kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga qarab hal etiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar
tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi
haqida”gi qarorining
29
,
30
,
32
,
34 — 38-bandlari
, “Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish
shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibi”
namunaviy qoidalarining
(ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 2.36, 2.37 va 2.38-bandlari.
5) o‘rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi munosabati
bilan, shuningdek mehnat shartlariga ko‘ra o‘rindoshlik ishi cheklanishi sababli o‘rindoshlar bilan
mehnat shartnomasining bekor qilinganligi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar
tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi
haqida”gi qarorining
39-bandi
, “Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar,
korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibi”
namunaviy qoidalarining
(ro‘yxat raqami: 746,
14.06.1999-y.) 2.30-bandi.
Oldingi
tahrirga qarang.
6) korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter
lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilgan
mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor qilinganligi. Mazkur asos bo‘yicha
mehnat shartnomasini korxona mulk qilib olingan kundan boshlab uch oy mobaynida bekor
qilishga yo‘l qo‘yiladi. Xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri, mehnat to‘g‘risidagi
qonunlar hamda boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan vaqti, uzrli
sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan boshqa davrlari bu muddatga kiritilmaydi;
(100-moddaning ikkinchi qismi 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Keyingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
7) xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi,
qonun hujjatlariga
muvofiq yoshga doir davlat
pensiyasini olish huquqi mavjud bo‘lganda.
(100-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli
Qonuniga
muvofiq 7-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Keyingi
tahrirga qarang.
Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa
normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan davrida mehnat shartnomasini ish
beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, korxona butunlay tugatilgan hollar
bundan mustasno.
Keyingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: