O’ZBEKISTON RESBUBLIKASI
SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMASEVTIKA
INSTITUTI
KAFDRA
MUSTAQIL Ish
MAVZU
PESHOB HAYDOVCHI DORVIVOR
O’SIMLIKLAR
BAJARDI:ABDIKULOV SHOHRUH
TEKSHIRDI:ALIMDIJANOVA G.A.
SIYDIK HAYDOVCHI DORILAR
(diuretiklar) , peshob haydovchi dorilar —
organizmdan
siydik
chiqarilishini kuchaytiradigan dorilar. Siydik haydovchi
dorilar
toʻqima
va
tana
boʻshligʻidagi suyuk/shk mikdorini kamaytiradi,
shuning uchun ular organizmda
suv
goʻplanib
shish
paydo qiladigan ayrim
yurak,
buyrak
va
jigar
kasalliklarida hamda
qon
bosimini tushirishda
qoʻllanadi.Siydik haydovchi dorilar siydik hosil boʻlishiga taʼsir koʻrsatib
diurezni oshiradi. Taʼsir qilish mexanizmiga koʻra, ularni 2
guruhga
boʻlish
mumkin:
1) bevosita buyrakning siydik hosil qiluvchi vazifasiga taʼsir koʻrsatuvchi;
2) siydik hosil boʻlishining gormonal nazoratiga taʼsir koʻrsatuvchi.
Birinchi guruhga mansub
dori
vositalari buyrak naylari epiteliysiga taʼsir
koʻrsatib, ularning reabsorbsiya qilish (qayta
soʻrilish
) vazifasini susaytiradi
yoki naychalar ichidagi osmotik bosimni oshiradi, natijada natriy,
xlor,
kaliy
ionlari va u bilan bogʻliq suvning reabsorbsiyasi kamayadi
(dixlotiazid, klopamid, furosemid, etakrin kislotasi, mannit,
mochevina
va
b.).Ikkinchi guruhga mansub dori vositalari atdosteronning antagonisti
hisoblanadi (spironolakton). Buyrak usti bezining gormoni —
aldosteron natriy
ionlarining qayta soʻrilishini va kaliy ionlarining
sekretsiyasini boshqaradi. Spironolakton esa buyrak nefronlariga
aldosteronga karaganda qaramaqarshi taʼsir koʻrsatadi, yaʼni gormon taʼsir
qiluvchi retseptorlarni toʻsib, siydik bilan natriy,
xlor
ionlari va shunga mos
mikdordagi suvning chiqib ketishini taʼminlaydi.Har xil
oʻsimliklar
(boʻtakoʻz,
dalachoy, limonoʻt, sariqchoy, togʻrayxon, qariqiz, chuchukmiya va b.)
tarkibiga kiruvchi moddalar ham siydik haydovchi vosita sifatida qaynatma
yoki damlama shaklida azaldan
xalq
tabobatida qoʻllanib kelingan. Bundan
(behi, tarvuz, piyoz, sarimsoq, uzum va b.) tashqari, maʼlum bir
mevasabzavotlar ham shunday xossaga ega Siydik haydovchi dorilarni
qabul kilganda siydik bilan boshqa
ionlar
(xlor, kaliy ionlari) xam tashqariga
koʻp chiqib ketadi, bu —
organizm
baʼzi funksiyalarining buzilishiga sabab
boʻlishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida Siydik haydovchi dorilar
bilan davolashda tarkibida kaliy koʻp boʻlgan oʻrik,
sabzi
va b. ni
ham
isteʼmol
qilish buyuriladi.Siydik haydovchi dorilarni
faqat
vrach
koʻrsatmasiga
koʻra
qoʻllash lozim, chunki bu dorilarning bir
qancha nojoʻya taʼsirlari mavjud (gipo va giperkaliyemiya, giperurikemiya,
alkaloz, atsidoz,
yurak
aritmiyalari, ginekomastiya, allergik reaksiyalar,
nefrotoksiklik va b.).
Brusnika
Oddiy brusnika erikatsiyadoshlar oilasiga mansub, bo'yi 25 sm gacha
yetadigan doimiy yashil buta. Tibbiyotda uning bargi va bargli novdalari
ishlatiladi. Tarkibida arbutin glikozidi, flavonoidlar (giperzid va
boshqalar), ursol, gallat va boshqa kislotalar, ko'p miqdorda oshlovchi
moddalar bor. Damlamasi va qaynatmasi buyrakka tosh kelganda, siydik
yo'llari va qovuqning shamollash kasalliklarida dezinfeksiya qiluvchi,
siydik haydovchi vosita sifatida hamda bod va podagra kasalliklarida
qo'llaniladi
Binafsha
Binafsha binafshadoshlar oilasiga mansub, bo'yi 10-40 sm
ga yetadigan bir, ikki yoki ko'p yillik o'simliklar
tukumidir. Tibbiyotda ikki turining yer ustki qismi
ishlatiladi
Dala binafshasi
Uch rangli binafsha (Kapalakgul)
Bular mamlakatimizdagi o'rmon chetlari, dalalar, o'tloqlar,
butalar orasida va begona o't sifatida ekinzorlarda o'sadi.
Yer ustki qismida flavonoidlar (rutin va boshqalar),
antotsianlar, shilliq va boshqa moddalar bor. Damlamasi
nafas yo'llari kasalliklarida balg'am ko'chiruvchi vosita
sifatida va u siydik haydovchi choylar - yig'malar
tarkibiga kiradi
Iloncho'p
Dorivor iloncho'p kampirchopondoshlar (govzabondoshlar)
oilasiga mansub, bo'yi 50-80 sm ga yetadigan ko'p yillik
o't. Ariq va daryo bo'ylarida, tog' etaklarida, ba’zan
begona o't sifatida bog'larda va ekinzorlarda o'sadi. Xalq
tabobatida yer ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida
litospermin bo'yoq moddasi, oz miqdorda alkaloidlar,
alantoin birikmasi, C vitamini, karotin va boshqa moddalar,
urug'ida ko'p miqdorda yog' bor. Yer ustki qismining
qaynatmasi xalq orasida shamollash kasalliklarini davolash
uchun, bola tug'ilishini yengillashtirish va tezlatishda
hamda siydik haydovchi, surgi va og'riqsizlantiradigan
vosita sifatida qo'llaniladi. Yangi yig'ib ezilgan
iloncho'pning yer ustki qismi kesilgan, urilgan va
momataloq bo'lgan teriga bog'lanadi.
Document Outline - O’ZBEKISTON RESBUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLI
- KAFDRA
- MAVZU PESHOB HAYDOVCHI DORVIVOR O’SIMLIKLAR
- BAJARDI:ABDIKULOV SHOHRUH
- TEKSHIRDI:ALIMDIJANOVA G.A.
Do'stlaringiz bilan baham: |