“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
479
yuzasidan so‘nggi yillardn qo‘lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo‘la oladi.
Ma‘lumki keyingi o‘n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta‘lim tizimlarida ta‘lim
ishlarining mazmuni tubdan o‘zgardi. Ta‘limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi
usullari (masalan, muammoli interfaol ta‘lim metodlari) keng joriy qilinmoqda.
Yosh davrlar psixologiyasi predmet sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan
bo‘lishiga qaramay, uning mustaqil fan sifatida rivojlanishi va qaror topish yo‘li ancha
murakkab kechgandir. Mazkur ilmning rivojlanishiga turli dunyoqarashlar o‘rtasida olib
borilgan doimiy kurash katta ta‘sir ko‘rsatgan. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining u yoki bu
bosqichida qanday dunyoqarash ustuvorligiga qarab, tekshirishlar darajasi va sifati, olingan
natijalarni qanday izohlash zarurligi belgilab berilgan. O‘tmishda ajdodlarimiz insonning
psixologik qonuniyatlarini, muayyan ilmiy yo‘nalishda o‘rganmagan bo‘lsalar-da, biroq
allomalarning qo‘lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon bo‘lishi, inson kamoloti
borasidagi qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi.
Ma‘lumki, odam shaxs sifatida muntazam, qandaydir faoliyatda tarkib topib boradi,
rivojlanadi, uning faolligi namoyon bo‘ladi. Agarda hayvonlar tevarak-atrofdagi tashqi
muhitga passiv moslashib hayot faoliyatlarida tabiatdagi, ya‘ni tashqi muhitdagi tayyor
narsalardan foydalansalar, odam esa tevarak-atrofidagi tashqi muhitga faol ta‘sir ko‘rsatib,
uni o‘z irodasiga bo‘ysundiradi hamda o‘zgartirib, o‘z ehtiyojlarini qondirishga xizmat
qildiradi. Kuzatishlar jarayonida shu narsa ma‘lum bo‘ldi-ki, odamdagi tug‘ma, irsiy
mexanizmlari uning psixik rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatadi-yu, biroq uning mazmunini ham,
shaxsiy fazilatlarini ham belgilab bera olmaydi. Ta‘kidlash zarurki, muhit ham bola
psixikasini rivojlantirishda muayyan rol o‘ynaydi. Faqat, buning uchun bolani o‘qitayotgan
kishilarning ta‘siri natijasida bola ana shu muhitni faol ravishda o‘rganib olishi, tabiiydir.
Shaxsning mohiyati o‘z tabiati jihatidan ijtimoiy xarakterga egadir. SHaxsdagi barcha
psixik xususiyatlari, ijodiy faolligining rivojlanish manbalari uning tevarak-atrofidagi
ijtimoiy muhitda, jamiyatdadir. Inson shaxsi sababiy bog‘liqlikda bo‘lib, uning ijtimoiy
turmushi bilan belgilanadi, Mana shu ma‘noda shaxsning taraqqiyoti odamlar bilan
munosabatda yuzaga keladigan ijtimoiy tajribani egallash jarayonidan iboratdir. Buning
natijasida insonning psixik xususiyatlari, ahloqiy fazilatlari, xarakteri, irodaviy sifatlari,
qiziqishlari, e‘tiqod va dunyoqarashi tarkib topadi.
O‘quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchi uchun nafaqag bilish
jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxsiy xususiyatlariyai rivojlantirish
uchun ham imkoniyat yaratadi. Yetakchi bo‘lgan o‘quv faoliyatidan tashqari boshqa
faolyyatlar o‘yin, muloqot va mehnat faoliyati ham o‘quvchi shaxsi rivojiga bevosita ta‘sir
ko‘rsatadi. Bu faoliyatlar asosida muvaffaqiyatga erishish motivlari bilan bog‘liq bo‘lgan
shaxsiy xususiyatlar tarkib topa boshlaydi. O‘quv faoliyati kichik maktab yoshidagi
bolalarda o‘qishda ma‘lum yutuqlarga erishish ehtiyojini qondirishga, shuningdek,
tengdoshlari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu o‘rin
yoki mavqega erishish uchun ham bola yaxshi o‘qish uchun harakat qilishi mumkin. Bu
yoshdagi bolalar doimiy ravishda o‘zlari erishgan muvaffaqiyatini boshqa tengdoshlari
muvaffaqiyati bilan solishtiradilar. Ular uchun doimo birinchi bo‘lish nihoyatda muhim.
Kichik maktab davrida bolalardagi musobaqaga kirishish motivi tabiiy psixologik ehtiyoj
Do'stlaringiz bilan baham: |