Mavzu; Kirish Otorinolaringologiya tarixi va rivojlanishi. Burun boʼshligi klinik anatomiyasi va fiziologiyasi



Download 333,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana25.02.2023
Hajmi333,97 Kb.
#914328
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Nazariy material (2)

Burun boʼshligʼi anatomiyasi 
Аncha murakkab tuzilishga ega boʼlib, yuqoridan bosh suyagini oldingi 
chuqurchasi, pastdan ogʼiz boʼshligʼi, lateral tomondan koʼz olmasi 
chuqurchalari va yuqori jagʼ suyaklari bilan oʼralgan boʼladi. Oldi tomonidan 
burun teshiklari orqali tashqi muxit bilan tutashadi va orqa tomondan esa 
xoanalar orqali burun - xalqum bilan bogʼlangan. Burun boʼshligʼini toʼrta, 
tashqi (lateral), ichki (medial), yuqori va pastki devorlari mavjud. Yosh 
bolalarda burun boʼshligʼi kalta va pastroq boʼladi.Shilliq qavatlari nozik,qon 
tomirlari yaxshi rivojlanmagan. Medial devori xam pastroq va qalin tuzilishga 
ega. 
Burun boʼshligʼini yuqori devori (tomi): Tashkil qilishda burun suyaklari, 
yuqori jag suyagini peshona oʼsimtasi, galvirsimon suyak va dimogʼ (soshnik) 
suyaklari ishtirok etadi. Yuqori devorni asosini gʼalvirsimon suyakni 
qogʼozsimon plastinkasi (lamina cribrosa) tashkil qiladi, bu suyakda 20-30 ta 
teshiklar mavjud boʼlib, bu teshikchalar orqali bosh miyadan vena qon tomirlari, 
nerv tolalari chiqadi va xid bilish tolalari va arterial qon tomirlari bosh miyaga 
oʼtadi. Burun boʼshligʼini yuqori devorini bunday tuzilishini, burunda 
oʼtkazilayotgan turli muolijalarda va jarroxlikda (bosh miyaga turli infektsiyani 
tushishi xafini olish) albatta xisobga olish zarur. Bundan tashqari bu joylarda 
bosh miyani subaraxnoidal boʼshligi bilan tutashgan perenevral limfatik 
boʼshliklar mavjud, ayrim xollarda (turli jaroxatlar,burun va yuz soxasidagi 
yiringli jarayonlarda) bu joylardan infektsiya bosh miyaga oʼtib yiringli 
meningitga olib kelishi mumkin.
Burun boʼshligʼini oldingi devori yuqori jagʼ suyagini noksimon teshigi satxida 
boʼlib,uni shakillantirishda burun suyaklarini pastki qismi va yuqori jagʼ 


suyagini peshona oʼsimtalari ishtirok etadi. Oldingi devor burun teshiklari 
soxasiga toʼgʼri keladi. 
Burun boʼshligʼini orqa devori bu devor asosan xoanalardan tashkil topgan 
boʼlib, burun boʼshligʼini burun-xalqum bilan tutashtiradi.Bundan tashqari bu 
devorini tashkil etishda qisman asosiy suyakni tanasi xam ishtirok etadi. 
Burun boʼshligʼining tubi oldingi boʼlimda yuqori jagʼ suyagining tanglay 
oʼsiqlaridan (processus palatinus maxllae), orqa qismi esa tanglay suyaklarining 
koʼndalang payraxalaridan (lamina horizontalis ossis palatini) tashkil topgan. 
Pastki devorini oldingi qismida kanal boʼlib bu joydan burun boʼshligʼidan 
ogʼiz boʼshligʼiga, burun-tanglay (n. nasopalatinus) nervi oʼtadi.
Burun boʼshligʼini ichki (medial devori). Burun boʼshligʼini teng ikkiga chap va 
oʼng boʼshliqlarga boʼluvchi oʼrta devori xisoblanadi. Medial devor suyak va 
togʼay qisimlardan iboratdir. Devorni suyak qismi orqa va yuqori tomondan 
galvirsimon suyakni koʼndalang oʼsimtasi (lamina perpendicularis ossis 
etmoidalis), pastdan yuqori jagʼ suyagini tanglay doʼmbogʼi va dimogʼ (vomer) 
suyagidan 
tashkil 
topgan, 
medial 
devorini 
oldingi 
pastki 
qismini 
toʼrtburchaksimon togʼay (cartilago quadrangularis) tashkil qiladi, shuning 
uchun xam devorni suyak qismi xarakatsiz, oldingi fibroz-togʼay va teri qismi 
esa xarakatchan boʼladi. Burun boʼshligʼini medial devori kamdan-kam xollarda 
toʼgʼri, oʼrta chizikda boʼladi,koʼpincha devorni u yoki bu tarafga toʼliq 
qiyshiqligi, yoki ayrim joylarida chegaralangan boʼrtma, dumboqchalarda iborat 
boʼladi. 
Burun boʼshligʼini tashqi yoki lateral devori ancha murakkab tuzilishga ega 
boʼlib, bir vaqtni oʼzida yuqori jagʼ suyagini medial devori xam xisoblanadi. Bu 
devorda uchta burun chigʼanoqlari (concha nasalis inferior, media et superior) 
mavjud. Bular pastki, oʼrta va yuqori chigʼanoqlar xisoblanib, pastki burun 
chigʼanogʼi oʼzini mustaqil suyagiga (os turbinalis) ega qolganlarini esa 
gʼalvirsimon suyakni dublikatursi xosil qiladi.
Xar ikkala burun boʼshligʼiga toʼrtadan burun yondosh boʼshliqlari va bitadan 
koʼz yoshi yoʼllari ochiladi. 
Burun boʼshligʼini medial devori bilan burun chigʼanoqlari orasini umumiy 
burun yoʼli deb yuritiladi va bu yoʼldan, kirayotgan xavoni asosiy oqimi oʼtadi.. 


Tashqi yoki lateral devorda joylashgan uchta burun chigʼanoqlarini ostida 
uchta: pastki, oʼrta va yuqori burun yoʼllari mavjud va bu yoʼllarga tegishli 
burun yondosh boʼshliqlari ochiladi. Orqa tomondan bu yoʼllar burun-xalqumga 
tutashadi. 
Pastki burun yoʼli - yuqoridan pastki burun chigʼanogʼi, pastdan esa burun tubi 
bilan chegaralanadi. Pastki burun yoʼlini oldingi uchdan bir qismida burun-koʼz 
yoshi kanalani teshigi majud,ayrim xollarda burun chigʼanogʼini 
gipertrofiyasida shu yoʼl berkilib qolishi xisobiga koʼz yoshi kanalini 
yalligʼlanishi (dakriotsistit) kuzatiladi. Yuqori jagʼ suyagi boʼshligʼini (Gaymor 
boʼshligʼi) puktsiyasi xam pastki burun yoʼlidan, yaʼniy pastki burun 
chigʼanogʼini oldingi qismidan 2 sm ichkarida amalga oshiriladi.
Oʼrta burun yoʼli - pastki va oʼrta burun chigʼanoqlarini orasida joylashgan. Bu 
yoʼlni oldingi qismida yarimoysimon teshik (hiatus semilunaris) boʼlib bu joyga 
peshona suyagi boʼshligʼi ochiladi. Shu teshikni orqaroq qismiga esa 
gʼalvirsimon suyakni oldingi va oʼrta katakchalari ochiladi. Bu joydan yana 
xam orqada yuqori jagʼ suyagi boʼshligʼi ochiladi. Oʼrta burun chigʼanogʼini 
oldingi qismida dumboqcha (aqqer nasi) boʼlib, bu joy peshona suyagi 
boʼshligʼida oʼtkazilayotgan jarroxlikda moʼljal xisoblanadi. Oʼrta burun yoʼlni 
lateral devori faqat suyakdan emas,balkim yuqori qismi shilliq qavatdan xam 
iborat. 
Yuqori burun yoʼli - yuqori va oʼrta burun chigʼanoqlari orasida joylashgan va 
bu yoʼlga gʼalvirsimon suyakni orqa katakchalari va asosiy suyak boʼshligʼi 
ochiladi. Odatdagi rinoskopiyada yuqori burun yoʼli va chigʼanogʼini koʼrib 
boʼlmaydi. 
Morfologik tuzilishi va bajarayotgan vazifasiga binoan burun boʼshligʼi ikkita 
qismga boʼlinadi. Birinchisi nafas olish qismi (reqio respiratoria) va ikkinchisi 
xid bilish qismi (reqio olfaktoria).
Nafas olish qismi pastdan burun tubidan boshlanib, yuqoridan oʼrta burun 
chigʼanogʼini oʼrtasi va medial devorni shunga monand qismini egallaydi. Nafas 
olish qismini boshlanishi tashqi burunni teri qoplamasi davom boʼlib,bu teri 
burun boʼshligʼini kirish qismini (vestibulum nasi) qamrab oladi, shuning uchun 
xam bu joylarda tuklar mavjud. Teri qoplamasi asta-sekin yupqalashib shilliq 
qavatga oʼtadi.Nafas olish qismni shilliq qavati xid bilish qismini shilliq 
qavatiga qaraganda ancha qalin boʼlib, koʼp qatorli silindrik xilpillovchi epiteliy 
bilan qoplangan. Shilliq osti qismi elastik va qoʼshuvchi toʼqimalardan tuzilgan 


xususiy qavatdan iborat,bu qavatda koʼp miqdorda shilimshiq ishlab 
chiqaruvchi bokalsimon bezlar joylashgan. Nafas olish qismini pastki va oʼrta 
burun chigʼanoqlari soxasi, kengaygan venoz tomirlardan iborat kavernoz 
toʼqimalardan tashkil topganligi uchun xam shilliq qavatlari ancha qalin boʼladi. 
Bu varikoz kengaygan venoz tomirlar turli tashqi taʼsirlar (mexanik,termik va 
kimyoviy) xisobiga tez qon bilan toʼlib kengayib yoki tez boʼshab kichrayib 
turadi, bunga monand shilliq qavatlar xam tez shishib kattalashishi yoki pasayib 
kichrayishi kuzatiladi.Bunday xolat xisobiga burundan oʼtayotgan xavo xarorati 
doimo bir xilda boshqarilib turiladi. 
Xid bilish qismi burun boʼshligʼini oʼrta burun chigʼanogʼini oʼrtasidan 
boshlanib toʼliq burun boʼshligʼini yuqori qismni qamrab oladi. Xid bilish 
qismini shilliq qavati nafas olish shilliq qavatiga nisbatan ancha yupqa va nozik 
boʼladi, maxsus tayanch, bazal va xid biluvchi neyrosensor epiteliylar bilan 
qoplangan. Bu epiteliylar orasida esa koʼp qatorli xilpillovchi epiteliylar ayrim 
joylarda orolcha shaklida uchraydi. Xid biluvchi epiteliylar kolba shaklida 
boʼlib, markazida xid biluvchi oʼsimtasi bor, bu oʼsimtalar xid bilish iplarini 
(fila olfactoria) tashkil qiladi. Bu ipchalar gʼalvirsimon suyakni teshikchalari 
orqali kalla ichiga oʼtib toʼplanib, xid bilish dumbogʼi (bulbus olfaktorius) xosil 
qiladi. Shu dumbokchadan xid bilish yoʼli (traktus olfactorius) boshlanadi va 
bosh miyani oldingi xid bilish markazida (triqonum olfactorium) tugallanadi.
Burun boʼshligʼini asab tolalari xid biluvchi, sezuvchi va vegetativ turlarga 
boʼlinadi. Sezuvchi asab tolasi uchlamchi nervni birinchi va ikkinchi shoxlari 
xisobidan tashkil topgan.
Burun boʼshligʼidagi fiziologik va patologik xolatlarni faoliyati asosan qanot-
tanglay asab tuguni xisobiga boshqariladi. Bu tugun uchlamchi nervni sezuvchi 
tolasi (n. pteryqopalatini), simpatik tola(n. petrosus profundus), va yuz nervini 
tarmogʼi xisoblangan (n. petrosus major) parasimpatik asab tolasi qoʼshilishidan 
xosil boʼladi.
Burun boʼshligʼini shilliq qavatlari juda boy qon tomirlar bilan taʼminlangan. 
Аsosan tashqi va ichki uyqu arteriyalari xisobidan qon bilan taʼminlanadi. 
Tashqi uyqu arteriyasidan (a. carotis externa) tashqi va ichki yuqori jagʼ 
arteriyalari (a. maxillaris externa et interna) chiqadi.Tashqi yuqori jagʼ 
arteriyasidan chiqqan yuqori lab (a. labialis superior) arteriyasi burun 
boʼshligʼini medial devorini qon bilan taʼminlaydi. Ichki yuqori jagʼ 
arteriyasidan esa qanotsimon-tanglay tarmogʼi (a. sphenopalatina) chiqadi,bu 


arteriya burun boʼshligʼiga kirib pastki burun va devor arteriyalarini (a. nasales 
posterioris lateralis et septi) beradi va bu arteriyalar burun boʼshligʼini orqa 
qismini xamda lateral devorini qon bilan taminlaydi. Ichki uyqu arteriyasidan 
koʼz arteriyasi (a. ophthalmica) chiqadi, bu arteriyadan esa oldingi va orqangi 
galvirsimon arteriyalar (a. ethmoidales anterior et posterior) tarmoqlanib, ular 
burun boʼshligʼini oldingi va galvirsimon suyak qismini qon bilan 
taʼminlaydi.Аrteriyalar burun medial devorini oldingi pastki qismida bir-birlari 
bilan tutushib qon tomirlar (Kiselьbax) toʼrini xosil qiladi 
Venoz qonlar arteriyalarni yoʼnalishini qaytaradi. Venoz qonlar asosan oldingi 
yuz va koʼz vena qon tomirlari (v. fasialis anterior v. ophthalmicae) orqali olib 
ketiladi. Venoz tomirlar yuz soxasida bir-birlari bilan tutashib toʼr xosil qiladi. 
Bu tomirlar oʼz oʼrnida bosh miyani yumshoq qobigʼlari venoz tomirlari bilan 
xam tutashadi.Venoz tomirlarni bunday oʼziga xos tuzilishi burundan turli 
infektsiyalarni bosh miyaga oʼtishda axamiyati bor.
Limfa tizimi burunni oldingi qismidan limfa suyuqligi jagʼ osti limfa tuguniga 
quyiladi, oʼrta va orqa qismdan esa chuqur boʼyin limfa tizimiga qoʼshiladi. Xid 
bilish qismini limfa tizimi esa xid bilish nerv tolasi qobigʼi orqali bosh miya 
qobigʼlari bilan tutashadi. Limfa tizimini bunday oʼziga xos tuzilishini klinikada 
infektsiyalarni burundan bosh miyaga va aksincha oʼtishini xisobga olish zarur.
Burun yondosh boʼshliqlari anatomiyasi 
Burun atrofida toʼrt juft burun yondosh boʼshliqlari mavjud. Ular yuqori jagʼ, 
peshona, oldingi, oʼrta va orqa gʼalvirsimon suyak kataklari, xamda asosiy 
suyak boʼshliqlar xisoblanib, oʼzlarini chiqaruv teshiklari orqali burun 
boʼshligʼi bilan tutashadi. Chaqaloqlarda yuqorida koʼrsatilgan boʼshliqlardan 
faqat ikkitasi: yuqori jagʼ xamda galvirsimon suyak kataklari rivojlangan 
boʼladi. Qolganlari esa vaqt oʼtgan sari shakllana boshlaydi. 
Peshona suyagi boʼshligʼi asosan 3 yoshdan rivojlana boshlaydi, asosiy suyak 
boʼshligʼining shakllanishi esa 4-5 yoshlarga toʼgʼri keladi va bolani 12-14 
yoshida shakllanishi toʼla tugallanadi.
Yukori jagʼ suyagi boʼshligʼi (sinus maxillaris) boshqa boʼshliqlarga nisbatan 
xajmi jixatidan eng kattasi xisoblanadi,shuning uchun xam yalligʼlanish 
jarayoni nisbatan koʼp kuzatiladi.Yuqori jagʼ suyagi boʼshligʼi koʼrinishi toʼrt 


qirrali piramidani eslatadi, uning oʼrtacha xajmi 10-12 sm3 ga teng, oltita 
devoriga ega. 
Yuqori jagʼ suyagining alьveolyar oʼsigʼi yuqori jagʼ suyagi boʼshligʼini pastki 
devor yoki boʼshliqning tubi xisoblanadi. Tish ildizlari (3-6 oziq tishlar) baʼzan 
boʼshliqqa botib kirgan boʼlib, ayrim xollarda tishlardagi yalliglanish jarayoni 
boʼshliqqa shu tish ildizlari orqali oʼtishi (odontogen gaymorit) mumkin.
Yuqori devori bir vaqtning oʼzida koʼz kosasining pastki devori xisoblanadi va 
boshqa devorlarga nisbatan ancha yupqa boʼladi. Аyrim xollarda bu devorni 
tugʼma bitmasligi (digissentsiya) kuzatiladi. Bu devorida koʼz osti yoʼli boʼlib, 
bu joydan koʼz osti asab tolasi va qon tomirlar oʼtadi. Baʼzan yuqori jagʼ suyagi 
boʼshligʼidan yalliglanish jarayoni koʼz oldi toʼqimalariga shu devor orkali 
tarqalishi mumkin.
Ichki yoki medial devori burun boʼshligʼini tashqi yoki lateral devori 
xisoblanib, pastki va oʼrta burun yoʼllari satxiga toʼgʼri keladi. Medial devorni 
pastki qismi qalin suyak devoridan iborat,asta-sekin yuqoriga koʼtarilgan sari bu 
devor yupqalashadi va oʼrta burun chigʼanogʼi soxasida faqat shilliq qavatdan 
iborat boʼladi, shuning uchun xam yuqori jagʼ suyagi boʼshligʼini oʼrta burun 
yoʼlidan punktsiya qilish ancha oson amalga oshiriladi,ammo bu joydan 
punktsiya qilish ayrim xollarda koʼz olmasini jaroxatlanishiga olib kelishi 
mumkin. Oʼrta burun yoʼlida boʼshliqni chiqaruv teshigi joylashgan.
Oldingi, yuz yoki jarroxlik devori xisoblanib bu devorida chuqurcha boʼlib 
fanda «it oʼrasi» (fossae caninae) deb nomlanadi, amaliy jixatdan katta 
axamiyatga ega, jarroxlik vaqtida yuqori jagʼ suyagi boʼshligʼiga shu devor 
orqali kirish qulaydir. Bu chuqurchani tepasidan koʼz osti nervi (n. 
infraorbitalis) chiqadi. 
Orka devor - gʼalvirsimon suyakni orqa katakchalari, asosiy suyakning 
qanotsimon oʼsiqchalari va jagʼ suyagining peshona oʼsigʼi yaʼniy, yuqori jagʼ 
dumbogʼi bilan chegaralanadi. Bu doʼmbogʼni orqasida qanotsimon-tanglay 
chuqurchasi joylashgan, chuqurchada esa yuqori jagʼ nervi (n. maxillaris), 
qanotsimon-tanglay nerv tuguni (gang. pterigopalatinum), ichki jagʼ arteriyasi 
(a. maxillaris interna), qanotsimon-tanglay venoz toʼri (plexus pterygopalatinus) 
joylashgan. 
Barcha burun yondosh boʼshliqlari kabi yuqori jagʼ suyagi boʼshligʼi xam xavo 
bilan toʼlgan boʼlib, uning almashinuvi boʼshliqning chiqaruv teshiklari orqali 


amalga oshadi. Yuqori jagʼ suyagi (Gaymor) boʼshligʼining chiqaruv teshigi 
satxi koʼz kosasining tagida (oʼrta burun yoʼlida) boʼlib, bu burun boʼshligʼi 
tubidan ancha yuqorida joylashgan, odam tik xolatda turganda boʼshliqqa 
toʼplangan ajralmani chiqishi ancha qiyin boʼladi, bu xolat esa yuqori jagʼ 
suyagi boʼshligʼida yalligʼlanish jarayonini tez rivojlanishiga sharoit yaratadi.
Peshona suyagi boʼshligʼi (sinus frontalis) peshona suyagi tanasida joylashgan 
boʼlib, notoʼgʼri shaklga ega. Uning xajmi turli xilda va shakilda boʼlib,baʼzan 
butun peshona suyagini maydonni toʼliq qamrab olishi mumkin,yoki lateral 
tarafdan koʼz kosasining tashqi burchagigacha, yuqoriga esa koʼz kosasining 
yuqorgi qirgʼogʼidan 5-6 sm. tepadagi maydonni egallash mumkin. Аyrim 
xollarda u boʼshliq kichik kataksimon shaklda yoki umuman tugʼma 
rivojlanmagan (atreziya) boʼlishi xam mumkin. Oldingi devori qovoq usti 
yoyiga toʼgʼri kelib peshona suyagini oldingi plastinkasini tashkil etib, katta 
qismi qalin va mustaxkamdir. Orqa devori asosan yupqa boʼlib, kalla 
suyagining oldingi chuqriga toʼgʼri keladi va miya poʼtlogʼiga yopishib turadi. 
Orqa va oldingi devorlari yuqorida bir-biri bilan burchak xosil qilib birlashadi, 
shuning uchun xam yuqori devori mavjud emas. Pastki devori asosan koʼz 
kosasini va qisman burun boʼshligʼini yuqori devori xisoblanadi. Pastki devorni 
koʼz kosasi qismi ancha yupqa shuning uchun xam ayrim xollarda boʼshliq shu 
joydan punktsiya qilinadi. Oʼrtada boʼshliqni ikkiga boʼlib turuvchi yupqa 
medial devor bor. Bu devor doimo oʼrtada boʼlmasdan u yoki bu tarafga oʼtgan 
xolda xam uchraydi. 
Peshona suyagi boʼshligʼini kalla boʼshligʼi va koʼz kosasi bilan yaqinligi 
tufayli ayrim xollarda uning yalliglanishida infektsiya bosh miyaga va koʼz 
kosasiga oʼtish xolatlari kuzatiladi. Peshona suyagi boʼshligʼining chiqaruv 
teshigi pastki qismida joylashganligi uchun boʼshliqda paydo boʼlgan suyuqlik 
burun boʼshligʼiga yuqori jagʼ suyagi boʼshligʼiga nisbatan ancha oson chiqib 
turadi.
Gʼalvirsimon suyak boʼshligʼi (sinus ethmoidales). Gʼalvirsimon suyakni 
boʼshliqlari bir nechta mayda katakchalaridan (ari uyasiga oʼxshasha) tashkil 
topgan boʼlib, peshona va asosiy suyak boʼshliqlari orasida joylashgan. Tashqi 
devorini koʼz kosasini qogʼozsimon payraxasi tashkil qiladi, ichki devori esa 
burun boʼshligʼining tashqi devoriga toʼgʼri keladi. Yuqoridan peshona suyagi 
boʼshligʼi va qisman bosh miyani oldingi chuqurchasi bilan chegaralanadi. 


Gʼalvirsimon suyak kataklari soni oʼrta xisobda 8-10ta, xajmi va joylashishi 
turli variantlarda boʼladi. Аsosiy variantlardan biri gʼalvirsimon suyak 
katakchalari koʼz kosasining medial devorni yuqori, oldingi yoki orqa 
boʼlimlariga qoʼshilib ketishi mumkin, bunday xolda ular kalla suyagini oldingi 
chuquri bilan xar xil masofada chegaralanadi. Joylashishiga qarab gʼalvirsimon 
suyak katakchalari oldingi, oʼrta va orqa guruxlarga boʼlinadi. Oldingi va oʼrta 
gurux katakchalari oʼrta burun yoʼliga, orqa guruxlari esa yuqori burun yoʼliga 
ochiladi. Gʼalvirsimon suyak katakchalari bosh miya chuqurchalariga yaqin 
joylashganligi uchun xam, burun ichida oʼtkazilayotgan jarroxlik muolijalarida 
bu xolatni xisobga olish kerak, aks xolda jaroxat tufayli infektsiya burun 
boʼshligʼidan bosh miyaga oʼtish mumkin.
Аsosiy suyak boʼshligʼi asosiy suyak tanasida joylashgan. Boʼshliqni yuqori 
devori oʼrta miya chuqurchasi bilan chegaralanadi va bu devori anatomik-turk 
egari, koʼz nervi, gipofiz va bosh miyani peshona soxasini bir qismi, xamda xid 
bilish markazi bilan chegaralanadi. Yon devori uyqu ateriyasi va gʼovak vena 
bilan chegaralanadi. Boʼshliqni pastki devori burun va burun xalqum 
boʼshliqlari bila chegaralanadi. Boʼshliqni kattaligi va shakli turlicha boʼladi, 
ayrim xollarda gʼalvirsimon suyak katakchalarini orqa guruxlari bilan qoʼshilib 
ketgan xolatda xam uchraydi. Аsosiy suyak boʼshligʼini oʼrtasidagi suyak 
toʼsigʼi ularni teng ikki qismga boʼladi va xar bir boʼshliqni oldingi devorida 
yuqori burun yoʼliga chiqqan oʼz teshiklari mavjud. 
Boʼshliq devorining yupqaligi va xayotiy zarur aʼzolarga yaqin joylashganligi 
sababli, koʼp xollarda yalligʼlanish jaryoni boʼshliqdan qoʼshni aʼzolarga va 
miya tez tarqaladi.
Burunning boʼshligʼini shilliq qavatini tuzilishi.Shilliq qavatlarni tuzilishini 
oʼziga xosligi va burni faoliyatida muxim oʼrin egalaganligi uchun xam uni 
tuzilishiga aloxida eʼtibor qaratiladi.Shilliq qavat suyak va togʼay usti 
qavatlariga zich yopishgan boʼladi, shuning uchun bu joylarda burmalar xosil 
boʼlmaydi. Burunning yuqori xid bilish qismida va burun yondosh 
boʼshliqlarida shilliq qavatlar yupqa boʼladi. Oʼrta va pastki burun yoʼllarida 
kavernoz toʼqimalar xisobiga biroz qalinroq tuzilishga ega. Shilliq qavat nafas 
olish qismida koʼp qatorli silindrik xilpillovchi epiteliy bilan qoplangan, biroq 
epiteliy qavatlari soni xam, xilpillovchi epiteliylar miqdori xamma joylarda bir 
xilda tarqalmagan. Burun tubidan boshlanib,pastki burun chigʼanogʼi va medial 
devorni shu soxalarida epiteliylar qatorlari va ularni soni yuqori qismlarga 
qaraganda ancha koʼp va qalinroqdir. Yangi tugʼilgan chaqaloqlarda va kichik 


yoshdagi bolalarda xilpillovchi epiteliylar shakillanishi xamda ularni xarakati 
uncha yaxshi rivojlanmagan boʼladi, shuning uchun xam taoʼsh muxitni salbiy 
taʼsiri yoki yengil yalligʼlanish jarayoni paydo boʼlishi bilan epiteliylarni 
xarakati pasyadi va tez va oson falajlanib qoladi. Bu esa kasallikni uzoq va 
ogʼiroq kechishiga olib keladi.
Burun shilliq qavati yuzasidagi xilpillovchi epiteliylar tufayli va shilliq qavat 
yuzasidagi shilimshiq suyuqlik mavjudligi xisobiga boshqa yot jismlar ushlanib 
qolinadi va qisman epiteliylarni xarakati xisobiga tashqariga chiqarib turiladi. 
Bu xarakatni doimiyligi burun boʼshligʼidagi RN mikdorini oʼzgarishiga bogʼlik 
boʼladi. Bu mutadillik 7-7,2 RN ga teng, mutadillikni u yoki bu tomonga 
oʼzgarishi bilan epiteliy xarakati xam oʼzgaradi. Xilpillovchi epiteliy uzunligi 5- 
7 mm gacha boʼladi, xarakat tezligi esa minutiga 250 atrofidagi tebranishdan 
iborat. Xilpillovchi epiteliyni xarakati tufayli shilimshiq suyuqliqni xarakati 
amalga oshadi, uning tezligi minutiga 5-20 mm ga teng, bu xarakat burun 
boʼshligʼini xar xil kismlarida turlicha,xarakat tezligi burun boʼshligʼini orqa 
qismiga yaqinlashgan sari ortib boradi.
Mikroskopik kesmalarda shilliq qavat mukoz va submukoz yumshoq 
biriktiruvchi toʼqimalardan tashkil topgan, yuqori qismlarida esa shilliq va seroz 
bezlari mavjud. Ularning mikdori pastki burun chigʼanoqlarida koʼp.
Nafas olish qismini shilliq qavati uchun esa muxim boʼlgan xolat bu birikma-
gʼovak toʼqimani mavjudligidir. Gʼovak toʼqima yuzaki va chuqur joylashgan 
qon bilan toʼlib turgan boʼshliqlardan iborat boʼlib, epitelial qavatlar orasida 
keng venasimon toʼr shaklida joylashgan. Ushbu boʼshliqlar devorlaridagi 
mushaklar yassi tuzilishga ega boʼlganligi sababli ular oʼz shaklini va xajmini 
oson xamda tez oʼzgartiradi, yaʼniy mushaklar qisqarganda toʼqimalardagi qon 
siqib chiqariladi yoki mushaklar tonusi boʼshashganda qon bosimining 
pasayishi tufayli boʼshliq kengaya boshlaydi va yana qon bilan toʼladi. Gʼovak 
boʼshliqlar qon bilan toʼlish natijasida, shilliq qavat va chigʼanoqlar bir necha 
marotaba kattalashadi va burun yoʼllarini toʼsib qoʼyadi, natijada burundan xavo 
oʼtishi qiyinlashadi.



Download 333,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish