63
Standartlashtirish bo‗yicha quyi qo‗mitani tuzish uchun kamida uchta TQga a‘zo tashkilot uning ishida ishtirok
etishga tayyorligini bildirishi kerak.
10. Quyi qo‗mitalarni tuzish, ularning raislari va mas‘ul kotiblarini tayinlash ushbu Nizomning 53-bandigamuvofiq
TQga a‘zo tashkilotlarning ovoz berishi orqali amalga oshiriladi.
11. TQ doirasida aniq loyiha bo‗yicha ishlarni tashkil etish uchun quyi qo‗mita ushbu Nizomning 32-
bandigamuvofiq TQga a‘zo tashkilotlar va manfaatdor tomonlardan tashkil topgan ishchi guruhlarni ta shkil etishi
mumkin.
Ishchi guruhlarni tuzish, ularning rahbarlarini tayinlash ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq TQga a‘zo
tashkilotlarning ovoz berishi orqali amalga oshiriladi
Ishchi guruhning faoliyati loyiha tugagandan so‗ng to‗xtatiladi.
12. TQ tuzilmasi va tarkibining o‗zgarishi to‗g‗risidagi axborot qaror qabul qilingan kundan boshlab o‗n kun
mobaynida Institutga yuboriladi.
3-bob. TQ faoliyatini tashkil etish va tugatish
13. Har qanday manfaatdor tomon TQni tashkil etish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega.
14. TQ faoliyatini ta‘minlash TQ kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi.
TQ kotibiyati faoliyatning Institut, muayyan sohalariga va mahsulot turlariga, uni ishlab chiqarish, ekspluatatsiya
qilish (foydalanish), saqlash, tashish (transportda tashish), realizatsiya va utilizatsiya qilish jarayonlariga
ixtisoslashgan yoki ishlarni bajarish va xizmatlar ko‗rsatishga hamda ushbu sohada eng yuqori ilmiy -texnik
salohiyatga ega bo‗lgan yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari yoki boshqa manfaatdor tomonlar tomonidan yuritiladi.
15. TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirayotgan tashkilot quyidagilarga ega bo‗lishi lozim:
TQ faoliyatining tegishli sohasida o‗qigan va ish tajribasiga ega bo‗lgan standartlashtirish sohasidagi mutaxassislar;
zarur moddiy-texnik baza va aloqa vositalari;
hujjatlarni chet tilidan davlat tiliga tarjima qilishni tashkil etish imkoniyati.
16. TQni shakllantirish uchun tashabbus ko‗rsatuvchi standartlashtirish bo‗yicha texnik qo‗mitaning ishida ishtirok
etish uchun TQ va uning taxmin qilingan faoliyat sohasini tuzish zarurati asoslarini keltirgan holda ushbu
Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‗yicha standartlashtirish bo‗yicha texnik qo‗mita sining namunaviy ish
dasturi loyihasiga va TQ to‗g‗risidagi nizom loyihasiga binoan standartlarning davlatlararo tasniflagichiga muvofiq
kodlar bilan standartlashtirish ob‘ektlarini o‗z ichiga olgan taklif-xatni Institutga, shuningdek, barcha manfaatdor
shaxslarga yuboradi.
17. Manfaatdor tomonlarning ko‗pchiligiga TQni tuzishni boshlash haqida ma‘lumot berish uchun Institut, Agentlik
va Institutning rasmiy saytida tegishli xabarnomani joylashtiradi.
18. TQ tarkibi manfaatdor shaxslarning manfaatlarini hiso bga olgan holda quyidagilarning vakillaridan
shakllantiriladi:
TQ faoliyati sohasiga tegishli sohaga taalluqli bo‗lgan tartibga solish doirasiga doir davlat va xo‗jalik boshqaruv
organlari;
TQ faoliyati sohasiga tegishli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar (iste‘molchilar) bo‗lgan tashkilotlar;
TQ faoliyati sohasiga tegishli mahsulotlar iste‘molchilari (buyurtmachilari) bo‗lgan tashkilotlar;
iste‘molchilarning jamoat birlashmalari;
ilmiy-tadqiqot institutlari, ta‘lim muassasalari;
Institut;
muvofiqlikni baholash organlari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: