“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
143
- o‘quvchilarni o‘quv jarayonida tabiatga bo‘lgan qiziqishlarini doimiy ravishda
bo‘lishini ta‘minlashi;
- o‘quvchining tabiatga bo‘lgan qiziqishini mustaqil ravishda har-bir faslga ijodiy
yondashgan holda kuchaytirishi;
- pedagok va o‘quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkilllanishi.
Pedagogik texnologiyalar masalalari, muammolarini o‘rganayotgan o‘qituvchilar,
ilmiy-tadqiqodchilar, amaliyotchilarning fikricha, pedogogik texnologiya - bu faqat axborot
texnologiyasi bilan bog‘lq hamda o‘qitish jarayonida qo‘llanlshi zarur bo‘lgan TSO,
kompyuter, masofali o‘qish yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. Bizning
fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi bu o‘qituvchi va o‘quvchining
belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishshlari uchun tanlangan
texnologiyalarga bog‘liq deb xisoblaymiz, ya‘ni tabiatshunoslik darslarida maqsad bo‘yicha
kafolatlangan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta‘lim texnologiyasi o‘qituvchi va
o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik faoliyatni tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha
olsa, o‘quv jarayonida o‘quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijobiy ishlay olsalar, izlansalar,
tabiat hodislarini tahlil eta olsalar, o‘zlari xulosa qila olsalar, o‘zlariga, guruhga, guruh esa
ularga baho bera olsa, o‘qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va
sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha anashu o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi.
Har bir dars, mavzu, o‘quv predmetining o‘ziga xos texnologiyasi bor. Shuningdek,
tabiatshunoslik darsidagi pedogogik texnologiya - bu yakka tartibdagi jarayon bo‘lib, u
o‘quvchining tabiatni qay darajada idrok etaolishidan kelib chiqqan holda bir maqsadga
yo‘naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan
pedagogk jarayondir.
Boshlang'ich sinflarning tabiatshunoslik darslarida
maqsadni amalga oshishi va
kafolatlangan natijaga erishish, ham o‘qituvchi, ham o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyati
hamda ular qo‘ygan maqsad, tanlangan mazmun, metod, shakl, vositaga, ya‘ni
texnologiyaga bog‘liq.
O‘qituvchi va o‘quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani
tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga
erishishga qaratilgan, bunda o‘quvchilarning tabiatga bo‘lgan muhabbati, guruh xarakteri,
sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun
bolalarni darsdan so‘ng yoki birio-bir kunda manzarali tabiat qo‘ynida sayl qildirish
lozimdir, balki tabiatshunoslikka oid video lavhalar, tarqatma material, chizma va plakatlar,
turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo‘ladi, bular o‘qituvchi va o‘quvchiga
bog‘liq.
Shu bilan bir qatorda boshlang'ich sinflarning tabiatshunoslik
o‘qitish jarayonini
oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda o‘qituvchi o‘quv predmetining o‘ziga xos
tamonini, joy va sharoitni, TSO ni, eng asosiysi, o‘quvchining imkoniyati va ehtiyojini
hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Shundagina
kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqacha qilib aytganda, o‘quvchini
tabiatshunoslikning markaziga olib chiqishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |