Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Sof gil jinslar. Sof gil jinslar lyoss va lyossimon jinslardan birinchidan
ko‘l, dengiz havzalarida loyqalarning cho‘kishi natijasida hosil bo‘lishi
bilan, ikkinchidan, ular asosan gil (30%) zarralaridan tashkil topganligi
bilan, ana shu zarralarning lyoss va lyossimon jinslar zarralariga nisbatan
zich  joylashganligi,  hajm  og‘irliklarining  ancha  yuqoriligi  (ko‘pincha
1,90g/sm
3
 dan katta), g‘ovakligining  kamligi (20—30% atrofida) kabi
xossa  va  xususiyatlari  bilan  farq  qiladi.  Gil  mineralli  jinslar  asosan
magmatik  jinslarning  nurashi  jarayonida  vujudga  keluvchi  mahsulot-
lardan, ularning qayta yotqizilishidan paydo bo‘lib, mineral tarkibini


6 4
asosan montmorillonit, kaolinit, gidrosluda minerallari tashkil qiladi.
Jins tashkil qiluvchi zarralarning yirikligi 0,005 dan mayda bo‘lib, ularni
tarkibida  yotqizilishi  hamda  keyingi  diognez  sharoiti  bilan  bog‘liq
bo‘lgan, lekin gil bo‘lmagan qo‘shimchalar, jumladan, temir, aluminiy
oksidlari  va  gidrooksidlari, karbonatlar,  sulfatlar,  fosfatlar,  marganes
oksidlari,  organik moddalar,  shuningdek,  kvars,  dala shpati,  sludalar
xloridlar, qum qo‘shimchalari ham bo‘lishi mumkin.
Dengiz  havzalarida  vujudga  kelgan  gil  jinslariga  montmorillonit,
glaukonitlarni, kontinental (daryo, ko‘l, deluvial, proluviil) sharoitida
vujudga kelgan gil jinslariga kaolinit, gidrosluda tarkibli gillar kiradi.
Kaolin,  montmorillonitli  gillar  monomineralli  gil  jinslari  bo‘lib,
muzliklar  harakati  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  morena  gillari,  muz-suv
yotqiziqlari  hisoblanmish  lentali  gillar,  dengiz  gillari  esa  polimineral
(bir mineralli) gil jinslari hisoblanadi.
Montmorillonit  gillariga  respublikamizning  Buxoro  viloyatidagi
Azqamar, Toshkent viloyatidagi Keles, Samarqand viloyatidagi Katta-
qo‘rg‘on va qator bentonit konlarni ko‘rsatish mumkin (Zokirov, 1966).
Bu  gil  jinslar  nihoyatda  katta  xalq  xo‘jaligi  ahamiyatiga  ega  bo‘lib,
oqlovchi (adsorbentlik), moddalarni yog‘sizlantirishda, neft, yog‘, vino
mahsulotlarini  tozalashda,  keramika,  kimyo  sanoatida,  meditsinada
hamda qishloq xo‘jaligida o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Bo‘shoq gil jinslari
va  sof  gil  jinslarining  o‘zgarishi  natijasida  butunlay  yangi  xossa  va
xususiyatlarga ega bo‘lgan jinslar alevrolitlar va argillintlar hosil bo‘ladi.
Alevrolitlarni  tashkil  qilib  turgan  zarrachalar  asosiy  miqdorining
o‘lchami  0,1—0,001 mm  bo‘lib,  bu jins  gil  va  qum jinslari  oralig‘iga
joylashgan. Bu jins bo‘shoq cho‘kindi tog‘ jinsini epigenez jarayonida
qattiqlashishi,  sementlashishi  natijasida  hosil  bo‘lgan.  Zichligi  lyoss
jinslaridan  ancha  yuqori  (ko‘pincha  2—10—2,30  g/sm
3
  atrofida),
g‘ovakligi deyarli kam (10—25%).
Argillit gil jinslarining yuqori bosim va harorat ostida ezilishi, siqilishi
natijasida o‘zgarib hosil bo‘lgan tog‘ jinsidir. Bu jins o‘zining granulo-
metrik  tarkibi  bilan  sof  gil  jinsiga  juda  yaqin  (gil  zarralari  30 % dan
ortiq).  Faqat  gil  jinsidan  fizik-mexanik  xossa  va  xususiyatlari  bilan
zichligining yuqoriligi (2,20—2,40 g/sm
3
), g‘ovakligining kamligi (10—
20%  atrofida)  hamda  ba’zi  minerallarni  o‘zgargan  bo‘lishi  bilan
farqlanadi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish