Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet388/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xulosalar 
 
1.
Iqtisodiy taraqqiyot uning bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki tomoni: 
ishlab chiqaruvchi kuchlar (tabiat, kapital, ishchi kuchi) va iqtisodiy munosabatlari 
(ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va istemol jarayonlarida kishilar o‘rtasida 
sodir bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar)ning o‘zaro ziddiyatda bo‘lib, bir-biriga 
ta’siri natijasida ro‘y beradi.
2.
O‘zbekiston siyosiy mustaqillikka erishgach bozor iqtisodiyotiga 
asoslangan, asta sekinlik bilan, lekin izchil amalga oshiriladigan evolyusion 
taraqqiyot yo‘lini tanladi va “O‘zbek modeli” nomi bilan mashhur bo‘lgan 
modelda belgilangan besh tamoyil asosida rivojlandi. Bu rivojlanishning xarakterli 
belgilari shundan iboratki: 


516 
a) iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari va modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgarish 
jarayonlari tez sur’atlar bilan bormoqda; 
b) barpo etilayotgan yangi tarmoqlar va yangi korxonalar fan-texnika 
taraqqiyotining eng so‘ngi yangiliklari va eng yangi texnologiyalar asosida tashkil 
etilishi; 
v) amalga oshirilayotgan modelning xalqchilligi, ya’ni unda xalqimizning 
orzu-umidlari, ezgu niyatlari mujassamlangan bo‘lib, uni hamma aholimiz qo‘lab-
quvvatlab, amalga oshirish jarayonida faol ishtirok etayotganligidir. 
3.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko‘p omilli va ziddiyatli jarayon 
hisoblanib, u asosan iqtisodiy o‘sishda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish bevosita 
yalpi ichki mahsulot mutlaq hajmi va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan 
miqdorining o‘sishi hamda sifatining yaxshilanishida, tarkibining takomillashuvida 
ifodalanadi. 
4.
Iqtisodiy o‘sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan 
qo‘llaniluvchi «70 miqdori qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu 
qoidaga ko‘ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YaIM hajmini 2 
baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik 
o‘sish sur’atiga bo‘lish kerak bo‘ladi.
5.
Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv turlari mavjud. Ishlab 
chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish 
omillari miqdorining ko‘payishi orqali o‘sish ekstensiv iqtisodiy o‘sish deyiladi. 
Ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg‘or ishlab 
chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, 
shuningdek, mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li 
bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish intensiv iqtisodiy o‘sish deyiladi.
6.
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga 
ajratish mumkin: taklif omillari va taqsimlash omillari. Taklif omillariga tabiiy 
resurslarning miqdori va sifati; mehnat resurslari miqdori va sifati; asosiy kapital 
(asosiy fondlar) ning hajmi; texnologiya va fan-texnika taraqqiyotini kiritish 
mumkin. Resurslarning o‘sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli 


517 
mahsulotning mutlaq miqdorini oladigan qilib taqsimlashga xizmat qiluvchi 
omillar taqsimlash omillari deyiladi. 
7.
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish omillarini o‘rganish hamda uning 
kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli 
iqtisodiy o‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o‘z mazmuniga 
ko‘ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy 
muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab 
chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.
8.
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan 
yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual 
hamda tabiiy boyliklardan iboratdir. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish