“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
225
prinsiplariga mos bo‗lishi shart» [1, 8-9-b.] - deb e‘tirof etilishi, tolerantlikni tarannum
etuvchi g‗oyalar asosida yurtimizda ham bunday tadbirlar ko‗lamini oshirish hamda hayotga
tadbiq qilish kabi dolzarb vazifalarni amalga oshirishda huquqiy asos bo‗lib xizmat
qilmoqda.
Tolerantlik xususiyatini o‗rganishda milliy an‘analar, qadriyatlar va madaniyatga
alohida e‘tibor berish maqsadga muvofiq sanaladi. Xususan, xalqimiz tolerantligi
O‗zbekistonda milliy hamjihatlik ruhini tarkib toptirib, turli millat vakillari O‗zbekistonni
o‗z vatani deb his etishiga, milliy madaniyati, san‘ati, diniy munosabatlari va e‘tiqodini
namoyish qilishiga keng imkoniyatlarni yaratdi. Zero, yurtimizda faoliyat yuritayotgan 140
ga yaqin milliy-madaniy markazlar ana shular jumlasidandir. Zero, tolerantlikning
rivojlanishi oddiy insonlar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlardan tortib, umumbashariy
ahamiyatga ega bo‗lgan barcha jarayonlar uchun ham muhim zaruratga aylanib ulgurdi.
SHuningdek mamlakatimiz rahbarining 2020 yil 30 sentyabr kuni O‗qituvchi va
murabbiylar kuniga bag‗ishlangan tantanali marosimdagi nutqida yoshlar masalasiga
alohida to‗xtalib: ―Yoshlar huquqi deganda, biz, birinchi navbatda, ularning tinch va
sog‗lom yashash hamda ta‘lim olishga bo‗lgan to‗laqonli huquqini tushunamiz. SHu bois,
unib-o‗sib kelayotgan yosh avlodimizning barkamol bo‗lib voyaga etishi, sifatli va
mukammal ta‘lim olishini ta‘minlash biz uchun hamisha ustuvor vazifa hisoblanadi.
Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni
buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, ta‘lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz,
Vatanimizning yorug‗ istiqboli, birinchi navbatda, ta‘lim tizimi va farzandlarimizga
berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‗liq‖ [3, 1-b.] – deb e‘tirof etishlari zamirida
yoshlar masalasi eng muhim va dolzarb masalaligicha qolaveradi. Shu jihatdan, bugungi
kunning eng muhim masalalaridan biri yoshlarda tolerantlikni shakllantirishning ijtimoiy
psixologik shart-sharoitlarini tadqiq etish hisoblanadi. Yoshlarni globallashuv jarayonida
jamiyatga munosib ravishda tarbiyalash, ayniqsa, oila va ta‘lim muasasalari o‗zaro
hamkorligini rivojlantirgan holda, ularni tolerant madaniyatli qilib tarbiyalash ota-onalar va
tarbiya sohasidagi mutasaddilar (pedagoglar, psixologlar, murabbiylar) zimmasiga muhim
vazifalarni yuklaydi.
―Biz o‗z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek
ulug‗ maqsadni qo‗ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn
Sinolar, Mirzo Ulug‗beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va
sharoitlarni yaratishimiz kerak‖ - deb ta‘kidlagan edi Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev.
Bularning zamirida avvalo, barcha yoshlarning qanday holatda bo‗lishidan qat‘iy nazar
ta‘lim olishga bo‗lgan e‘tibor, ta‘lim islohotlari orqali O‗zbekistonda yangi Uyg‗onish
davri, ya‘ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‗zimizga asosiy maqsad qilib
belgilaganligimiz bilan bu muhim ahamiyatga egadir. O‗zbekistonda Uchinchi Renessans
poydevorini yaratish maqsadida olib boradigan ezgu ishlarni oilalardan boshlashimizni
maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Xulosa o‗rnida aytish joizki, ―Oilada besh tashabbusni targ‗ib qilish‖ loyihasini
amalga oshirish orqali eng avvalo oilada sog‗lom ijtimoiy muhit shakllanadi. Tom ma‘noda
oilaning har bir a‘zosi uchun xonadoni baxt makoniga aylanadi. Ushbu muhitda tarbiya
Do'stlaringiz bilan baham: |