84
Fundamentalizm – ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish
va bu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin
degan fikrni ilgari suruvchilarning yo‘nalishi. Diniy fundamentalizm –
aqidaning o‘zgarmasligini himoya qiladigan, vahiy va mo‘‘jizalarning
muqaddas kitoblardagi bayonining harfiy talqini tarafdori, ularning har
qanday majoziy talqiniga murosasiz, so‘zma - so‘z talqinga asoslangan
e’tiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qo‘yadigan,
muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlang‘ich davrida
belgilangan barcha yo‘l-yo‘riqlarni qat’iy va og‘ishmay bajarilishini
talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo‘llaniladigan istilohdir.
Prezidentimiz Sh. Mirziyaev ta’kidlaganidek: “Bugungi kunda
ijtimoiy-ma’naviy muhitni va aholi turmush sharoitini yaxshilash,
yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash masalasi
barchamiz uchun eng asosiy masala bo‘lib turibdi. Muqaddas islom
dinini niqob qilib boshqa ko‘chalarga kirib ketayogan johil kimsalar bir
narsani tushunmaydi yoki tushunishni istamaydi. Ya’ni, islom faqat nurli
hayotga, ilm-ma’rifatga, yaxshilikka undaydi. Hech qachon xunrezlik,
qotillik, zo‘ravonlikka chaqirmaydi. Ana shu haqiqatni tan olmasdan,
soxta g‘oyalarga aldanib, zararli oqimlarga kirish, terrorchi bo‘lish – bu
O‘zbekiston xalqiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi”
7
.
Islom falsafasida ma’naviy omil jamiyat rivojida etakchi o`ringa
qo`yiladi. Ma’naviy-ahloqiy barkamollik hukmron bo`lgan jamiyatda
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash g‘oyasi hadislar mazmunida
o`z echimini topadi.
Alloh o‘zining yagonaligiga ham ilmli kishilarni guvoh qilgan:
«Alloh albatta uning o‘zi yagona iloh, undan boshqa ibodatga sazovor
zot yo‘qligiga shohidlik beradi. SHuningdek, farishtalar va ilm egalari
ham bu narsaga adolat bilan shohidlik berdilar» («
Oli Imron»
surasi, 18-
oyat).
Shu oyatda Alloh ilmli kishilarning shohidligini o‘z farishtalarining
shohidligi bilan tenglashtirgan. Bu esa, ilmli kishilarning hurmati Alloh
ho‘zurida naqadar yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Aksincha, Qur’on
ilmsizlarni tanqid qiladi: “Shunday qilib Alloh ilmsizlarning qalbini
berkitib qo‘yadi”. (
“Rum” surasi, 59-oyat). Qur’on ilmning chegarasi
yo‘q ekanligini ham bayon qilib o‘tgan: “Har
bir ilmlining ustidan undan
ham ilmliroq bor” (
“Yusuf” surasi, 76-oyat).
Shavkat
Мirziyoyev
"
"Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash –
davr talabi" mavzusidagi anjumanda so’zlagan nutqi 15.06.2017y.
85
Bu oyatdan maqsad shuki, olimlar o‘z ilmlari bilan mag‘rurlanib,
o‘z ustida ishlashni tark etmasinlar, doimo ularni ham birov tanqid qilib
qolishiga o‘zlarini tayyorlab tursinlar, demakdir. Qur’on musulmonlarni
barcha narsaning haqiqatini bilish uchun doimo ilm payida bo‘lishga
chaqiradi: «Ey, parvardigor, mening ilmimni ziyod qilgin deb ayt”
(
“Toho” surasi, 114 -oyat).
Islom kishilarni ilmga chaqirish bilan kifoyalanib qolgan emas,
balki aqliy va fikriy harakatsizlikning oldini olish asos-larini kishilarga
ko‘rsatgan. Bu quyidagi narsalarda ayon bo‘ladi:
1. Ilm biror narsani hujjatli, aniq dalil bilan bog‘lamaguncha, uni
haqiqat deb tan olmaydi. Qur’on ham musulmon-larga dalilsiz narsani
qabo‘l qilmaslikni buyuradi: «Ular aytdilar, jannatga kim yahudiy yoki
nasroniy bo‘lsa kiradi. Bu ularning orzusi xolos. Sen, agar gaplaringiz
to‘g‘ri bo‘lsa, dalil va hujjat keltiringlar, deb aytgin” (
“Baqara” surasi,
Do'stlaringiz bilan baham: