“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
705
badiiyati"da, ko'pincha, konkret asarlarga nisbatan qo'llanilishi, muayyan masalalarning
biror jihatdan o'rganishga yo'naltirilishi ustuvor bo'ladi. Hozirgacha mavjud adabiyot
nazariyasiga oid barcha tadqiqotlar, darslik, qo'llanma va lug'atlarda "til badiiyati"ga
qaraganda "badiiy til" atamasi ko'p qo'llanilmoqda va ma'qullanmoqda.
Atoqli adabiyotshunos O.Sharofiddinov asar tiliga e'tiborsizlikning xunuk oqibatlari
haqida shunday xulosaga keladi: "Tilga bepisand munosabat uch jihatdan katta zarar
keltirishi mumkin: birinchidan, oxir-pirovardida, umuman adabiy tilimizning rivojiga salbiy
ta'sir ko'rsatadi; ikkinchidan, adabiyotimizning badiiy saviyasini tushirib yuboradi;
uchinchidan, kitobxonning estetik didiga yomon ta'sir ko'rsatadi!". So'z -adabiy asarni
vujudga keltiruvchi material. U o'z holicha muayyan ma'noga ega bo'lsa ham, boshqa so'zlar
bilan aloqasiz ijtimoiy-estetik ahamiyat kasb eta olmaydi. Shu bois so'z tanlash va qo'llash,
uni ma'lum maqsadga qarata yo'naltirish, asar muvaffaqiyatini ta'minlash ijodkor
mahoratining muhim shartidir. So'z asarning barcha unsurlari: sujet, kompozitsiya, obraz,
til, badiiylikni yuzaga chiqaruvchi asosiy moddiy vosita bo'lib, ijodkor iste'dodi va tasvir
uslubining ko'zgusi hamdir. Adabiy asardagi so'z badiiy so'zdir. Lekin har qanday so'z
ijodkor munosabatisiz badiiy bo'la olmaydi. Badiiy obraz ham so'z orqali yaratiladi.
Darhaqiqat, "badiiy adabiyotda obraz yaratuvchi asosiy va yagona vosita so'zdir.
Lekin, badiiy adabiyotdagi so'z oddiy so'z emas, balki insondagi muayyan his-tuyg'uni,
holat va harakatni, o'y va kechinmani o'zgalar qalbiga, shuuriga ta'sir etadigan darajada
ifodalaydigan so'zdir‖. Tilshunos olim M.Yo'ldoshev mazkur qonuniyatlarni muayyan
badiiy asarga tatbiq qilinganida uning xususiy tomonlarini hisobga olish zarurligini
ta'kidlaydi. Shundan kelib-chiqib, badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida quyidagi
tamoyillarga tayanib ish ko'rilsa, maqsadga muvofiq bo'lishini aytib o'tadi:
1. Shakl va mazmun birligi tamoyili.
2. Makon va zamon birligi tamoyili.
3. Xususiylikdan umumiylikka o'tish tamoyili.
Negaki, olim dialektik tafakkur narsa va hodisalarning mohiyati ularning bir-biri bilan
aloqadorligi va rivojlanishi falsafiy qonunlar, tushunchalar (kategoriyalar) tizimi yordamida
ochib berishini, dialektikaning qonun va tushunchalari voqelikdagi narsa va hodisalarning
eng umumiy aloqasini aks ettirib, insonda narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borish va
ongli tahlil qilish imkoniyatini yaratishini ta'kidlab o'tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |