
xolos.
93
Korporatsiya - paychilikka asoslangan jamiyat bo‗lib, har bir mulk egasining
mas‘uliyati ushbu korxonaga qo‗shgan hissasi bilan cheklangan. Korxona
aksiyalarini sotib olgan shaxslar korxona mulki egalariga aylanadilar. Korporatsiya
faoliyatini aksionerlar majlisi nazorat qiladi. Aksiyadorlar o‗z aksiyalariga
daromad (dividend) oladilar. Korporatsiya kreditorlari o‗z talablarini
aksiyadorlarga emas, korporatsiyaga qo‗yadilar.
Aksionerlik jamiyati ochiq turda bo‗lsa, korxona aksiyalari ochiq bozorda,
ya‘ni fond birjalarida erkin sotiladi. Aksiyadorlarga korporatsiya yoqmasa, ular o‗z
aksiyalarini ochiq bozorda sotib korxona bilan aloqasini umuman o‗zishi mumkin.
Foyda olmaydigan tashkilotlar. Bozor sharoitida bunday turdagi tashkilotlarga
foyda olish maqsadida harakat qilmaydigan kasaba uyushmalari, klublar,
machitlar, kasalxona, kollejlar, xayriya jamiyatlari va boshqalar kiradi.
Kooperativlar. Kooperativlar o‗z a‘zolarining resurslarini foyda olish
maqsadida birlashtirish asosida vujudga keladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va firmalarning turli xillari paydo bo‗la
boshlagan. Masalan:
Faktoring firmalari – ular boshqalarning qarz majburiyatlarining veksellarini
sotib oladilar. Misol uchun bir firma ikkinchi ishlab chiqaruvchi firmadan vekselga
tovar oladi, uchinchi firma esa birinchi firmadan shu vekselni uning qiymatini 3-
5% pasaytirib sotib oladi. Uchinchi firma ikkinchi firmadan veksel uchun pul
protsentini oladi.
Lizing firmalari. Lizing ijaraning o‗ziga xos shaklidir. Quvvatliroq firma
boshqa moliyaviy mablag‗lari kamroq bo‗lgan korxonaga shartnoma asosida
ma‘lum muddatga dastgohlar, mashinalar va boshqa mol-mulk beradi va ijara
mudati tugagandan keyin ijaraga olgan tomon bu mablag‗larni qoldiq qiymati
bo‗yicha sotib olish huquqiga ega bo‗ladi. Lizing firmalari o‗zlari kiritgan
mablag‗lari hisobiga lizing olgan tomondan lizing to‗lovlari oladilar.
Injiniring firmalari – bo‗lar ob‘ekt yoki qurilmalarni foydalanish uchun
topshiradigan yoki birinchi partiya mahsulotlarni chiqarishga tayyorlab beruvchi
loyiha, qurilish ishlari bilan shug‗ullanuvchi tashkilotdir.
94
Konsalting firmalari – ishlab chiqarishning, loyiha ishlarining turli sohalar
bo‗yicha, xo‗jalik yuritishning yangicha shakllariga o‗tish, rahbarlikni yaxshilash
va shunga o‗xshash ishlarni amalga oshirish bo‗yicha maslahatlar beradi.
Venchur firmalar yoki tavakkalchilik firmalari – yangi tovar yoki yangi
bozorlani qidirib topish uchun yirik kompaniyalar tomonidan moliyalashtiriladigan
firmalar.
Seleng firmalari – jismoniy va yuridik shaxslarining mol-mulklarini, masalan,
er tomorqalari, binolar, dastgohlar, yo‗llar, qimmatbaho qog‗ozlarini jalb etib,
ulardan o‗zi xohlagan tarzda bemalol foydalanuvchi firmadir.
Trast firmalari. Trast – bu (ing.) ishonish, ishonch degani. Ular o‗z faoliyatini
ishonchli shaxs sifatida amalga oshiradilar. O‗zaro to‗zilgan shartnomaga ko‗ra
ishonib topshirilgan tomonaga tegishli bo‗lgan mol-mulkga egalik qilish huquqi
beriladi.
Har bir firma o‗z faoliyatida ikkita muhim qaror qabul qilishga duch keladi:
qancha mahsulot ishlab chiqarish kerak va bu mahsulotga qanday narxni belgilash
kerak. Foydani maksimallashtirishda cheklovlar bo‗lmaganda edi firma katta
hajmda mahsulot ishlab chiqarib unga yuqori darajada narx belgilashi mumkin edi.
Lekin, ishlab chiqarish chegaraviy shartlarsiz bo‗lmaydi. Umumiy xolda, firma o‗z
faoliyatida ikki turdagi cheklovga duch keladi.
Birinchidan, ishlab chiqarish funksiyasida mujassamlashgan texnologik
cheklovga duch keladi. Texnologik jihatdan mumkin bo‗lgan cheklangan ishlab
chiqarish omillari kombinatsiyasi va ishlab chiqarish hajmi mavjud va buni firma
e‘tiboriga olishi kerak.
Endi biz yangi cheklov kiritamiz. Bu bozor tomonidan qo‗yiladigan cheklov.
Firma qanchadir mahsulot ishlab chiqarib, unga o‗zi xohlagan narxni belgilashi
mumkin, lekin, u bozorda haridorlar qancha sotib olsa shuncha mahsulot sotishi
mumkin.
Agar firma mahsulotiga R narx belgilasa u X miqdorda mahsulot sotishi
mumkin. Qo‗yilgan narx bilan sotilgan mahsulot o‗rtasidagi bog‗liqlikni biz
firmaning mahsulotiga talab chizig‗i deymiz. Bozor talab chizig‗i har bir narxda
95
haridorlar qancha tovar sotib olishini xohlashini ko‗rsatadi. Agar bozorda boshqa
firmalar ham bo‗lsa, alohida firma uchun cheklov ham boshqacha bo‗ladi. Bu
holda, firma ishlab chiqarish hajmi va narxni belgilanganda boshqa firmalarning
harakati qanday bo‗lishini taxminan tasavvur qilishi mumkin.
Bu masalani yechish firma uchun ham, iqtisodchilar uchun ham yechish qiyin.
Bu masalani yechishda har xil imkoniyatlar mavjud. Biz ularni tizimli qaraymiz.
Firmalar mahsulot hajmi va narxni belgilanganda boshqalarning bunga bo‗lgan
reaksiyasini ifodalashda ―bozor muhiti‖ terminidan foydalanamiz. Oddiy bozor
muhitini, ya‘ni sof raqobat muhitini o‗rganamiz. Bu model boshqa bozor muhiti
modellarini taqqoslashda boshlang‗ich nuqta bo‗lib hisoblanadi va shu modelning
o‗zi ham muhim model bo‗lib uni o‗rganish katta qiziqish uyg‗otadi. Biz birinchi,
sof raqobatga iqtisodchi nuqtai nazardan ta‘rif beramiz va uni asoslashga harakat
qilamiz.
Bozor sof raqobatlashgan bo‗ladi, agar har bir firma bozor narxini uning o‗zi
ishlab chiqargan mahsuloti hajmidan bog‗liq emas deb hisoblasa. Demak,
raqobatlashgan bozorda firmani qiziqtiradigan narsa qancha hajimda mahsulot
ishlab chiqarish. U qancha mahsulot ishlab chiqarmasin uning mahsuloti bir xil
sotiladi – joriy bozor narxida.
Raqobatlashgan bozorga misol sifatida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi
biror tarmoqqa qarashli firmalarni qarash mumkin. AQSHda shunday tarmoq
bo‗lib bug‗doy bozori bo‗lishi mumkin. Minglab fermerlar bug‗doy yetishtiradi.
Bunday holatda har bir firma uchun bug‗doy narxi bozor tomonidan oldindan
belgilangan.
Fermer bug‗doyga qanday narx belgilash to‗g‗risida bosh qotirmaydi, lekin,
qancha bug‗doy yetishtirish kerak degan savol uni albatta qiziqtiradi. SHuni
ta‘kidlash kerakki bozorda firmalar soni kam bo‗lganda ham narx bozor tomonidan
o‗rnatilishi mumkin. Masalan, 3 ta yoki 4 ta firma tez bo‗ziladigan tovar sotganda
yoki tirik baliq, yoki gul sotganda har bir bozorga kirgan firma bozordagi narxni
qabul qilishga majbur bo‗ladi.
96
Raqobatlashgan bozorda raqobatlashuvchi firma uchun narx bilan talab
miqdori o‗rtasidagi bog‗liqlikni grafikda tasvirlash mumkin. Firma mahsulotiga
talab chizig‗i gorizantal bo‗ladi. Ya‘ni, raqobatlashuvchi firma bozor narxidan
yuqori narxda sotmoqchi bo‗lsa u xech qancha tovar sotaolmaydi, bozor narxida
sotsa u xoxlagancha tovar miqdorini sotishi mumkin. Agar u tovarni bozor
narxidan past narxda sotsa u bozordagi barcha harajatlarni o‗ziga tortib oladi ya‘ni,
u bozor talabini qondirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |