88
hech narsa bosa olmaydigan vosita bo‘lib xizmat qilishi shubhasizdir”
9
-
deb, ta’kidlaydi prezidentimiz Sh.Mirziyoyev.
Darhaqiqat, ushbu buyuk diniy meros oliy qadriyat sifatida
yoshlarda insoniylik fazilatlarini shakllantirish, go‘zal xulq va pokiza
ahloqiy jixatlarni tarbiyalashda eng asosiy manbalardandir.
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) Hadisi Shariflarida ilm inson
kamolotining negizi, ezgulik va poklik insonlarni turli ofatlardan
saqlovchi vosita deb qaraladi. Hadislarda ilm poklik, halollik, kishilarni
yaxshilik sari boshlovchi, qorong‘ilikda yo‘l ko‘rsatuvchi mash’al
tariqasida talqin qilinadi. Ilm-bu hikmat, poklik ramzi, ilmsizlik johillik,
u bilan shug‘ullanmaslik nopoklikka va jaholatga olib kelishi ham, ham
ulardan ta’kidlanadi.
Islom dinining asosini imon, e’tiqod tashqil etadi. SHuning uchun
hadislarda “Dinning ofati uchtadir: 1) beamal olim; 2) zolim hokim; 3)
bilmasdan fatvo aytuvchi ulamo” deyiladi.
10
SHuning uchun ilmni
qadrlovchi kishiga o‘rgatish lozimligi, uni xo‘rlovchi, mensimaydigan
kishiga o‘rgatish gunoh, deb qaraladi.
Ilm bilan shug‘ullanishning o‘zi etarli emas. Boshqalarni undan
habardor qilish muhimdir. Hadislarning birida ilm o‘rganmoq uni
tarqatmoq bilan barobar olib boriladi, deyiladi: “Kimki ummatlarimga
mening sunnatimga oid 40 hadisni yodlab etkazsa, qiyomat kunida men
uni shafoatimga loyiq kishilar safiga kirgizaman” (
112-Hadis).
Tolibi ilmning xolis, kamtarin bo‘lishi o‘ta muhimdir. Bilganini
ko‘z-ko‘z qilish, maqtanish gunohdir. Kishi bilganini e’tirof etish bilan
birga bilmaganini ham tan olishi joiz. Ayniqsa, diniy faoliyat bilan
shug‘ullanadigan ulamolar, maktab va madrasalarda tolibi ilmlarga
saboq beruvchi ustoz-mudarrislar aytadigan gapini, qiladigan ishini,
chiqaradigan fatvosini va beradigan bilimini o‘ylab berishi kerak. Hatto
aytadigan maslahati ham holisona, beminnat bo‘lishi lozim.
Hadislarning birida shunday deyiladi: “Kimki birodariga bir ish qilishga
bilib noto‘g‘ri maslahat bersa, demak birodariga xiyonat qilgan bo‘ladi”
(110-Hadis).
Ilm o‘zligini anglash, xudoni, dinni bilish demakdir Ilm olimniki
pesh qilish vositasi bo‘lmasligi zarur. “Kimki olimlarga maqtanish
uchun, - deyiladi hadislarda,- yoki nodonlar bilan tortishish, yoxud
9
SH. Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengash 43-sessiyasining
ochilish marosimidagi nutqi 21.10.16
.
10
Hadis. Аl-Jomi’ as-sаhih (Ishonarli to’plam). I, II, III, IV jild. Qomuslar Bosh tahrir tahririyati; -Т.:
1991-1996 (keying misollar ham shu
manbalardan olindi
).
90
Ilm kishilarni odillik va insonparvarlikka undaydi. Ilmli kishilarni
hadislarda unumdor tuproqqa o‘xshatiladiki, undan ungan o‘simliklar,
giyohlar insonlarni oziqlantiradi. Suv erlarga hayot bag‘ishlaganidek,
ilm ham kishilarga ezgulik, yaxshilik keltiradi: “Ilm ko‘p yoqqan
yomg‘irga o‘xshaydir. Ba’zi er sof unumdor bo‘lib, yomg‘irni o‘ziga
singdiradir-da, har xil o‘simliklar va ko‘katlarni o‘stiradilar va ba’zi er
qurg‘oq, qattiq bo‘lib, suvni emmasdan o‘zida to‘playdir. Undan Alloh
taolo bandalarini foydalantirgaydir. Odamlar suvdan ichgaydir,
hayvonlarni va ekinlarni sug‘orgaydirlar. Ba’zi er esa tekis bo‘lib, suvni
o‘zida to’tib qolmaydir, ko‘katni ham ko‘kartirmaydir”, - deyiladi
hadislarda.
Ilm, hikmat o‘rganmoq mo‘minning eng yuksak fazilatidir. CHunki
ilm kishilarga tayanch, rahnamo, zebu-ziynat, mo‘min uchun ilm
hayotining yo‘ldoshi va dushmanlarga qarshi kurashda quroldir. “
Ilm
Do'stlaringiz bilan baham: