Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot



Download 3,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/202
Sana11.03.2023
Hajmi3,91 Mb.
#918219
TuriУчебное пособие
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   202
Nazorat savollari 
1. Kapital va investitsiyalar o'rtasidagi farq nimada? 
2. Diskont stavkasining joriy qiymatni hisoblashdagi rolini tushuntiring. 
3. Aniqlang: 
a) 2 yil o'tgandan keyin yiliga 10 foiz stavka bilan, bugungi kunda 5000 so‗m 
miqdoridagi investitsiyaning kelajakdagi qiymati qanday? 
b) 5000 so‗m olish uchun bugun qancha mablag 'sarflashingiz kerak. 2 yildan 
keyin yiliga 10% stavka bilan? 
4. Ushbu bayon haqiqatmi: to'lash muddati qancha past bo'lsa, investitsiya 
loyihasining samaradorligi shuncha yuqori bo'ladi? 
5. Musbat, nol va manfiy vaqt afzalliklarini aytib bering. 
6. Investitsiyalarni moliyalashtirish uchun tejash nima uchun muhimligini 
tushuntiring?
 
14. YER BOZORI 
14.1. Yer ishlab chiqarish omili sifatida 
Yer 

ishlab 
chiqarishning 
asosiyomilidir. 
Uning 
o'ziga 
xosligi 
quyidagilardadir: 
• harakatsizligida;
• ularniumumiy miqdorini belgilashda aniqlikning borligi; 
• mutlaqo noelastik taklifning mavjudligi;
• uning har qanday iqtisodiy faoliyatda qo'llanilishi. 
Yа‘ni, iqtisodiyotda yer deganda, uning tabiiy resurslari tushuniladi, ya‘ni: 
yerning hosildorligi, undagi foydali qazilma boyliklar va xokazolar. Bunda biz 
yerning ustki qatlamini qaraymiz, ya‘ni uning ustki katlamidan qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlari yetishtirishda yoki qurilishda (uy-joy, maktab, korxona va xokaзo) 
foydalanish mumkin. 


322 
Yerning o‗ziga xos xususiyatlaridan biri, u har doim cheklangan va uni u 
joydan boshqa joyga, ya‘ni kapitalni ko‗chirganday ko‗chirib bo‗lmaydi. 
Ma‘lumki, yerning hosildorligi yerning sifatiga, ob-xavo sharoitiga, suv bilan 
ta‘minlanishi mumkinligiga, unda mehnat qiladiganlarning bilimiga, tajribasiga va 
foydalaniladigan texnikaga, ekiladigan yryg‗ sifatiga va xokazolarga bog‗likdir. 
Yuqoridagi omillarning ko‗pchiligi o‗zgaruvchan bo‗lib, ularning ta‘siri ham 
o‗zgaruvchandir. Lekin, qishloq, xujaligida foydalaniladigan kapitalning va 
mehnatning o‗zgarishi har doim xam bir xil sodir bo‗lmaydi. Ular odatda ma‘lum 
muddat o‗tgandan keyin o‗zgaradi. 
Bir necha asrlar davomida yer asosan qishloq xo'jaligida ishlatilgan, hozirgi 
vaqtda u uy-joy, ofis, do'kon uchun tobora ko'proq ajratilmoqda. Biroq, iqtisodiy 
nuqtai nazardan, yerning eng muhim xususiyati o'zgarmagan, yerning miqdorini 
uning narxining oshishi yoki narxning pasayishi bilan ko'paytirilish yoki 
kamaytirish mumkin emas. Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi 
deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo‗lishi mumkin. Uzoq yillar davomida 
kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy o‗zgarishlar natijasida yerning ustki 
qatlamida o‗simlik «oziqlanishi» mumkin bo‗lgan turli moddalarning vujudga 
kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi. 
Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta‘siri natijasida, ya‘ni tuproq 
tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun‘iy yo‗l bilan, (masalan, yerni 
organik va kimyoviy o‗g‗itlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy 
asoslangan sug‗orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini 
joriy qilish hamda boshqa shu kabi yo‗llar bilan) amalga oshirilsa, bu iqtisodiy 
unumdorlikni tashkil qiladi. 
Qishloq xo‗jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida 
kapital boshqa tarmoqlardagidek doiraviy aylanib turadi, ya‘ni pul shaklidan ishlab 
chiqarish shakliga, undan tovar shakliga o‗tib, yana pul shakliga qaytib keladi. 
Shuni 
ham ta‘kidlash kerakki, qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarning miqdori yerning hosildorligi, uning sifatiga bevosita bog‗liq 
bo‗ladi. Yerning tabiiy, biologik, iqtisodiy va texnikaviy sharoitlarini yaxshilash 


323 
ham qishloq xo‗jaligida mavjud bo‗lgan kapitalning doiraviy aylanishiga bevosita 
ta‘sir ko‗rsatadi. Shuning uchun bu omillardan to‗laroq foydalanish har bir 
xo‗jalikning muhim vazifasidir. Tabiiy omillar qishloq xo‗jalik mahsulotining 
bevosita ko‗payishiga ta‘sir etsa ham, mahsulotning qiymatini oshirmaydi, ya‘ni 
qiymat yarata olmaydi. Ishlab chiqarish tabiiy sharoitlar bilan bog‗liq bo‗lganligi 
uchun ham bu yerda ish davri va umumiy ishlab chiqarish vaqti o‗rtasidagi muddat 
sanoatga nisbatan birmuncha uzoqroq bo‗ladi. Masalan, qishloq xo‗jaligida turli 
ekinlarni ekib bo‗lingandan to hosil yig‗ishtirib olinguncha ishlab chiqarish vaqti 
davom etadi. Ish davri esa shu vaqt ichida qishloq xo‗jalik ekinlari mehnat ta‘sirida 
bo‗lgan kunlar hisoblanadi. 
Qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumiyligi bilan xususiyatlidir. 
Bu hol qishloq xo‗jaligida mavjud bo‗lgan mehnat vositalaridan, ya‘ni kombayn, 
turli ekish asboblari va shu kabilardan foydalanish vaqtiga bevosita ta‘sir o‗tkazadi. 
Bizning mamlakatimizda aholining nisbatan zichligi va qishloq xo‗jaligiga yaroqli 
yerlarning cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinmadi, 
unga davlat mulki saqlanib qoldi. Lekin, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib 
chiqib, oqilona agrar islohotlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon 
chuqurlashtirilmoqda.

Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish