‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Razzoqov, sh. Tashmatov, N. ‘R m 0N 0y iqtisodiy ta’limotlar tarixi


 ‘tish davri tavsifi va uning milliy xususiyatlari



Download 40,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet144/184
Sana11.03.2023
Hajmi40,17 Kb.
#918013
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   184
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

22.2. 0 ‘tish davri tavsifi va uning milliy xususiyatlari
Ma’muriy markazlashgan iqtisodiyotning tarixiy oqibatlari, bozor 
munosabatlariga o'tish zaruriyatini anglashni va tub islohotlarni 
boshlashni talab etdi. Natijada iqtisodiy munosabatlar tizimining bir 
shaklidan voz kechildi va ikkinchi shakliga yuz tutildi. Respublikadagi 
mavjud vaziyat iqtisodiy islohotlarni o'tkazishga tubdan yangicha 
yondashuvni sifat jihatidan yangi vazifalar va sharoitlami hamda 
tajribalami hisobga olishni, eng muhimi, mamlakatimiz salohiyatiga 
ko‘proq tayanishni taqozo etdi. Bunday mas’uliyatli vazifani hal etish 
akademik Islom Karimov tadqiqotlarida nazariy-ilmiy yechimini topdi. 
Chunonchi, aslini olganda, gap bozor munosabatlariga o‘tishda 
o‘xshashi bo'lmagan andozamizni ishlab chiqish, o‘z yo‘limizni tanlab 
olish haqida bormoqda. Bu yo‘l uch tarkibiy qismdan iborat:
• ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi 
mohiyatining tavsifi;
• qat’iy markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan xo‘jalik 
yuritishning bozor munosabatlariga o'tishning eng muhim prinsip- 
lari;
• iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishni 
barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning 
aniq yo‘nalishlari.
Keltirilgan tarkibiy qismlar to‘g‘risida respublikamiz ziyolilari, 
xususan, iqtisodchi-olimlar chuqur tadqiqotlami davom ettirib, bir 
qator asarlarini chop etishdi. 0 ‘tish davri iqtisodiyotining ko‘pchilik 
mamlakatlarga xos bo‘lgan umumiy qoidalari va holatlari jumlasiga 
quyidagilar kiradi:
• mavjud iqtisodiy tizimda yangi tizimga o‘tishdagi beqarorlik, 
nomutonosiblik va muvozanatsizliklar;


• jamiyat iqtisodiy rivojlanish yo‘llarining turli-tuman xarak- 
terdaligi;
• mulkchilik, boshqaruv, tovar-pul munosabatlari kabi sohalarda 
tub islohotlaming zarurligi;
• umumiy o‘tish qonuniyatlari mavjudligidan qat’i nazar, har 
bir mamlakat shart-sharoitlarini hisobga olish zarurligi;
• eski turmush tarzi mezonlari va yangi iqtisodiy qadriyatlaming 
nomuvofiqMgi, ba’zi hollarda esa, qarama-qarshi ziddiyatli tusga ega 
bo‘lishi;
• jamiyat a’zolari bir qismining eski mafkura iskanjasidan qutilishi- 
ning qiyinchilik bilan kechishi, yangi iqtisodiy munosabatlaiga ehtiyot- 
korlik bilan yondashishiga qaramay, tashabbuskor, izlanuvchan, 
tadbirkor va taraqqiyparvar kishilaming tobora ortib borishi kabilar.
Tarix tajribasiga ko'ra, madaniylashgan bozor munosabatlariga 
o‘tish davrining dovomiyligi bozor iqtisodiga o'tishning qanday yo‘li, 
andozasi tanlanishi kabi boshqa shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. XX 
asr nihoyasiga kelib, shakllangan iqtisodiy tafakkur va iqtisodiy 
taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi qarashlarda erkin iqtisodiy tartibga 
solish g‘oyasi ham, markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish g'oyasi 
ham inqirozga uchraganligii bayon etilmoqda. Chunki I.Karimov 
ta’kidlaganidek: «Jahon sivilizatsiyasi ijtimoiy taraqqiyotning sifat 
jihatdan yangi yo'llarini ishlab chiqdi, tartibga solinadigan bozor 
iqtisodiyoti mana shu yo‘lga asos qilib olingan».
0 ‘tish davri ko‘hna Yevropa mamlakatlarida bir necha yuz yilni 
tashkil etgan bo‘lsa, mustamlakachilikdan ozod bo‘lgan Osiyo va bosh­
qa qit’a mamlakatlarida bir necha o‘n yildan iborat bo‘ldi. Masalan, 
Buyuk Britaniya — 200 yil, Fransiya — 150 yil, Germaniya va AQSH
- 50 - 100 yil.
Boshlang‘ich shart-sharoitlarga ko‘ra, yondash guruhlash mezo- 
niga asosan tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun 
3 ta yondashuv va yana bir turdagi urinish mavjudligi I.Karimov 
tomonidan tahlil etilgan. Bular:
1. Uzoq davom etgan evolutsion taraqqiyotni bosgan rivojlangan 
mamlakatlardagi aralash iqtisodiyot;
2. An’anaviy (oddiy va bozor, patriarxal feodal munosabatlariga 
ega) iqtisodiyot asosida shakllanayotgan madaniylashgan bozor 
munosabatlari;


3. Rejalashtirilgan buyruqbozlik iqtisodiyoti negizida shakllanayot- 
gan bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat;
4. Sotsializm g‘oyalarini samarali bozor iqtisodi vujudga keltirish 
bilan qo‘shib olib borishga urinayotgan sotsialistik iqtisodiyotning 
xitoycha yo‘li.
Yuqoridagi yondashuvlar asosidagi tahlillar ko'rsatishicha, bozor 
munosabatlarining rivojlanishi birorta ham mamlakatda benuqson va 
tekis kechmagan.
Bozor mexanizmlarini ideallashtirish ham katta xato bo‘ladi.
Shuning uchun ham, « 0 ‘zbekiston tanlab olgan yo‘l respublika 
va uning xalqining manfaatiga nihoyatda mos keladigan ijtimoiy jihat­
dan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqti- 
soddir», - deb ta’kidlaydi I.Karimov.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti iqtisodiy rivojlanish 
samaradorligini ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy adolat bilan bog‘lash 
maqsadini ko'zlaydi.
Mamlakatimizda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini batamom 
shakllanishi uchun zarur bo'lgan vazifalar nechog‘lik tez hal etilishi 
o‘tish davri davomiyhgini belgilaydi:
Birinchi galdagi asosiy vazifa — mulkdor sinflar masalasining tub- 
dan hal etilishi, boshqacha aytganda, xususiy mulkchilik yetakchi- 
ligidagi ko‘p ukladU iqtisodiyotning barpo etilishi.
2. Haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish.
3. Keng tarmoqU bozor infratuzilmasini (fond va moliya muassasa- 
lari, tadbirkorlarga xizmat qiluvchi boshqa muassasalami) rivojlantirish.
4. Tashqi iqtisodiy faoliyatda ma’muriy cheklovlar orqali boshqa- 
rishdan iqtisodiy tariflar yo‘h bilan boshqarishga, ya’ni jahonda qabul 
qilingan ma’rifiy shakllarga o‘tish.
5. Milliy valutani erkin muomaladagi valutaga almashtirish masa- 
lasini hal etish orqali valuta tizimi va bozorini erkinlashtirish.
6. Xorijiy sarmoyadorlaming 0 ‘zbekiston bozorida faoliyat ko'rsatishi 
uchun kafolat, imtiyozlar va rag'batlantirishni kuchaytirish.
7. Korxonalaming xo‘jalik favoliyatiga noo'rin aralashuvning cheklab 
qo'yilishi.
8. Xo‘jalik yurituvchi subyektlaming o‘z faohyati uchun iqtisodiy 
va moliyaviy mas’uliyatning oshirilishi. Bankrotlik instituti ahamiyatini 
oshirish.


Bozor iqtisodiyotiga o'tishning milliy xususiyatlari akademiklar 
S.S. G ‘ulomov, M.Sharifxo‘jayev, professorlar A.O‘lmasov, N.To'x- 
liyev, Sh.Shodmonov, A.Razzoqov kabilaming tadqiqotlarida batafsil 
bayon etilgan.
Biroq bozor iqtisodiyotiga oid tushunchalami bayon etishdagi yon- 
dashuvlarda ayrim farqlar ham mavjud. Masalan, prof. Razzoqov A.A. 
bozor munosabatlarining 3 ta shakli mavjudligini qayd etadi. Bular:
1. Yowoyi bozor (dastlabki paytlarda);
2. Ma’muriy-buyruqbozHk bozori (sobiq SSSR va sotsialistik deb 
atalgan mamlakatlarda);
3. Boshqariladigan bozor (hozirgi deyarli barcha rivojlangan yetakchi 
mamlakatlarda).
Ayni paytda prof. A.O‘lmasov ta’kidlashicha, «Tarixan bozor iqtiso­
diyotining 2 turi bo'lgan: yowoyi va madaniylashgan bozor iqtiso­
diyoti».
Umuman olganda, barcha tadqiqotlar I.Karimov asarlaridagi ilmiy- 
nazariy qoidalami chuqurroq va kengroq sharxlash vazifasini hal 
etganligini ta’kidlash lozim.

Download 40,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish