“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
403
Madina faqihlari
. Said ibn Musayyab, Abu Salama ibn Abdurrahmon ibn Avf, Urva
ibn Zubayr, Ubaydullh Muhammad, Sulaymon Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba ibn
Mas‘ud, Qosim ibn Muhammad, Sulaymon ibn Yasor va Xorija ibn Zaydlar. Bularni
«Fuqahou sab‘a» ya‘ni yetti faqihlar, deyishadi. Ba‘zilar Abu Salama ibn Abdurrahmon
ning o‗rniga Abu Bakr ibn Abdurrahmon ibn Horis ibn Hishomni yetti faqihlar safida zikr
qilgan.
Yuqorida zikr qilingan Madina fuqaholaridan yana boshqa quyidagi faqihlar bor:
Nofi‘, Ibn Shihob az-Zuhriy, Qozi Yahyo ibn Said, Abbon ibn Usmon, Solim ibn Abdulloh
ibn Umar, Ali ibn Husayn Zaynul Obidin, Robia ibn Abu Abdurrahmon, Abu Ja‘far al-
Bokir, va Abu Zinnad Abdulloh ibn Zakvonlar .
Makka faqihlari.
Makka faqihlari haqida gapiradigan bo‗lsak, ulardan quyidagilari
mashhur edi:
Ato ibn Abu Raboha, Ali ibn Abu Tolha, Mujohid ibn Jabr, Amr ibn Diynor, Abdulloh
ibn Ubaydulloh ibn Abu Mulayka, Abdulmalik ibn Jurayj va boshqalar.
Kufa faqihlari.
Kufada esa quyidagilar mashhur edi:
Ibrohim Naxaiy, Omir ibn Sharohil Sha‘biy, Alqama, Asvad. Murra Hamadoniy, Said
ibn Jubayr, Masruq ibn Ajda‘, Abida ibn Amr Salmoniy, Qozi Shurayh ibn Horis Kindiy va
Ibrohim ibn Yazid Naxaiylar.
Basra faqihlari.
Basrada quyidagi olimlar mashhur bo‗lgan:
Hasan Basriy, Muhammad ibn Sirin, Abul Oliya Rayohiy, Zayd ibn Sobitning
mavlolari (ozod qilgan qullari) Hasan ibn Abul Hasan Yasor, Abu Sha‘sor Jobir ibn Zayd va
Qatoda ibn Dioma Sadusiylar.
Shom faqihlari.
Shomda quyidagi olimlar mashhur bo‗lgan:
Abu Idris Xavloniy, Makhul ibn Abu Muslim, Rajo ibn Hayva al Kindiy, Umar ibn
Abdulaziz, Shurahbil ibn Simt va Qobisa ibn Zuayblar .
Misr faqihlari.
Misrda Abdulloh ibn Amrning shogirdlari mashxur bo‗lishgan. Ular
quyidagilar:
Abul Xoyr Marsad ibn Abdulloh al-Yazaniy va Yazid ibn Abu Habiblar.
Yaman faqihlari.
Yamanda quyidagi uch olim mashhur bo‗lgan:
Tovus ibn Kayson Janadiy, Vahb ibn Munabbah San‘oniy va Yahyo ibn Abu Kasirlar .
Yuqoridagi fuqaholarning aksarining fatvolari Muvatto, Musnad va Sunan kitoblarida
rivoyat qilingan. Ibn Abu Shayba va Abdurrazzoqning «Musannaf», Tahoviyning «Osor» va
«Sharhu Maonil Osor» kitoblari bunga misol bo‗la oladi
26
.
Hali voqe‘ bo‗lmagan narsaga fatvo berish masalasi.
Bu borada ulamolar ikki toifaga
bo‗linishgan;
Birinchi toifa fuqaholar:
«Muftiy va faqih unga berilgani savollardan faqatgina
voqe‘likda bo‗lgan, birov boshidan o‗tkazgan masalaga javob berib, hali hayotda sodir
bo‗lmagan faraziy masalalarga javob bermaslik lozim. Chunki ular hali sodir bo‗lmagan
narsaga javob berishga mukallaf qilinmaganlar», deyishadi. Ehtimol hali sodir bo‗lmagan
narsaga javob berishni man qiluvchi fuqaholar quyidagi hadis va osorlarni dalil qilgan
26
"Muxammad Taqi Usmoniy, ―Usulul ifta va adabuhu‖. - Karachi: Maktabatu maorifil Qur‘an, 2011. - B.75
Do'stlaringiz bilan baham: |