3-mavzu: Ma’naviyat, ruhiyat, madaniyat Reja


partiyalarning, ular tuzgan tashkilotlarning, ommaviy axborot vositalarining



Download 397,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana09.03.2023
Hajmi397,83 Kb.
#917162
1   2   3   4
Bog'liq
маънавият маъруза-3 (1)


partiyalarning, ular tuzgan tashkilotlarning, ommaviy axborot vositalarining 
faoliyati insonparvarlik, xalqchillik, taraqqiyparvarlik tamoyillariga mos bo‘lishi 
yoki, aksincha, mutaassiblikka moyil, reaksion, shovinistik bo‘lishi, yoxud 
insonparvarlikka, ezgulikka zid kelishi mumkin. Ma’naviyat keng ma’nodagi 
siyosiy madaniyatga bevosita belgilovchi ta’sir ko‘rsatadi. Siyosiy madaniyat 
manaviyatning mavjudlik shakllaridan biridir. Ushbu ma’noda ma’naviyat jamiyat 
ijtimoiy va siyosiy hayotining ko‘p xususiyatlarini, qiyofasini, milliy va 
umuminsoniy g‘oyaviy mazmunini, ijtimoiy ideallari va mo‘ljallarini aniqlab beradi. 
Ma’naviyat keng ma’noda siyosiy faollikda, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning 
tashkillashishida namoyon bo‘ladi. Ular o‘z navbatida ma’naviyatning 
xususiyatlarini belgilaydi. An’anaviy va totalitar jamiyatlarda iqtisodiy, ijtimoiy va 
siyosiy hayot qat’iy me’yorlashadi, ularga erkinlik yetishmaydi. Agar an’anaviy 
jamiyatda o‘tmishdan kelayotgan, o‘zgarmas qadriyatlar, urf-odatlar erkinlikni 
cheklasa, totalitar jamiyatda bu ishni davlat idoralari, huquqiy me’yorlar, yalpi 
nazorat, davlat bilan qo‘shilib ketgan jamoat institutlari, hatto «dumaloq xat» 
yozishni odat qilib olgan fuqarolarning bir qismi bajaradi. Har ikki jamiyatda ham 
rasmiy siyosiy mafkura iqtisodiyotni, ma’naviy hayotni qattiq nazorat qiladi. 
Iqtisodiyot va ma’naviyat erkin rivojlanishi uchun siyosiy tuzum demokratik 
bo‘lishi, jamiyatda qonun ustuvorligi va hammaga birday majburiyligi ta’minlanishi 
lozim. Iqtisodiyot va ma’naviyatning erkin rivojlanishi esa siyosiy tuzumning 


yanada demokratlashuviga, huquqiy davlat shakllanishiga, yuksalishiga aks ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Demokratik, huquqiy davlatda birorta sinfning, siyosiy partiyaning, diniy 
konfessiyaning, oqimning yoki mazhabning mafkurasi rasmiy davlat mafkurasi 
sifatida o‘rnatilishi mumkin emas. Chunki rasmiy mafkura boshqa mafkuralarni 
siqib chiqarishga harakat qiladi va hurfikrlilikka, g‘oyalar raqobatiga, bahsiga putur 
yetkazadi. Bu esa, oxir-oqibatda, dogmatizmga va mutaassiblikka yo‘l ochadi, 
iqtisodiy va ma’naviy turg‘unlikni, inqirozni keltirib chiqaradi. Boshqacha fikr 
yuritadiganlarning ijtimoiy mavqelaridan, egallagan lavozimlaridan qat’i nazar, 
faoliyati cheklanadi, ular turli taqiqlarga, tazyiqlarga uchraydi. Bu ham kamlik qilsa, 
ular ta’qib qilinadi, ozodlikdan, hatto hayotidan mahrum etiladi. O‘tmishda 
Ulug‘bek va Nodirabegim, sovet davrida Stalin qatag‘onlariga mahkum bo‘lgan 
minglab vatandoshlarimiz — adiblarimiz, ziyolilarimiz, davlat arboblarimizning 
qismatlari bunga misoldir. 
Rasmiy mafkura hukmron bo‘lib, erkinlik yo‘q qilingan joyda asta-sekin 
ma’naviy rivojlanish to‘xtaydi. Ma’naviy rivojlanish to‘xtagan joyda iqtisodiy 
yangilanish, ijtimoiy taraqqiyot yuz bermaydi. Hatto jamiyat o‘zining ilgari erishgan 
taraqqiyot darajasini saqlab qololmaydi. Inqirozga uchrab, keskin orqaga ketadi. 
Xalqimizning achchiq tajribasi buni uzoq o‘tmishda va mustabidlik davrida ko‘p 
marta isbotlagan. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-
moddasi hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin 
emasligini, ijtimoiy hayot, siyosiy institutlar mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi 
asosida rivojlanishini mustahkamlab qo‘yibdi.
Demokratiyaning, ijtimoiy taraqqiyotning ijodkori, amalga oshiruvchisi 
insondir. Demokratiya — nafaqat xalq hokimiyati, shuningdek, xalqning mamlakat 
kelajagi, o‘z taqdiri oldidagi mas’uliyati hamdir. Demokratiyani oxlokratiyadan 
(oxlos-to‘da, 
olomon) 
olomon 
hokimiyatidan, 
turli 
guruxlarning 
o‘zboshimchaligidan, boshboshdoqligidan, tartib-qoidalarni, qonunni pisand 
qilmasdan, hokimiyat idoralariga noo‘rin talablar qo‘yishidan, tazyiq o‘tkazishidan 


farq qilish lozim. Demokratiyaning oxlokratiyaga va anarxiyaga hech qanday 
aloqasi yo‘q. 
Demokratiya rivojlanishi huquqiy davlat vujudga kelishining muhim sharti va 
vositasidir. Huquqiy davlat jamiyatning shunday siyosiy tashkilotidirki, unda 
demokratik me’yorlar, inson xuquqlari, qonunning barchaga birdayligi va barcha 
uchun majburiyligi arkoniy tamoyilga, davlat tuzumining asl tayanchiga aylanadi. 
Huquqiy davlatda hokimiyat tarmoklari bir-birlaridan ajratiladi va mustaqil bo‘ladi. 
Hokimiyat tarmoqlari faqat Konstitutsiya va qonunlarga tayanib ish tutadi. Ularning 
o‘zaro munosabatlari va hamkorlik mexanizmi Konstitutsiya va qonunlar orqali 
belgilab kuyiladi. Hokimiyat tarmoqlarini birlashtiruvchi negiz — bu umummilliy 
manfaatga xizmat qilishdir. Mafkuraviy shaklda esa u milliy g‘oya sifatida 
hokimiyat tarmoqlarini birlashtiruvchi asos bo‘lishi mumkin: «Uchta hokimiyat 
tarmog‘ini birlashtiradigan narsa — bu milliy g‘oya».
2
Huquqiy davlatda jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini qonun 
kafolatlaydi va qattiq himoya qiladi. Hech kim, hatto davlat hokimiyati ham ularning 
ichki ishlariga noqonuniy aralashishga haqli emas. Ular o‘z muammolarini qonun 
doirasida yechadilar. Shu bois ularning turli amaldorlar, nazorat idoralarining 
himmatiga yoki injiqligiga, tamagirligi va poraxo‘rligiga qaram bo‘lmasliklarini 
davlat ta’minlashi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga nisbatan sodir 
etilgan noqonuniy xatti-harakat, tazyiq uchun istagan mansabdorni, tashkilotni
davlat idorasini sudga berishlari mumkin. 
Huquqiy davlatning muhim arkoniy tamoyillaridan biri bu inson 
huquqlarining davlat huquqidan, xalqaro huquqning milliy huquqdan ustuvorligidir. 
Davlat chiqargan qonunlar xalqaro huquq me’yorlariga, umuminsoniy, 
umumbashariy qadriyatlarga mos bo‘lishi lozim. (Bu yerda gap qaysi qonunlarga 
buysunish ustida ketayotgani yo‘q. Har bir davlat o‘zga qonunlar emas, o‘z 
qonunlari asosida faoliyat ko‘rsatadi. Gap qonun yaratish tamoyillari, talablari ustida 
ketyapti, ya’ni shunday qonunlar qabul qilish lozimki, ular umumtanolingan xalqaro 
2
Ислом Каримов. Бизнинг бош мақсадимиз 
– 
жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни 
модернизация ва ислоҳ этишдир. Т. “Ўзбекистон”, 2005 й., 128-б 


me’yorlarga zid kelmasin.) Faqat ma’naviyati yuksak, umuminsoniy qadriyatlar 
bilan boyigan mamlakatlarda bunday huquqiy amaliyot qaror topadi. 
Milliy mahdudlikka moyil, milliy manmanlikka berilgan, mutaassib va 
tajovuzkor mafkurani qurol qilib olgan mamlakat xalqaro huquq me’yorlarini, inson 
huquqlarini u yoki bu darajada inkor etadi, millatchilik domiga tushib qoladi. 
Bunday davlatda demokratiya rivojlanmaydi. Huquq me’erlari va mehnat intizomi 
zo‘ravonlik yordamida ta’minlanadi. Huquqiy davlatda qonunga itoatguylik, mehnat 
intizomi shaxs madaniyatining ajralmas qismiga, e’tiqodga, axloqiy mo‘ljalga 
aylanadi. 
Demokratiya huquqiy davlatning uzviy xossasi, vujudga kelishining asosiy 
sharti va vositasi bo‘lsa, huquqiy davlat demokratiya yanada yuksalishi, o‘sishi va 
mustahkamlanishining omilidir. Huquqiy davlat qaror topgan joyda demokratik 
institutlar mustaqil faoliyat ko‘rsatishi uchun, alohida shaxsning va butun 
jamiyatning 
yaratuvchilik, 
ijodkorlik 
salohiyati, 
iqtisodiy 
va 
siyosiy 
tashabbuskorligi yuzaga chiqishi uchun barcha zarur imkoniyatlar vujudga keladi va 
ular ob’ektiv ravishda yuksalib boraveradi. Bu yuksalish yo‘lida sun’iy to‘siq paydo 
bo‘lsa, tezgina qonun doirasida bartaraf qilinadi. Demokratiya, shaxs va jamiyat 
rivojlanishi uchun zarur imkoniyat yaratish huquqiy davlatning muhim 
xususiyatlaridan, mohiyatli belgilaridan biridir. Aynan huquqiy davlatda qarashlar, 
mafkuralar plyuralizmi kafolatlanadi. Ammo ong tolerantligini, fikrlar va 
mafkuralar plyuralizmi tushunchasini mutlaqlashtirib, ularga formal yondashib 
bo‘lmaydi. Agar muayyan mafkura asoslari boshdanoq g‘ayriinsoniylik, fashizm 
yoki shaytanatga aloqador bo‘lib, terror va zo‘ravonlikka chorlasa, jamiyat bunga 
ko‘z yumib, so‘z va qarashlar erkinligi deb hisoblashi kerakmi? Albatta, yo‘q. Shu 
boisdan ko‘pchilik davlatlarning huquqiy hujjatlarida qonuniy yo‘l bilan saylangan 
hukumatni zo‘ravonlik yordamida ag‘darib tashlashga da’vat etishni taqiqlovchi 
me’yorlar mavjud. 
Muayyan 
tashkilotlar 
faoliyatini, 
fuqarolarning 
xatti-harakatlarini 
baholashda, turli muammolarni hal qilishda ko‘p narsa amaldorning aql-zakovatiga, 
dunyoqarashi va halolligiga bog‘liq. Inson omilini to‘la istisno qilib bo‘lmasa-da, 


amaldor sub’ektivizmini cheklaydigan tizim yaratish kerak. Mustaqil O‘zbekiston 
shu yo‘ldan bormoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Bu 
yerda gap mamlakatimizda demokratiya tamoyillariga asoslangan, avvalo, amaldagi 
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq faoliyat yuritadigan, hech qanday 
mansabdorlar, hatto eng ko‘zga ko‘ringan vazifada o‘tirgan shaxslarning ham 
sub’ektiv xohish-irodasiga qaram bo‘lmasdan, ishni barqaror va faol tashkil 
qiladigan, o‘z mohiyatiga ko‘ra jamiyatimizning olg‘a siljishiga xalaqit berayotgan 
barcha illat va eski asoratlarni bartaraf etishga qurbi yetadigan samarali tizimni 
vujudga keltirish haqida bormoqda»
3
. Bu tizim demokratik huquqiy davlat va 
fuqarolik jamiyatidir. Aynan shunday tizimda ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, 
qatlamlar, sinflarning manfaatlari, jamiyatda egallaydigan mavqelari, ijtimoiy 
jarayonga ta’sir ko‘rsata olish imkoniyatlari dinamik (harakatchan) muvozanatga 
keladi, o‘zini o‘zi tartibga soladi. Buning uchun unga tashki tazyiq, ta’sir ko‘rsatish 
yoki kuch ishlatib ichki inqilobiy o‘zgarish qilish shart emas. Bunday tizimning 
yangi sifat kasb etishi tadrijiy-tabiiy rivojlanish negizida kechadi.
Mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, guruhbozlik avj
 
olgan, siyosiy partiyalar 
kurashi murosaguylikni, kelishuvchilikni bilmay, salbiy xususiyat kasb etgan 
mamlakatda haqiqiy demokratiya vujudga kelmaydi. Ushbu munosabat bilan 
demokratiya – bu siyosiy partiyalarning parlamentdagi konsensusi (kelishuvi) va 
bir-biriga nisbatan yaratuvchanlik ruhidagi muxolifligidir deyish mumkin. Jamiyat 
miqyosida esa turli ijtimoiy qatlamlarning muhim masalalarni hal qilishda 
sherikligidir. Demak, milliy mushtaraklik, jipslik mustahkamlanishi, haqiqiy 
demokratiya rivojlanishi uchun mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik va shular kabi 
boshqa illatlardan qutilish, umummilliy manfaatlarni tor sinfiy, tabaqaviy, 
mintaqaviy, partiyaviy manfaatlaridan ustun qo‘ya bilish, ularni o‘zaro moslashtira 
olish zarur. Bu jamiyatda yuksak ma’naviyatni shakllantirish uchun muayyan 
manaviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar olib borishni, umummilliy qadriyatlarni 
mustahkamlashni, umummilliy g‘oyani shakllantirishni taqozo etadi.
3
Ислом Каримов. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Т.2000, 11-12 бетлар 


Siyosiy partiyalarning, sinflar va yirik ijtimoiy guruhlar, tabaqalarning 
mafkurasi bir-biridan farq qiladi. Jamiyat miqyosida ularning har birini xususiylik 
deb, milliy g‘oyani esa ulardagi umumiylik, mushtaraklik deb baholash lozim. 
Milliy g‘oya avvalo milliy konsolidatsiyaga xizmat qiladi, u sinfiy va tabaqaviy 
manfaatlardan ustun. U turli g‘arazli geosiyosiy manfaatlarni ko‘zlagan tashki 
kuchlarning, milliy jipslikka putur yetkazishga qaratilgan diniy-ekstremistik, 
separatistik (ayirmachilik), soxta demokratiya va inson huquqlari g‘oyalari bilan 
niqoblangan mafkuraviy xurujlariga qarshi turadi. Haqiqiy milliy g‘oya tor sinfiy va 
tabaqaviy 
manfaatlardan 
ustun 
bo‘lgani 
uchun 
fuqarolik 
jamiyati 
mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Shu bois Ozod va obod Vatanda, erkin va 
farovon hayot barpo etish g‘oyasini shartli ravishda O‘zbekistonda shakllanayotgan 
fuqarolik jamiyati mafkurasining o‘zagi, deyish mumkin.
Haqiqiy demokratiyaning xususiyatlaridan yana biri davlatning (parlament va 
hukumatning) ozchilik manfaatlarini, xohish-irodasini inobatga olishi va 
qondirishidir. Bunday demokratiya siyosiy madaniyat va umuman ma’naviyat ancha 
yuksalgan, huquqiy davlat qaror topgan sharoitda yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Ta’kidlash joizki, demokratiyaning, huquqiy davlatning umum e’tirof etilgan 
tamoyillari, meyorlari mavjud bo‘lsada, yagona universal shakli yo‘q va bo‘lishi 
mumkin emas. Chunki har bir xalqning, mamlakatning noyob takrorlanmas 
o‘tmishi, tarixi, o‘ziga xos tabiati, yashash sharoiti, madaniyati, ijtimoiy hayoti, 
turli-tuman muammolari bor. Mutlaq bir xil ikki insonni topish mumkin 
bo‘lmaganidek, mutlaq bir xil bo‘lgan ikki xalq, ikki davlat yo‘q.
Huquq, huquqiy ong, qonunlarga itoatguylik, milliy g‘oya va mafkura, turli 
siyosiy partiyalar mafkurasi, fuqarolar intizomi, dunyoqarashi, psixologiyasi, 
ijtimoiy faolligi, siyosiy madaniyati ma’naviyatning tarkibiy qismlari ekanini 
hisobga olsak, ma’naviyatning jamiyat hayotidagi, iqtisodiyot va ijtimoiy-siyosiy 
sohalaridagi roli va ahamiyati ancha oydinlashib qoladi.
Ma’naviyat shunday qilib yangicha iqtisodiy tafakkurdan, yuksak siyosiy va 
huquqiy madaniyatni tarbiyalashdagi ahamiyati bilan iqtisodiyotga ham siyosatga 
ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyat hayotining uchinchi sohasi siyosatdan tashqari, 


urf – odatlar, millatlararo va dinlararo munosabatlardan ham tashkil topadi. Urf – 
odatlarni zamon ruhiga va talablariga mos takomillashtirish jamiyat rivojlanishi 
uchun juda muhim ahamiyatga ega. Urf – odatlar takomillashmasa, qotib qolsa, ular 
avtoritar mazmun kasb etadi. Har qanday yangilikni inkor etib, jamiyat taraqqiyotini 
yopiq aylana bo‘ylab yo‘naltiradi, ya’ni olg‘a siljitmay, faqat o‘z – o‘zini 
takrorlashga mahkum etadi. Bunday jamiyat an’anviy jamiyat deb ataladi. Biz 
keyinroq ushbu masalaga alohida mavzu bag‘ishlaymiz. 
Urf – odatlarning rivojlanishi taraqqiyot talablariga moslashishi ma’naviy 
ongning, xususan axloqiy, diniy, estetik ong shakllarining ham kundalik ong 
darajasida, ham nazariy ong darajasida yuksalishiga bog‘liq. Unda o‘datlar aslida 
asosan axloqiy ongning, undagi tegishli me’yorlar, qoidalarning predmetlashuvi 
natijasidir. Zamon o‘tishi, yangilanishi, jamiyat hayoti shaklan va mazmunan 
boyishi tufayli urf – odatlar asosida yotgan ba’zi me’yorlar, qoidalar eskiradi. Ularni 
yangilash urf-odatlarni yangilashga olib keladi. Biroq ayrim hollarda jamiyatning 
ba’zi qatlamlari, ko‘pincha obro‘-e’tibori kuchli katta avlodi, diniy arboblari 
eskirgan urf – odatlarga qattiq yopishib oladi. Ular ota – bobolarimizdan qolgan 
qadriyatlar. “Ajdodlarimiz ularga rioya qilib, kam bo‘lmagan, biz ham kam 
bo‘lmaymiz” degan vajlar keltiradi. Urf-odatlar ma’naviy madaniyatning shakli 
sifatida birinchi galda ma’naviyat doirasida tizimning(sistemaning) qismi o‘laroq 
rivojlanadi.
Ko‘pmillatli, ko‘pkonfessiyali mamlakatlarda ijtimoiy – siyosiy barqarorlik, 
millatlararo va dinlararo munosabatlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishiga bog‘liq. Ushbu 
masalada avvalombor adolatli siyosat yuritilishi, tenghuquqlilik ta’minlanishi lozim. 
Millatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, muloqot va hamkorlik munosabatlari qaror topishi 
zarur. Buning uchuchn eng avvalo, bag‘rikenglik(tolerantlik) tamoyili odamlar 
ongida hukmronlik qilishi kerak. Agar tolerantlik, ijtimoiy adolat tamoyillari 
odamlar ongida ustunlik qilmasa, ddavlatning bu boradagi yaxshi siyosati ham, 
ijodkor ziyolilarning chaqiriqlari ham katta samara bermaydi. Maishiy hayot 
darajasida millatchilik, o‘zgalarni kamsitish, bir – biriga ishonmaslik va 
begonalashish kuchayib boraveradi. Ayonlashmoqdaki, ma’naviyat yuksalishi 


ko‘pmillatli mamlakat hayotini siyosiy va iqtisodiy jihatdan barqarorlashtirish, turli 
millatlarni jipslashtiruvchi, bir-biridan o‘rganib, yanada baland dovonlardan 
oshishiga yordam beruvchi omildir. 
Ushbu xulosa alohida olingan etnoslarning, ayniqsa yoki millatlarning 
jipsligini mustahkamlab, yuksalishiga ham taaluqlidir. Tarixiy birlikning elat 
shaklidan yuqoriroq millat shakliga nisbatan yaqinda yaqin bir asr mobaynida o‘tgan 
etnoslarda qarindosh – urug‘chilik, millatchilik, ayirmachilik va shunga o‘xshash 
illatlar ko‘proq saqlanib qoladi. Ba’zan manfaatdor shaxs uchun o‘z qarindosh – 
urug‘i, yirik obro‘li shaxs iltimosi davlat va jamiyat manfaatidan ustun turadi. 
Bunday holat ko‘pincha boshqa illatlarni, aytaylik poraxo‘rlik va korrupsiyani 
keltirib chiqaradi. o‘tmish sarqitlaridan qutilish, milliy o‘zlikni anglashni yangi sifat 
bosqichiga ko‘tarish, ayni paytda o‘tmishning asl qadriyatlarini saqlab qolish 
ma’naviyat yuksalishiga bevosita borib taqaladi. Bu yerda masala faqat 
mahalliychilik va urug‘ – aymoqchilik kabi kamchiliklardan qutilish haqidagina 
ketayotgani yo‘q. Ko‘pincha yosh mamlakatlar katta sur’atlar bilan rivojlanib, 
umuminsoniy yutuqlarni o‘zlashtirayotganda, o‘zlarining tiliga, milliy-madaniy 
merosiga yetarlicha e’tibor qaratmaydi. Milliy nigilizm kuchayadi. Bu ba’zi bir 
qoloq urf – odatlar va me’yorlarga qattiq yopishib olishga nisbatan kam xavf 
tug‘dirmaydi. Chunki milliy ildizlarni zaiflashtiradi. Oqibatda bunday xalq asta – 
sekin milliy identligini yo‘qotib, boshqa xalqlarga assimilyatsiya bo‘lib ketishi 
mumkin. Demak, ma’naviyatni yuksaltirishga juda diqqat bilan ilmiy yondashish 
talab etiladi. Ushbu masalad miliylik va umuminsoniylik optimal darajada 
uyg‘unlashtirilishi, jahonning ilg‘or yutuqlarini o‘zlashtirish qatorida asl milliy 
qadriyatlarni esdan chiqarmaslik, ularni boyitib, zamonga moslashtirib borish lozim. 
Ma’naviyatning siyosat va ijtimoiy hayotning nisbatan mustaqil sohalari bilan 
o‘zaro aloqalari va nisbatini kelgusi mavzularda batafsilroq tahlil qilamiz. Lekin 
ma’naviyat va iqtisodiyot munosabatlarini navbatdagi mavzuda ko‘rib chiqish 
maqsadga muvofiq. 

Download 397,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish