6-BOB. KORXONALARDAGI INNOVATSION STRATEGIYANI
TANLASH
6.1.Korxonalardagi innovatsion faoliyatning zarurligi.
6.2.Innovatsion strategiyaning mohiyati, uning korxonaning umumiy
strategiyasi bilan aloqasi
6.3.Korxonaning innovatsion strategiyasini shakllantirish.
6.4.Innovatsion strategiyalarning turlari va ko‘rinishlari.
6.5.
Innovatsiyalarni
boshqarishning
konseptual
modeli:
bozorga
mo‗ljallanganlik.
6.6. Innovatsiyalar uchun ―Ratsionalist‖ yoki ―Inkrementalist‖ strategiyasi.
6.1.Korxonalardagi innovatsion faoliyatning
zarurligi
Dinamik iqtisodiy o‘sish bozor tizimida korxona raqobatbardoshligining
muhim omili sanaladi. Bozor iqtisodiyotini takomillashtirish jarayonida ishlab
chiqarishni
yangi
texnikaviy
asosda
rivojlantirishga,
ilmiy-texnikaviy
ishlanmalarning natijalarini ishlab chiqarishda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha
innovatsion faoliyatni faollashtirish, yangi texnologik jarayonlarni yaratish va
moddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatishning barcha tarmoqlarini
zamonaviy fan - texnika asosida qayta qurishga ustuvor e‘tibor qaratilishi lozim.
Bugungi kunda butun dunyoda innovatsiyalar - bu injiqlik emas, balki yashab
ketish, raqobatbardoshlikni saqlash va yanada gullab - yashnash zaruratidir.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, iste‘molchi
uchun kurashda o‘zining faoliyatini ustun ravishda innovatsion yondashuv asosida
qurayotgan hamda yangi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni o‘zining bosh
strategik maqsadi qilib qo‘yganlar g‘olib bo‘lar ekan. Bu tashqi va ichki bozorning
korxonaga bosim o‘tkazishi bilan bog‘liq.
147
Iste‘molchilarning xatti - harakatlari o‘zgarmoqda, ular tobora talabchan va
didli bo‘lib bormoqda, bozorga ko‘plab o‘xshash yoki bir xil tovar va xizmatlar
taqdim etilgan vaziyatda esa sifat yoki baho jihatidaan hatto kichikroq ustunlik
ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Buning ustiga bozordagi vaziyat tezkorlik bilan o‘zgarmoqda. Zamon bilan
baravar qadam tashlashni istagan korxonalar xodimlarni boshqarish uslublarini,
sheriklar va mijozlar bilan o‘zaro ta‘sirlashuv usullarini doimiy ravishda
takomillashtirib turishlari, raqobatchilarning xatti-harakatlarini diqqat bilan
kuzatishi, bozorda u yoki bu qadamni o‘z vaqtida amalga oshirishi va yangi
texnologiyalarni joriy qilishi lozim. O‘z mohiyatiga ko‘ra korxonaning hayoti -
tinimsiz o‘zgarishlar ketma - ketligidir. To‘xtab qolish - degradatsiya demakdir,
degradatsiya esa bu-halokatdir.
Innovatsion faoliyatning bosh prinsiplari nimalardan iborat? P.Drukerning
fikriga ko‗ra, nimani qilish kerak, nimani qilmaslik kerakligi o‗rtasidagi
munosabatni aniq belgilab olish shart.
83
Nimani qilish kerak?
Maqsadli tizimli innovatsiya yuqorida qayd etilgan innovatsiyalar
manbalarining imkoniyatlarini uzluksiz tahlil etishni talab qiladi.
Innovatsiya undan foydalanadigan odamlarning ehtiyoji, istagi, odatlariga
mos kelishi kerak. O‗z-o‗ziga: ―Mazkur innovatsiya bo‗lajak iste‘molchilarda
undan foydalanaish istagi paydo bo‗lishi uchun nimani aks ettirishi kerak?‖– degan
savolni berish kerak bo‗ladi. Innovatsiya sodda bo‗lishi hamda aniq maqsadni
ko‗zlashi kerak. Innovatsiyaga atab aytilgan eng yuksak maqtov quyidagicha:‖
Qarang-a, qanchalar oddiygina ekan! Nega mening xayolimga kelmagan ekan-a?‖
Katta pul miqdoriga ega bo‗lmay, kamroq odam bilan innovatsiyani tatbiq
qilish samaraliroq bo‗ladi, xavf cheklangan. Aks holda, innovatsiyaga zarur
bo‗lgan ko‗plab oxirgi kam-ko‗stlarini to‗ldirishga deyarli har doim vaqt hamda
vositalar yetmaydi. Samarali innovatsiya cheklangan bozorda o‗z yo‗nalishida
83
А. М. Мухамедьяров. Инновационный менеджмент: учебное пособие. Высшее образование. 2015.-C.68.
148
yetakchilik qilishga qaratilgan bo‗lishi zarur. Bo‗lmasa, raqobatchilar Sizdan o‗zib
ketadigan vaziyat yuzaga keladi.
Nimani qilmaslik kerak?
Donolik qilmang. Innovatsiyadan oddiy odamlar, yirik masshtablarga
erishilsa, bexabar odamlar ham foydalanadilar. Konstruksiyasi yoki foydalanishda
o‗ta murakkab hamma narsalar, hoynahoy, muvaffaqiyatsizlikka duchor bo‗ladi.
O‗zingizni har tomonga tashlamang, bir nechta narsani birdaniga qilishga
urinmang. Innovatsiya g‗ayratni bir yerga jamlashni talab qiladi. Muhimi, uning
ustida ish olib borayotgan odamlar bir-birlarini yaxshi tushunsinlar.
Yangiliklar kiritishni joriy davrning ehtiyojlarini qondirish uchun amalga
oshiring. Yangilik tezlik bilan o‗z ifodasini topmasa, faqat g‗oyagina bo‗lib
qolaveradi.
Innovatsiya - bu bilim, kashfiyotchilik, iste‘dodni talab qiladigan ish. Aytib
o‗tilganki, novatorlar, asosan, faqat bitta sohada ish olib boradilar. Masalan,
Edison o‗z kuchini faqat elektr toki borasida jamlagan. Muvaffaqiyatli innovatsiya
sabot bilan, e‘tiborni bir yerga jamlab ishlashni talab qiladi. Agar Siz unga tayyor
bo‗lmasangiz, na bilim, na iste‘dod yordam qilmaydi.
Muvaffaqiyat qozonish uchun o‗zining barcha kuchli jihatlarini ishga solish
kerak, odam innovatsiyaga jiddiy ishtiyoq bilan kirishishi kerak.
Nihoyat, innovatsiya iqtisodda, sanoatda, jamiyatda; xaridorlar, ishlab
chiqaruvchilar, xodimlar xulq-atvorida o‗zgarishlar demakdir. Shuning uchun u
doimo bozorga mo‗ljallangan bo‗lishi, uning talablariga amal qilishi shart.
Korxona innovatsion faoliyatni amalga oshirishi uchun, u shunday tarkib va
kayfiyatga ega bo‗lishi kerakki, ular tadbirkorlik muhitini yaratishga hamda
yangilikni qulay imkoniyat deb idrok etishga ko‗mak bersin.
Strategik innovatsion rejalashtirish bozor turidagi iqtisodiyot sharoitida
korxonadagi rejalashtirishning umumiy tizimidagi tizimga bo‘ladi. Korxonadagi
strategik innovatsion rejalashtirishning obyekti innovatsion faoliyatdan iborat
bo‘ladi, uni ko‘rib chiqa turib, quyidagilarni aytish mumkin:
149
-hozirgi sharoitlarda korxonadagi innovatsion faoliyat strategiyasi innovatsion
strategiyalarni korxonani rivojlanishining asosiy maqsadlari va vazifalaridan kelib
chiqqan holda, Resursli ta‘minlash va xatar omilini hisobga olish, Tashqi
muhitning holati va shaxsiy innovatsion imkoniyatlarni oldindan bashoratlash va
mustaqil ishlab chiqishning obyektiv zaruriyati pishib etilgan;
-ehtimol bo‘lgan katta foydani olish maqsadlarida yangi raqobatbardosh
mahsulotni yaratish va uni texnika va texnologiyalarning zamonaviy darajasida
ishlab chiqarish sohasidagi ilmiy - texnik siyosatni ishlab chiqish va amalga
oshirish innovatsion faoliyatning asosiy mazmuni bo‘lib qolgan;
-innovatsion strategiyani amalga oshirishda ITTKI ning strategik ahamiyati
o‘sadi, va shuning bilan bir vaqtda ularni amalga oshirishdagi xatar darajasi
oshadi;
-innovatsion faoliyat korxonadagi faoliyatning qolgan barcha turlari va
hammadan avval, ishlab chiqarish va marketing bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Muhimi shundaki, mutaxassis ekspertlar, shuningdek, menedjerlar real
hayotni baholayotganlarida qiyinchiliklarga duch kelishadi va buning ikkita sababi
mavjud. Birinchi sabab ularning tashqi muhiti kompleks sifatida raqobatchilar,
mijozlar, regulyatorlar va h.k. ishtirokida, shuningdek, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy
va siyosiy o‗zgarishlar. Shuning uchun ham hozirgi zamonning muhim jihatlarini
tushunish ancha murakkab, kelajakni bashorat qilishni aytmasa ham bo‗ladi.
Ikkinchidan, yirik korxonalarning menedjerlari o‗z firmalarining kuchli va kuchsiz
tomonlarini tan olmaydilar, chunki ularning korxona ichida nima bo‗layotgani
haqidagi bilimlari aniq emas. Shu sababli korxonaning ichki korporativ kuchli va
kuchsiz tomonlarini aniqlash, aksar hollarda, amaliy tajriba foydasiga qadar qiyin
hisoblanadi, ayniqsa, yangi va tez o‗zgaruvchan texnologik sohalarda.
84
84
Managing innovation
IntegratingTechnological, Market and Organizational ChangeThird Edition
Joe Tidd
Science and Technology Policy Research (SPRU),
2014-P.112.
150
Do'stlaringiz bilan baham: |