O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit iqtisod fakulteti



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/29
Sana27.02.2023
Hajmi1,65 Mb.
#914890
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni

1-bob bo‟yicha xulosa 
Aholinining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‟lgan ehtiyojini qondirish
bozorni sifatli iste‟mol tovarlari bilan to‟ldirish hamda tashqi savdo balansini 
ijobiy saldoda ushlab turish uchun har bir mamlakat iqtisodiyotida qishloq 
xo‟jaligining o‟rni beqiyosdir.Shunday ekan,qishloq xo‟jaligi korxonalarini 
kreditlash alohida ahamiyat kasb etadi.Xulosa qilib aytganda, kredit berilish 
usullari, ular uchun olinadigan foiz miqdori va uning to`lanishi, kreditdan 
foydalanish tartibi, muddati kelgan kreditni qaytarish tartiblari, o`z vaqtida 
qaytarilmagan kredit uchun javobgarlik choralarini qo`llanilishi masalalari 
fuqarolik kodeksida, bank qonunchiligida va boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlarda 
hamda kredit shartnomasida belgilab qo`yilgan. Bank krediti berilishi paytida 
uning qaytarilishini ta`minlash choralari, uning qo`llash tartibi va shakllari hamda 
oqibatlari ham amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan.


25 
2-BOB. O‟ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QISHLOQ 
XO‟JALIGINI KREDITLASHNING ZAMONAVIY 
HOLATI TAHLILI 
2.1. Qishloq xo‟jaligi korxonalarini kreditlashning tartibi va o‟ziga xos 
jihatlari 
O`zbekistonda qishloq xo`jaligi korxonalarini kreditlash bosqichlariga 
to`xtaladigan bo`lsak bu bosqich 4 –bosqichni o`z ichiga oladi. Bu bosqichlar o`z 
ichiga: birinchi davr 1991 – 2001 yillarni o`z ichiga oladi, ikkinchi davr 2002-2003 
yillarni, uchinchi davr 2004 yildan 2006 yilgacha bo`lgan davrni va to`rtinchi davr 
esa 2007 yildan to hozirgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi.
3-rasm. O‟zbekistonda qishloq xo‟jaligini kreditlash bosqichlari
12
 
O`zbekiston Respublikasida qishloq xo`jaligini rivojlantirishga asosiy 
e`tibor qaratilib ushbu sohada tarkibiy o`zgarishlar olib borilmoqda, 2016-yilda 
qishloq xo`jaligida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2015 yilga nisbatan 6.6% ga 
oshgan. Tijorat banklari tamonidan fermer xo'jaliklarini kreditlash masalasini 
ko'rib chiqishdan oldin, fermer xo'jaligi to'g`risida to'xtalsak. 
12
S.Norqobilov, H.Ortiqov,“Kredit mexanizmi va uning elementlari”.”Farg‟ona” nashriyoti, 
2012. 196-bet


26 
Dehqon 
va 
fermer 
xo'jaliklariga 
mikrokreditlar 
O'zbekiston 
Respublikasining “O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g`risida”, “Banklar 
va bank faoliyati to'g`risida”, “Bankrotlik to'g`risida”, “Buxgalteriya hisobi 
to'g`risida”, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoyalash 
to'g`risida”, “O'zbekiston Respublikasining mikromoliyalash
 
to'g`risida”gi 
qonunlari, Markaziy bankning me'yoriy hujjatlari va yo'riqnomalari hamda tijorat 
banklarining ichki me'yoriy hujjatlariga muvofiq beriladi. 
Tijorat banklari tomonidan qishloq xo'jaligi korxonalarini kreditlash, mulk 
shaklidan qat'iy nazar, shartnomaviy asosda amalga oshiriladi. Kreditlar 
korxonalarning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisob raqami joylashgan bank 
filialidan beriladi. Zarar ko'rib ishlayotgan, nolikvid balansga ega, bank oldida 
muddati o'tgan ssuda va foiz qarzlari mavjud korxonalarni kreditlash man etiladi. 
Bunday korxonalardan avval berilgan kreditlar va ularga hisoblangan foizlarni 
belgilangan tartibda undirib olish choralari ko'riladi.
Kredit resurslarining uzoq muddatga mo'ljallangan keskin moliyaviy 
o'zgarishlar, xo'jalikning zararlarni qoplash uchun ishlatilishiga yo'l qo'yilmaydi. 
Kreditlar foydalanish muddatiga ko'ra qisqa va uzoq muddatli bo'lib, kredit 
shartnomalarida qayd etilgan maqsadlar uchun ishlatish, ta'minlanganlik hamda 
foiz to'lash, qaytarish shartlari asosida beriladi. Qishloq xo'jaligi korxonalariga 
berilayotgan kreditlarning muddati ular hisobidan amalga oshiriladigan 
xarajatlarning qoplanish davriga mutanosib bo'ladi. 
Qishloq xo'jaligi korxonasining kredit yig`ma jildini shakllantirish va uni 
tahlil etish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: 
a) qarz oluvchining kredit buyurtmasini ko'rib chiqib, u bilan suhbat 
o'tkazish; 
b) qarz oluvchining kreditga layoqatliligini, ssuda berish bilan bog`liq 
tavakkalchilikni, shuningdek, kredit samaradorligini baholash; 
v) qarz oluvchi tomonidan taqdim etilayotgan kredit ta'minotining 
likvidliligini, uning bahosini aniqlash; 
g) kredit bahosini, ya'ni unga belgilanadigan foizni aniqlash; 


27 
d) kredit yig`ma-jildining xulosasi, kredit shartnomasi yoki rad etish 
to'g`risidagi yozma javob xatini tayyorlashdan iborat. Salohiyatli qarz oluvchi 
o'zining moliyaviy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini tahlil qilib, quyidagi 
bo'limlardan iborat biznes-reja ishlab chiqishi lozim: 
a) o'tgan davr (yil, chorak, oy) uchun moliya-xo'jalik faoliyati tahlili; 
b) ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulot, ish yoki hizmatlar 
bozoriga tavsif (bozorda bu mhsulot, ish yoki xizmatlar uchun talab va taklif, 
raqobat darajasi); 
v) kreditga bo'lgan ehtiyojning hisob-kitobi va kreditlanayotgan tadbir 
samaradorligi (xarajat va daromadlar tarkibini aks ettiruvchi bo'lim-asosiy bo'lim); 
g) o'tgan davr va kreditdan foydalanish davri uchun pul mablag`larining 
kirim-chiqimi; 
d) kredit va unga hisoblanadigan foizlar bo'yicha to'lovlar hisob-kitobi; 
e) kredit hisobidan harid qilinishi mo'ljallangan tovar-moddiy boyliklari 
yoki asosiy vositalar bo'yicha mol etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar. 
Qarz oluvchi yuqoridagilardan kelib chiqib, so'rovnoma va kredit 
buyurtmasini tayyorlaydi. Buyurtmada kredit olish zaruriyati, uning samaradorligi, 
ta'minlanishi, qaytarilishi va unga foiz to'lash, o'z kapitalining tarkibiy tuzilishi 
hamda uning kreditlanayotgan tadbirdagi ishtiroki qisqacha sharhlab beriladi. 
Kredit xodimi bir hafta ichida qarz oluvchining kreditga layoqatliligi, ssuda berish 
bilan bog`liq tavakkalchilik va kredit samaradorligini baholaydi. Bunda, qarz 
oluvchining kredit tarixi, undagi rahbar mavqeyi (oldingi kreditlar va ularga 
hisoblangan foizlarning o'z vaqtida so'ndirilganligi yoki so'ndirilmaganligi, 
rahbarning soha bo'yicha bilimdonligi, iqtisodiy sohaga oid jinoyatlarga aloqador 
yoki aloqador emasligi va boshqa shu kabilar) ham hisobga olinishi zarur.
13
Bank xodimi qarz oluvchining reyting bahosi, kredit samaradorligi va 
ta'minot turini aniqlab chiqib, kredit berish mumkinligi yoki mumkin emasligi 
13
U.Azizov, T.Qoraliyev, Sh. bdullayeva, T.Boboqulov, O.Sattarov. D.Saidov. O`zbekiston 
Respublikasi Oliy va o`rta mahsus ta`lim vazirligi. “Bank ishi Darslik” T.:
<<
Iqtisod – Moliy
a>>, 
2016 – 768b. 


28 
to'g`risida xulosa rasmiylashtiradi. Mazkur xulosa bankning kredit bo'limi 
boshlig`i tomonidan imzolanib, tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Kredit 
qo'mitasiga taqdim etiladi. Kredit qo'mitasi esa bank boshqaruvi yoki Markaziy 
ofis Kredit qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan vakolat hamda bir qarzdorga kredit 
berishning belgilangan me'yoridan kelib chiqib, uch ish kuni davomida ushbu 
masala yuzasidan tegishli qaror qabul qiladi. Kredit xodimi bank va qarz oluvchi 
o'rtasida kredit shartnomasi tuzilganidan so'ng hisob va hisob-kitob bo'limiga 
muddati va foiz stavkasini ko'rsatgan holda, ssuda hisob raqami ochish to'g`risida 
farmoyish beradi. Ssuda berish to'g`risida qaror qabul qilinib, kredit shartnomasi 
tuzilishi bilan qarz oluvchiga kredit kartochkasi ochiladi. Bu kartochka asosida 
kredit ustidan nazorat o'rnatiladi. Kredit bo'yicha foiz stavkasi bank va qarz 
oluvchi o'rtasidagi o'zaro kelishuv asosida, jalb etilgan resurslar qiymati va 
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi dinamikasini hisobga olgan holda 
belgilanadi. Shuni aytib o'tish kerakki, qishloq xo'jaligi mahsulotlari 
yetishtiruvchilarga xizmat ko'rsatuvchi tijorat banklari o'zlarining kredit resurslari 
hisobidan to'lov qobiliyatiga ega bo'lgan xo'jaliklarga yoqilg`i-moylash 
materiallari, energiya manbaalari, mineral o'g`itlar, qishloq xo'jaligi tehnikasi va 
boshqa moddiy tehnika resurslarini olish uchun maqsadli kreditlar ajratilishi bilan 
birga, tijorat asosida samaradorlik bilan ishlaydigan xo'jaliklarga xosilning 50-80 
foizi qiymati doirasida ishlab chiqarish me`yorlariga rioya qilgan holda “biznes 
reja” asosida to'g`ridan-to'g`ri kredit mablag`lari beriladi. 
Bundan tashqari, qishloqda tadbirkorlikni, qayta ishlash kichik korxonalarni 
yanada rivojlantirish maqsadida, tijorat banklari tomonidan dehqon-fermer va 
shirkat xo'jaliklariga texnika, texnologiya, uskunalar va mexanizmlar sotib olish 
uchun uzoq muddatli kreditlar ajratilishi yo'lga qo'yilgan. Ammo bu xo'jaliklar 
moliyaviy ahvolining yomonlashuvi natijasida ularning banklardan katta 
miqdordagi muddati o'tgan qarzlari saqlanib qolmoqda. Qarz oluvchining to'lovga 
qurbi yetmasligi tufayli qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishdagi ssudalar berish 
qiyinlashib bormoqda. Qishloq xo'jalik korxonalari iqtisodiy nochorligining 
mazkur uch tarkibiy qismi qishloq xo'jaligini moliyalashtirish va kreditlash 


29 
bo'yicha mavjud tizimni yanada takomillashtirishni zarur qilib qo'ymoqda. Qishloq 
xo'jaligini moliyalash bo'yicha mavjud tizimning qoniqarsiz ahvoli va qishloq 
xo'jalik korxonalarining to'lovga noqobilligi, kreditga qobiliyatsizligi sabablarini 
ochib tashlab, uni yaxshilash bo'yicha Prezident Farmonlari va Vazirlar 
Mahkamasining tegishli qarorlari chiqdi.
O'z faoliyatini yuridik shahsni tashkil etmasdan amalga oshiruvchi dehqon 
xo'jaliklari mikrokredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar
:
a) so'ralayotgan kredit summasi, foizi, foydalanish muddati, kredit ta'minoti 
ko'rsatilgan holda kredit buyurtmanomasi; 
b) olinayotgan kreditdan foydalanish maqsadlari albatta ko'rsatiladigan 
biznes-reja; 
v) kredit ta'minoti. 
Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkor yoki dehqon xo'jaligining 
rahbari pasportini shaxsan ko'rsatadi, uning ko'chirma nusxasi kredit yig`majildiga 
tikib qo'yiladi.
14
Mikrokreditlar shartnoma asosida qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz; 
-
Mevali daraxtlar va uzum ko`chatlari sotib olish uchun –bir yillik 
imtiyozli davr bilan 3 yilgacha; 
-
Qoramol, qo`y, echki, quyon boqish va yetishtirish uchun olti oylik 
imtiyozli davr bilan 3 yilgacha; 
-
Urug`liklar, minerallar o`g`itlar va o`simliklarni kimyoviy ximoya qilish 
vositalarini sotib olish, ixcham issiqxonalar tashkil etish hamda parrandachilik va 
asalarichilikni rivojlantirish uchun olti oylik imtiyozli davr bilan 2 yilgacha 
bo`lgan muddatga beriladi.
15
Yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko'rsatuvchi dehqon 
xo'jaliklariga, yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan dehqon xo'jaliklari va fermer 
xo'jaliklariga mikrokredit umumiy summasining 50 foizini naqd pul bilan 1,5 yil 
14
“Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi qishloq xo`jalikligi mahsulotlarini yetishtirish 
uchun mikrokreditlar berish tartibi to`g`risida “gi 2344-2 sonli 
15
“Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi qishloq xo`jalikligi mahsulotlarini yetishtirish 
uchun mikrokreditlar berish tartibi to`g`risida “gi 2344-2 sonli nizom 


30 
(18 oy) muddatga faqat chorva mollari, parranda, ko'chat, uruqlik va yem xashakni 
aholidan sotib olish uchun berilishiga ruhsat beriladi.
“Qishloq xo'jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan 
paxta va g`alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi 
to'g`risida”gi nizom asosida kreditlash davlat ehtiyojlari uchun g`alla va paxta 
yetishtiruvchi barcha qishloq xo'jaligi korxonalariga tatbiq etiladi. Kreditlar davlat 
ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xom-ashyosi va g`alla qiymatining 60 
foizigacha (tayyorlov korxonasi tomonidan bo'nak tariqasida yetkazib berilgan 
urug`lik qiymatini inobatga olgan holda) miqdorida beriladi.
 
Bunda, kreditlar agrotexnik tadbirlar muddatidan kelib chiqqan holda 
quyidagi tartibda ajratiladi: 
- paxta xom-ashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil 
yetishtirilayotgan yilning 1 apreliga qadar paxta xom-ashyosi qiymatining 25 
foizigacha, 1 iyulga qadar 50 foizgacha va 1 sentyabrga qadar 60 foizgacha;

g`alla 
yetishtirish 
xarajatlarini 
moliyalashtirish 
uchun 
hosil 
yetishtirilayotgan yilning 1 yanvariga qadar g`alla qiymatining 30 foizgacha, 1 
aprelga qadar 50 foizgacha va 1 iyunga qadar 60 foizgacha. 
- har oy va choraklarda ajratiladigan kredit resurslari miqdori qishloq va suv 
xo'jaligi vazirligi taklifiga asosan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan 
kelishilgan holda o'zgartirilishi mumkin. Kredit miqdori qishloq xo'jaligi 
korxonasining «O'zpaxtasanoat» uyushmasi va «O'zdonmahsulot» AK korxonalari 
(bundan keyingi matnlarda - tayyorlov korxonalari) bilan davlat ehtiyojlari uchun 
yetkazib beriladigan mahsulot uchun tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridan 
kelib chiqqan holda aniqlanadi. Kredit miqdorini aniqlash uchunamaldagi o'rtacha 
xarid narx asos qilib olinadi.
16
Mazkur kreditlar faqat quyidagi maqsadlar uchun berilishi mumkin: 
- ish haqi va unga tegishli ajratmalarni to'lash uchun;
16
“Qishloq xo`jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarida qilinadigan paxta va g`alla 
yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to`g`risda”gi 1675-4sonli 
nizom 19.02.2015 


31 
- mineral o'g`it va o'simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish 
vositalarini xarid qilish uchun; 
- yoqilg`i-moylash mahsulotlarini xarid qilish uchun; 
- MTPlar, muqobil MTPlar va qishloq xo'jalik texnikasi mavjud bo'lgan 
boshqa xo'jalik sub'ektlarining xizmatlari uchun to'lovlarga; 
- lizingga (moliyaviy ijaraga) berilgan tehnika vositalarining lizing 
to'lovlariga; 
- SIUlar (suv iste'molchilari uyushmalari) hizmatlari uchun to'lovlarga; 
- yagona er soliqi to'lovlariga; 
- elektr energiya to'lovlariga;
- urug`lik uchun to'lovlarga;
- qishloq xo'jaligi korxonalarining paxta va g`alla yetishtirish bilan bog`liq 
bo'lgan boshqa zaruriy ehtiyojlari uchun ham to'lovlar amalga oshirilishi mumkin.
Kreditlar tegishli qishloq xo'jalik mahsuloti bo'yicha qishloq xo'jalik 
korxonalari bilan yakuniy hisob-kitoblar yakunlanguncha, lekin g`alla 
yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar bo'yicha 12 oydan va paxta 
xom-ashyosi yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar bo'yicha 18 
oydan ko'p bo'lmagan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz 
beriladi.
17
Oldingi yillarda ajratilgan imtiyozli kreditlar to'liq so'ndirilgandan so'ng 
joriy yil hosili uchun imtiyozli kreditlar beriladi. Qishloq xo'jaligi korxonalari 
tayyorlov korxonalari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzganlaridan keyin kredit 
olish uchun ularning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqiga hizmat 
ko'rsatayotgan bankka ariza bilan murojaat etishadi. 
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 
- tayyorlov tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari 
nusxalari; 
- kreditga bo'lgan talabni aniqlash uchun tayyorlangan biznes-reja; 
17
Qishloq xo`jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g`alla 
yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to`g`risda”gi 1675-4sonli 
nizom 19.02.2015 


32 
- debitor-kreditor qarzlar to'qrisida ma'lumotnoma va moliyaviy natijalar 
to'g‟risida hisobot. 
Barcha zarur hujjatlar taqdim etilganidan so'ng, bank qishloq xo'jaligi 
korxonasining arizasini ko'rib chiqishi va 3 kun muddat ichida u bilan kredit 
shartnomasi tuzishi lozim. Bank kredit qo'mitasi tomonidan kredit berishni rad 
etish to'g`risida qaror qabul qilingan hollarda, u raddiyani yozma shaklda izohlab 
berishi shart. Kredit shartnomasi kuchga kirgandan so'ng, keyingi ish kunidan 
kechiktirmasdan qishloq xo'jaligi korxonasiga ssuda hisobvaraqi ochiladi. Joriy yil 
hosili uchun yetkazib berilgan moddiy-texnik resurslar va ko'rsatilgan xizmatlar 
uchun 2-kartotekaga kirim qilingan va belgilangan tartibda qarz oluvchi tomonidan 
akseptlangan to'lov talabnomalariga muvofiq to'lovlar amalga oshiriladi. 
Kredit shartnomasi asosida berilgan kreditlarni qaytarish muddati yetib 
kelganda, ularni undirib olish uchun, qarzdor - qishloq xo'jaligi korxonasining 
mablag`i yetarli bo'lmaganda, tijorat banklari sug`urta polisi asosida sug`urta 
tashkilotlariga sug`urta hodisasi ro'y berganligi to'g`risida murojaat qiladilar. 
Sug`urta tovoni, tijorat banklari va sug`urta tashkilotlari o'rtasida tuzilgan bosh 
polis asosida tijorat banklariga 5 kun muddatda to'lab beriladi. 
Mamlakatimizda amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq tijorat 
banklari orqali fermer va dehqon xo'jaliklarini kreditlash quyidagi yo'nalishlarda 
amalga oshirilmoqda:
- fermer xo'jaliklarida davlat ehtiyojlari bo'yicha yetishtirilayotgan qishloq 
xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlarini kreditlash;
- fermer va dehqon xo'jaliklari faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirishga 
kreditlar ajratish.
Bugungi kunda fermer va dehqon xo'jaliklariga banklarning o'z resurslari 
hisobidan 2 turdagi, ya'ni, tijorat va imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.
Faoliyat yuritayotgan fermer va dehqon xo'jaliklarining aksariyat qismi 
yangi tashkil etilgan va ularda tijorat kreditlari uchun 120 foiz miqdorida garovga 
qo'yiladigan mol-mulk mavjud emas. Shuningdek, ularning rentabellik darajasi 
past bo'lib, kreditni foizlarini qoplagan qolda o'z vaqtida qaytarish imkoni yo'q. 


33 
Qishloq xo'jaligida mahsulot yetishtirishga sarflangan mablag` bir yilda bir 
marotaba aylanadi va olingan kredit ham bir yilda bir marta qaytadi.
Chorvachilik tarmog`iga yo'naltirilgan kreditlar esa ko'p hollarda 2-3 yilda 
bir marta aylanadi. Bu holat bir tomondan fermer va dehqon xo'jaliklarini 
banklarining tijorat kreditlariga bo'lgan talabini kamaytirsa, ikkinchi tomondan 
ushbu kreditlardan foydalangan xo'jaliklarni moliyaviy barqarorligiga salbiy ta'sir 
etmoqda. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini garovga qo'yish 
to'g`risidagi shartnomada fermerning ijara huquqi bahosi ko'rsatiladi. Ijara 
huquqining bahosi O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqaruvining 2004 
yil 13 martidagi 6/17 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkasini ijaraga olish 
huquqi qiymatini baholash tartibi to'g`risida Nizom”ga muvofiq aniqlanadi. Ushbu 
tartibda ham kreditni rasmiylashtirish jarayonini murakkabligi ya'ni, fermerlarni 
yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqining qiymati aniqlashning mexanizmi 
mukammal emasligi kabi muammolar mavjud. Shuningdek fermerga yer 
maydonini 50 yilga ijaraga berilgan bo'lishiga qaramasdan ijara huquqini garovga 
qo'ygan holda faoliyat maqsadiga qarab 1-5 yilga kredit beriladi. Fermerning ijara 
huquqini garovga qo'ygan holda asosiy vositalarini tiklash va moddiy-texnika 
bazasini mustahkamlash uchun uzoq muddatli kredit berish ko'zda tutilmagan
18
.
So'rov natijalariga ko'ra, tijorat banklaridan kredit olishdagi asosiy 
muammolar quyidagilardan iborat: Byudjetdan tashqari jamg`armalar kredit 
liniyalaridan olingan dastlabki (boshlang`ich) sarmoya fermer va dehqon 
xo'jaliklarining faoliyatini boshlash uchun aylanma mablag`larni shakllantirishga, 
investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashini ishlab chiqishga, asbob-
uskunalar sotib olishga yo'naltirilishi mumkin.
Ammo, fermer va dehqon xo'jaliklarida ishlab chiqarishga sarflangan 
moliyaviy mablag`lar qaytimi (daromad olishi) yil yakuni bilan bog`liq. 
Chorvachilik bilan shug`ullanayotgan tadbirkorlar esa 2-3 yildan keyingina 
18
“Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qiymatini baholash tartibi to'g`risida Nizom” 
2004.03.18 .16/7 sonli 


34 
daromad olib, sarflangan xarajatlarni, shu jumladan bank kreditlarini yoki kredit 
foizlarini qaytarish imkoniyatiga ega.
Qishloq xo'jaligi korxonalarini banklar tomonidan kreditlash hajmini 
oshirish maqsadida tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash tadbirlarini 
ishlab chiqish lozim. Buning uchun qishloq xo'jaligini kreditlash bilan 
shug`ullanayotgan tijorat banklarining muddatli va jamg`arma depozitlarini 
majburiy zaxira ajratmasidan ozod qilish yoki ularga nisbatan imtiyozli zaxira 
stavkalarini joriy qilish lozim. Yana bir muammo shundaki, jaxon bozorini 
o'zlashtirish ko'p jihatdan qishloq xo'jaligi mahsulotining ko'rinishi bilan bog`liq. 
Bunda mahsulotlarni navlarga ajratish, o'rash, qadoqlash va uning ayniqsa tez 
buziladigan turlarini iste'molchilarga o'z vaqtida yetkazib berilishi ko'zda tutiladi. 
Oziq-ovqat mahsulotini qayta ishlashga xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish, 
qo'shma korxonalar tashkil etish, ular orqali jaxon bozoriga chiqish zarur.
Jamg'arma kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olgan paxta xom 
ashyosi yetishtiradigan fermer xo'jaliklariga ushbu kredit kontraktatsiya 
shartnomasi summasining 20 foizgacha miqdorida, ushbu kredit liniyalari 
hisobidan imtiyozli kredit olmagan fermer xo'jaliklariga beriladigan kredit miqdori 
kontraktatsiya shartnomasi summasining 70 foizigacha miqdorda beriladi.
19

Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish