aholini ijtimoiy himoyaqilish bilan bir qatorda bozor infratuzilmasini
yaratish ham muhim yo ‘nalish sifatida belgilab olindi.
Bozor
infratuzilmasini shakllantirish borasida davlat tomonidan quyidagi
chora-tadbirlarga alohida e ’tibor qaratish ko‘zda tutildi:
- bozor subyektlari o ‘rtasidagi bevosita xo‘jalik aloqalarini
har tomonlama rivojlantirish;
- bozorning mavjud turlami rivojlantirib, yangilarini vujudga
keltirish;
- iqtisodiyotda tarkibiy o ‘zgarishlami amalga oshirishga
ko‘maklashuvchi idoralami barpo etish;
- bozor sharoitida ishlay oladigan malakali kadrlami
tayyorlash.
Mamlakatimizda
bozor
infratuzilmasi
rivojlanishining
xususiyatlaridan yana biri
- bu uning alohida holda emas, balki
iqtisodiyotda olib borilayotgan o ‘zgarishlar bilan chambarchas
bogMiq holda olib borilishidir. Jumladan, mulkchilikning turli
shakllarini vujudga keltirishda
davlat mulkini baholash, uni
sotishga tayyorlash va sotish, yangi mulk egasiga berish, mulk
egalari o ‘rtasidagi bitimlami ro ‘yxatga olish, xususiylashtirish
va davlat tasarrufidan chiqarishda salohiyatli mulk egalarini
aniqlash, ulami moliyaviy jihatdan
qoMlab-quvvatlash kabi
vazifalami bajarish maqsadida ko‘plab infratuzilma unsurlari
barpo etildi. Shuningdek, iqtisodiyotning barcha sohalari, ayniqsa
bozor infratuzilmasi
tarkibiga kiruvchi bank-kredit, sug‘urta
tizimlari faoliyatining erkinlashtirilishi ham yangi tashkiliy
tuzilmalaming shakllantirilishiga imkon yaratdi. Kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikni jadal su r’atlar bilan rivojlantirish, o‘rta
mulkdorlar sinfini qaror toptirishga boMgan e’tibor tadbirkorlik
faoliyatini qoMlab-quvvatlashga, ulaming ish samarasini oshirishga
ixtisoslashgan ko‘plab tuzilmalaming vujudga kelishiga olib keldi.
Bozor infratuzilmasini
yaratish uzoq davom etuvchi
va murakkab jarayon hisoblanadi. Ayniqsa, uning tarkibidagi
tuzilmalami barpo etish uchun ulaming iqtisodiy tabiatidan kelib
chiqqan holda alohida yondashuv zarur boMib, bu boradagi tadbirlar
29
bosqichma-bosqich va izchil ravishda amalga oshirib borilishi
lozim. Shunga ko‘ra, yurtboshimiz I.A.Karimov, awalambor,
bozor sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o ‘rtasida o ‘zaro
munosabatlami
ta ’minlaydigan
muhit
yaratish
zarurligini
ta’kidlagan holda bozor infratuzilmasini
yaratish birinchi darajali
vazifalardan ekanligini ko'rsatib berdi. M a’muriy-buyruqbozlik
tizimidan meros bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar mexanizmini bozor
munosabatlari mexanizmi bilan almashtirish va shu asosda ishlab
chiqaruvchilar hamda iste’molchilar manfaatlari mushtarakligini
ta’minlash, buning uchun «bevosita xo‘jalik aloqalarini har
tomonlama rivojlantirish,
tovarlar, sarmoya, ishchi
kuchi va
boshqa bozorlami shakllantirish borasidagi chora-tadbirlami
amalga oshirish, bozor infrastrukturasini vujudga keltirish, bozor
sharoitida ishlay oladigan malakali kadrlar tayyorlash»14 zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: