BURUN VА BURUN YONDOSH BOʼSHLIQLАRINI
TEKSHIRISH USULLАRI
Burun va burun yondosh boʼshliqlarini tekshirish, ularni tashqi tuzilishini
koʼzdan kechirish va paypaslashdan boshlanadi.
Tashqi tuzilishini koʼrishda burunni xolatiga,terisida koʼzga tashlanadiga
nuqsonlarga,tashqi burundagi turli qiyshiqliklar, oʼsmalar va shishlarni bor
yoʼqligiga eʼtibor qaratiladi. Paypaslab koʼrishda tashqi burun, burun yondosh
boʼshliqlari soxasida ogʼriq, oʼsimta bor-yoʼqligi xamda suyaklarni butunligi
xolati aniqlanadi.
Tashqi tekshirishlar tugagandan soʼng burunni rinoskopiya qilib koʼriladi,
bunda oldingi, oʼrta va orqangi rinoskopiyalar amalga oshiriladi. Burunni kirish
qismini burun uchini koʼtarib koʼrish orqali, bu joyni keng yoki torligi, terisini
xolatiga eʼtibor beriladi.
Oldingi rinoskopiya: Burun ichini koʼrish uchun maxsus burunni kengaytiruvchi
(burun oynasi) qoʼlaniladi, bu kenggaytirgichlar tekshiriluvchini yoshiga qarab
turli xajmlarda boʼladi. Tekshiriluvchini burniga mos keladigan burun
kengaytirgich chap qoʼlda ushlab,uchlari berk xolda burunni kirish qisimiga
kiritiladi va uchlari yengil xarakat bilan asta sekin kengaytiriladi,muolija
tekshiriluvchida xech qanday noxushlik va ogʼriq chaqirmaslik zarur, oʼng
qoʼlni esa tekshiriluvchini peshona soxasiga qoʼyib,boshni muolija oʼtkazishga
oʼngʼay xolatga keltirib oladi.Tekshirishda burunni kirish qismi, shilliq kavatlari
xamda pastki burun chiganoqlarini, burun yoʼllari xolatiga, rangiga va
namligiga eʼtibor qaratiladi. Tekshirish tugalashda, burunni kirish qismidagi
tuklarni qisib uzib olmaslik uchun, burun kengaytirgich yarim yopiq xolda
burundan chiqariladi.
Oʼrta rinoskopiyada tekshiriluvchini boshi biroz orqaga koʼtarilib burun
kengaytirgich
ancha
ichkariga
kiritilib
tekshiriladi,
natijada
oldingi
rinoskopiyaga qoʼshimcha, yana oʼrta burun chigʼanogʼi, oʼrta va umumiy
burun yoʼllarini xolati, bu joylardagi ajralmalar, turli oʼzgarishlarga eʼtibor
qaratiladi.
Orqa rinoskopiya qilish ancha murakkab boʼlib, bunda burun-xalqumni toʼliq
koʼrish uchun shpatel va burun-xalqum oynasi ishlatiladi. Muolija vaqtida
tekshiriluvchida reflektor qayt qilish kuzatilmaslikni oldini olish uchun
xalqumga 1-2% dikain eritmasi surtiladi. Tekshirishda burun-xalqumni shilliq
qavatlari xolati, dimogʼ va nay bezlarini tuzilishi,eshituv nayini teshiklarini ,
burun chigʼanoqlarini orqa qisimlariga eʼtibor qaratiladi.
Burun boʼshligʼini orqa tomonlarini, burun-xalqumni xamda burun yoʼllarini
toʼliq koʼrish uchun xozirga paytlarda mikroskopik va endoskopik tekshirish
usullari qoʼllanilmokda.
Shilliq qavatlar va burun chigʼanoqlarini qoʼshimcha tekshirish usullaridan biri
uchi toʼmtoq zondlar orqali bosib koʼrish usuli mavjud. Bunday tekshirishda
shilliq qavatlar, burun chigʼanoqlarini qattiq yoki yumshoqligi,ogʼriq bor
yoʼqligi va burun yoʼllarini oxirigacha ochiqligi aniqlaniladi (bu tekshirish usuli
asosan burun yoʼllarini tugʼma atreziyasini aniqlashda qoʼllaniladi).
Burun va burun yondosh boʼshliqlarini xolatini aniqlashda rentgenologik
tekshirish katta axamiyat kasb etadi. Bunday tekshirishlarga flyuorografiya,
oddiy rentgenografiya, rentgenkontrast usullari kiradi. Bundan tashqari
tekshirishni tomografiya va magnit-rezonans tomografiya usulari xam oxirgi
yillari keng qoʼllanilmoqd.
Diafonoskopiya usulida asosan yuqori jagʼ va peshona suyagi boʼshliqlari
xolati tekshiriladi,boʼshliqlar orqali oʼtayotgan yorugʼlikni xolatiga qarab ular
xaqida maʼlumot olinadi.Tekshirish qorongʼilashtirilgan xonada amalga
oshiriladi. Bunda diafonoskopni chirogʼini yondirilgan xolda ogʼizga kiritalada,
agarda boʼshliqlarni birortasida yalligʼlanish jarayoni kuzatilsa,oʼsha tarafda
yorugʼlik nurini oʼtishini pasayishi kuzatiladi,ayrim xollarda boʼshliqdagi
suyuqlik satxini xam toʼliq aniqlash mumkin.
Burun yondosh boʼshliqlarini xolati xaqida toʼliq maʼlumot olish uchun eng
mukamal tekshirish usullaridan biri bu boʼshliqlarni puntsiya kilish yoki
zondlashdir. Boʼshliqlarni punktsiya qilish yoki zondlash uchun burun shilliq
qavatlariga maxalliy ogʼriqsizlantirish uchun 2-4% dikain yoki kokain
eritmalari surtiladi. Yuqori jagʼ suyagi boʼshligʼini pastki burun yoʼlidan
Kulikov ignasi orqali punktsiya qilinadi va yuviladi. Peshona suyagi boʼshligʼi
oʼrta burun yoʼlidan, oʼzini taʼbiy yoʼli orqali Ritter yoki Ustьyanov zondlari
kiritilib tekshirilib yuviladi. Bundan tashqari peshona suyagi boʼshligʼi
trepanatsiya qilinadi yoki Yu.Ustьyanov tomonidan taklif qilingan usul orqali
tashqaridan boʼshliqni oldingi devori orqali punktsiya (trepanopunktsiya)
qilinadi. Аsosiy suyak boʼshligʼi maxsus zondni oʼzini oldingi teshigi orqali
kiritish usuli bilan tekshiriladi. Galvirsimon suyak boʼshliqlari D.I.Tarasov va
G.Z.Piskunov tomonidan taklif qilingan maxsus igna va usul bilan punktsiya
qilinadi.
Boʼshliqlarni yuvilgandan soʼng ajrab chiqqan suyuqlikni tarkibiga qarab xar
bir boʼshliqni xolatiga baxo beriladi.
Burunni nafas olish faoliyatini tekshirish, buninig uchun Voyachek,
Svaardemaker usullari, rinoanemometr Undrits, rinomanometr Golьtshteyn va
rinopnevmometr L.B.Daynyak-Melьnikovalar tomonidan taklif qilingan
asboblari orqali amalga oshiriladi. Tekshirishni eng oson va qulay turi ip tolasi
(Voyachek usuli) yoki paxta tolasi (Preobrajenskiy usuli) burun teshiklariga
navbatmi-navbat yaqinlashtiriladi (ikkinchi burun teshigi esa berkitiladi), nafas
olib chiqarishdagi xarakati kuzatiladi. Ip yoki paxta tolasini xarakatiga qarab
nafas faoliyatiga baxo beriladi. Bu usulni kamchiligi nafas olish xaqida toʼliq
maʼlumot berilmaydi. Nafas olish faoliyatini tekshirishni qolgan usullaridan
yana biri N.Tsvardemaker usuli xisoblanib,bu usulni asosida burundan
chiqarilayotgan xavo oqimiga oyna yaqinlashtiriladi, shu oyna yuzasida
burundan chiqayotgan xavo taʼsirida bugʼli dogʼ xosil boʼlish “nafas dogʼi”
xajmiga asoslanib nafas olish faoliyatiga baxo beriladi.
Nafas olish faoliyatini tekshirish uchun yuqorida keltirilgan usullardan tashqari
turli asboblar aerodromometr
Svaardemaker, rinoanemometr Undrits,
rinomanomometr
Golьshtey
va
rinrpnevmometr
Daynyak-Melьnikova
ishlatiladi,ammo bu asboblarni ishlatish ancha mushkul, buning uchun
qoʼshimcha asbob va anjomlar zarur. Bunday asboblarni ishlatishni ijobiy
tomoni, ular nafas olish faoliyati toʼgʼrisida toʼliq maʼlumot olishga imkon
beradi. Bu usullarni faqat ilmiy faoliyat bajarishda axamiyati katta.
Burunni xid bilish faoliyatini tekshirish : Bu faoliyatni aniqlash ancha murakab
xisoblanadi chunki bir vaqtda xam xid bilishni sifatini (odorimetriya) xam xid
bilish mikdorini aniqlanadi. Xid bilishni sifatini oʼrganilganda xid tarqatuvchi
moddalarni bilish va ularni bir-biridan ajratishdan iborat. Miqdorini aniqlashda
esa xid tarqatuvchi moddani dastlabki sezish pogʼonasini,xidlarga moslashish
va xid sezishni qayta tiklanish bosqichlarni aniqlanadi. Xid tarqatuvchi
moddalar uch turga boʼlinadi:
1) faqat xid tarqatuvchi
2)xid tarqatuvchi va sezgi bildiruvchi
3)xid tarqatuvchi va taʼm bildiruvchi
Birinchi gurux moddalar n. olfactoriusni qitiqlaydi,ikkinchi gurux moddalar n.
olfactorius va n. triqeminus ni qitiqlaydi va uchinchi gurux moddalar esa n.
olfactorus va n. qlosso-pharynqeus ni qitiqlaydi. Xid bilish faoliyatini aniqlash
uchun turli xidlarga ega boʼlgan moddalar (valerianka eritmasi, nashatir spirt,
etil spirt va atseton) ishlatiladi. Tekshirish uchun xid tarqatuvchi moddalar
burunga 1 sm yaqin masofaga keltirilib, ikkinchi burun teshigi berkitilgan xolda
xidlash taklif qilinadi. Tekshirish vaqtida xaqiqiy maʼlumot olish uchun xid
tarqatuvchi modani,tekshirish oʼtkazilayotgan muxitni xarorati,tana xaroratiga
yaqin boʼlishi shart. Shunday usul bilan burunni ikkinchi tomoni xam
tekshiriladi.
Xid bilishni miqdorini aniqlash esa olьfaktometr asbobi orqali amalga
oshiriladi. Аmaliyotda qoʼllash uchun eng qulay usul bu Yu.S.Kogan va
F.M.Shleyfman (1955) tomonidan taklif qilingan usul afzaldir. Buning uchun
valerian (spirtli eritmasi) va sirka kislotasi ishlatiladi . Bu moddalarni
quydagicha suyultiriladi 0,8. 0,4. 0,2. 0,1. 0,05. 0,025. 0,0125. 0,0062.
Tekshirishni eng past suyultirilgan miqdoridan boshlanib, yuqori darajada
suyultirilgan miqdoriga qarab tekshirishni boshlaydi. Xidni dastlabki aniqlangan
miqdori teshiriluvchi uchun xid bilish boʼsagʼasi xisoblanadin
Burun shilliq qavatini xillpilovchi epiteliysini transport (xarakat) faoliyatini
aniqlash: Buning uchun burunni pastki chigʼanogʼini oldingi qismiga sepilgan
koʼmir kukunini orqa qismigacha yetib borish uchun ketgan xarakat vaqtini
aniqlash orqali amalga oshiriladi. Pastki burun chigʼanogʼini oldingi qismiga
burun zondi orqali koʼmir kukuni tekiziladi,tekshiriluvchiga odatdagi nafas
olishni va burunni tozalamaslik taklif etiladi. Koʼmir kukunini xalqumni orqa
devorida paydo boʼlguncha ketgan vaqt bilan belgilanida. Odatda bu vaqt 13,0-
13,5 min. tashkil etadi. Bundan tashqari bu faoliyatini aniqlash uchun turli
mualiflar tomonida bir qancha usullar (G.V.Lavrenovani qandli usuli, B.I.Psaxis
1960,Yu.S.Vasilenko1964), taklif qilingan.
Burunni shilliq qavatini soʼrib olish faoliyatini aniqlash: Bu faoliyatni aniqlash
uchun 0,1% atropin eritmasi shimdirilgan dokali pilikcha 10 daqiqaga pastki
burun chigʼanogʼiga qoʼyiladi va xar 5 daqiqada tomir urishni tekshirib turiladi.
Soʼrilganlik belgisi tomir urishni oʼzgarishini aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Odatda bu koʼrsatgich oʼrtacha 35-40 min.tashkil etadi.
Burun boʼshligʼi shilliq qavatini kalorifer faoliyati burun shilliq qavatlarini
xaroratini elektr termometr orqali oʼlchash bilan amalga oshiriladi. Buning
uchun xaroratni oʼlchaydigan maxsus elektrotermometr TPEM-1 qoʼllaniladi.
Eletrotermometrni koʼrsatgichlari pastki burun chigʼanogʼini oldingi qismiga
qoʼyiladi. Sogʼlom odamlarda burun boʼshligʼini xarorati 34 – 34,5 S atrofida
boʼladi. Oxirgi vaqtlarda bu maqsadlarda reografiya usuli keng qoʼllanilmoqda.
Shilliq qavatni ajratish (sekretor) faoliyati - tekshirishdan maqsad shilliq osti
bezlarini shilimshiq ishlab chiqarish faoliyatini aniqlashdan iboratdir. Buning
uchun burun boʼshligʼiga 1 daqiqaga dokali pilikni kiritiladi va shu vaqt
davomida soʼrilgan shilimshiqni miqdorini oʼlchash orqali aniqlanadi. Dokali
pilik burunga kiritishdan avval va soʼngra tortiladi. Bundan tashqari burunni bu
faoliyatini aniqlash uchun F.V.Semyonov tomonidan maxsus filьtr qogʼozlari
qoʼllashni taklif qilingan.
Sitologik tekshirish: Bunda burun boʼshligʼidagi shilimshiq ajralmadagi
xujayralar tarkibini aniqlanadi va shu orqali uni morfololgik faoliyati
baxolanadi. Buning uchun maxsus oynachalar burun boʼshligʼiga kiritilib burun
chigʼanogʼiga tekizish orqali surtma olinib, boʼyalib mikroskop ostida
tekshiriladi.
Bunday
tekshirishda
epiteliylarni
ajralish
miqdori,ularni
degenerativ
xolati
va
metaplaziya
xolatlari,leykotsitlarni
toʼplanish
miqdorlariga qarab burundagi oʼzgarishlarga baxo beriladi.
Burun boʼshligʼini shilliq qavatini PH miqdorini aniqlash. Buning uchun
maxsus lakmus qogʼozini burunga kiritiladi, burun boʼshligʼidagi ajralmani PH
miqdoriga qarab lakmus qogʼozni rangi oʼzgaradi,shu oʼzgarishga binoan
belgilanadi. Sogʼlom odamlarda burun boʼshligʼini PH miqdori 6,9-7,6 atrofida
boʼladi. Yuqorida keltirilgan tekshirish usullari amaliy axamiyatdan koʼra
koʼproq ilmiy tekshirishlarda keng foydalaniladi,shuning uchun xam ular
xaqidagi toʼliq maʼlumot kerakli manbalarda kengroq keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |