Piyoz va sarimsoqni saqlash Sabzavotlardan piyoz va sarimsoq alohida o‘rinni egallaydi. Ularning tarkibida uglevodlar,
mineral tuzlar, C vitamini va turli xil efir moddalar mavjud.
Piyozni saqlash xususiyatlaridan biri uning yuqori havo namligiga chidamsizligidir.
Havoning namligi 75% dan yuqori bo‘lganda piyozning tinim davri buziladi va piyoz o‘sa
boshlaydi. Bundan tashqari piyozda chirish kasalligi avj oladi. Bu kasallikning oldini olishning
muhim tadbiri uni quritishdir. Quritilgan piyoz omborlarda yaxshi saqlanadi. O‘zbekiston
sharoitida yig‘ishtirilgan piyoz dalada bir necha kun yoyib qo‘yib quritiladi. Quritish uchun
piyozlar tozalangan joyga 30-40 sm qalinlikda joylanadi. Quritish 15-20 kun davom etadi. Bunda
har 2-3 kunda ular ohista ag‘dariladi. Ag‘darish vaqtida piyoz io‘stini to‘kmaslikka harakat qilish
lozim.
Sabzavot mahsulotlari ichida piyoz havo haroratining past bo‘lishiga juda bardosh beruvchi
mahsulot hisoblanadi. Piyozni havo harorati
- 3°C bo‘lganda ham saqlash mumkin.
Piyozning yana bir xususiyati shundan iboratki, u yaxlab qolganda ham tovarlik va
unuvchanlik xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Yaxlab qolgan piyozlar asta-sekinlik bilan tevarak
muhit haroratiga ko‘nikkuncha tutib turiladi. Havo haroratining birdaniga o‘zgarishi uning
sifatining buzilishiga olib keladi. Ko‘pincha bunday piyozlarda turli xil mikroorganizmlar tez
rivojlanadi. Saqlash mobaynida piyozning o‘sib ketishi, ya’ni kurtakdan yangi piyozbosh hosil
bo‘lishiyoki gulpoya chiqishi piyozboshning saqlanish haroratiga bog‘liq. Piyozboshpast
haroratda (-10°C) saqlansa, piyozdagi kurtaklardan gul navdalar hosil bo‘ladi. Bu haroratdan
yuqori (18-20°S) yoki aksincha, past (0°C dan past) haroratda saqlanganda kurtak o‘sib ketadi.
Piyozning ana shubiologik xususiyati uni saqlashda hisobga olinadi. Piyozbosh shu sababli yuqori
(18-20°C dan ortiq) haroratda yoki aksincha, past (0°C dan past) haroratda saqlanadi. Bunday
haroratda piyoz o‘sib ketmaydi. Urug‘lik uchun mo‘ljallangan piyozboshni 2 dan 10°C gacha
haroratda saqlash tavsiya etiladi. Piyozni saqlashda havoning namligi 70-75% bo‘lishi kerak.
Lekin havo namligi sovitiladigan omborlarda 80-90% bo‘lishi mumkin. Bunda piyozning
terlashiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Sovitilmaydigan sabzavot omborlarida saqlash davrida (oktyabrdan-aprelgacha) vazni
kamayishidan 7-10% gacha, shuningdek, chirish va haddan tashqari o‘sib ketishida saqlash
tartibiga va saqlash oldidan piyozlar xolatiga qarab 3-4% dan 20% gacha nobud bo‘ladi. Bundan
tashqari, quruq qobiq xolidagi chiqindilar 0,05-5% gacha chiqishi mumkin. Piyoz va sarimsoqning
tabiiy kamayish me’yorlari 4-jadvalda keltirilgan.
4-jadval