riya» atamasi birinchi bor polshalik iqtisodchi P.Chompa (1910) tomo
nidan ishlatildi (ekonometrika va ekonometriya iboralari teng kuchli
hisoblanadi), ilmiy muomalaga esa norvegiyalik iqtisodchi R.Frisk
(1926) tomonidan kiritildi. U I.Fisher, I.Shumpeter, Ch.Rouz va bosh
qa amerikalik olimlar bilan birga «Xalqaro ekonometriya jamiyati»ning
tashkilotchisi hamdir (1930). Bu jamiyat 1933-yildan «Ekonometrika»
jumalini nashr etadi.
U.Mitchell va u boshqargan «iqtisodiy barometrlar»ning Garvard
maktabi vakillari ham bu yo‘nalishga katta hissa qo‘shmoqdalar. Keyingi
davrda italiyalik iqtisodchilar E.Barone va M.Pantaleoni,
amerikalik
I.Fisher, G.L.Mur, E.Chemberlin, shvetsiyalik KViksell, G.Kassel
va boshqalar bu sohada muhim yutuqlami qo‘lga kiritdilar.
Birinchi, eng oddiy ishlab chiqarish funksiyasi Ch.Kobb va
P.Duglas (AQSH, 1928) tomonidan tuzildi, keyin R.Solou, KArrou
(AQSH)lar
tomonidan umumlashtirildi, unda ishlab chiqarish
ko'lami, texnika taraqqiyoti va boshqa omillar ham hisobga olindi. Bunday
regressiv modellar alohida mahsulotlar uchun,
korxona va firma,
tarmoq va umumxalq xo‘jaligi uchun ham tuzilishi mumkin.
30-yillarda Ya.Tinbergen (Niderlandiya), 50-yillarda L.Klayn
(AQSH), R.Stoun (Buyuk Britaniya) korrelatsion ko‘p omilli model-
lami tuzdilar, unda alohida kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotidagi
ishlab chiqarish,
shaxsiy va davlat talabi, narx, soliq, tashqi savdo
aylanmasi, kapitalning ishlatilishi va jamg‘arilishi, ishchi kuchi taklifi
va boshqa o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi statistik aloqadorlik o‘z aksini topgan.
Xalq xo'jaligi tarkibini tahlil etish maqsadida tarmoqlararo balans
tipidagi modellardan foydalaniladi. Dastlab bunday model 1925-26-
yillarda sobiq SSSRda P.I. Popov (1872-1950)
rahbarligida ishlab
chiqildi. Keyinchalik bu uslub V.Leontev (asli rossiyalik, AQSH)
tomonidan rivojlantirildi va moUya oqimlari tarkibini o‘rganish uchun
R.Frish tomonidan tatbiq qilindi.
Marksning qayta ishlab chiqarish sxemasi modeli sovet iqtisodchisi
G.A.Feldman (1928) tomonidan tayyorlandi. Kapitalistik sikllaming
iqtisodiy
dinamika modellari Tinbergen, Frish, M.Kaleskiy, J.Xiks,
R.Xarrot, P.Samuelson va boshqalar tomonidan ishlab chiqildi.
Ekonometrika uslublari ko‘pincha ekstrapolatsiya tendensiyalariga
asoslangan.
Sovet olimi L.V.Kantorovich chiziqli programmalash (1939)
uslubining asoschisi hisoblanadi.
Ekonometrika ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ko‘pgina yetakchi
mamlakatlarda iqtisodiy matematik uslublardan foydalanish iqti
sodiyotning ma’lum sohalari, tarmoqlari bo'yicha sikl modellari ishlab
chiqilmoqda va amalda qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, AQSHda bu sohada
muhim yutuqlar qo‘lga kiritildi.
Buyuk Britaniyada ham qayta ishlab chiqarish iqtisodiy
modeli
(1961) 1948-56-yillardagi parametrlar asosida A.Kleyn, R.Boll,
E.Xezlvud, P.Vandom tomonidan tuzilgan. R.Staun Kembrij modeli
(1960-70-yillar) ham diqqatga sazovor.
Iqtisodiy tahlilning tarmoqlararo balans metodini tuzish 30-yillarda
amerikalik iqtisodchi V.Leontevning tadqiqotlari asosida yuzaga keldi va
bu tadqiqotlar
Do'stlaringiz bilan baham: