‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Razzoqov, sh. Tashmatov, N. ‘R m 0N 0y iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Klassik iqtisodiy maktab paydo bo‘lishining tarixiy shart-



Download 40,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/184
Sana11.03.2023
Hajmi40,17 Kb.
#918013
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   184
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

6.1. Klassik iqtisodiy maktab paydo bo‘lishining tarixiy shart-
sharoitlari va uning xarakteristikasi
Merkantilizm o‘miga klassik (lot. namunali, haqiqiy) iqtisodiy maktab 
vujudga keldi. Chunki awalgi ta’Iimot sanoatlashayotgan sohibkorlar 
talablariga javob bermay qo‘ydi («Klassik maktab» atamasi K.Marks 
tomonidan berilgan). Paydo bo‘layotgan yangi muammolami hal etish 
yangi yo'nalish tarafdorlari zimmasiga to‘g‘ri keldi. Uning namoyandalari 
o‘z ilmiy tadqiqotlarining asosi qilib kishilikning ishlab chiqarish sohasini 
oldilar va kapitalizmni ilmiy tahlil qilish bo'yicha dastlabki muhim 
qadamni qo'ydilar. Klassik maktab ishlab chiqarishning yangi usuli 
shakllanayotgan va mustahkamlanayotgan davrda vujudga keldi. Kapitalizm 
ayrim mamlakatlarda tarixiy shart-sharoitlarga mos ravishda feodal 
munosabatlarning saqlanganlik darajasiga qarab turlicha rivojlandi. Bu 
jarayonlar dastlab XVI asrda Angliyada ro‘y bera boshladi. Feodalizm 
yemirilib, uning zaminida kapitalistik, ya’ni bozor munosabatlari


shakllana bordi. Uy hunarmandchiligi o‘miga 
manufaktura
ning kirib 
kelishi katta ijobiy voqea bo‘ldi. Tarix, xalq xo'jaligi tarixi va boshqa 
ijtimoiy fanlami o‘qiganda hunarmandchilik, sex va manufaktura nima 
ekanligi bayon etiladi, uy hunarmandchiligida hamma asosiy ishlar bir 
odam yoki oila tomonidan bajarilgan (xomashyoni tayyorlash, qayta 
ishlash, sotish...), unda aniq mehnat taqsimoti yo‘q, manufakturada 
esa (manu - qo‘l, facture - tayyorlash) mehnat taqsimoti, kooperatsiya, 
yollanma ishchi kuchi, demak, kapitalistik ishlab chiqarishning kurtaklari 
paydo bo‘ldi. XVI asrdan boshlab dastlab Angliyada dehqonlaming yerdan 
mahrum qilinishi (yer yirik lendlordlar qo‘liga o‘ta boshladi) ro‘y berdi, 
yomenlar - dehqon sinfi tugatildi, oqibatda kapitalistik fermerchilik 
yuzaga keldi (ular yemi lendlordlardan uzoq muddatli ijaraga olgan), 
ular yollanma mehnatdan (krepostnoylik emas) keng foydalangan, 
keyinchalik texnikani, ilmiy texnika yangUiklarini keng qo'llaganlar. Agrar 
inqilob, islohot nomini olgan bu o‘zgarish manufaktura sanoatining 
rivoji bilan bog‘liq. Dastlabki paytlarda bu sohada mato to'qish asosiy 
ish edi. U nihoyatda foyda keltiruvchi sohaga aylandi. Matoga talab oshdi, 
uni qondirish uchun, sanoat uchun kerakli xomashyo bazasini yaratish 
talab qilindi. Xomashyo esa jun bo‘lib, qo'ylardan olinardi. Manufaktura 
rivojiga jun kerak, buning uchun qo'ylar sonini oshirish talab etildi, 
ko‘p qo‘y boqish uchun esa yangi keng yaylovlar zarur, oqibatda cha- 
kalakzor, botqoq, bo‘z yerlar chegaralanib («yerlami chegaralash» 
degan ibora shundan kelib chiqqan) yaylovga aylantirildi, Dehqon 
(yomen)lar o‘z yerlaridan haydab chiqarildilar, yerlari esa tortib olinib, 
yaylovlarga aylantirildi. Bu jarayonning muhim ahamiyati bor: 1. 
manufaktura (sanoat) uchun xomashyo ko‘paydi; 2. sanoatga ko‘p va 
arzon ishchi kuchi yetkazib berildi ( yerdan mahrum bo‘lgan, haydalgan 
dehqonlar ish qidirib shaharlarga borganlar). Oqibatda sanoat tez o‘sa 
boshladi, yangi sinflar paydo bo‘ldi. Demak, sanoatdagina emas (manu­
faktura), qishloq xo‘jaligida ham kapitalistik munosabatlar g'alaba qo- 
zondi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga yo‘l ochib berildi. Lekin 
ko‘plab dehqonlaming ekspropriatsiya qilinishi (yersizlantirilishi), ulami 
zo‘rlik yo‘li bilan yollanma mehnatga jalb etilishi (chunki boshqa iloj 
yo‘q) qarama-qarshilikni kuchaytirdi, oqibatda 1641-1660-yillarda 
Angliyada inqilob bo‘lib o‘tdi. XVII asrdagi Nideiiandiya keyingi ikkinchi 
bu inqilob burjua inqilobi bo‘lib, u Angliyadagi feodal jamiyatga chek 
qo‘ydi. Angliya respublika deb e’lon qilindi, parlament vujudga keldi, 
demokratik jarayon kuchaydi.


Xalq xo‘jaligining yuksak rivoji ilmiy kashfiyotlami taqozo etdi. Shu 
davrda Angliyada tabiiy fanlar, ayniqsa, mexanika, astronomiya va fizika 
tez rivoj topdi. Bu davming eng buyuk vakili 

Download 40,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish