57
manfaatdor tashkilotlar vakillarining, shu jumladan standartning ko‗rilayotgan loyihasi bo‗yicha qaror qabul qilishga
vakolatlangan buyurtmachilar (asosiy iste‘molchilar)ning vakillari ishtirokida kelishuv majlisini o‗tkazadi.
Standart loyihasining aniqlik kiritilgan tahririning alohida moddalari bo‗yicha kelishmovchiliklar bor bo‗lsa,
majlis bayonnomasida tashkilotlarning vakillari bu moddalar bo‗yicha alohida fikrga ega, deb ko‗rsatiladi.
Majlisda qabul qilingan qarorlar asosida standart loyihasining oxirgi tahriri tuziladi, tushuntirish yozuvi va
asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritiladi.
Standart loyihasining oxirgi tahririni tasdiqlashga taqdim etish oldidan ishlab chiquvchi tashkilot
buyurtmachi-tashkilotga (asosiy iste‘molchiga) kelishishlik uchun jo‗natadi.
Standart loyihasini kelishishlik standart loyihasi keltirilgan kundan boshlab ko‗pi bilan 15 kun muddat ichida
amalga oshiriladi.
Yangi (takomillashtiriladigan) mahsulot yaratish bo‗yicha ishlar tarkibida olib boriladigan, standart
loyihasini ishlab chiqishda standart loyihasini qabul komissiyasi, badiiy -texnik kengash (BTK), degustatsiya
(sifatini aniqlash) komissiyasi va boshqalar, manfaatdor tashkilotlarning mas‘ul vakillari ishtirokida kelishib oladi.
Standart loyihasining kelishilganligini tasdiqlovchi hujjat tajriba nusxaning qabul dalolatnomasi (BTQ
bayonnomasi) dan iborat bo‗ladi.
Standartga kiritiladigan o‗zgartirishlar, agar ilgari kelishishgan tashkilotlarning manfaatlariga ta‘sir etmasa,
faqat buyurtmachi (asosiy iste‘molchi) bilan kelishib olinadi.
Standart loyihasining oxirga tahririni tasdiqlashga taqdim etishda oldin tayanch tashkilot yoki o‗ziga
biriktirilgan mahsulotga oid yoki faoliyat sohasida standartlashtirish bo‗yicha TQ standartni ilmiy -texnikaviy va
huquqiy ekspertizadan o‗tkazadi.
4-bosqich. Ishlab chiquvchi-tashkilot standart loyihasini tasdiqlashga quyidagi hujjatlar bilan birga taq dim
etadi:
- ilova xati;
- standart loyihasining oxirgi tahririga tushuntirish yozuvi;
- asosiy tadbirlar rejasining loyihasi;
- standart loyihasi 4 nusxada, bundan ikkitasi birinchi bo‗lishi lozim;
- standart loyihasining kelishishganligini tasdiqlovchi asl hujjatlar;
- standart loyihasiga fikr-mulohazalar to‗plami;
- kelishmovchiliklar to‗g‗risidagi ma‘lumotnoma;
- elektron versiya;
Standartni tasdiqlagan idoraning qarori bilan standart tasd iqlanadi va amalga kiritiladi.
O‗zstandart Agentligi standartni davlat ro‗yxatidan o‗tkazadi.
Eksport uchun mo‗ljallangan mahsulotga qo‗shimcha talablar davlat ro‗yxatidan o‗tkazilmaydi.
Standart davlat ro‗yxatiga 4 nusxada taqdim etiladi: asliyat, ikkinchi nusxa (dublikat) va ikkita nusxa.
Standartning ikkinchi nusxasi standart asliyatiga o‗xshash bo‗lishi va undan zarur sifatli nusxa olishni
ta‘minlashi kerak.
Standart davlat ro‗yxatiga ikki tilda: davlat va rus tillaritsa taqdim etilishi lozim.
Standartga zarur bo‗lganda kiritiladigan tuzatishlar qo‗ldan qora tush, pasta, siyoh bilan aniq yozilishi,
birinchi varaqning orqa betida izohlangan va rahbar (rahbar muovini) imzosi va ro‗yxatdan o‗tkazishga taqdim etgan
idora (tashkilot) ning muhri bilan tasdiqlangan bo‗lishi lozim.
Standart davlat ro‗yxatidan ko‗pi bilan 5 kun muddatda o‗tkaziladi.
Standartni belgilash, standartni tasdiqlagan tashkilotdan qati nazar, O‗zstandart Agentligi tomonidan amalga
oshiriladi. Standart belgisi quyidagilardan iborat bo‗ladi:
- hujjat indeksi – O‘z DSt
- ro‗yxatga olingan tartib raqami;
- ikki nuqta bilan ayirilgan tasdiqlash yilining to‗rtta raqami: masalan, O‘z DST 789:1997
Standart asliyati, ikkinchi nusxasi va ikkita nusxasining birinchi betlarida ro‗yxatga oluvchi idora ro‗yxatga
olgan idora nomi, sana va davlat ro‗yxatidan o‗ggan nomeri ko‗rsatilgan shtamp bosadi.
Standartning ikkinchi nusxasi va bir nusxa O‗zstandart Agentligida qoladi.
Standart asliyati va nusxaning ikkinchisi ishlab chiquvchiga qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: