Zamonaviy ta‟lim tizimini rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ g„oyalar, takliflar va yechimlar


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR



Download 9,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet630/714
Sana17.02.2023
Hajmi9,32 Mb.
#912409
1   ...   626   627   628   629   630   631   632   633   ...   714
Bog'liq
37 2 qism respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
657 
tushunishning har xil darajasida turgan bo‗ladi. O‗qituvchi ushbu darajalarni yaxshi bilsa
savollar yordamida o‗quvchining qaysi darajada turganini aniqlashi matnni yaxshiroq 
tushunishi uchun yo‗nalish berishi mumkin bo‗ladi. Ona tili darsliklaridagi matn bilan 
ishlash mashqlari ham mazkur nazariy ma‘lumotga asoslanishi lozim. Chunki so‗zlarning 
matn ichida qanday ma‘noda kelayotgani matnning mazmunidan anglashiladi. 
Dars jarayonida o‗qituvchi har bir o‗quvchisining ehtiyoj va imkoniyatlarini o‗rganib, 
uni hisobga olishni va ehtiyojlarini to‗ldirishni, imkoniyatlarni boyitib borishni o‗z oldiga 
qo‗yilgan vazifalardan biri deb hisoblashi lozim. 
O‗qish darsining yangi mavzu bayoni bosqichi asosan o‗quvchilarni asar matni, undagi 
voqealar mazmuni bilan tanishtirish, ya‘ni anglash bosqichidir. 
Boshlang‗ich sinflarda o‗quvchilarning og‗zaki nutqi o‗qish darsliklarida berilgan 
matnlarni va xalq og‗zaki ijodi namunalarini o‗rganishi, mazmunini esa og‗zaki bayon 
qilishi bilan shakllanib boradi. O‗quvchining og‗zaki nutqi o‗tilgan mavzuni gapirib 
berishida yaqqol ko‗zga tashlanadi. Masalan, o‗quvchi ertakni og‗zaki bayon qilayotganida 
fikrlarini o‗z ona tilida xatosiz, to‗g‗ri ifodalashi, mavjud lug‗at boyligidan oqilona 
foydalanib, ertak mazmunini yoritishi, mavzudan chetga chiqmay bog‗lanishli nutqi asosida 
gapira olishi, undan xulosa chiqarishi zarur. Bu ko‗nikmalar dars jarayonida 
takomillashtirilib borilishi kerak. Shuning uchun o‗quvchida qaysi ko‗nikma hosil bo‗lishi 
maqsad qilinsa, darslarda o‗sha bo‗yicha mashqlar muntazam tashkil qilinishi kerak. 
Boshlang‗ich sinf ona tili darsligidagi mashqlarda keltirilgan topshiriqlarni bajarish 
o‗quvchining yozma nutq haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytiradi va yozma nutqning 
charxlanishiga xizmat qiladi. 
Boshlang‗ich sinflarda ta‘limiy diktant turlari o‗quvchilarning yozma savodxonligini 
oshirishga xizmat qiladi. Ta‘limiy diktantning sakkiz turi darsning o‗tgan mavzuni 
takrorlash va yangi mavzuni mustahkamlash bosqichlarida o‗z o‗rnida foydalanilsa, 
o‗quvchidagi mavjud bilimni yozma ifodalash ko‗nikmasini rivojlantiradi. 
Masalan, erkin diktant turi o‗quvchilar nutqini o‗stirish va fikrlash qobiliyatini 
rivojlantirishga xizmat qiladi. Erkin diktant o‗quvchilarni bayon yozishga tayyorlaydi. 
Bayon va insholar o‗quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini, badiiy tafakkurini rivojlantirishga 
xizmat qiladi. 
Boshlang‗ich sinf o‗quvchilarida nutqiy kompetensiya elementlarini shakllantirish 
uchun dars mashg‗ulotlarida har bir o‗quvchining individual qobiliyatlarini inobatga olish 
lozim. 
Boshlang‗ich sinf o‗quvchilarida nutqiy kompetensiya elementlarini shakllantirishning 
dolzarbligi - o‗quvchining har qanday bilimi tajriba asosida ko‗nikma va malakaga aylana 
boradi. Tajribaga ega bo‗lgan o‗quvchi mustaqil hayotda og‗zaki va yozma savodxonlikka, 
mantiqiy, ijodiy, tanqidiy, kreativ fikrlashga erisha oladi. 
Biz bugun ta‘lim berishning yangicha tizimiga o‗tar ekanmiz, biz tarbiyalayotgan 
kelajak fuqarolari ijtimoiy hayotda ham siyosiy jarayonlarda ham atrofida bo‗layotgan 
voqealarga nisbatan ongli va to‗g‗ri mushohada qila oladigan, o‗rni kelganda shaxsiy 
munosabatini bildira oladigan, o‗z manfaatlarini Vatan manfaatlari bilan uyg‗un qo‗ya 
oladigan o‗z bilimiga, imkoniyatlariga ishonadigan, mustaqil fikrga ega sobitqadam bo‗lib 



Download 9,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   626   627   628   629   630   631   632   633   ...   714




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish