“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
224
FARZAND TARBIYALASHDA BESH MUHIM TASHABBUS IJTIMOIY-
PSIXOLOGIK OMIL SIFATIDA
Rajabova Sevara Baxtiyarovna
Xorazm viloyati Shovot tumani
40- maktab ona tili va adabiyot fani o' qituvchisi
Jamiyatni taraqqiyotga etaklash ilmli va ma‘rifatli, umuminsoniy qadriyatlarni to‗g‗ri
anglagan, tolerant madaniyatli insonlarga bog‗liq. Ayniqsa, yoshlarni ilm-ma‘rifatli qilish,
ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda tolerantlilik hulqini
shakllantirishda ijtimoiy psixologiya sohasining zamonaviy va noan‘anaviy usullarini
hayotga tatbiq qilish bugungi kunning muhim masalalaridandir. Maqola farzandlar tarbiyasi
bilan shug‗ullanayotgan ota-onalarga, mahalla boshqaruvi tizimi mutasaddi xodimlarga,
ta‘lim-tarbiya tizimida faoliyat ko‗rsatayotgan pedagoglar, psixologlar va murabbiylarga,
yoshlar siyosati va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‗yicha mas‘ullarga mo‗ljallangan. Maqolada
oila muqaddas ijtimoiy tuzilma, uning mustahkamligi jamiyat mustahkamligi bilan
hamohang ekanligi, farzandlarni tolerant madaniyatli qilib tarbiyalash muhimligi, oilada
tarbiya topayotgan farzandlar shaxsiga xos ustuvor tolerantlik va intolerantlik xususiyatlari
sharhi, tarbiyalanuvchilarda tolerantlik xulqini shakllantirishning ahamiyati to‗g‗risida
fikrlar yuritiladi.
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan
ilgari surilgan besh muhim tashabbus doirasida yoshlarimizni madaniyat, san‘at, jismoniy
tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‗nikmalarini
shakllantirish, kitobxonlikni targ‗ib qilish, xotin-qizlarni ish bilan ta‘minlash masalalariga
urg‗u berilishidan kelib chiqib oilada mazkur beshta muhim tashabbusni targ‗ib qilish orqali
farzandlarda tolerantlilik madaniyati shakllantirish uchun muhim omil bo‗lib xizmat qilishi
mumkinligi haqida ham takliflar, tavsiyalar hamda xulosalar berilgan.
Ma‘rifatlilik tamoyili umuminsoniy qadriyatlardan biri hisoblanadi, shuning uchun uni
jamiyat hayotida rivojlantirish butun insoniyatning tinch, barqaror va baxtli yashashiga
xizmat qiladi.
O‗zbekiston Respublikasining ―Yoshlarga oid davlat siyosati to‗g‗risida‖gi Qonuni
hamda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Ijtimoiy va ma‘naviyma‘rifiy sohalarga
oid beshta tashabbusi‖ dasturlari doirasida belgilangan keng ko‗lamli strategik chora-
tadbirlarni amalga oshirish kabi dolzarb vazifalar belgilab berildi. Zero, jamiyat oldida
turgan bunday vazifalar echimini topish masalasini, mamlakatimiz sharoitida yoshlarni ilm-
ma‘rifatga undovchi motivatsiyalarning ijtimoiy-psixologik tabiatini o‗rganishni va shunga
mos tarzda ta‘lim-tarbiya dasturlarini ishlab chiqilishini, metodologik asosni yaratish
zaruriyatini tug‗dirib, loyiha ishining dolzarbligini ko‗rsatadi.
O‗zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
18-moddasida:
«O‗zbekiston
Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‗lib, jinsi, irqi, millati,
tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat‘i nazar, qonun
oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‗yiladi hamda ijtimoiy adolat
Do'stlaringiz bilan baham: |