31
II BOB XALQ PEDAGOGIKASIDA YOSHLARNI
OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH
2.1. XALQ PEDAGOGIKASIDA OILA VA OILAVIY
TARBIYANING AKS ETISHI
1. Oilada milliy va umuminsoniy qadriyatlar.
2. Xalq pedagogikasida oila obrazi.
3. Sevgi va oilaviy munosabatlar.
4. Bola tarbiyasida oilaning muhim ahamiyat kasb etishi.
5. Ota-ona tarbiyachi sifatida. Oilada buvilar va buvalarning
tarbiyadagi o’rni.
Tayanch so‘zlar: Oila, oila tarbiyasi, tarixiy tajriba, hamkorlik,
ma’naviy-axloqiy tarbiya, insoniy fazilatlar, milliy xususiyatlar, oilaviy
an’analar, urf-odatlar, xalqning ruhiyati, turmush tarzidir, xalq
donishmandligi, ijtimoiy rivojlanish, ijtimoiy institut.
O`zbek oilalari asrlar davomida mustahkam, ahil jamoa
ma’naviyat va tarbiya o`chog‘i bo`lib kelgan. Oiladagi muhit turmush
qurish borasidagi an’analar sog‘lom ma’naviyatli avlodni tarbiyalashga
xizmat qilgan.
Ma’naviy, barkamol jismoniy sog‘lom farzandlarni voyaga
etkazishda oilada amalga oshiriladigan ahloq odob tarbiyasining ham
o`rni benihoya katta. Oila jamiyatning eng kichik o`chog‘idir. Bu
muqaddas dargohda kelajak kishisi kamolga etadi. Keksalar ko`pincha
«Bug‘doy eksang bug‘doy olasan, arpa eksang, arpa olasan» deyiladi.
SHuning
uchun
ham
kelajagimiz
bolalarga
qanday
tarbiya
berayotganimizga, ular qalbini qanday tuyg‘ular, qanday orzular bilan
to`ldirayotganimizga bog‘liq.
Kelajakni qanday bo`lishi hozirgi kunda biz tarbiyalayotgan
yoshlarga bog‘liq. Bunday ulkan vazifani amalga oshiruvchi, moddiy va
ma’naviy boyliklarini yaratuvchi asos oiladir. Oila jamiyatning
boshlang‘ich ijtimoiy bo`g‘ini sifatida murakkab tarkibiga ega bo`lib, u
o`z faoliyatida oila a’zolarining ehtiyoji va qobiliyati, turli faoliyatning
maqsad va vazifalarigina emas, balki tarbiyaviy faoliyatni ham aks
ettiradi.
Oilaviy tarbiya metodikasi uchun eng muhimi uning aloqador
32
tomonlarini, ya’ni tarbiyaviy vazifalarini bir maromga solish, oilani
o`ziga xos xususiyatlarini va mavjud imkoniyatlarini aniqlash katta
ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz Sh. Mirziyaev bu borada shunday deydi: “Har qaysi
millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda,
hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning
eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari
birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. Bolaning harakterini, tabiat va
dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik
va ezgulik, oliyjanoblik va me’hr-oqibat, or-nomus va andisha kabi
muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi
tabiiydir”
2
.
Oilaviy tarbiyaning o`ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-
onalarning ota-onalik, qon-qarindoshlik xislatlarini o‘zatib, shaxsning
umumiy va xissiy rivojlanishnigina ta’minlab qolmay, balki shaxsning
mavjud imkoniyatlarini va ahloqiy kamolotini o`stiradi.
Xalq pedagogikasida asosiy e’tibor oila tarbiyasida ota-onalarning,
ustoz-murabbiylarning faol darajasiga qaratilgan.
Bola tarbiyasi oilaning insonni bunyod etuvchi tabiiy va ijtimoiy
mohiyati bilan o‘zviy bog‘liqdir.
Bola oilada, maktabda, ota-onalar bilan munosabatda, jamoat
joylarida, katta yoshdagilar, o`rtoqlari bilan muloqotda tajriba orttirib
boradi.
O`zbek oilalarida bolalarga tarbiya berishda ota-onaning namunasi,
ularning mehnatsevarligi oilaviy ishlarga javobgarligi, ish yuritishi,
o`g‘il bolalarga nisbatan otaning, qizlarga esa onaning ustozlik,
rahnamolik ishlari asosiy o`rinni egallaydi.
Oilada
bolalarni
tarbiyalash
o`zining
bir
qancha
milliy
xususiyatlariga ega. Ular xalqning shakllangan oilaviy an’analari, urf-
odatlari, xalqning ruhiyati, hayoti va turmush tarzidir.
Barkamol inson tarbiyasida oila jamiyat bilan yaxlit birlikni tashqil
etadi, bu esa hozirgi kunimiz uchun xos xususiyatlardan biridir.
Ayniqsa, ota-onalar va jamiyat a’zolarining mehnat faoliyatlari
harakteri, er va ayolning teng huquqligi, o`zaro hurmat farzandlarni
e’zozlash, hurmatlash, ijtimoiy va fuqarolik e’tiqodi, oilaviy madaniy
hayotning mavjudligi va o`sayotganligi o`zbek oilalariga xos fazilat
Do'stlaringiz bilan baham: