Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

451-modda. Soliq bazasi 
(1-q.)
Soliq bazasi soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda har bir qazib olingan (ajratib 
olingan) foydali qazilmaga nisbatan aniqlanadi. 
(2-q.)
Quyidagilar soliq bazasidir: 
agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 
qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma hajmining qiymati
qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning, 
shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan 
hajmi qiymati.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(3-q.)
Agar ushbu moddaning toʻqqizinchi - oʻn birinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan boʻlsa, soliq bazasi soliq (hisobot) davri boshlanganidan eʼtiboran oʻsib boruvchi yakun 
bilan aniqlanadi va soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi boʻyicha 
hisob-kitob qilinadi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi 
tahririga qarang) 
(4-q.)
Soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir qazib 
olingan (ajratib olingan) foydali qazilma boʻyicha pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini 
(qoʻshilgan qiymat soligʻini va aksiz soligʻini chegirgan holda) naturada ifodalangan realizatsiya 
qilish hajmiga boʻlish orqali alohida aniqlanadi. 
(5-q.)
Agar qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmadan shaxsiy ishlab chiqarish yoki 
xoʻjalik ehtiyojlari uchun qisman foydalanilsa, soliq bazasi qazib olingan (ajratib olingan) foydali 
qazilmaning butun hajmi hisobida, ushbu foydali qazilmaning oʻrtacha olingan realizatsiya qilish 
bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 


(6-q.)
Soliq (hisobot) davrida foydali qazilma realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq bazasi 
realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi soliq (hisobot) davrida foydali qazilmani realizatsiya 
qilishning oʻrtacha olingan narxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
(7-q.)
Foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) boshlanganidan buyon ular realizatsiya 
qilinmagan taqdirda, soliq bazasi soliq (hisobot) davrida mazkur foydali qazilmalarni qazib 
olishning (ajratib olishning) 20 foizga oshirilgan ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda 
aniqlanadi. Bunda soliq toʻlovchi realizatsiya qilish amalga oshirilgan birinchi hisobot davrida 
hisoblangan soliq summasiga hisobot davrida shakllangan oʻrtacha olingan narxidan kelib chiqqan 
holda keyingi tuzatishni kiritishi shart. 
(8-q.)
Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmadan toʻlaligicha shaxsiy ishlab 
chiqarish yoki xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda soliq bazasi qazib olingan (ajratib 
olingan) foydali qazilmaning 20 foizga oshirilgan ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda 
aniqlanadi. 
(9-q.)
Soliq toʻlovchi qazib olingan tabiiy gazni, neftni va (yoki) gaz kondensatini qayta 
ishlashni mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida amalga 
oshirgan hollarda, soliq bazasi ushbu foydali qazilmalardan olingan mahsulotlarni realizatsiya 
qilish bahosidan kelib chiqqan, ularni keyinchalik qayta ishlash va transportda tashish uchun soliq 
toʻlovchi tomonidan qilingan xarajatlar chegirib tashlangan holda aniqlanadi. 
(OʻzR 30.12.2022-
y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(10-q.)
Agar ushbu Kodeksning 451-1-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
boʻlsa, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, shuningdek nodir elementlarni hamda nodir 
yer elementlarini qazib olishda soliq bazasi ushbu foydali qazilmalarni realizatsiya qilishning 
oʻrtacha olingan narxidan kelib chiqqan, keyinchalik ularni qayta ishlash (eritish, affinaj) va (yoki) 
transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda aniqlanadi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-
812-son Qonuni tahriridagi qism) 
(11-q.)
Ushbu moddaning toʻqqizinchi va oʻninchi qismlarida, shuningdek ushbu 
Kodeksning 451-1-moddasida nazarda tutilgan foydali qazilmalarga nisbatan soliq bazasini 
aniqlash chogʻida, qazib olingan foydali qazilmalarni transportda tashish va (yoki) qayta ishlash, 
shu jumladan ularni qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida qayta ishlash bilan bogʻliq 
xarajatlar summasi soliq toʻlovchi tomonidan soliq organlari bilan birgalikda aniqlanadi. Mazkur 
xarajatlarning summasi kalendar yil natijalariga koʻra shunga oʻxshash tartibda tuzatilishi 
mumkin. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq oʻn birinchi qismi oʻn ikkinchi qism 
deb hisoblansin 
(12-q.)
Foydali qazilmalarning ayrim turlariga nisbatan soliq bazasini aniqlashning oʻziga 
xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 451-1-moddasida belgilanadi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish