10-Mavzu. Aholi daromadlari va turmush farovonligi


 O’zbekistonda davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo’nalishlari



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana30.12.2021
Hajmi0,49 Mb.
#90730
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-Mavzu. Aholi daromadlari va turmush farovonligi 47fd0cd870b543a37b3abc91dde30ecc

 

10.3. O’zbekistonda davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo’nalishlari 

Davlatning  ijtimoiy  siyosati  tegishli  markazlashgan  daromadlarni 

tabaqalashgan soliq solish yo’li bilan shakllantirish va uni byudjet tizimi orqali 

aholi turli guruhlari o’rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarini 

qayta  taqsimlashda  ijtimoiy  to’lovlar  bilan  birga  bozor  narxlarini  o’zgartirish 

(masalan, fermerlarga narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini 

belgilash  usullaridan  foydalanadi.  Bundan  ko’zlangan  “...maqsad  –  iqtisodiyot 

va  ijtimoiy  sohadagi,  eng  muhimi,  odamlarning  hayot  darajasidagi  jiddiy 

tafovutni bartaraf etishdir”

2

 



O’zbekistonda  davlatning  ijtimoiy  siyosatini  amalga  oshirish 

maqsadlaridan kelib chiqib, byudjetning ijtimoiy yo’naltirilganlik tavsifi saqlab 

qolinadi.  Davlat  byudjeti  harajatlar  qismining  60  foizdan  ortig’i  ijtimoiy 

ehtiyojlarni moliyalashtirishga qaratiladi. 

Ijtimoiy  to’lovlar  –  kam  ta’minlanganlarga  pul  yoki  natural  yordam 

ko’rsatishga  qaratilgan  tadbirlar  tizimi  bo’lib,  bu  ularning  iqtisodiy  faoliyatda 

qatnashishi bilan bog’liq bo’lmaydi. Ijtimoiy to’lovlarning maqsadi jamiyatdagi 

munosabatlarni  insonparvarlashtirish  hamda  ichki  talabni  ushlab  turish 

hisoblanadi. 

Ijtimoiy  siyosat  –  bu  davlatning  daromadlar  taqsimotidagi  tengsizlikni 

yumshatishga  va  bozor  iqtisodiyoti  qatnashchilari  o’rtasidagi  ziddiyatlarni 

bartaraf qilishga yo’naltirilgan siyosatdir. 

Respublikada bozor munosabatlariga o’tish davrida ijtimoiy siyosat aholini 

ijtimoiy  qo’llab-quvvatlash  va  himoya  qilishga  qaratiladi  hamda  alohida  yirik 

yo’nalishlarda amalga oshiriladi. 

                                                 

2

Мирзиёев  Ш.М.  Танқидий  таҳлил  қатъий  тартиб-интизом  ва  шахсий  жавобгарлик  -  ҳар  бир  раҳбар 



фаолиятининг кундалик ҳоидаси бўлиши керак.Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.22-бет. 


Aholini  ijtimoiy  himoyalash  chora-tadbirlari  tizimidagi  eng  asosiy 

yo’nalish  –  bu  narxlar  erkinlashtirilishi  va  pulning  qadrsizlanish  darajasi  ortib 

borishi  munosabati  bilan  daromadlarning  eng  kam  va  o’rtacha  darajasini 

muntazam  oshirib  borish  hisoblanadi.  Bunda  respublikaning  o’ziga  xos 

yondashuvi  ishlab  chiqilib,  daromadlar  nisbatini  o’zgartirish,  ish  haqi, 

pensiyalar,  stipendiyalarning,  jamg’arma  banklardagi  aholi  omonatlari 

stavkalarining  eng  oz  miqdorini  bir  vaqtning  o’zida  qayta  ko’rib  chiqish  yo’li 

bilan  amalga  oshiriladi.  Daromadlar  nisbatini  o’zgartirishda  respublikada  joriy 

etilgan  yangi  yagona  ta’rif  setkasi  katta  ahamiyatga  ega  bo’ldi.  Bu  barcha 

toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini tarif koeffitsientlari orqali, eng 

kam ish haqi vositasi bilan bevosita o’zaro bog’lash imkonini berdi. 

Aholini  ijtimoiy  himoyalashning  ikkinchi  yo’nalishi  -  ichki  iste’mol 

bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari 

asosiy turlari iste’molini muayyan darajada ushlab turish hisoblanadi.   

Iqtisodiy  islohotlarning  ilk  bosqichida  ijtimoiy  siyosatni  amalga 

oshirishning  uchinchi  yo’nalishi  –  aholining  kam  ta’minlangan  tabaqalarini 

ijtimoiy  himoyalash  va  qo’llab  -  quvvatlash  borasida  kuchli  chora-tadbirlar 

o’tkazilganligi  bo’ldi.  Bu  yo’nalishda  aholining  ijtimoiy  jihatdan  nochor 

qatlamlari  -  pensionerlar,  nogironlar,  ko’p  bolali  va  kam  daromadli  oilalar, 

ishsizlar,  o’quvchi  yoshlar  hamda  qayd  etilgan  miqdorda  daromad  oluvchi 

kishilar turli xil yo’llar bilan himoya qilib boriladi. 

Yalpi  ijtimoiy  himoyalash  tizimidan  ishonchli  ijtimoiy  kafolatlar  va  aholini 

ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o’tish – ijtimoiy siyosatni amalga 

oshirishda,  ijtimoiy  himoya  vositasini  kuchaytirishda  sifat  jihatdan  yangi  bosqich 

boshlashini bildiradi. 

 Bu  siyosat  ijtimoiy  himoya  aniq  maqsadi  va  aholining  aniq  tabaqalarini 

qamrab olishni ko’zda tutadi.   

Ijtimoiy  ko’maklashishning  yangi  tizimida  bolalar  va  kam  daromadli 

oilalar yordamdan bahramand bo’luvchilar hisoblanib, ular uchun hamma nafa-

qa  va  moddiy  yordamlar  faqat  mahalla orqali  yetkazib  beriladi. Shu  maqsadda 

mahallalarda  byudjet  mablag’lari,  korxona  va  tashkilotlar,  tadbirkorlik 

tuzilmalari  va  ayrim  fuqarolarning  ixtiyoriy  o’tkazgan  mablag’lari  hisobidan 

maxsus jamg’armalar hosil qilindi. 

Respublika  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoev  qayd  qilib  o’tganidek: 

“...islohotlarning  asosiy  maqsadi 

  aholi  uchun  munosib  hayot  darajasi  va 



sifatini ta’minlashdir”

3

 



Davlatning  ijtimoiy  siyosati  ijtimoiy  sohani  rivojlantirishni  ham  o’z 

ichiga  oladi.  “Harakatlar  strategiyasi”  da  uning  ustuvor  yo’nalishlari  sifatida 

quyidagilar ko’rsatiladi: 

  aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish; 



                                                 

3

Мирзиёев  Ш.М.  Танқидий  таҳлил  қатъий  тартиб-интизом  ва  шахсий  жавобгарлик  -  ҳар  бир  раҳбар 



фаолиятининг кундалик ҳоидаси бўлиши керак.Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.6-бет. 


 

aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  va  sog’liqni  saqlash  tizimini 



takomillashtirish; 

  arzon uy-joylar qurish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, 



aholining  hayot  sharoitlari  yaxshilanishini  ta’minlovchi  yo’l-transport, 

muhandislik-kommunikatsiya  va  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish  hamda 

modernizatsiya qilish; 

 



ta’lim va fan sohasini rivojlantirish; 

  yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. 



Shunday  qilib,  islohotlar  davrida  davlat  aholining  muhtoj  tabaqalarini  qo’llab-

quvvatlash  bilan  birga,  o’z  mehnat  faoliyati  orqali  oilasining  farovonligini 

ta’minlashga  intiluvchi  kishilar  uchun  teng  sharoit  va  qulay  imkoniyat 

yaratishga harakat qiladi.



 

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish