“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www .
bestpublication. uz 374
3. Barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-axloq normalariga
mos kelishi;
4. O‘yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo‘lishi;
5. Mashg‘ulotlar davomida didaktik printsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt
sarflanishiga erishishi kerak.
Rolli o‘yinlar (ishchanlik yoki ishbilarmonlik o‘yinlari). Bunday o‘yinlar muammoli
topshiriqlarning bir ko‘rinishidir. Sahnalashtirish va obrazli chiqishlar bunday
mashg‘ulotlarning asosiy belgisidir. Ishbilarmonlik, bilimdonlik, topqirlik, quvnoqlik,
hozirjavoblik, ijodkorlik, artistizm, ishchanlik va yaratuvchanlik kabi fazilatlarni namoyish
qilishga keng imkon beradi. O‘qituvchi har bir o‘quvchining salohiyatiga mos vazifa
topshirishi juda muhimdir. Birinchi va ikkinchi darajali ishtirokchilar bo‘lmasligini
ta‘minlash ham talab qilinadi. O‘quv mashg‘uloti hayotdagi aniq vaziyatga ko‘proq
yaqinlashadi.
3. Muammoli ta'lim tеxnologiyasining o`ziga xos xususiyatlari
Rivojlantiruvchi ta‘lim texnologiyasining asosiy bo‘g‘ini muammoli ta‘lim yo‘nalishi
sanaladi.
Muammo
grekcha
πρόβλημα.
so‘z bo‘lib, keng ma'noda o'rganish, hal qilishni talab qiladigan murakk
ab nazariy yoki amaliy savoldir; fanda
har qanday hodisalarni, ob'ektlarni, jarayonlarni tushuntirishda qarama-
qarshi pozitsiyalar ko'rinishida ishlaydigan va uni hal etish uchun etarli nazariyani talab qila
digan qarama
qarshi vaziyat; Hayotda muammo odamlar tushunadigan tarzda shakllantirilgan:
"Men nimani bilaman, qanday ekanligini bilmayman", ya'ni nimaga erishish kerakligi ma'lu
m, ammo buni qanday amalga oshirish noma'lum .
Muammoli ta‘lim – ta‘lim jarayonini olib borishda o‘quvchilar oldiga yechish uchun
muammoni qo‘yish orqali muammoli vaziyatni vujudga keltirish va mashg‘ulot davomida
uning yechimini topish. Muammo o‘qituvchi tomonidan yoki o‘quvchilar tomonidan
qo‘yilishi mumkin.
Muammoli ta‘lim texnologiyalari o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishg
a asoslangan. Muammoli ta‘lim texnologiyasining asosi insonni fikrlashi muammoli vaziya
tni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarini aniqlash, tadqiq etish va yechish qo
biliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta‘lim o‘quvchilarning ijodiy tafakkuri
va ijodiy qobiliyatlarini oshirishda jiddiy ahamiyatga ega. Muammoli vaziyat yaratish usulla
ri:
O‘qituvchi o‘quvchilarga dars mavzusi bilan bog‘liq ziddiyatli holatni tushuntirish va
uni yechish yo‘lini topishni taklif qilish;
- Bir masalaga doir turli nuqtai nazarlarni bayon qilish;
- Hal etish uchun yetarli bo‘lmagan yoki ortiqcha ma‘lumotlar bo‘lgan yoki savolning
qo‘yilishi noto‘g‘ri bo‘lgan masalalarni taklif etish.
Muammoli vaziyatni hal etish darajalari:
- O‘qituvchi muammoni qo‘yadi va o‘zi yechadi;