10-sinf jahon tarixi xronologiyasi


-SINF O’ZBEKISTON TARIXI XRONOLOGIYASI



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana04.03.2023
Hajmi0,97 Mb.
#916509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
xronologiya 10-11

10-SINF O’ZBEKISTON TARIXI XRONOLOGIYASI 
 
1914-yil Yosh xivaliklar partiyasi tashkil topgan 
1917-yil Abdurauf Fitrat ‘’Tarix millatlarning
o’tmishini, taraqqiyotini va tanazzulining sabablarini
o’rgatadigan ilmdir” deb yozib qoldirgan 
1917-yil Abdurauf Fitrat shu yil voqealariga
nisbatan.‘’Rusiyada bosh ko’targan balo—Bolshevik
balosi” deb kim yozib qoldirgan 
1917-yil Fevral inqilobi Yosh buxoroliklar ichida
kuchlar nisbatining qayta guruhlanishini tezlashtirdi 
1917-yil 27-fevral Rossiyada davlat to’ntarishi bo’lib
o’tgan 
1917-yil mart butun mamlakatda fevral voqealaridan
keyin yangi hokimiyuat o’rnatildi 
1917-yil 1-mart Moskvada fevral voqealaridan keyin
yangi hokimiyat o’rnatildi 
1917-yil 2-mart Rossiya imperatori Nikolay II o’z
ixtiyori bilan taxtdan voz kechdi 
1917-yil 2-mart Toshkentda ishchi deputatlari Soveti
(Toshkent Soveti) tuzilgan 
1917-yil 12-mart yangi hisob bo’yicha Rossiyada davlat
to’ntarishi bo’lib o’tgan 
1917-yil 14-mart Toshkent shahrida Turkiston
taraqqiyparvarlarning ijtimoiy-siyosiy tashkiloti
‘’Sho’royi Islomiya” (“Islom kengashi”) tuzildi 
1917-yil 31-mart Kuropatkin uy qamog’iga tashlangan
sana 
1917-yil mart—iyul fevral voqealaridan keyin
Muvaqqat hukumatga Georgiy Lvov boshchilik qilgan 
1917-yil aprel Sho’royi Islomiya tashkilotining
Samarqand, Qo’qon, Namangan, Andijon, Marg’ilon,
Skobelov (Farg’ona),Marv, Turkiston, Oqmachit
(Qizilo’rda), O’sh va boshqa shaharlarda shu’balari
tuzilgan 
1917-yil 5-aprel Xiva xoni Asfandiyorxon Yosh
xivaliklar partiyasining islohot to’g’risidagi manifestiga
imzo chekdi 
1917-yil 7-aprel Sayid Olimxon Buxoroda turli
islohotlar o’tkazish to’g’risidagi farmonni imzoladi 
1917-yil 7-aprel Turkiston o’lkasini boshqarish uchun 9
kishidan iborat Turkiston komiteti tuzildi va Toshkentda
faoliyat ko’rsatdi. 
1917-yil 8-aprel Yosh buxoroliklar tomonidan Buxoro
shahrida bo’lgan namoyish amir tomonidan bostirildi 
1917-yil 8-aprel Xivada xon huzurida qozikalon
Bobooxun Salimov boshchiligida Majlis va Husayn
devonbegi Matmurodov boshchiligida Nozirlar Sho’rosi
tashkil topgan 
1917-yil 14-aprel 7-aprelda imzolangan farmon bekor
qilindi 
1917-yil 16-23-aprel Toshkent shahrida Sho’royi
Islomiya tashkilotining tashabbusi bilan Butunturkiston
musulmonlarining I qurultoyi bo’lib o’tdi 
1917-yil may Yosh xivaliklar partiyasi rahbari
Polvonniyoz Yusupov boshchiligidagi delegatsiya
Muvaqqat hukumat vakillari bilan muzokara o’tkazish
uchun Toshkentga keldi 
1917-yil iyun Asfandiyorxon Muvaqqat hukumatning
Xivadagi vakili general Mirbadalov boshchiligidagi
harbiy kuchlarga tayanib Majlisni tarqatib yubordi 
1917-yil iyun Shoroyi Islomiya tashkilotidan bir guruh
ulamolar ajralib chiqib, Qo’qon va Toshkentda yangi
jamiyat—‘’Shoroyi Ulamo’’ga asos soldilar 
1917-yil iyul-oktabr fevral voqealaridan keyin
Muvaqqat hukumatga Aleksandr Kerenskiy boshchilik
qilgan 
1917-yil avgust—sentabr bolsheviklar Petrograd va
Moskva Sovetlarida ko’pchilikni egalladi va hokimiyatni
bosib olish uchun qurolli to’ntarishga tayyorgarlik
ko’rdi. 
1917-yil kuzida Turkistonda hokimiyatning bolsheviklar
ta’siridagi Sovetlar qo’liga o’tishi uchun obyektiv 
shartsharoit yo’q edi, bolsheviklarning omma o’rtasida ta’siri
ham oz bo’lgan 
1917-yil sentabr Toshkentda Turkiston va Qozog’iston
musulmonlari qurultoyi o’tkazilgan 
1917-yil 24-oktabrdan 25-oktabrga o’tar kechasi 
qurollangan ishchilar, Petrograd garnizoning soldatlari
va Boltiq flotining matroslari Qishki saroyga bostirib
kirdi va majlis o’tkazayotgan Muvaqqat hukumat
a’zolarini qamoqqa oldi. 
1917-yil 27-oktabrda Toshkentga yetib kelgach,
bolsheviklar va so’l eserlar hokimiyatni zo’rovonlik
yo’li bilan egallash uchun kurash boshladilar 
1917-yil 28-oktabr shu sanadan boshlab Toshkentning
yangi shahar qismida qurolli to’qnashuvlar avj oldi 
1917-yil noyabr Samarqand, Skobelov va boshqa
shaharlarda sovet hokimiyati o’rnatildi 
1917-yil noyabr Asfandiyorxon rus kazaklari yordamida
Majlisni butunlay tugatdi 
1917-yil noyabr Turkiston o’lkasida bolsheviklarning
hokimiyat tepasiga kelishi natijasida sovet Rossiyasi
bilan Buxoro amirligi o’rtasidagi siyosiy vaziyat
keskinlashdi 
1917-yil 7-noyabr Jizzaxda Sharof Rashidov tavallud
topgan 
1917-yil 15-22-noyabr Toshkentda Turkiston ishchi va
soldat deputatlari Sovetlarining III o’lka syezdida so’l
eserlar, bolsheviklar va maksimalistlardan iborat sovet
hukumati—Turkiston o’lka Xalq Komissarlari Soveti
tuzildi 
1917-yil 12-15-noyabrda “turli musulmon guruhlarining
birlashgan kengashi” o’tkazilib, unda Sirdaryo va
Samarqand viloyatlaridan kelgan vakillar qatnashdi 
1917-yil 26-28-noyabr Qo’qon shahrida Butunturkiston
o’lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo’lib
o’tdi 
1917-yil 27-noyabr shu kunni Abdurauf Fitrat ‘’Milliy
laylatulqadrimiz’’ deb atadi 
1917-yil 27-noyabr kechqurun ”Turkistonda yashab
turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi
da’vat etgan xalqlarning o’zlari belgilash xususidagi
irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya
Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb
e’lon qiladi’’ deyilgan qaror qabul qilindi 
1917-yil 28-noyabr tashkil etilayotgan hukumatga
Turkiston Muxtoriyati deb nom berildi. 
1917-yil dekabr Toshkentda 60 ming kishi ishtirok
etgan miting o’tkazildi 
1917-yil 1-dekabr Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat
a’zolari imzolagan maxsus Murojaatnoma e’lon qilindi 
1917-yil 2-dekabr Yangi Buxoro (Kogon)da bo’lib
o’tgan amirlik hududidagi rus manzilgohlari ishchi va
soldat deputatlari Sovetlarining II syezdida Buxoroda
amirlik tuzumini ag’darib tashlab, hokimiyatni Fayzulla
Xo’jayev boshchiligidagi Yosh buxoroliklarga berishga
qaror qildi 
1917-yil qish shu faslda boshlangan ocharchilik
bolsheviklarning qattol siyosati natijasida tobora
kuchayib borgan 
1917-1923-yillar ocharchilik natijasida Farg’ona
vodiysida 1 mln, Samarqand viloyatida 200 ming kishi
o’lib ketgan 
1917-1924-yillar O’zbekiston tarixida sovet davrining
1-bosqichi 
1917-1991-yillar O’zbekiston tarixida sovet davri 
1918-yil shu yildan boshlab Bahrombek 2 ming yigit
bilan Samarqand viloyatida qizil armiyaga qarshi
janglarda faol qatnashdi 
1918-yil 19-26-yanvar Turkiston o’lka ishchi, soldat va
dehqon deputatlari Sovetlarining favqulodda IV


syezdida Turkiston Muxtoriyatini kuch bilan tugatishga
qaror qilishdi 
1918-yil 26-yanvar RSFSR Xalq Komissarlari Soveti
raisining maxsus dekreti bilan Rossiya hududida
grigorian kalendari joriy qilindi 
1918-yil 30-yanvar Turkiston XKS Turkiston
Muxtoriyatiga qarshi harbiy harakatlarni boshladi 
1918-yil 30-yanvar shu kuni kechqurun Toshkentdan
yuborilgan dastlabki harbiy otryadlar Skobelovdan
Qo’qonga to’p va pulemotlar bilan yetib keldi 
1918-yil 31-yanvar shu kuni tushdan keyin Qo’qonda
Turkiston Muxtoriyatiga qarshi harakatlar boshlandi 
1918-yil 31-yanvar shu sanagacha tarixiy sanalar
Rossiyada eski hisob bilan berilgan 
1918-yil 31-yanvardan keyin 1-fevralga emas 14- 
fevralga o’tilgan 
1918-yil 14-fevraldan Rossiyada tarixiy sanalar yangi
hisob bilan berilgan 
1918-yil 15-fevral Qo’qon shahrida yong’inlar bo’ldi 
1918-yil 18-fevral shu kundan boshlab Kichik Ergash
amalda muxtoriyat hukumatining rahabariga aylandi 
1918-yil 20-fevral shu kun “Ulug’ Turkiston”
gazetasining ma’lumotlariga ko’ra, Xo’qand (Qo’qon)
tarixining eng dahshatli kuni edi 
1918-yil 22-fevral Qo’qon shahridagi Rus-Osiyo banki
binosida bolsheviklar tomonidan tayyorlangan “tinchlik
shartnomasi’’ imzolandi 
1918-yil fevral oyining so’nggi o’n kunligida Turkiston
mintaqasida bolsheviklar hukmronligidagi sovet
rejimiga qarshi istiqlolchilik harakati dastlab Qo’qon
atroflarida boshlandi 
1918-yil 27-fevral bolsheviklarning harbiy kuchlariga
qarshi bo’lgan janglarning birida Kichik Ergash shahid
bo’lgan 
1918-yil erta bahori avval Farg’ona vodiysida, so’ngra
butun Turkiston mintaqasida sovet rejimiga qarshi
qurolli istiqlolchilik harakati boshlandi 
1918-yil 1-mart Turkiston o’lkasi XKS raisi Fyodor
Kolosev boshchiligidagi 3500 kishidan iborat harbiy
kuchlar Yangi Buxoroga yetib keldi 
1918-yil 2-mart Eski Buxoro shahriga Turkiston o’lkasi
XKS raisi Fyodor Kolosev boshchiligidagi harbiy
kuchlar hujum boshladi 
1918-yil 5-mart shu kuni kechqurun Kolosev o’z harbiy
kuchlariga Toshkent tomonga chekinishga buyruq berdi 
1918-yil 17-mart Kolosev otryadi bilan Samarqandga
yetib keldi 
1918-yil 25-mart sovet Turkistoni va Buxoro amirligi
o’rtasida Qizlitepa bitimi imzolandi 
1918-yil 20-aprel—1-may Toshkentda Turkiston ishchi,
soldat, krestyan, musulmon va dehqon deputatlarining V
o’lka syezdi bo’lib o’tdi 
1918-yil 30-aprel ”Rossiya Sovet federatsiyasining
Turkiston Sovet Respublikasi haqidagi Nizomi’’ qabul
qilindi 
1918-yil may bolsheviklar tomonidan Sho’royi Islomiya
va ‘’Sho’royi Ulamo’’ tashkilotlari tugatilgan 
1918-yil 17-25-iyun Toshkentda Turkiston bolshevistik
tashkilotlarining tashkiliy o’lka syezdi bo’lib o’tdi 
1918-yil mart oxiri shu davrga kelib Katta Ergashning
nomi Farg’ona vodiysi aholisi o’rtasida juda mashhur
bo’lib ketdi 
1918-yil o’rtalari shu davrga kelib Farg’ona vodiysida
taxminan 100 ga yaqin qo’rboshi o’z guruhlari bilan
qizil armiyaga qarshi kurash olib bordilar 
1918-yil o’rtalaridan e’tiboran qizil askarlarga qarshi
mustaqillik uchun jangga kirgan edi 
1918-yil 30-oktabr Xivada saroy fitnasi oqibatida
Asfandiyorxon o’ldirildi va taxtga akasi Said
Abdullaxon o’tirdi 
1918-yil noyabr Junaidxon qo’shinlari Amudaryodan
o’tib, To’rtko’lga hujum qildi 
1918-yil noyabr Turkiston ASSRda Turor Risqulov
raisligida ocharchilikka qarshi Markaziy komissiyasi
tuizilgan 
1918-1920-yillar sovet hokimiyatining dastlabki davri
(bu paytda harbiy kommunizm davri deb ham yuritiladi) 
1918-1923-yillar Samarqand viloyatidagi
istiqlolchilarga Bahrombek va Ochilbek kabi
qo’rboshilar rahbarlik qilgan 
1918-1924-yillar Turkiston ASSR, BXSR, XXSR
mavjud bo’lgan davr 
1918-1925-yillar Turkistonda keng xalq ommasi
vakillarining shu yillarda bosqinchi qizil armiyaga
qarshi olib borgan qurolli harakatiga sho’ro hukumati
davrida buyuk davlat shovinistlari tomonidan
“bosmachilik” deb berilgan rasmiy nom 
1919-yil mart oyi Turkiston Kompartiyasining II
konferensiyada RKP o’lka Musulmonlar byurosi
(Musbyuro) tuzildi 
1919-yil 9-aprel Xiva yaqinidagi Taxta qishlog’ida
Junaidxon bilan Sovet hokimiyati vakillari o’rtasida
shartnoma imzolandi 
1919-yil yozining oxiri va kuzi Farg’ona vodiysidagi
istiqlolchilik harakati o’zining eng yuqori cho’qqisiga
chiqdi. 
1919-yil sentabr Madaminbek lashkarlari Jalolobod va
O’sh shaharlarini egallashdi 
1919-yil 12-oktabr Pomirning Ergashtom ovulida
anjuman bo’lib, unda Madaminbek boshchiligida
Farg’ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi 
1919-yil 4-noyabr Yosh xivaliklar, Tortko’ldagi
inqilobchi kommunistlar guruhi va Qo’shmamedxon
Sapiyev va G’ulomalixon Bahodir boshchiligidagi
Turkman qabilalari Xiva xoni Said Abdullaxon va
Turkman yovmutlarining yetakchisi Junaidxonga qarshi
kurash boshlash uchun o’zaro ittifoq tuzib, Xiva shahrini
egallash uchun qizil askarlarni yordamga chaqirdi 
1919-yil noyabr-1920-yil yanvar Turkiston frontining
Amudaryo (Xiva) guruhi qo’shinlari Xivani bosib olish
uchun keskin janglar olib bordi 
1919-yil kech kuzi Madaminbek qo’l ostida 30 ming
nafar ( Shermuhammadbek qo’l ostida 20 ming, Katta
Ergash 8 ming nafar askari b o’lgan) yigit qizil armiyaga
qarshi istiqlol janglarini olib bordilar 
1920-yil ko’tarilgan qo’zg’olonlar mamlakatning barcha
hududi—g’arbiy, markaziy, sharqiy qismlarida
boshlanib, ommaviy tus oldi 
1920-yil Qirg’iziston ASSR tashkil etildi 
1920-yil Markazga tashib ketilayotgan non mahsulotlari
va boshqa oziq-ovqat turlarining miqdori bir necha
marta ko’paygan 
1920-yil shu yildan boshlab istiqlolchilik harakati
qaytadan shiddat bilan rivojlandi 
1920-yil yanvar Turor Risqulov Turkiston Sovet
Respublikasi nomini o’zgartirib, uni Turk Respublikasi,
yagona kommunistik partiya—Turkiston turkiy
xalqlarning kommunistik partiyasini tuzish taklifi bilan
chiqdi 
1920-yil yanvar o’rtalari jangovor tashabbus qizil
armiya qo’l ostiga o’tdi 
1920-yil 1-fevral Xiva Sovet qo’shinlari tomonidan
bosib olindi 
1920-yil 2-fevral Xivada Muvaqqat inqilobiy qo’mita
tuzildi 
1920-yil bahori XXSRda yangi tipdagi maktablar
tashkil qilina boshlandi 
1920-yil 6-mart Skobelov shahrida Madaminbek va
N.Veryovkin-Roxalskiy o’rtasida yarash bitimi
imzolandi 
1920-yil 10-mart Turkiston ASSR MIK va Turkiston
Kompartiyasining birlashgan kengashida Sultonbek


Xo’janov, Sanjar Asfandiyorov, N.Paskutskiy kabi
atoqli partiya xodimlari SSRning O’rta Osiyo
federatsiyasini tuzish taklifi bilan chiqdilar 
1920-yil 26-30-aprel Butunxorazm xalq vakillarining I
qurultoyida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR)
tuzilganligi e’lon qilindi 
1920-yil may Madaminbek qo’rboshilar o’rdasiga
borgan paytda o’ldirildi 
1920-yil 3-may Shermuhammadbek boshchiligida
Turkiston— mustaqil islom jumhuriyati tashkil topdi 
1920-yil yoz Turor Risqulov o’z vazifasidan ozod qilindi 
1920-yil 12-avgust Turkiston fronti qo’mondoni
M.V.Frunze amirlikni tugatish maqsadida SamarqandBuxoro 
guruhi (fronti)ni tuzish haqida buyruq bergan 
1920-29-avgust Sovet hukumati Buxoro amirligini
tugatishga buyruq berdi 
1920-yil yoz va kuz Turkistondagi ozodlik harakati
yangi bosqichga qadam qo’ydi 
1920-yil sentabr oyi boshlarida amirlik xazinasi va
boshqa boyliklar ortilgan 2 ta eshelon Samarqand va
Toshkent orqali Moskvaga yo’l olgan 
1920-yil sentabr Frunze Moskvaga qaytgach, qo’lga
olingan va bir necha oy uy qamog’ida saqlangan 
1920-yil sentabr Sharqiy Buxoroga kelgan sobiq amir
Olimxon katta kuchlar to’plab, qizil armiyaga qarshi
kurashga rahbarlik qildi 
1920-yil sentabr Frunze Moskvaga qaytgach, qo’lga
olingan va bir necha oy uy qamog’ida saqlangan 
1920-yil 1-2-sentabr Buxoro shahriga 12 ming snaryad
tashlangan 
1920-yil 2-sentabr qizil armiya tomonidan Buxoro
shahri egallangan 
1920-yil 6-8-oktabr amirning yozgi saroyi Sitorai – 
Mohi Xosada chaqirilgan Butunbuxoro xalq
vakillarining I qurultoyida Buxoro Xalq Sovet
Respublikasi (BXSR) tuzilganligi e’lon qilindi 
1920-1933-yillar ‘’Qo’shchi’’ ittifoqi faoliyat
ko’rsatgan davr 
1921-yil shu yildan boshlab Ahmad Zakiy Validiyning
yozishicha, Ochilbek “Turkiston milliy birligi” tashkiloti
ko’rsatmalari asosida faoliyat ko’rsatgan 
1921-yil bahori yer-sev islohotini amaliy jihatdan
ro’yobga chiqarish shu paytdan boshlandi 
1921-yil bahori mamlakat iqtisodiy munosabatlarida
keskin o’zgarishlar o’tkazish zarurligi ravshan bo’lib
qoldi 
1921-yil mart RKP X syezdida oziq-ovqat
razvyorstkasini oziq-ovqat solig’I bilan almashtirish
to’g’rida qaror qilindi 
1921-yil mart bir qator janglarda mag’lubiyatga
uchragan Olimxon Afg’oniston davlati hududiga o’tib
ketishga majbur bo’ldi 
1921-yil 6-mart Xorazmda qizil askarlar uyushtirgan
harbiy davlat to’ntarishlaridan keyin Polvonniyoz
Yusupov hukumati ag’darib tashlandi 
1921-yil iyun-sentabr Farg’ona viloyatida 200 dan
ortiq qo’rboshi guruhlari harakat qilgan 
1921-yil avgust Turkiston ASSRda yangi iqtisodiy
siyosatga o’tish Turkiston Kompartiyasi VI syezdida
siyosiy jihatdan asoslab berildi 
1921-yil sentabr Xivada xalq dorilfununi ochilgan 
1921-yil 13-sentabr Farg’ona vodiysida favqulodda
holat e’lon qilindi 
1921-yil oktabr Anvar Posho Kavkazdan Buxoro
shahriga keladi 
1921-yil noyabr Farg’ona viloyatida sovet hokimiyati
tomonidan harbiy diktatura o’rnatildi va Turkiston fronti
harbiy inbilobiy kengashi a’zosi Baranov Farg’ona
viloyatining harbiy diktatori qilib tayinlandi 
1921-yil 9-noyabr Anvar Posho Qarshi yaqinidagi
Qilliko’l atrofida Mulla Nafis qo’rboshi bilan uchrashadi 
1921-yil 24-noyabr Afg’onistonga qozikalon Bobooxun
Salimov boshchiligida maxsus elchilik hay’ati
jo’natilgan. 
1921-1922-yillar Turkistondan Rossiyaga 4,4 mln pud
g’alla jo’natilgan 
1921-1922-yillar O’rta Osiyoda yer-suv islohoti amalga
oshirildi. U ikki bosqichdan iborat bo’lib, shu yillarda
Turkiston ASSR va Qozog’iston ASSR da amalga
oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar birinchi bosqichni
tashkil qiladi 
1921-1922-yillar arab alifbosi isloh qilinib, ancha
soddalashtirildi 
1922-yil bahorida Junaidxon Xorazmda o’z faoliyatini
yanada kuchaytirdi 
1922-yil aprel Junaidxon qo’shinlari Posu shahri va
uning atroflarni qizil askarlardan ozod qilishdi 
1922-yil yozi shu davrgacha Bahrombek o’z yigitlari
bilan qizil armiyaga qarshi faol kurashgan 
1922-yil avgust Anvar Posho Sharqiy Buxoroning
Baljuvon atrofidagi Obidara qishlog’ida qizil askarlarga
qarshi bo’lgan jangda mardlarcha halok bo’ldi 
1922-yil kuzi Bahrombek va ukasi Shahriyor
qo’rboshini qo’lga olishib, Samarqand shahrida otib
tashlandi 
1922-yil dekabr XXSRda qishloq xo’jaligida yagona
soliq tizimi joriy qilina boshlandi 
1922-yil 30-dekabr RSFSR, Ukraina, Belorussiya,
ZSFSR asosida SSSR tuzildi 
1922-1924-yillar Butunbuxoro Markaziy Ijroiya
Qo’mitasiga Porso Xo’jayev boshchilik qilgan 
1923-yil Xorazmda ‘’bosmachilik’’ harakatini tezlik
bilan bostirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi
va shu yildan boshlab bu holat yanada kuchayadi 
1923-yil 12-yanvar uchinchi chaqiriq XXSR MIK II
sessiyasida Xorazmda 4 yildan buyon davom etib
kelayotgan “bosmachilik” harakatiga qarshi mavjud
hukumatning o’zi kurash olib borishiga ojiz ekanligi
ochiq aytilib, RSFSR hukumatidan “shoshilinch
yordam” so’raldi 
1923-yil 10-may Ochilbek Kitob atrofida qizil askarlar
bilan bo’lgan janglarning birida mardlarcha halok
bo’lgan 
1923-yil iyun XXSRda hunarmandchilik va sanoat
sohasidagi soliqlar bir tizimga solinib, davlat solig’i
joriy etlindi 
1923-yil yozi va kuzi tashqi kuchlar tazyiqi bilan
Fayzulla Xo’jayevning yaqin safdoshlari Fitrat, Otaulla
Xo’jayev, Sattor Xo’jayev, Muinjon Aminov, Qori
Yo’ldosh Po’latov va boshqa nozirlar hukumat
tarkibidan chiqarildi 
1923-yil 17-20-oktabr Butunxorazm xalq vakillarining
IV qurultoyi XXSRni Xorazm Sovet Sotsialistik
Respublikasi (XXSR)ga aylantirish to’g’risida qaror
qabul qildi 
1923-yil oktabr shu oydan boshlab Xorazmdagi
demokratik o’zgarishlarga chek qo’yildi
1923-yil dekabr Farg’ona vodiysi vakillari RSFSR
tarkibida Farg’ona muxtor viloyatini tashkil etish
to’g’risidagi taklif bilan chiqqan
1923-1924-yillar Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilar
qo’shiniga Islom Polvon va Yormat Maxsum kabi
qo’rboshilar rahbarlik qildilar 
1924-yil shu yil davomida tirik qolgan qasoskorlar
(qo’rboshilar)ning ko’pchiligi qarshilikni to’xtatdilar 
1924-yil Turkistondagi istiqlolchilik harakati asosan
mag’lubiyatga uchragandan keyin Turkiston o’lkasini
bo’lib tashlab, uni idora qilish masalasi o’zining so’nggi
bosqichiga qadam qo’ydi 
1924-yil boshlari shu vaqtdan boshlab sovet hokimiyati
“mustaqil respublikalar” tashkil qilish masalasini hal
qilishga jiddiy kirashdi 


1924-yil fevral Buxoro Kompartiyasi chegaralanish
masalasi yuzasidan Fayzulla Xo’jayev tomonidan
yozilgan tezislarni qabul qildi
1924-yil fevral-iyun SSSRdagi markaziy organlar,
Turkiston, Buxor, Xorazm kommunistik partiyalari va
RKP (b) MK O’rta Osiyo byurosi milliy chegaralanish
masalasi yuzasidan zo’r berib ish olib bordi 
1924-yil 8-may bir guruh Xorazm rahbarlari RKP (b)
MKga ‘’Xorazmda milliy masalani hal qilish to’g’risida
maktub’’ yuborib, Xorazmni chegaralanishga
qo’shmaslikni iltimos qildilar 
1924-yil 12-iyun Stalin taklifi bilan RKP (b) mk Siyosiy
byurosining “O’rta Osiyo respublikalarini milliyhududiy 
chegaralash to’g’risida” maxsus qarori qabul
qilingan 
1924-yil 17-iyun Junaidxon o’zining 20 nafar hamrohi
bilan Afg’onistondagi Hirot shahriga yetib keldi
1924-yil iyul Xorazm Kompartiyasi Markaziy Komiteti
mas’ul kotibi Qalandar Odinayev vazifasidan olib
tashlandi 
1924-yil 26-iyul Xorazm Kompartiyasining yangi
rahbarlari respublikaning chegaralanishiga kiritilishiga
o’z roziligini bildirdi 
1924-yil yozi va kuzi Mulla Abdulqahhor yigitlari va
qizil askarlar o’rtasida Gijduvon tumanining G’ishti va
Kattag’amxo’rqishloqlari,Nurota tog’larida, Shofirkon
tumaniga tutash Qizilqumning Jilvon qumliklarida,
Bog’i afzal va Vardonze qishloqlarida qattiq
to’qnashuvlar bo’lgan 
1924-yil kuzi O’rta Osiyoda milliy hududiy
chegaralanish o’tkazilishi natijasida qurolli kurshning 1- 
davri yakunlandi 
1924-yil 16-sentabr Turkiston ASSR MIK ning
favqulodda sessiyasida O’rta Osiyoda milliy-hududiy
chegaralanishni o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi 
1924-yil 18-20-sentabr Butunbuxoro xalq vakillarining
V qurultoyida BXSRning nomi o’zgartirilib, u Buxoro
Sovet Sotsialistik Respublikasi (BXSR)ga aylantirildi 
1924-yil 20-sentabr Butunbuxoro xalq vakillarining V
qurultoyida O’rta Osiyoda milliy-hududiy
chegaralanishni o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi 
1924-yil 20-sentabr Butunbuxoro xalq vakillarining V
qurultoyida Fayzulla Xo’jayev ‘’O’rta Osiyoda milliy
hududiy chegaralanishni o’tkazish to’g’risida’’ ma’ruza
qildi 
1924-yil sentabr-oktabr O’rta Osiyoda o’tkazilgan
milliy-hududiy chegaralanishi O’rta Osiyo
respublikalari, RSFSR va SSSRning oliy organlari
tomonidan qonuniy kuchga kirdi 
1924-yil 14-oktabr RSFSR MIKning II sessiyasida
TASSR MIKning milliy-hududiy chegaralanishi 
to’g’risidagi qarori ayrim tuzatishlar bilan qabul qilindi 
1924-yil 27-oktabr Moskvada SSSR MIKning III
sessiyasida TASSR MIK favqulodda sessiyasi, 
Butunbuxoro va Butunxorazm xalq vakillarining V
qurultoylari asosida O’rta Osiyo milliy respublikalar
tuzish to’g’risida maxsus qaror qabul qilindi 
1924-yil 29-oktabr Butunxorazm xalq vakillarining V
qurultoyida O’rta Osiyoda milliy-hududiy
chegaralanishni o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi 
1924-yil 31-oktabr Fayzulla Xo’jayev boshchiligida
O’zbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komiteti tashkil
topdi 
1924-yil 18-noyabr Turkiston ASSR, Buxoro SSR va
Xorazm SSR MIKlari maxsus qo’shma qaror qabul
qildilar va shu qarorga binoan o’z vakolatlarini
O’zbekiston SSR Sovetlarining ta’sis qurultoyiga qadar
ish ko’ruvchi O’zbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy
komitetiga topshirdilar 
1924-yil oxiriga kelib qo’rboshilar Turkistondagi
iqtisodiy inqiroz va qashshoqlik, dahshatli ocharchilik,
xalqning og’ir turmushini ko’rmasliklari mumkin emas
edi 
1924-yil oxiri Abdulqahhor qo’rboshi Qizilqumda qizil
askarlarga qarshi bo’lgan janglardan birida halok bo’ladi 
1924-yil oxiri Turkiston mintaqasida istiqlolchilik
harakatining birinchi davri yakunlandi 
1924-yil oxiri Markaz tomonidan XXSR va BXSR
tugatilib, mintaqada o’zbek xalqi davlatchiligi
shakllangan ikki tarixiy markaz yo’qotildi 
1924-yil oxiri O’rta Osiyo respublikalari aholisi 8 131
062 kishini tashkil etgan 
1925-yil shu yilgi ma’lumotlarga ko’ra ‘’Qo’shchi’’
ittifoqi 200 ming kishini o’ziga birlashtirgan 
1925-yil 29-yanvar O’zbekiston SSRda ilk bor
ma’muriy-hududiy bo’linish o’tkazildi 
1925-yil 6-12-fevral eski Buxoro shahrida O’zbekiston
kommunistik partiyasining I ta’sis syezdi bo’ldi 
1925-yil 12-19-fevral To’rtko’lda dehqon, batrak, va
qizil askar deputatlari Qoraqalpoq avtonom viloyati
Sovetlarining ta’sis syezdi bo’lib o’tdi 
1925-yil 13-fevral Buxoroda maxsus qurilgan Xalq
uyida Butuno’zbek Sovetlarining I ta’sis qurultoyi
ochildi 
1925-yil 17-fevral ‘’O’zbekiston Sovet Sotsialistik
Respublikasini tashkil etish to’g’risidagi Deklaratsiya’’
qabul qilindi 
1925-yil 25-fevral O’zbekiston SSRning tuzilgan sanasi 
1925-yil fevral—aprel Buxoro shahri shu davr
mobaynida poytaxt bo’ldi 
1925-yil 3-mart O’zSSR MIK huzurida Bobon
Mavlonbekov raisligida ‘’Davlat apparatini
mahalliylashtirish Markaziy komissiyasi’’ tuzildi 
1925-yil 21-mart O’zbekiston kasaba uyushmalari I
ta’sis syezdida O’zbekiston kasaba uyushmalari
(profsoyuzlar)ga asos solindi 
1925-yil aprel Samarqand shahrida bo’lib o’tgan ta’sis
qurultoyida O’zbekiston komsomoliga asos solindi 
1925-yil aprel—1930-yil sentabr Samarqand shahri shu
davr mobaynida O’zbekiston SSR poytaxti bo’ldi 
1925-yil 13-may O’zbekiston SSR Butunittifoq
Sovetlarining III syezida SSSR tarkibiga qabul qilindi
1925-yil noyabr O’zbekiston Kompartiyasining II
syezdi bo’ldi. Unda “Agrar inqilob’’ning strategiya va
taktikasi tasdiqlandi 
1925-yil 22-30-noyabr Samarqand shahrida bo’lgan
O’zbekiston Kommunistik partiyasining II syezdida
“Partiya, sovet, xo’jalik, kasaba uyushmalari va
kooperativ tashkilotlariga mahalliy aholini jalb qilish”
masalasi ko’rib chiqildi 
1925-yil dekabr VKP (b) XIV syezdida SSSRda
iqtisodiyotni rivojlantirishning hal qiluvchi vositasi
sifatida sotsialistik industrlashtirishga o’tish ommaviy
tarzda e’lon qilingan 
1925-yil 2-dekabr Shu sanada imzolangan O’zbekiston
SSR MIKning ‘’Suv va suvni natsionalizatsiya qilish
to’g’risida” va ‘’yer-suv islohoti to’g’risida’’gi
dekretlari bilan yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi
boshlandi 
1925-1926-yillar Yer-suv islohotining ikkinchi
bosqichining 1-bosqichi shu yillarni o’z ichiga oladi 
1925-1932-yillar Qoraqalpog’iston Qozog’iston
tarkibida bo’lgan davr 
1925-1929-yillar Yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi
amalga oshirildi 
1925-1929-yillar shu yillarda o’tkazilgan islohotlar
natijasida barcha viloyatlarda 5 mingga yaqin boy
xo’jaliklar tugatildi. 23 mingdan ortiq o’ziga to’q
xo’jaliklarning ‘’ortiqcha’’ yerlari tortib olindi 
1925-1935-yillar O’rta Osiyoda qurolli kurashning 2- 
davri 
1925-1952-yillar KPSS shu yillar davomida VKP— 


Butunittifoq kommunistlar partiyasi nomi bilan
yuritilgan 
1925-1991-yillar O’zbekiston tarixida sovet davrining
2-bosqichi 
1926-yil O’zbekistonda 16 ta ayollar artellari bo’lib,
ularda 814 nafar mahalliy xotin-qizlar mehnat qilardi 
1926-yil sentabr O’rta Osiyo xotin-qizlari kengashida
‘’hujum’’ kompaniyasi e’lon qilindi 
1926-yil dekabr ‘’Hujum’’ kompaniyasini o’tkazish
uchun O’rta Osiyo respublikalari, xususan,
O’zbekistonda maxsus komissiyalar tuzildi 
1926-yil 29-sentabr O’zbekiston SSR Sovetlari
Markaziy Qo’mitasi V sessiyasining rayonlashtirish
to’g’risida qaror qabul qilindi 
1926-yil 1-12-dekabr Dushanbeda Tojikiston ASSR
Sovetlarining I ta’sis syezdida O’zbekiston SSR
tarkibida Tojikiston SSR tuzilganligi haqida deklaratsiya
qabul qilindi 
1927-yil Andijondagi Eski shahar ayollar klubida 134
nafar a’zo bo’lgan 
1927-yil respublikadagi tuman ijroiya qo’mitalari
a’zolarinining 20 foizi, okrug ijroiya qo’mitalari
a’zolarining 17 foizi ayollar bo’lgan 
1927-yil Yer-suv islohotining ikkinchi bosqichining 2- 
bosqichi shu yilda amalga oshirilgan 
1927-yil O’zSSR xalq xo’jaligida qishloq xo’jaligining
salmog’i 62,6 %, sanoatning salmog’i 37,4 % ni tashkil
etgan 
1927-yil 8-yanvar O’zbekiston SSR MIK huzuridagi 
‘’Davlat apparatini mahalliylashtirish Markaziy
komissiyasi’’ning nomi ‘’Davlat apparati va sanoatni
O’zbeklashtirish Markaziy komissiyasi’’ deb
o’zgartirildi 
1927-yil 8-mart shu sanadan ‘’Hujum’’ kompaniyasini
boshlashga qaror qilindi 
1927-yil 8-mart xotin-qizlarning ommaviy mitinglari
boshlandi 
1927-yil 30-mart O’zSSR Sovetlarining II syezdida
O’zbekiston SSRning 1-konstitutsiyasi qabul qilindi 
1927-yil 6-iyun O’zbeklashtirish Markaziy
komissiyasining Nizomi kuchga kiritildi 
1927-yil 16-24-noyabr O’zbekiston Kommunistik
Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish