69
rivojlantirishga tegishli me‘yoriy – huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida olib
borilayotgan ishlar ko‗lami jihatdan salmoqlidir.
Oziq – ovqat maxsulotlari sifatini boshqarish va ularning xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha xalqaro hujjatlar tahlilida
Yevropa Ittifoqida oziq – ovqatlarning xavfsizligiga qo‗llaniladigan quyidagi direktivalar amal qiladi:
29.04.2004 yildagi oziq – ovqatlar gigienasi bo‗yicha YeS 852/2004 (14.06.1993 yildagi YeS 93/43 Direktiva bilan
almashtirishgan).
29.04.2004 yildagi jonivorlardan olinadigan oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida davlat nazoratini
tashkillashtirish bo‗yicha talablardan tarkib topgan YeS 854/2004 Direktivadir.
Direktiva talablari umumiy tavsifi hamda ishlab chiqarish texnologiyalaridan kelib chiqib, har bir korxona
aniqlashtirilmog‗i lozim. Shu tariqa oziq – ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizligini zarur darajada ta‘minlash,
saqlash uchun NASSR – XASSP (Hazard Analysis and Critical Control Points – xavf – xatarlar tahlili va kritik
nazorat nuqtalari, XT va KNN) tizimini korxonalarda ishlab chiqis h va joriy etish tavsiya etiladi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun 2005 yil 1 iyuldan kirish komponentlari (xom ashyo)dan boshlanib va yakuniy
mahsulotni iste‘molchiga yetkazishgacha texnologik zanjirning aniq va ravshanligi majburiydir. Yevropaning
ko‗plab mamlakatlarida, O‗zbekistonda ham oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda sifat va xavfsizlik
talablarini o‗rnatuvchi milliy standartlar va boshqa me‘yoriy hamda qonuniy hujjatlar mavjud.
Oziq – ovqat korxonalarida mahsulot xavfsizligi va sifatini boshqarish tizimiga yagona xalqaro talablarning mavjud
emasligi ISO 22000 seriyali ―Oziq – ovqat mahsulotlarining xavfsizlik menejmenti tizimi. Yetkazib berish
zanjirining barchasiga talablar‖ni ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi va u 2005 y ilning sentabridan amalga
kiritilgan.
Hozirgi kunda O‗zbekistonda sifat menejmenti tizimi talablarini o‗rnatuvchi O‘zDSt ISO 22000:2010 va ISO
22000:2018 ―Oziq – ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmenti tizimi. Oziq – ovqat mahsulotlarini yaratish zanjirida
qatnashuvchi tashkilotlarga talablar‖ standarti qabul qilingan va joriy etilgan. standartning asosiy maqsadi dalada,
fermer xo‗jaliklaridan boshlanib, do‗kongacha bo‗lgan tugallangan zanjir doirasida ushbu mahsulotlar xavfsizligini
boshqarish global uyg‗unlashuvi sanaladi.
ISO 22000:2005 – bu standartlar oilasining dastlabkisi bo‗lib, u o‗z ichiga quyidagi hujjatlarni qamrab oladi:
ISO/TS 22004:2005 ―Oziq – ovqat xavfsizligi tizimi - ISO 22000:2005 ni qo‗llash bo‗yicha qo‗llanma‖. U 2005 yil
noyabrda nashr etilgan.
ISO/TS 22003:2007 ―Oziq – ovqat xavfsizligi tizimi. Oziq – ovqat xavfsizligi tizimini sertifikatlashtiruvchi va audit
o‗tkazuvchi idoralar uchun talablar‖. U sertifikatlashtirish idorasini akkreditlashtirish bo‗yicha uyg‗unlashtirilgan
qo‗llanma bo‗lib, oziq – ovqat xavfsizligi tizimi auditi bo‗yicha qoidalarni aniqlaydi. Ushbu standart 2006 yilning
birinchi kvartalida nashr etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: