Yashash davrlari dinamikasini bayon qiluvchi matematik vazifalar.
59
Yashash davrsi
bosqichi
Vazifani
belgilanishi
Vazifani
boshqarilishi
Vazifani
bayon qiluvchi
egri chiziqning
ko‟rinishi
Yaratilish
Kombinatsiyalangan
eksponenional(namoyish
qilinuvchi)-bosqichli
vazifasi
O‘sishni
jadalashishi
Eksponentsial vazifa
O‘sishni
sekinlashishi
Tornkvistning
Ikkinchi vazifasi
Yetuklik
Parobola
Pasayish
To‘g‘ridan to‘g‘ri
-texnika-texnologiya, yangi tovar-talab - texnologiya, ishlab chiqarish
omillari,firmaning raqobatbardoshlik jihatidan ustunliklari, firmaning rivojlanishi
tipidagi o‘zaro aloqalarni aniqlash.Mahsulotning yashash davrini matematik
jihatdan tahlil etganda 4-jadvaldagi chizmalarning majmui yordamida ifodalanadi.
Tashkilotni tashkil qilish bosqichida ijodiy jarayon erkin o‘tadi, u tashqi
muhit vaziyatlarini tahlil qilish va ayniqsa raqobat mexanizmlarini o‘rganishga
asoslanadi. Firmani tashqi muhitga vaziyatli yondashishi o‘sish imkoniyatlarini his
qilish va kerakli resurslarni olinishini ta‘minlashdan iborat bo‘ladi, ular orasida
yangi bilimlar va texnologiyalar, nou-xaular alohida rol o‘ynaydi.
Birinchi bosqich uchun tashqi va ichki muhit omillarining yuqori noaniqligi
xosdir. Adizes ratsional kutishlar gipotezasini tahlilning qurollari ko‘rinishida
taklif qiladi. Bozorlar, raqiblar va iste‘molchilarni tovarga javoblari haqidagi
59
Yo‘ldoshev N.Q. va boshqalar. ―Innovatsion menejment‖. Darslik. T:.TDIU, 2012.
112
menejer olish mumkin bo‘lgan barcha axborotlardan foydalangan holda, talabning
o‘rtacha kutilgan darajasi, narxlarning dinamikasi, raqiblar bilan kurashish
natijasining ehtimolini belgilash mumkin.
Ratsional kutishlar gipotezasi obyektiv va subyektiv ehtimollar nisbati
muammosini hal qilishga harakat qiladi, ya‘ni moslashtirilgan kutishlar va kutilgan
foydalikning ertaroq nazariyasiga katta ulush qo‘shadi.
Tashkilot yashash davrining ikkinchi bosqichida innovatsion biznes
kengayadi, ya‘ni samarali yaratish va yangiliklarni tatbiq etish firmani iqtisodiy
o‘sishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Xuddi yangiliklar raqobat afzalliklarini ichki
resurslar (malakali xodimlar, yangi texnika va texnologiya, investitsiyalar)dan
muvofiq foydalanish imkoniyatini yaratadilar.
Ushbu bosqichda boshqaruvning adekvat tashkiliy tuzilmalari va usullarini
tanlash muhim vazifa bo‘ladi. Firmani o‘sish bosqichi Adizes taxminlariga
asoslanadi, to‘liq bo‘lmagan axborotlar sharoitida kutilgan foydalikni ko‘paytirish
gipotezasi tanlovni tahlil qilishning dastlabki joyi bo‘lishi mumkin. Xuddi shu erga
tashkilotning uzoq muddatli yutuqni ko‘paytirish mumkin bo‘lgan strategik xulqini
modellashtirish imkoniyati qo‘yilgan, qisqa muddatli davrda barcha yangiliklar
ham foydani kattalishishini namoyish qilmaydilar.
Moliyaviy
barqarorlik
va
o‘sishning
dinamikligini
ta‘minlovchi
jarayonlarning muvofiq nisbati ushbu bosqichda tashkilot sog‘lomligining
o‘lchami bo‘ladi. ―Kasalliklarni oldini olish‖ aqliy aktivlarni shakllantirish,
mustahkam ilmiy-texnik bazani yaratish, boshqaruvning norasmiy psixologik
usullaridan foydalanishga to‘g‘ri yondashishdan iborat bo‘ladi.
Yetuklik bosqichi barqaror va unumdor texnologiyalarning poydevoriga,
innovatsiyalarning samaradorligini oshishiga asoslanadi. Bu yerda firma
faoliyatning turli tumanligini kengaytirish, sotishlar hajmini ancha ko‘paytirish,
yangi tuzilmalar va bo‘linmalarni paydo bo‘lishini mo‘ljallaydi. Ko‘pincha firma
yirik, iyerarxik murakkab tashkilotga aylanadi, unda bozor ishtirokchilarining soni
nisbatan katta emas va ular faoliyatning ko‘lamlari, raqobat afzalliklari va iqtisodiy
natijalar bo‘yicha solishtirish mumkin. Bitta ishtirokchining xulqi umuman
113
bozorning holatiga va demak, raqiblarning holati va xulqiga albatta ta‘sir
ko‘rsatadi.
Agar innovatsion biznesni yaratilishi bosqichida xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning harakatlari muhitning holatiga hech qanday sezilarli ta‘sir
ko‘rsatmasa,
chunki
mukammal
raqobat
sifatida
bozorning
boshqa
ishtirokchilarining xulqi ham boyliklar narxiga g‘oyatda kam ta‘sir ko‘rsatadi,
unda bu yerda kutishlar nazariyalarining qurollari keng qo‘llaniladi. Yetuk yirik
firma oldini olish uchun na mukammal oldindan ko‘rishga va na ratsional tanlovga
ega. Barqarorlashish bosqichida raqobat kurashidagi tanazzul va mag‘lubiyatdan
qochish uchun rivojlanishning yangi variantlarini qidirib topish, markazlashtirish
jarayonlarini vakolatlarni boshqacha topshirish bilan muvofiq birlashtirish zarur.
Yuqori innovatsion faollikka ega eng muvaffaqiyatli firmalar ishlab
chiqarishni har tomonlama rivojlantirishlari, shuning asosida bundan keyingi
yangilanish strategiyasini qurishlari va yangi bozorlarga bostirib kirishlari kerak.
Ammo ko‘pgina yirik firmalarni rivojlanishida hamma vaqt ham har
tomonlama rivojlanish va innovatsion rivojlanishning afzalliklaridan foydalanib
bo‘lmaydi. Qo‘ldan chiqarilgan imkoniyatlar, tovarlar va texnologiyalarni eskirishi
firmani og‘ir ―kasalliklar‖ga olib keladi. Avvalgi raqobat afzalliklarini ―sug‘urib
olish‖, yangilash va qaytarishga katta mehnat bilan erishiladi. Ko‘pgina firmalar,
samarali yo‘lni topa olmay, qayta tashkil qilishlar, birlashishlar va yutib
yuborilishlarga murojaat qilishga majburlar. Qo‘llangan harakatlarning
samarasizligida firmaning ―kasalligi‖ zo‘rayadi va bankrotlik ehtimoli o‘sadi.
Adizes nazariyasi hozircha bizning sharoitimizda kamroq qo‘llaniladi, ammo katta
imkoniyatlar va istiqbollarga ega.
Tashkilotning yashash davri konsepsiya asosiy dastlabki tamoyillarining
alohidagi ahamiyatini namoyish qiladi, ular iqtisodiy obyektlar va tizimlarni
ularning o‘zini o‘zi rivojlantirish va takomillashtirish nuqtai nazaridan o‘rganishni
talab qiladi. Davriy yondashishlarning tizimli tahlil bilan yaqin aloqasi shuning
bilan izohlanadi, buning asosida innovatsion faoliyatni boshqarish jarayoniga
tizimlilik, butlik va yakunlanganlikni kiritish mumkin bo‘ladi.
114
Innovatsion faoliyatda korxona, tashkilot, texnika va texnologiya, tovarlar va
xizmatlar kabi iqtisodiy obyektlar va tizimlar uzluksiz yangilanishga yo‘naltirilgan
vositalar va usullarning yaxlit yig‘indisi sifatidagi iyerarxik birga tobe bo‘lish va
o‘zaro hamkorlikda ko‘rib chiqiladi. Boshqacha qilib aytganda, har xil ko‘lam va
darajadagi innovatsion jarayonlar iqtisodiy tizimlarni rivojlanishining asosini
tashkil qiladilar.
Har xil ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, tashkiliy, kreativ va sotsial tizimlarda
o‘tuvchi innovatsion jarayonlarning xususiyatlarni tadqiqot qilish innovatsion
menejmentning natijaviyligini oshirishning asosida yotadi.
Innovatsion jarayonda dinamik tizim sifatida nafaqat yangi g‘oyalar, yangi
bilimlarni yaratish, ishlab chiqarish va iste‘mol qilish tizimchasini, balki g‘oyani
tajribali namunada ishlab chiqarishli ro‘yobga chiqarish uchun yangi uskuna, yangi
texnologiya, yangi materiallarni qo‘llashni ham ajratish kerak. Yangilik kiritish
ilmiy-texnik gavdalantirish bosqichini o‘tadi, u muhandislik takliflari, laboratoriya
sinovlari, konstruktorlik hujjatlarini yaratilishi, tajriba namunalarini yaratilishi va
ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning natijasi bo‘ladi. Yangilik kiritishdan
haqiqiy samara faqat uning bozor sharoitlaridagi tarqatilishi, diffuziyasi va
tijoratlashtirilishi natijasida namoyon bo‘ladi.
Innovatsion menejmentdagi boshqaruv jarayonlarini batafsil tahlil qilinishi va
takomillashtirilishi tizimli yondashishda to‘liqroq ochib beriladi. Tizimli tahlilning
markaziy tushunchasi tizimdan, ya‘ni murakkab ichki qurilishga, bir birlari va atrof
muhit bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi tarkibiy qismlar va elementlarning katta
soniga ega obyektdan iboratdir.
Innovatsion menejment uchun tashkilotni ochiq tizim sifatida tushunish
asosiy dalil bo‘ladi. Tashqi muhit bilan yaqindan o‘zaro hamkorlikka ega bo‘lgan
holda, u tashqi muhit tomonidan ham to‘g‘ridan to‘g‘ri va ham vositali ko‘p sonli
ta‘sirlarga duch keladi. Bir vaqtda tashkilot ichki mikromuhitga ega, uning
elementlari ham tashqi muhit omillariga o‘zaro bog‘liqlikda bo‘ladilar.
115
Do'stlaringiz bilan baham: |