jamiyatlariga qilingan investitsiyalar bo`yicha
Investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar
Boshqa foizsiz daromadlar
Bankning asosiy vositalaridan ijarasidan
Boshqa ko`chmas mulklarga qilingan investitsiyalar bo`yicha
Hisobdan chiqarilgan mablag`larning qaytarilishi
Bank asosiy vositalari va ko`chmas mulklarini sotish bo`yicha
Boshqa foizsiz daromadlar
4
.
Agar biz asosiy e’tiborni tijorat banklarining daromadiga qaratadigan
bo‘lsak, u holda shuni alohida ta’kidlash lozimki, ularning daromadlari olingan
barcha foizlar, komission yig‘imlar va dividendlardan tashkil topadi.
Tijorat banklarining daromadlari va ularning iqtisodiy mazmuni to‘g‘risida
fikr bildirilayotgan paytda bank faoliyatining va shu joydagi mehnatning
xarakterli xususiyatlari ham nazardan chetda qolmasligi kerak. Tijorat banklari
o‘zlarining faoliyatlari davomida xizmatlar ko‘rinishidagi mahsulot yaratadilar va
shu mahsulotni yaratuvchi xizmatlar juda ham xilma-xil xarakterga egadir.
Birinchidan, ana shunday xizmatlardan biri vositachilik xizmatlari deb ataladiki,
ular huquqiy va jismoniy shaxslarning mablag‘larini saqlash, hisob-kitoblarni
amalga oshirish, kredit berish va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlardir.
Ikkinchidan, ma’lum darajada daromadli (samarali) xizmatlarni tijorat banklari
ko‘rsatib, ularga lizing operatsiyalari, shartnoma asosida qtisodiy ekspertiza,
4
Sh. Abdullayeva Bank ishi Toshkent 2003 y
xo‘jalik faoliyatining tahlili, maslahatlar berish va boshqalar kiradiki, ularni,
bizning fikrimizcha, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarga tenglashtirish mumkin.
Rivojlangan xorijiy bank amaliyotiga nazar solsak, u holda hozirgi
sharoitda ularning daromadlari ko‘pincha kreditlarni berish orqali olinadigan
foizlar hisobidan shakllanayotganligining guvohi bo‘lamiz. Xuddi shu holatda n
bo‘lsa kerak, juda ko‘p iqtisodiy adabiyotlarda olingan foizlar tijorat banklarining
daromadlari sifatida talqin qilinayotir. Bizning fikrimizcha, bank daromadlarini
bu tarzda talqin etish o‘zining etarli asosiga ega emasdir, chunki, berilgan
kreditlar uchun olingan foizlar kreditlar bo‘yicha daromad hisoblanadi va foiz
berilgan kreditning daromadliligini aniqlab beradi.
Bank aktiv operatsiyalarining eng asosiysi bo‘lgan bu faoliyatdan olingan -
«daromad jalb qilingan resurslar hisobidan berilgan kreditlar bo‘yicha olingan
foizlar bilan jalb qilingan resurslar bo‘yicha bank tomonidan to‘langan foizlar
o‘rtasidagi farqdan iborat»dir. SHu bilan birgalikda, aslida bu erda mana shu
operatsiyalar hissasiga to‘g‘ri keladigan, bank tomonidan amalga oshiriladigan
moddiy xarajatlarni ham hisobga olish kerakdir.
Tijorat banklarining faoliyatiga diqqat bilan nazar soladigan bo‘lsak, «bank
pul mablag‘larini mijozlarga joylashtirishdan olingan foizlar bank faoliyatidan
olingan daromadlar»ga mos tushishini aniqlashimiz mumkin. SHu bilan birgalikda
«barcha operatsiyalar bo‘yicha "tijorat bankining daromadi pul mablag‘lari
tushumi bilan o‘sha operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy
xarajatlar o‘rtasidagi farqdan iborat» ekanligi ham esdan chiqmasligi lozim.
Ma’lumki, «tijorat banklari hisob-kitob operatsiyalarini, hisob-kassa xizmatini
ko‘rsatish va fond operatsiyalari bo‘yicha ham ma’lum daromadga ega
bo‘ladi»lar. Bizning nazarimizda, ushbu operatsiyalar bo‘yicha tijorat
banklarining daromadlari komission mukofotlari (yirimlar, to‘lovlar) va moddiy
xarajatlar o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘lishi, shubhasiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari o‘z mablag‘larini qimmatli
qog‘ozlarga joylashtirishdan olingan dividentlar ko‘rinishida ham daromadga ega
bo‘lishlari mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, tijorat banklarining daromadi ular
foydasidan farqli qlaroq murakkab tabiatga egadir. Aslida esa tijorat banklarining
daromadi bank ixtiyoriga kelgan tushum bilan moddiy xarajatlar o‘rtasidagi
farqdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromad ko‘rsatkichining moliyaviy
adabiyotlarda va kundalik amaliyotda mustahkam o‘rin olishi boshqa bir
tomondan xujalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini baholash va ragbatlantirishda
daromad
kursatkichi
imkoniyatlarining
yo‘q bo‘lib qolganligi yoki
pasayganligidan dalolat bermaydi. Aksincha, bunday sharoitning vujudga
kelganligi, bizning fikrimizcha, daromadning roli va funksiyalari yanada
kuchayganligini ko‘rsatadi. Xuddi shuning uchun ham, bizning nazarimizda,
shu kecha-kunduzning eng muhim vazifalaridan biri daromadning hajmiga
ta’sir ko‘rsatuvchi barcha omillarni bilish, uni shakllantirish jarayonini oqilona
boshqarishni bilish yoki uddasidan chiqishdan iboratdir. Agar bular tijorat
banklari faoliyatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi inobatga olinadigan
bo‘lsa, uning alohida ahamiyatga ega ekanligi yanada yaqqolroq ko‘zga
tashlanadi.
Avvalo, tijorat banklari daromadlarining iqtisodiy mazmuni to‘g‘risida
gapiradigan bo‘lsak, ular yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, tijorat banklarining
turli xil vazifalari zamirida vujudga keladi. Tijorat banklarining daromadi
ssuda va investitsiya operatsiyalari bo‘yicha, foyda normasiga, kursatilgan
xizmatlar uchun undiriladigan to‘lovlar miqdoriga, shuningdek aktivlarning
miqdori va tarkibiga bog‘liqdir.
SHuni alohida qayd etib o‘tishimiz lozimki, tijorat banklarining faoliyati
nihoyatda keng qamrovli va xilma-xildir. YAgona bir xolding kompaniyalari
ko‘rinishida, tijorat banklari va uning joylardagi filiallari ko‘rsatadigan
xizmatlarning xilma-xilligiga, mumkin qadar o‘z mijozlariga xizmat
ko‘rsatishning qulay hamda arzon turli ko‘rsatmalar, buyruqlar sonini bir qadar
cheklangan tartibda qullash imkoniyatlari rivojlanmoqda.
So‘nggi vaqtlarda bank ishiga kiritilayotgan muhim yangiliklardan biri
kredit kartochkalarini qo‘llash, ishbilarmonlar firmalarga zamonaviy xalqaro
andozalar asosidagi hisob varaqalari asosida buxgalteriya xizmatlarini
ko‘rsatish, faktoring operatsiyalari, ijarani moliyalashtirish, evrodollar
bozoridagi operatsiyalarda ishtirok etish favqulodda holatlarda pul hujjatlarini
inkassatsiyalash uchun abonent yashiklari tizimidan foydalanish va boshqalar.
Dunyo miqyosida tan olinayotgan eng ilg‘or va zamonaviy bank
texnologiyalarini O‘zbekiston bank tizimiga qo‘llash bu o‘z-o‘zidan
banklarking daromadlarining ko‘lamini kengaytirib bormoqda.
Tijorat banklari daromadining mohiyati va boshqa moliyaviy
institutlaridan farqlanib turuvchi xususiyati - bank pul resurslarini tashkil etib
va ularni yuqori daromadli bank portfellarini yaratish layoqati bilan
xususiyatlanadi.
Tijorat banklari resurslarini tashkil qilish imkoniyatlari iqtisodiyot uchun
muhim ahamiyat kasb etadi. Ular moslashuvchan kredit tizimini amalga
oshirmoqda, qaysiki iqtisodiyotni barqaror rivojlanishiga zarur shart-sharoitlarni
yaratib bermoqda.
Bank kreditlari iqtisodiyot uchun nihoyatda muhimdir, chunki ular
qishloq xo‘jaligini, savdo va sanoatni moliyalashtirishni ta’minlaydi. Kreditlar,
boshqacha qilib aytganda «bilvosita» yoki ko‘p bosqichli bevosita ishlab
chiqarish jarayonidan farqli ravishda (ishlab chiqarish tizimida)dagi erga ishlov
berib iste’mol mollari oladigan yoki tabiiy resurslardan foydalaniladigan
tarmoqlarni rivojlantirish imkoniyatiga ega.
Bank kreditlaridan foydalanish natijasida fermerlar, qishloq xo‘jaligi
korxonalari urug‘likni, em mahsulotlarini, o‘g‘itlarni va boshqa mahsulotlarni,
ya’ni qishloq xo‘jaligi uchun eng zarur xom-ashyo va mahsulotlarni sotib
olishga imkoniyat yaratiladi. Bank kreditlari ishbilarmonlarni xom-ashyo va
ishlab chiqarish mashinalari sotib olishligini ta’minlaydi, bu esa o‘sha
mahsulot iste’molchilari, sanoat va hukumat uchun nihoyatda zarur
hisoblanadi. Ulgurji va chakana savdo firmalari bank kreditlari shakllaridan
unumli foydalanib o‘z omborlarini to‘ldiradi va iste’molchilarga yo‘naltiradi.
Tijorat banklarining transport kompaniyalariga ko‘rsatadigan moliyaviy
yordamlari natijasida qulayliklar yuzaga kelishi hamda ishlab chiqaruvchilardan
so‘nggi iste’molchilarga mahsulotlarni yuklab jo‘natishda ham qulayliklar
yuzaga keladi. Bundan tashqari ular qishloq xo‘jaligini, savdoni hamda sanoatni
moliyalashtiradi va ssudalar berish bilan iste’molchilar talab-ehtiyojini
qondirishni qulaylashtiradi.
Tijorat banklari daromadi iqtisodiy mazmunining yana bir muhim
xususiyati — to‘lov mexanizmini ta’minlash yoki mablag‘larni ko‘chirishdir va
bu vazifaning ahamiyati ishonchli cheklarga va kredit kartochkalariga qaraganda
muhimlikni ta’minlaydi, to‘lov manbalaridan yuqori samara bilan foydalanish
yalpi milliy mahsulotga nisbatan moliyaviy operatsiyalar o‘sishiga qaramasdan
pul jamg‘armasining asta-sekin kamayishidan dalolat beradi.
Pul ko‘chirish operatsiyalarida sezilarli o‘rinni talab qilungunga qadar
depozitlar shaklidagi pul mablag‘lari egallaydi, ayniqsa ulardan foydalanish
samaradorligi
tobora
oshib
bormoqda.
Bu
hisob-kitoblarni
ishlash
texnologiyasining juda talab darajasida ekanligidan dalolat beradi, bu esa
ishbilarmon kompaniyalar va xususiy shaxslarni o‘z mablag‘laridan juda
samarali foydalanishga intiltiradi, hamda jamg‘armachilarga mablag‘larni tushish
o‘rtasidagi farqni qisqartiradi va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga imkon
beradi.
Plastik kartochkalarini qo‘llash tizimini yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan
tajribalar ularning kredit kartochkalarini qo‘llash tizimiga aynan o‘xshashligini
tasdiqladi. Bu bir-biriga mos banklarni kompyuterlariga kiritiladi va xarid
qiluvchi hisob varag‘idan mablag‘larni sotuvchi hisob varag‘iga ko‘chiriladi. Bu
tizimlar bank kassasi avtomatlarini ko‘plab banklarga o‘rnatishdan dalolat
beradi. Mijozni bu apparatlardan foydalanishi bank kredit kartochkalariga
bankdagi o‘z schyotidan mablag‘larini olishi va sarflashi mumkin, schyotga
pullarni kiritish, qarzlarni qaytarish, joriy schyotda o‘z jamg‘arma schyotidagi
mablag‘larni o‘tkazishni amalga oshiradi.
Tijorat banklarining muhim vazifalaridan biri — iqtisodiyotning barcha
tarmoqlari uchun, jamg‘armalarni to‘planishini ta’minlash, ularning sotsial
ehtiyojlari
va
iqtisodiyotning
turli
xil
tarmoqlarida
foydalanilishini
ta’minlashdan iborat.
Tijorat banklarida jamg‘armalar joylashtirilganda tula xavfsiz va yuqori
likvid shaklda bo‘ladi, chunki jamg‘arma egasi foiz ko‘rinishida o‘z
jamg‘armasi uchun ma’lum bir summada haq oladi. Jamg‘armalarning
to‘planishi bilan tijorat banklari ular hisobidan mablag‘larni ishbilarmonlarga
ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish uchun va iste’mol mollari va uy-joy
sotib oluvchi iste’molchilarga kreditga berishi mumkin. Bizning jamiyatimizda
etarli darajada yuksak daromadlilikka erishish uchun, jamgarish alohida
ahamiyat kasb etadi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda bank daromadlarining sezilarli qismi
tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirishdan olinadi. Masalan, jismoniy
shaxslar Fransiyadan vino, Germaniyadan avtomobil, Italiyadan poyafzal yoki
Angliyadan Ekonomist jurnaliga obuna bo‘lish bo‘yicha buyurtma beradilar,
ayrim holatlarda xorijiy sotuvchining Amerika dollarida to‘lovni olishni
istamasligi kabi holatlarga duch kelib qolishi mumkin. Binobarin, chet el
valyutasi (masalan, evro, funt sterling, ien)da to‘lovlarni utkazish uchun chet el
valyutasiga ega bo‘lishi zapyp. Buning uchun sotib oluvchi tijorat bankiga
murojaat qiladi va chet el valyutasida zarur mablag‘ni oladi
5
.
Ehtimol, sotib oluvchi tomonlarning qat’iy bo‘lmagan majburiyatlari
asosida shunday shartnoma variantini tuzmasa va u ko‘proq savdo kelishuviga
ishbilarmonlik jihatidan yondoshishni afzal ko‘radi. Muammolarni echimida
tovar akkreditivlarini sotib oluvchilarga ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘ladi,
chunki u bankning xususiy shaxs yoki firmaga ma’lum summani, ya’ni
akkreditiv xatida ko‘rsatilgan shartlarni bajarish uchun to‘lov kafolatini
(tratta) qabul qilish va to‘lash bo‘yicha yozma ravishdagi majburiyatnomasini
taqdim etadi. Qachon tovar bo‘yicha akkreditiv ko‘rsatilsa, sotuvchi va sotib
5
Лаврушин О.И. Банковское дело: учебник. 2-е изд. Перераб. и доп. / – М.: Финансы и статистика, 2008 г
oluvchi huquqlari himoyalangan: bir tomondan tovarning turi va uni jo‘natish
shartlari ko‘rsatilgan, boshqa tomondan bank majburiyati tovarni to‘lash
uchun sotuvchiga kompensatsiya qilish, sotib oluvchining moliyaviy ahvoli
to‘g‘risida ma’lumot bilan ishtirok etish. Hisob-kitoblar akkreditivlar orqali
ko‘pchilik tashqi savdo operatsiyalarida amalga oshiriladi.
CHunonchi, har bir davlatning fuqarosi xorijiy davlatlarga sayohat
qilishni istashadi, buning uchun tijorat banklarining alohida xizmatlariga
ehtiyoj sezadi. Bundan tashqari, ular o‘zlari bir qancha summadagi milliy
valyutalarini xorijiy valyutalarga almashtirishni xohlaganda, turistlar, pulli
akkreditivlar yoki turistik cheklarni sotib olishi mumkin. Tashqi savdoga va
xorijiy turizmga tijorat banklari moliyaviy xizmat ko‘rsatadilar va ular
davlatlar o‘rtasida tovar ayirboshlashni engillashtiradi va tovarlarni arzon
olishga ko‘maklashadi. Xalqaro savdoning o‘sishiga qarab tijorat banklarini
amalga oshirayotgan xalqaro hisob-kitoblari hajmi ham o‘sadi.
Bundan shu narsani aytish lozimki, yuqorida qayd etilgan xalqaro savdo
munosabatlari va xalqaro turizm bo‘yicha hisob-kitob xizmati ko‘rsatish, bu
nafaqat, mamlakat uchun katta miqdorda xorijiy va milliy valyutalarni tushishini
ta’minlaydi, balki tijorat banklari uchun ham daromadliligini ta’minladi.
Tijorat banklarining daromadlarining o‘sishi yirik material qiymatliklarni
to‘plashga olib keladi, qaysiki, o‘z navbatida tijorat banklarining ishonchli
operatsiyalarini o‘sishiga etakchi xizmat qiladi.
Jismoniy shaxslar hayoti davomida o‘z mol-mulklaridan kamtorona
foydalanishni xohlashadi. SHuning uchun o‘z tasarrufidagi mol-mulklarini
boshqarish uchun tijorat bankiga topshiradi, o‘z navbatida tijorat banklari trast
bo‘limlari ushbu mol-mulklarni merosxo‘rlari va avlodlari qiziqishiga qarab
o‘z qo‘lida tutib turadi va boshqaradi. Bir qancha mulkka egalik qiluvchi trast
bo‘limlari, shuningdek kapitalni daromadli aktivlarga investitsiya qilish uchun
ham fondlarni boshqarish va ishonchlilik shartlariga muvofiq daromadlarni
taqsimlashga javob beradilar.
Trast bo‘limlari korporatsiyalarga bir necha xizmat turlarini taqdim etadi.
Ulardan biri pensiya fondlari mablag‘larini boshqarish va foydada o‘z dasturi
bilan ishtirok etish, keyingi yillarda buning ahamiyati tez oshdi. Bu muhim
vazifaga yana shuni qo‘shimcha qilish lozimki, trast-bo‘limlari obligatsiya
zayomlari bo‘yicha agent vazifasini ko‘rsatadi, egasi yozilgan aksiyalarga
egalik qilish huquqini berish bo‘yicha agent, korporatsiyalar uchun aksiyalarini
ro‘yxatga olish kabi xizmatlarini ko‘rsatadi.
Trast bo‘limlari amortizatsiya fondlarini boshqarish mumkin va aksiya,
obligatsiyalarni
chiqarish
va
sotish
bilan
bog‘liq boshqa ko‘plab
operatsiyalarni amalga oshiradi.
Tijorat banklari daromadning yana bir muhim xususiyati — bu foizsiz
daromad olishdir. Bulardan biri qimmatliklarni saqlash operatsiyalarini
mijozlarga taqdim etish hisoblanadi.
Tijorat banklarining seyflarida qimmatliklarni saqlash bo‘yicha xizmatlarni
taqdim etishi, bu qadimiy xizmat turlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Tijorat
banklari ochilishi juda qiyin bo‘lgan, hatto eng mohir qulfbuzar o‘g‘rilar ham
ocholmaydigan seyflardan foydalanib uzoq; vaqtlar katta e’tibor bilan qimmatli
boyliklarni ishonchli saqlanishini tashkil qilmoqda.
Qimmatliklarni banklarda saqlash ikki usulda amalga oshiriladi:
1. Qimmatliklarni saqlash uchun seyflarga taqdim etish;
2. Po‘lat sandiqlarda saqlash.
Saqlash uchun seyflarni mijozlarga ijaraga ham berish mumkin.
SHartnoma bo‘yicha mijoz o‘zining qimmatliklarini holatini xohlagan vaqtda
ko‘zdan kechirishi mumkin. Tijorat banklari faqat seyf yoki yacheykani taqdim
etadi va saqlash bilan bog‘liq xizmatlarni ta’minlaydi. Nihoyat bu juda muhim
bank seyfga kirish yo‘lini nazorat qiladi. Bu ijaradagi seyf, nafaqat bank uchun
kafolatni ifodalaydi, balki uning seyfga a’zolik qilishga ruxsat etadi.
Uni amalga oshirish mijozning shaxsan tasdiqlashi bilan ta’minlanadi, ikki
tabaqali qulf va xizmat ko‘rsatuvchi xodim tomonidan eng e’tiborlilik bilan
nazorat qilinadi.
Seyfda qimmatli qog‘ozlar quyilishi mumkin, muhrlangan hujjatlar, sug‘urta
polislari va boshqa turli xil taqdim etilgan shaxsiy buyumlar, qaysiki uning egasi
uchun faqat qimmatbaho bo‘lsa. Tijorat banklari seyflarida saqlanayotgan buyumlar
qiymatini aniqlash mumkin emas.
Hukumatning qimmatbaho medallari, oltin uzuk va taqinchoqlar. Tangalar,
zulflar va xuddi shunga o‘xshash qimmatli buyumlar saqlanayotgan seyf onda-
sonda ochiladi va qaysiki mijozning o‘limidan so‘ng notarius ishtirokida
ko‘rsatiladi.
Po‘lat sandiqlarda saqlash seyflarini taqdim etishdan farq qiladi,
chunki bu holda banklarni o‘zlari qimmatliklarni saqlash uchun qabul
qiladi va agent rolini o‘ynaydi. Tijorat banklari nihoyatda xilma-xil
qimmatliklarni saqlash xizmatlari hech bo‘lmaganda saqlashga qabul qilingan
qimmatli qog‘ozlar: aksiya, obligatsiyalarni alohida tayinlangan po‘lat
sandiqlarda saqlashni tashkil qiladi.
Qimmatli kog‘ozlar. Bank ssudasi ta’minoti uchun berilgan kafolat xatlarini
qabul qilishda qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, trast bo‘limlari ishonchliligi
bo‘yicha amalga oshiriladi hamda po‘lat sandiqlarda saqlanadi. Po‘lat
saqlagichlariga ega bo‘lmagan kichik banklarga, o‘zining qimmatli qog‘ozlarini
saqlash uchun yirik banklardagi xizmatlardan foydalanadi, po‘lat sandiqlarda
qimmatli qog‘ozlarni saqlash korporatsiyalar uchun odatdagi moliyaviy va
nomoliyaviy amaliyotdir.
Ushbu turdagi bank xizmatlari ham bank daromadlari tarkibida kichik
salmoqqa ega bo‘lsada, nafaqat, mijozlarning qimmatliklarini bexavotir saqlashga,
ularni qimmatliklardan mahrum bo‘lib qolish xavfidan himoya qilishga, balki
ushbu tur xizmatlardan ham daromad olib, bank daromad bazasini
mustahkamlashga imkon yaratadi.
Biz ushbularni bayon qilib, tijorat banklari daromadlarining iktisodiy
mazmuni, ya’ni banklarning qaysi iqtisodiy jarayonlaridan daromadlar
shakllanishi, ushbu daromadlarni yuzaga kelish mexanizmi, ya’ni banklar
mijozlarga qanday vazifalarni bajarib, o‘z daromad bazasini shakllantirishga,
tijorat banklarining asosiy daromad manbalarini iqtisodiy mazmuni, shakl-
shamoyilini yoritishga harakat qildik. Bundan shy narsani xulosa kilib aytish
lozimki, tijorat banklari iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi sifatida xalq
xo‘jaligi tarmoqlariga, ya’ni xo‘jalik yurituvchi jismoniy va huquqiy
shaxslarga turli-tuman bank xizmatlarini ko‘rsatib, nafaqat iqtisodiyotni izchil
rivojlantirib borishga, balki o‘z xizmat vazifalaridan kelib chiqib, moliyaviy
imkoniyatlarini o‘shalardan kelayotgan daromadlar evaziga mustahkamlab
borishga harakat qiladi.
Aktiv operatsiyalarning daromadliligi bilan bir qatorda ularni riskka
uchrash darajasi masalasi ham muhim ahamiyatga egadir. Agar resurslar kassa
qoldig‘i, Markaziy bankdagi «Nostro» vakillik hisob varag‘i qoldig‘i,
hukumatning qimmatli qog‘ozlariga joylashtirilsa bank aktiv operatsiyalarining
risk darajasini keskin kamaytiradi, lekin ularning daromadliligiga zarar etishi
mumkin. Boshqa tomondan, aktivlarni tijorat qimmatli qog‘ozlarga, kreditlarga
va valyuta-almashuv operatsiyalariga yo‘naltirish yuqori risk darajasiga ega va
yuqori daromad keltiradi, lekin bunday operatsiyalar ko‘lamining haddan ziyod
kengayishi bank likvidliligiga jiddiy ziyon etkazib qo‘yishi mumkin. SHu
boisdan
ham
bank
aktivlari
samaradorligini
oshirishda
risklarni
minimallashtirish masalasini nazardan qochirmaslik birlamchi ahamiyatga ega
bo‘lgan voqelikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |