‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Razzoqov, sh. Tashmatov, N. ‘R m 0N 0y iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Fransiyada klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi



Download 40,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/184
Sana11.03.2023
Hajmi40,17 Kb.
#918013
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   184
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

6.3. Fransiyada klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi.
P.BuagUberning iqtisodiy qarashlari
Agar Angliyada klassik iqtisodiy g‘oyalaming boshlanishi V.Petti 
nomi bilan bog‘liq bo'lsa, Fransiyada P.Buagilber bilan boshlanadi, 
bu g'oyalar Angliyada Rikardo bilan intihosiga etgan bo‘lsa, Fransiyada 
Sismondi bilan yakunlanadi.
Fransiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit Angliyanikidan keskin farq 
qilar edi. Fransiyada feodal munosabatlar hali ham kuchli bo'lib, qirollar 
(«qirol

quyosh 
Ludovik XIV»)
va uning atrofidagilar tomonidan 
qattiq himoya qilingan. Kolber tomonidan olib borilgan siyosat mamlakat 
iqtisodiyotining umumiy rivojiga olib kelmadi. U sanoatni, moliyani 
taraqqiy ettirish tarafdori edi, ammo bu ish qishloq xo‘jaliginmg ziyoniga 
o‘tkazildi, feodal munosabatlar to‘la saqlab turildi (eslang, Angliya buijua 
inqilobi XVII asrda bo'lib o‘tdi, vaholanki, Fransiyada bu inqilob XVIII 
asr oxirida ro‘y berdi), bu esa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga to‘siq edi. 
Manufakturalar paydo bo‘ldi, ammo rivoj topmadi. Sex tizimi saqlangan 
bo‘lib, rivojga to'siq edi.
Yer masalasi to‘la hal etilmadi, «Senorsiz yer yo‘q» tamoyili saqlandi, 
mayda yer egaligi, dehqonlaming turli soliq va yig‘imlarga mahkum 
etilganligi ulami bu tizimda yemi yaxshilash va ishlab chiqarishni 
rivojlantirishga rag‘batlantimias edi. Vaholanki, aholining 3/4 qismi 
dehqonlar bo‘lib, ular bu sohada tushkunlikda edi.
Shu sababli bu sohada islohotlar o‘tkazish zarur bo‘lgan, ammo 
unga shu davrdagi tizim halaqit berardi. Ichki bozor tor bo‘lib, 
kapitalistik tadbirkorlikning o‘sishiga yo‘l bermasdi. Bu sinf asosiy soliq


to‘lovchi sinf edi, dvoryanlar va dindorlar umuman soliq to‘lamagan, 
shahar burjuaziyasi hali nisbatan kam sonh, soliqlardan ustalik bilan 
bosh tortar edi.
Yana bir muhim to'siq 
bu urushlar edi. Fransiya olib borgan 
urushlar tufayli mablag‘laming asosiy qismi shu urushlarga sarflanardi. 
Qirol saroyidagi bazmi jamshidlar ham davlat xazinasiga katta ziyon 
keltirar edi.
Demak, Fransiyada XVII asming ikkinchi yarmida feodal muno­
sabatlar o'zining cho'qqisiga chiqqan edi (Angliya bilan solishtiring). 
Vaholanki, Angliyada buijua inqilobi bo‘lib, kapitalistik munosabatlar 
tez shakllana boshladi. Fransiyada yuqori tabaqa barcha yeming egasiga 
aylandi, dehqonlar shaxsan ozod bo'lsalar ham, feodal majburiyatlar 
nihoyatda ko‘p edi. Xo'jalikdagi kapitalistik uklad nihoyatda sekin 
rivojlandi, ichki bozor xiyla tor edi, xalq xo'jaligida natural xo‘jalik 
asosiy bo‘lib, sanoat rivoji past bo'lgan. Faqat zeb-ziynat buyumlari 
va parlyumeriya mahsulotlari tayyorlash bo'yichagina Fransiya Yevropada 
yuqori o‘rinda edi.
Ana shunday sharoit Fransiyaning XVII asr oxiri 
XVIII asr 
boshidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli klassik iqtisodiyotning Fransiyadagi 
asoschilaridan biri bo'lgan 
Per Buagilber 
(1646-1714)ning iqtisodiy 
qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. Per Lepezan 
iqtisodchining asl 
familiyasi bo‘lib, de Buagilber - bu oila yer pomestyesining nomi edi. 
Lekin tarixda Per Buagilber nomi saqlanib qoldi. 

Download 40,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish