“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
468
BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI DARSLARIDA OʻQUVCHILARNI IJODIY
FIKRLASHGA OʻRGATISH USULLARI
Payonova Sayyora
Surxondaryo viloyati, Denov tumani
51-umumiy o'rta ta'lim maktabi Boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Hozirgi globallashuv davrida yurtimizda barcha sohalar qatori ta'lim sohasiga har
qachongidan ham e'tibor va talab kuchaydi. Sohada tub oʻzgarishlar amalga oshirilib,
yoshlarning bilim saviyasi va ko'nikmalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari ishlab
chiqildi. Ular asta-sekinlik bilan bosqichma bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Jahon
andozasidagi zamonaviy-innovatsion jihozlar bilan ta'minlanib, yangi tashkil etilgan oliy
ta'lim muassasalari (OTM), tibbiyot bilim yurtlari, xususiy va ixtisoslashtirilgan maktablar
fikrimiz dalilidir.
Muhtaram prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan hamda barcha
ta‘lim muassasalarida keng miqyosda tadbiq etilayotgan yoshlarga oid "beshta muhim
tashabbus" ham ta'lim tizimini isloh qilish yo'lidagi katta qadam boʻldi, desak, aslo
mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Endilikda ta'lim sohasida amalga oshiriladigan eng muhim va
dolzarb vazifalaridan biri yaratilgan imkoniyatlardan toʻliq ravishda unumli va oqilona
foydalanishdir. Bunday ishlarda yoshlarga ko'maklashish, qaror va farmonlar ijrosini
ta'minlash, o'quvchi-yoshlarning bilim-ko'nikmalarini
yuksaltirish, sifatli ta‘limni
ta‘minlash, albatta, bugungi davr ilg‘or pedagogining asosiy maqsadlaridan biridir.
Ta‘limga bo‘lgan e‘tibor mamlakat kelajagini belgilab beruvchi asosiy omillardan
biridir. Bu bejiz emas, albatta. O‗quvchi maʼnaviy dunyosi, tafakkuri, nutq boyligini
shakllanishida boshlang‘ich sinflarda nutq oʻstirish mashgʻulotlarining toʻgʻri tashkil
etilishi, mazmunan keng qamrovli boʻlishi muvaffaqiyat garovidir.
Didaktik oʻyinlar bevosita oʻquvchini oʻzini namoyish etishga, tafakkur doirasini
kengayishiga, har qaysi mashq topshiriqlarni zoʻr qiziqish bilan bajara olishga undaydi.
Oʻquvchilarda ham tarbiyaviy, ham taʼlimiy sifatlar shakllanishiga imkon yaratadi.
Jumladan, ziyraklik, topqirlik, chaqqonlik, hushyorlik, bilimdonlik, qatʼiylik, chidamlilik,
matonat, ijodkorlik, mustaqillik kabilar.
Fan va texnika takomillashib borgani sayin oʻquvchining dars jarayonidagi faoliyatini
taʼminlash birmuncha murakkab tus olmoqda. Bugungi kun oʻqituvchisi oʻz ustida izlanishi,
har bir dars uchun yangi usul kashf etishi, oʻz oʻquvchisining kelajagi uchun jon kuydirishi,
uning ertasini his eta olishi muhimdir. Shu bois bolalarga turli koʻrgazmalar va oʻyinlar
orqali taʼlim berish ularning nutqini oʻsishi, tafakkur doirasini kengayishini taʼminlaydi.
Dars jarayoniga o‘quvchilarni to‘liq qamrab olish va o‘zlashtirish sifatining yuqori
bo‘lishiga zamin yaratadi. O‘z navbatida, darsning qiziqarli oʻtishi, mavzularni bolalar
tushunishi va tasnif eta olishi bir muncha oson kechadi. Bundan tashqari oʻyin madaniy
unsur sifatida jamiyatdagi barcha madaniyatlar bilan birgalikda rivojlanadi, ular bolalar va
oʻsmirlarni tarbiyalashning foydali vositasidir. U hamma vaqt maʼlum maqsadga
yoʻnaltirilgan va turli-tuman koʻrsatmalar hamda rang-barang mavzudagi faoliyatni
Do'stlaringiz bilan baham: |